Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xatti ikror.
- Terma xujjatlar.
- Rasmiy yozishmalar
- “Maktuboti Temuriya”
- “Maktuboti Allomiy”
- “Murakka`yi Mir Alisher”
- Sayyid Amir Xaydar Baxodirxon maktublari
- Mo`gul va xitoy tillarida yozilgan manbalar
Xatti ikror. Xijriy 997 yil zulxijja oyi boshida (1589 yil oktyabr oyining birinchi yarmida) mullo Abdulbokiy Xoji bokiy o`gli o`z amakivachchasi sagir Mirxodi marxum xoja Opok o`gli tarafidan uning ishlarini (kozi) maxkamasida amalga oshirish uchun to`la xukukli ekanligi shar`an mullo Kurbon Muxammad Ali najjorlarning to`gri guvoxliklari bilan isbot kilingani xolda, Samarkand shaxri va unga tobe` erlarning kozilar kozisining noibi va viloyatning adolatli xokimi, Allox uning soyasini uzun kilsin, xuzuriga kelib, shar`an to`gri ikror bo`ldiki, sagirning Samarkanddagi Masjidi nigoron maxallasida joylashgan, chegaralari anik bo`lgan va imorat kilishga yarokli bir bo`lak erini Mirza Do`stim Baxtibiy o`gliga bir miskollik 63 dinorga sotdi. (Ushbu) joyning chegaralari garbiy, shimoliy va sharkiy tarafdan jlyni sotib oluvchining xovlisiga va janub tarafdan katta jamoa ko`chasiga tutashdir. Xar ikkala taraf o`ziga tegishlini oldi, (ya`ni) oluvchi joyni, sotuvchi esa pulni oldi. Shar`an kelajakda (bir birini) aldamaslik sharti bilan mazkur joyning baxosi shu kunlardagi narx-navoga to`gri va adolatlidir. Ushbu savdoda aldash va buzuk shart yo`k. Bu savdo sagirning kundalik extiyoji va nafakasiga xarj kilinadi. Xar ikkala tomon yuzma-yuz turib ikror bo`ldilar (va tuzilgan xujjatni) tasdik kildilar. Ushbu savdo-sotik ishonchli kishilar xuzurida bo`ldi. Kozi muxri. Xatti ikror. Xijriy 987 yil safar oyining, yaxshilik va zafar bilan tamom bo`lsin, 9- kuni (1589 yil 18 dekabr kuni) Mirzo Xalim Mir Zinda Ali o`gli janoblari shar`an to`gri ikror bo`ldi, shu xususdakim, o`z ixtiyorida bo`lgan va Samarkand shaxrining Masjidi mullo shayx Muxammad devon nomi bilan mashxur bo`lgan maxallasidagi bir bo`lak erini shar`an uzil-kesil savdo bilan, mullo Tursun Mullokuli o`gliga xozigshi paytda maomalada bo`lgan, toza kumushdan zarb etilgan bir miskollik 13 tanga xoniyga sotgan. (Mazkur) erning ba`zi kismi er oluvchining mulkiga va ba`zi kismi Tursun zogorapazning eri bilan tutash, to`rt tarafdan chegaralari ma`lum bo`lib, garbi mullo Muxammad Siddik mullo Abdukarim o`glining xovlisiga, shimol tarafi Muxammad Sharif ibn xoja Avaz attor o`glining, ba`zisi Banda Ali Sherali o`glining xovlisi bilan janub tarafi jamoat yuradigan ko`chaga tutash bo`lib, kirish yo`li xam o`sha tarafdadir. Xamma tarafining belgilari ko`rinib turibti. Shariat bo`yicha xar ikki taraf yuzma-yuz turib o`ziga tegishlini oldi. Ushbu savdoda aldash, firib berish va buzuk shart yuz bermadi. Guvoxlar: Mulla Axmad Amin; Mulla Axmad; Mulla Abdumajid; Mulla Abduraxim. Terma xujjatlar. O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharkshunoslik instituti ko`lyozmalar fondida, O`zbekiston Respublikasi Markaziy tarix arxivida, Buxoro o`lkashunoslik muzeyi va Abu Ali iyun Sino nomidagi Buxoro kutubxonasida saklanayotgan xujjatlar: farmonlar, xumnomalar, inoyatnomalar, vasikalar, oldi-sotti xakidagi xujjatlar va ajrimlardan iborat bo`lib, ulardan O.D.Chexovich 51-tasini tanlab olib, rus tiliga tarjima kilib, matni bilan ko`shib, 1954 yili “Drkumenti k istorii agrarnix otnosheniy v Buxarskom xanstve XU11 – X1X vv.” nomi bilan aloxida kitob kilib chop ettirdi. Kitobda keltirilgan xujjatlar Ashtarxoniy xukmdorlardan Imomkulixon (1611- 1642 yy.) bilan Ubaydullaxon soniy (1702-1711 yy.), mangat sulola vakillari amir Xaydar, amir Muzaffar va Nasrullolarning farmonlari, xukmnomalari XU 11 asrda o`tgan yirik er va mulk egalari bo`lmish Yalangto`shbiy, Alloxyor devonbegi, Odina Muxammadjonlarga tegishlidir. Xujjatlar er-suvni soliklardan ozod kilish, erni sotish, garovga ko`yish - vasikai joiz, erni sotib olish va uni imtiyozli mulkka aylantirish –vasikai mubodila, erni in`om kilish – vasikai baxshish, tanxox, mulkni ijaraga berish – vasikai ijara, ma`lumot etkazish – ariza va boshka masalalar xakidadir. Ularning ichida aloxida xiroj olinadigan va davlat erlarini mulki xurri xolisga aylantirish, ya`ni soliklardan ozod etish xollari uchraydi. Bu to`plam mamlakatimizning o`sha davridagi ijtimoiy-iktisodiy tarixini o`rganishda muxim manba vazifasini o`taydi. Rasmiy yozishmalar, ya`ni xonlar, podshoxlar, amirlar, tarikat etakchilari va shoirlar o`rtisidagi yozishmalar xam tari`iy manba bo`lib xizmat kiladi va uning xam ijtimoiy-siyosiy tarixni o`rganishdagi axamiyati kattadir. Ular ayniksa mamlakatdagi ichki vaziyat va mamlakatlararo munosabatlarni o`rganishda tadkikotchilarga katta material beradi. Shunday maktublardan ko`plari o`z vaktida ko`chirilib kitobat kilingan va ulardan birmunchalari bizning zamonimizgacha etib kelgan. “Maktuboti Temuriya” (“Temuriylarning maktublari”), “Majmuayi murosilot” (“Maktublar to`plami”) va boshkalar shular jumlasidandir. “Maktuboti Temuriya” xozirda O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharkshunoslik instituti ko`lyozmalar fondida 2278 rakam ostida saklanayotgan, 191 varakli XU1 asrda kitobat kilingan maktublar majmuasining nomidir. Eronlik olim Abulxusayn Navoiy mazkur majmuaga Eron, Turkiya, Oxarbayjon va Fors xukmdorlarining xatlarini xam ko`shib, 1991 yili “Isnod va maktuboti tarixi Eron (az Temur to shox Ismoil” nomi bilan nashr etgan. Mazkur to`plamga Amir Temur va temuriylar (Shoxrux, Sulton Xusayn va boshkalar)ning Fors, Ozarbayjon, Irok va Turkiya xukmdorlari bilan yozishmalari jamlangan. Bu yozishmalar Amir Temur va temuriylarning mazkur mamlakatlar bilan bo`lgan siyosiy munosabatlari tarixini o`rganishga, xususan Amir Temurning 1381- 1404 yillari Eron, Irok, Ozarbayjon, Suriya va Turkiya ustiga kilgan xarbiy yurishlarining saboklarini to`gri anglashga yordam beradi. Mazkur to`plam Xaydar va Er o`glining “Majmuayi munshaot”, xoja Shaxobiddin Abdulla Marvaridning “Munshaot”, Frudunbekning “Munshaoti Fridunbek” asarlariga xam asoslangan. “Maktuboti Temuriya” xurosonlik mashxur shayx, Amir Temurning pirlaridan biri Zayniddin Abubakr Taybodiy (1395 yili vafot etgan0ning o`z muridi amir Temurga yo`llagan bir tarixiy maktubi bilan boshlanadi. Amir Temur bu maktubni “Temur tuzuklari”ning “Tadbirlar va kengashlar” deb atalgan birinchi makolasida keltirgan. “Tuzuklar”da keltirilgan mazkur maktub xakida, xususan, mana bularni o`kiymiz: “Pirim Zayniddin Abubakr Taybodiy menga yozmishlarkim, “Abulmansur Temur saltanat yumushlarida to`rt ishni ko`llasin, ya`ni 1) kengash; 2) mashvarutu maslaxat; 3) xushyorligu maloxazakorlik; 4) extiyotkorlik. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatning barcha kilgan ishlari va (podshoxning) aytgan gaplari xato bo`lgan. Unday podshoxni joxil odamga kiyoslash mumkin. Uning so`zlari va kilmishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgan. Shunday ekan, saltanatni boshkarishda, mashvarutu maslaxat va tadbir bilan ish yuritgin, toki okibatda nadomat chekib, pushaymon bo`lmagaysan. Yana shuni xam bilginkim, saltanat ishlarining bir kismi sabru tokat bilan bo`lgay, yana bir kismi esa bilib-bilmaslikka, ko`rib-ko`rmaslikka solish bilan bitur. (Xullas) tadbirlardan ogox kilingandan keyin shuni xam aytish joizdurkim, kat`iylik, sabr-tokat, chidamlilik, xushyorlik, extiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom.”Amir Temur pirining bu o`gitlariga umr bo`yi, butun faoliyati davomida amal kildi. “Bu maktub,-deb yozadi xazrat soxibkiron,-menga yo`l boshlovchi yanglig raxnamolik kildi. U menga saltanat ishlarining to`kkiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash bilan, kolgan bir ulushini esa kilich bilan bajo keltirilishini anglatadi”. “Maktuboti Allomiy” –“Maktuboti Abulfazl”, “Inshoyi Abulfazl” (”Abulfazl (Allomiy) tarafidan bitilgan (va ko`chirilgan) maktublar”)i deb xam ataladi. Maktublarning asosiy kismi Boburiylar saltanati (1526-1858 yy.)ning atokli podshoxlaridan Jaloliddin Akbar (1556-1605 yy.) nomidan, bir kismi vazir va yirik tarixchi olim Abulfazl ibn Muborak Allomiyning shaxsiy mazmundagi maktublaridan iborat. To`plam uch kismga bo`lingan. Undan bizga uchdan ikki kismi, ya`ni ikkita daftari etib kelgan, xalos. U Allomiyning karindoshi Abdusamad ibn Afzal Muxammad tarafidan tuzilgan. “Maktuboti Allomiy”da 1586-1596 yillarda Buxoro va Balx xonliklari bilan Boburiylar davlati (Xindiston) o`rtasidagi siyosiy munosabatlar xakida o`ta kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz. Ma`lumki, o`sha yillari Xindistonning nafakat Buxoro va Balx xlndiklari, balki Eron bilan xam munosabatlari jiddiy tus olgan edi. Agar Boburiylar bilan Shayboniylar davlatlari o`rtasidagi siyosiy munosabatlar Badaxshon tufayli, to`grisi Badaxshonni o`z xukmronligiga kiritib olish xususida bir kadar buzilgan bo`lsa, Safaviylar Eroni bilan Xindiston o`rtasidagi munosabatlar katta siyosiy-strategik axamiyatga ega bo`lgan Kandaxor xususida bir muncha buzilib kolgan edi. Majmuadagi maktublarda mana shu chigal masalalarning moxiyatini tushuntirib bera oladigan daliliy ma`lumotlar ko`p. Bu jixatdan Akbarning Abdullaxonga yo`llagan uchta maktubi va Abdullaxonning mavlono Mir Kuraysh, Axmad otalik boshchiligida Xindistonga yuborgan elchiligi, va Buxoro elchisi olib borgan maktub, va Akbarning Balx bilan Buxoroga xoja Afzal, Xakim Xumom va Mir Sadrijaxon boshchiligida yo`llagan elchiliklari xususida kimmatli ma`lumotlar keltirilgan. Yana bir muxim masalani xam aytib o`tishga to`gri keladi. Maktublarning birida kelgusida tutiladigan siyosat xususida ikki davlat – Boburiylar davlati va Buxoro xonligi xukmdorlarining maxsus uchrashuvini uyushtirish masalasi ko`tariladi. “Maktuboti Abulfazl” majmuasining yaxshi bir ko`lyozma nusxasi (tartib rakami 290, 154 varak) O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharkshunoslik instituti xazinasida mavjud. “Murakka`yi Mir Alisher” yoki “Majmua`yi murosilot”(“Maktublar to`plami”) o`z davrining nufuzli ruxoniylari – Abduraxmon Jomiy (1414-1492 yy.), xoja Ubaydulla Axror (1404-1492 yy.), xoja Arorning o`gli xoja Muxammad Yaxyo (1500 yili o`ldirilgan), xoja Axrorning safdoshi va kuyovi Mir Abdulavval Nishopuriy (1495 yili vafot etgan) va boshkalarning Sulton Abu Said Mirzo (1451- 1469 yy.), Sulton Xusayn Mirzo va Alisher Navoiyga yo`llagan maktublarini o`z ichiga oladi. Ushbu to`plam Alisher Navoiy tomonidan tuzilgani uchun “Murakka`yi Mir Alisher” yoki “Navoiy al`bomi” nomi bilan xam ataladi. To`plam X1X asr yirik ziyolilaridan biri Buxoro kozi kaloni Shariyjon Maxdum sadri Ziyo kutubxonasida bo`lgan va undan Alisher Navoiy nomidagi Xalk kutubxonasining Shark ko`lyozmalari bo`limiga, va undan keyin – 1943 yili O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharkshunoslik institutining ko`lyozmalar fondiga o`tkazilgan. U 2178 tartib rakami bilan saklanmokda. To`plamda Abduraxmon Jomiyning xatlari 334 bo`lib, ular shaxsiy mazmunda bo`lib, ko`pchiligi xar xil iltimosnomalardan iborat. Ularda solik va jarimalarning ogirligi va solik yiguvchilarning zulmu bedodligi, Temuriyzodalarning o`zaro nizosi tufayli mamlakat va xalk axvolining ogirlashgani, shuningdek, madrasa talabalariga yordam berish to`grisidagi Alisher Navoiy, Sulton Xusaynga iltimosnomalardan iborat. Xoja Axrorning maktublariga kelsak, ular 128ta bo`lib, ular mazmunan Abduraxmon Jomiy xatlariga o`xshashdir. Ularda Movarounnaxr va Xurosonning XU asrning II- yarmidagi ijtimoiy-siyosiy axvoli, Samarkand xokimi Sulton Abu Said Mirzo(1451-1469 yy.) va Xuroson podshoxi (1469-1506 yy.) o`rtasidagi ogir munosabatlar, solik va jarimalar, xususan tamga soligining ogirligi va uni imkoni bo`lsa bekor kilish masalalari ko`tariladi. Tinimsiz xarbiy yurishlar va o`zaro urushlarning pirovardida fojeaga olib kelishini Temuriylarga ukdirishga xarakat kilinadi. Masalan, Xoja Axror Sulton Abu Saidga yo`llagan bir maktubida uni Ozarbayjon ustiga, uning xukmdori Kora Yusuf ustiga kilmokchi bo`lgan yurishiga karshi chikadi. Maktubda, “Xargiz az Marv maguzarid” (“Xargiz Marvdan nariga o`tmasinlar”) deb ochik ogoxlantirgani yozilgan. Ma`lumki, o`sha yurish natijasi Sulton Abu Said uchun fojea bilan tugadi. 1469 yilgi jangda u xalok bo`ldi. Sayyid Amir Xaydar Baxodirxon maktublari yoki “Majmu`ayi maktuboti Sayyid Amir Xaydar Baxodirxon” nomli to`plamda Mangitlar sulolasi (1753-1920 yy.)ning yirik namoyondaoaridan biri Amir Xaydar(1800-1826 yy.)ning o`ziga yakin amirlaridan Muxammad Inokka (keyincha oliy kushbegi) yo`llagan turli masalalarga doir muboraknomalari, inoyatnomalari va boshka 900ga yakin 10 yil davomida, 1814-1824 yillar yozilgan maktublari, jamlangan. U 464 varakli, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharkshunoslik institutining ko`lyozmalar fondida 2120/II tartib rakami bilan saklanmokda. X1X asrning birinchi yarmida ko`chirilib, kitob xoliga keltirilgan. Xakimbiy inok ko`p yillar davlat xizmatida bo`lib, amir Xaydarning ishonchini kozongan. Uning o`limidan (1826 y.) keyin taxt vorisi shaxzoda Umarga xiyonat kilib, Ark darvozasini 1723 yildan beri Karshida xokim bib o`tirgan shaxzoda Nasrulla to`raga ochib bergan. Xakimbiy kushbegi 1739 yili Eron podshoxi Nodirshox (1736-1747 yy.) askariga Karshini, keyin Buxoroni topshirgan. Maktublarda Buxoro amirining ma`muriy-xo`jalik faoliyati, shuningdek uning davrida amalda bo`lgan konun-koidalar, er egaligining turlari, suyurgol, tanxo, mulki xurriy xodis xamda soliklar-xiroj, zakot, ushrlar xakida muxim ma`lumotlarni uchratamiz. Kuyida misol tarikasida, o`sha maktublardan ba`zilarini keltiramiz. “Xokonning xurmatiga sazovor bo`lgan, davlatning ishonchli odami Muxammad Xakimbiy mextar bilsinlarki, yakshanba kuni sixat-salomat Karshiga kelib ko`ndik. Inshoallox, (kelasi) yakshanba kuni Samarkandga jo`naymiz. Bizga lozim bo`lgan va (janoblariga) tayin kilingan narsalarni olib, agar Karshiga kelolmaydigan bo`lsalar, O`rta cho`l va Xuzor Buga orkali xuzurimizga etib kelsinlar. Madrasayi oliyga vakf etilgan ”Xazonayi muftadiyn” otlig kitobni mextardan talab kilib olsinlar va tolibi ilmlarning ko`liga topshirsinlar.” “Amirlik panoxi, vazirlikdan ogox bo`lgan, xokonning yakin odami, marxamatga loyik... xokon xazratlarining marxamati tufayli zo`r xurmat topgan Muxammad Xakimbiy inok bilsinlarki, Abdurasul to`ksabo, Safar baxodir, Xusayn, Alibek yasovul, Farmonboy, Xolboy, Norbo`ta, Murod, Shomurod va Toshniyoz, xammalari o`n kishi bo`lib, zakot yigish uchun jo`nab ketishgan. Ulardan kaysi biri olti tillo yikkan bo`lsa, yozib yuborsinlar.” Xijriy 1224 yil. Turli masalalar xakidagi xujjat, farmonlar va maktublar Er-suv, Juybor xojalarini solik va jarimalardan ozod kilish, ularga tegishli erlarga Vaxsh daryosidan suv chikarish uchun turli viloyatlardan xasharchilarni safarbar kilish, oldi-sotti xakida berilgan farmonlar va Juybor xojalariga jo`natilgan maktublar, masalan, shayboniy sultonlarining Abdullaxon soniydan shikoyat kilib Juybor xojalariga yuborgan arznomalari, Koshgar va Badaxshon xukmdorlarining xoja Muxammad Sa`d (1531-1532 – 1589 yy.) nomiga yo`llagan maktublari Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon” asarida xam ko`p keltirilgan. Shuni aloxida ta`kidlab o`tish kerakki, asar muallifining o`z so`zlariga karaganda, uning ko`lida xoja Muxammad Islom bilan xoja Muxammad Sa`d nomiga kelgan jami maktublar soni 500 dan ortik bo`lgan. Shundan u o`z asariga 132 maktubni kiritgan. Maktublar shayboniy sultonlar Muxammad Amin Sulton, Xudoyberdi Sulton, Juvonmard Ali Sulton, Kepak Sulton, Dinmuxammad Sulton, Xusrav Sulton, Abulkuddus Sulton va boshkalarga tegishli bo`lib, ulardan mamlakatdagi bekarorlik va ur-yikitlarning avj olib ketganligi, solik va jarimalarning xaddan ortikligi va solik yiguvchilarning zulmi tuvayli raiyat axvoli ogirlashib ketganligi, xon tarafidan ko`yilgan amaldorlarning zulmidan shikoyat kilinadi. Masalan, Sulton Sa`idxon (1530-1533 yy.)ning inisi Xuboyberdi Sultonga tegishli bir xatda xususan bunday deyilgan: “Ko`shxokimiyat orkasida Shayxin va Ofarinkent tumanlari xalki Buxoro va Miyonkol taraflarga ko`chib ketdi”. Maktub oxirida Xudoyberdi Sulton Xoja Islomdan ularni vatanlariga kaytarishda ko`mak berishlarini iltimos kiladi. Sulaymon Sultonning o`gli Maxmud Sultonning Xoja Sa`dga yo`llagan maktubi xam e`tiborga molikdir. Maktubda Sulton Abdullaxon tarafidan o`ziga otalik etib tayinlangan Xushimbiy ustidan ustidan shikoyat kiladi. Maktubdan ma`lum bo`lishicha, otalik sultonga tegishli xamma narsani, xususan davlat ishlari va mulkidan keladigan barcha laromadni egallab olgan. Masalan, xar yili xirojdan to`planadigan 30 ming xoniydan sultonga bir chaka xam bermay ko`ygan. Mazkur asarda, uning beshinchi bobida, Xindiston, Koshgar, Turkiya va Eron prdshoxlari tarafidan Juybor xojadariga yuborilgan maktubdarning nusxalari keltirilgan. Masalan, Koshgar xoni Abdurashidxon, Muxammad Kuraysh Sulton va Badaxshon xukmdori temuriyzoda Sulaymonshoxning maktublarida mamlakatning ichki axvolidan va Balx xonlarining tazyikidan shikoyat kilinadi. XVI asrda o`tgan xurosonlik yozuvchi Zayniddin Vosifiyning “Badoyi` ul- vokoyi`” (“Ajoyib vokealar”) degan memuar asarida shayboniy xukmdorlarning maktublari, fatxnomalari va yorliklaridan ba`zilarining nusxalari ilova kilingan. Masalan, ulardan ikkitasida shayboniy sultonlar Ubaydullaxon, Jonibek Sulton va boshkalarning 1512 yili temuriyzoda Boburning Najmi soniy boshlik Eron (kizilbosh) askarlari ustidan kozongan galabasi va o`sha Ubaydullaxonning Koshgar xoni Abjurashidxon bilan ittifokda kozok sultonlari ustidan kozongan galabasi munosabati bilan Movarounnaxrning barcha viloyatlari, Koshgar va boshka mamlakatlarga yuborgan fatxnomalari bor. Mazkur asarda Toshkent xoni Navro`z Axmadxon-Barokxon tarafidan berilgan bir xujjat, yorlig dikkatga sazovordir. Xujjatda mazkur xonning Sayyid Shamsuddin Muxammad Kurtiy sadrga viloyatda, Toshkent viloyatidagi barcha konlar suyurgol kilib berilgani aytilgan. Va yana nomi tilga olingan sadrga ushbu viloyatda yangidan o`zlashtirilgan barcha erlar mulk sifatida in`om kilib berilgani aytilgan. Xukukiy xujjatlar, yorliklar “Ravzat ar-rizvon” kitobida xam bor. Ulardan ba`zilarini kaydga olib o`tamiz. 1) Abulgoziy Abdulla Baxodirxonning 1579 yilgi farmoni. Unda Xisor, Dexi nav - Denov, Kubodiyon va shaxri safoning xokimlari-arbobon va kalontaronga xoja Sa`dga tegishli erlarni sugorish uchun Vaxshdan chikarilayotgan arikni kazish ishlariga 10 ming ishchi, markidor yuborish majburiyati yuklatilgan. 2) Mazkur xonning juyboriy xojalaridan xoja Sa`dga Toshkent yakinidagi Zax arikni tortik kilingani xakidagi 1583 yilgi farmoni. 3) Toshkent xokimi Abdulkuddus Sultonning Zax arik atrofidagi erlarni xoja Sa`dga suyurgol kilib berilgani xakidagi va o`sha erlarni barcha solik va jarimalardan ozod kilingani, uning erlarida ishlash uchun ishchi, koranda yuborish xakidagi farmoni. 4) Abulgoziy Abdulla Baxodirxonning xazrat xoja Sa`dning Marvi shoxijaxon viloyatidagi barcha er-suvi va boshka mulkini uning fakat bir o`ziga tegishli ekanligini va uni molu jixot, mukarrariy, tarx, sabon va boshka soliklardan ozod etilganligi xakidagi 1578 yil avgustdagi farmoni. 5) Abulgoziy Abdulla Baxodirxon tarafidan mulla Muxammadbiy nomiga berilgan 1585 yil aprel oyidagi yorlig. Unda Xisor viloyatining xokimlari unga xoja Sa`dning mazkur viloyatdagi erlarni sugorish uchun Vaxsh daryosidan chikarilayotgan naxrni kazish ishiga 10 ming ishchi, mardikor to`plab berishlari va nomi zikr etilgan amirning barcha ko`rsatmalarini so`zsiz bajarishlari zarurligi aytilgan. 6) Abulgoziy Abdulla Baxodirxonning xoja Kalonga, xoja Sa`dga Yazd va Isfaxon viloyatlaridan er-suv in`om kilish-darubast xakidagi 1588 yil oktyabr-noyabr oyidagi farmoni. 7) Abulgoziy Abdulla Baxodirxonning xoja Sa`dning suyurgol erlarini o`gillari xoja Tojiddin bilan xoja Abduraxim o`rtasida taksimlash va bu erlarni solik va jarimalardan ozod kilish to`grisidagi 1590 yil yanvar-fevral oylaridagi farmoni. 8) Abulgoziy Abdulla Baxodirxonning xoja Tojuddin Xasanning Marv viloyatidagi er-suvini barcha solik va jarimalardan ozod kilish to`grisidagi 1590 yil fevral-mart oylaridagi farmoni. Yurtimiz tarixiga oid xujjatlarni o`rganish va ilmiy tadkikotlarga tadbik etish xali talab darajasida emas. Bu ishni kuchaytirish lozim, chunki bularsiz tarixni, ayniksa uning ijtimoiy-iktisodiy muammolarini o`rganib bo`lmaydi. Bizning fikrimizcha, eng avvalo, ularni ilmiy tavsiflab, kataloglarini nashr kilish zarur. Mo`gul va xitoy tillarida yozilgan manbalarda O`zbekistonning XIII-XIV asrlardagi tarixiga oid ma`lumotlar uchraydi. Ayniksa, Chingizxon va mo`gullar xuruji davri tarixi, mo`gul imperatorlari xukmronligi davri tarixini bu manbalarsiz o`rganib bo`lmaydi. Shuni aloxida uktirib o`tish kerakki, bu manbalarda, xususan xitoy manbalarida, vokealar birinchidan yilma-yil bayon etilgan, ikkinchidan, ularning sodir bo`lgan joyi va vakti anik ko`rsatilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling