Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Nikolay Murav`evning Turkmaniston bilan Xivaga sayoxati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dmitriy Gladishev va Ivan Muravinlar Xiva xotiralari
- Asosiy tushunchalar
- Maxalliy manbalar.
Nikolay Murav`evning Turkmaniston bilan Xivaga sayoxati Nikolay Murav`ev (1794-1866) – maxalliy xarbiy mutaxassis, 1812-1814 yillari Rossiyaning Eron va Turkiyaga karshi olib borgan urushlarida ishtirok etgan, 1816- 1828 yillari Kavkaz armiyasida xizmat kilgan. 1819-1820 yillari rus armiyasining Kavkazdagi bosh ko`mondoni general ermolovning topshirigi bilan Boku - Kaspiy dengizi - Chelekan orli - Korakum orkali Xivaga borgan. N. Murav`ev kuzaturvchan odam edi. Mazkur safari xakida yozib koldirgan asarida («Puteshestvie v Turkmeniyu i Xivu gvardeyskogo general`nogo shtaba kapitana Nikolaya Murav`yova», ch.1-11;-Moskva: 1822) Xiva xonligi xakida muxim xarbiy, iktisodiy, tarixiy va etnografik ma`lumotlar to`plagan. Asarda Xiva xonligining xududi, yirik shaxarlari, xalki va uning mashguloti va mudofaa sadoxiyati (xarbiy kudrati) xakida dikkatga sazovor ma`lumotlar keltiriladi. Unda xususan kuyidagilarni o`kiymiz: «Xiva xonligi shimolda Orol dengizi va uning shimolida joylashgan cho`l bilan chegaradosh. Cho`lda kozoklar istikomat kiladilar. Shimoli-garbiy tarafi cho`l va kumliklardan iborat. Bu xududda turkmanlarning Taka kavmi istikomat kiladi. Garbiy tarafi 800 verstga cho`zilgan saxro bo`lib, u erlarda Kaspiy dengizi atrofidagi kavmlar istikomat kiladilar». Xiva xonligining beshta katta shaxari bor. Ular Xiva, Yangi Urganch, Shovot, Kot va Gurlan. «Xiva»-poytaxt shaxar. Aytishlaricha, kadimda Xivak deb atalgan. Amudaryo o`z o`zanini o`zgartirmasdan avval, bunyod etilgan. U katta shaxar. Mashxur imoratlari madrasa, xon saroyi va ibodat kiladigan masjid bo`lib, masjid gumbazi feruza rangli koshin bilan koplangan. Xonning xovlisi ko`p xakm katta bo`lmay, unda xam bir necha kichik masjid mavjud. Uylari loydan kurilgan, ko`chalari tor. Shaxarda bir necha kichik do`konlar xam bo`lib, (bozorida) xaftada ikki marta oldi-sotdi bo`ladi. (Xivada) 3000 ga yakin xonadon bo`lib, xalki 10 000 jon atrofida. Shaxar xonlikdagi boshka shaxarlar singari, ekinzorlar va katta bog-roglar bilan o`ralgan. Bog o`rtasida kichik-kichik kal`alar va uylar joylashgan». Yangi Urganch – shu kunlarda xonlikning yangi poytaxti, xon noibi Kutli Murod inokning turar joyi. U Xivadan kattarok, xonlikning tamom savdo-sotigi shu erga to`plangan, axolisining ko`pchiligini sartlar tashkil kiladi. Do`konlari ko`p va gavjum bo`lgan bu shaxarda Shark mamlakatlarida etishtiriladigan xar xil kimmatli matolar, zeb-ziynat mollarini xarid kilish mumkin. Xaftada bir necha kun savdo-sotik bo`ladi. Yangi Urganchliklar boshka mamdakatlarga va xonlikning boshka shaxarlariga xam o`z mollarini olib borib, savdo-sotik kiladilar. Yangi Urganch mustaxkam devor bilan o`ralgan». «Shovot bilan Kot bir kadar kichikdir. Birinchisida 2000 ga, ikkinchisida 1 500 ga yakin xalk yashaydi. Xar ikkala shaxar xam mustaxkam devor bilan o`ralgan. Xonlikning beshinchi shaxri Gurlan deb ataladi. Unda tijorat axli ko`p. Uylari loydan kurilgan va garib. Masjiddan boshka yaxshi binolari yo`k. Devorlarining asosi toshdan. Uylari loydan bo`lishiga karamay, pishik kilib kurilgan... (Xorazmda) savlo-sotikda shaxardan kolishmaydigan katta kishloklar xam ko`p. Buxoro yo`lida joylashgan Xazorasp, Kipchok, Ko`ngirot, Oksaroy, Xon kal`a, Moyjoygil va boshkalar shular jumlasidandir. Yangi Urganch Ko`xna Urganch o`rnida emas, undan olisrokda, Xivaning garbiy tarafida, katta masofa ulugvor imoratlarning vayronalari, pishik gisht va toshdan yasalgan buyumlarning parchalari bilan to`lib toshib yotibdi. O`sha joylarda xozir xam oltin topish mumkin. Bu xol Amularyoning eski o`zani bo`ylarida (kadimdan) shaxar va xonadonlar bo`lganidan guvoxlik beradi. Shulardan Luazan kal`asi, Kizil kal`a, Shlxsanam, O`tin kal`a va boshkalarning xarobalari xozir xam ko`zga tashlanib turibdi. Xivaning garbiy tarafidagi cho`lda saklanib kolgan uylar va naxrlarning izlari kadimdan bu erlarda madaniyati gullagan Xiva yoki Xorazm davlati bo`lganidan darak beradi... Xiva xonligida istikomat kilgan xalk ko`prok galla etishtirish va bogdorchilik bilan mashgul. Ularning daromadi asosan galladandir. Xamma erlarda obod kishloklar, kanal va ariklarning bo`ylarida ekinzorlar, uzumzorlar va serxosil boglar... Ularning egalari boy-badavlat va farovon xayot kechiradilar. etishtirilgan galla va meva istexmol talabi darajasidan ortikrok. Galla va mevaning iste`moldan oshib kolgan kismini tevarak-atrofda ko`chib yurgan kabilalarga, kozoklar va turkmanlarga, Abulxon va Mingkishlok xalkiga olib borib sotadilar. Xivaliklar ko`prok bugdoy ekadilar va galla ularning yurtida yaxshi bitadi. Uning katta kismi sotuvga yuboriladi. (Xivaliklar) bugdoydan boshka yana sholi ekadilar, lekin ko`zlangan mikdorda xosil ololmaydilar, chunki sholi suvda o`sadi, suv esa kam. Shunga karamay, xivaliklar uni ekadilar, chunki undan tayyorlangan taom o`ta shirin bo`ladi...Lekin uni sotishga chikarmaydilar, o`zlariga zo`rga etadi. Xonlikda kunjut xam yaxshi o`sadi. Undan moy oladilar va ko`p kismini ko`shni yurtlarga olib borib sotadilar. Xarakat kilsalar uni bundan xam ko`prok mikdorda etishtirish mumkin. Kunjut moyi xonlikda ko`prok etishtiriladi. Lekin arpa bilan kanop Xivada yaxshi o`smaydi. Shu sabadan uni kam ekadilar. Uanop moyi o`rniga kunjut moyini ko`prok ishlatadilar... Ot emi uchun ko`prok yulgun deb atalgan o`t ishlatiladi. Urugi ovkat uchun ishlatiladi, lekin uni ko`p kaynatish kerak bo`ladi. Bu taom ko`ja deb ataladi... Boglarida ko`p mikdorda turli navli uzum etishtiriladi. Axoli uni kuritib sotadilar. Biz uni kigmish deb ataymiz. Uni uzumning shunday atalgan navidan tayyorlaydilar, uning urugi bo`lmaydi. Xivaning boglarida ko`p mikdorda turli navli olma xam etishtiriladi, olmurut, bodom, nok, gilos, olcha, tut va anor, shuningdek, boshka mevalar etishtiriladi. Sabzavotdan, Rossiyada o`sadigan karam, sholgom va kartogkadan boshka xam sabzavot etishtiriladi. Piyozi yirik bo`ladi. Xivaning kovuni va tarvuzi katta va shirin bo`ladi. Xiva xonligida bundan (galachilik, bogdorchilik, polizchilik va chorvachilikdan) tashkari, xunarmandchilik bilan xam shugullanadilar. Ular o`zlari uchun zarur bo`lgan kiyimlardan tashkari, o`zlari ishlab chikargan ipak va ip matolardan va Buxorodan sotib olib kelingan matolardan kiyim-kechak tikadilar. Ular to`kilgan gazmol chiroyli va nafis bo`lmasa-da, pishikligi bilan ajralib turadi. Korxonalar yo`kligi sababli kiyim-kechak bilan o`zlarini zo`rga ta`minlaydilar, boshka yurtlarga mol chikarolmaydilar. Xivalik turkmanlar tuya junidan chodir, arkon, chiroyli va pishik shilamlar to`kiydilar. Xivaliklar (bundan tashkari) chiroyli ipak belboglar xam tikadilar. Lekin, u xam, boshka ko`l maxsulotlari singari, chetga chikarilmaydi, Xivaning o`zida koladi. Xivaliklar boy-badavlat va to`kin-sochin yashamaydilar, pullari kam. Topgani kundalik tirikchilik va xonga solik to`lashdan ortmaydi. Umuman olganda, xivaliklar xunarmandchilikda ko`p xam madakadi emaslar. Umuman temir idish va buyumlarni yasamaydilar, ularni rus asirlari yasaydilar. Garchi mis o`sha erdagi konlardan kazib olinsa-da, undan buyumlar yasashni bilmaydilar. Misdan yasalgan idish-tovok va boshka buyumlarni rossiyadan olib keladilar. Oyna xakida esa xech narsa bilmaydilar, ko`pchilik uni xatto ko`rmagan xam. Shu sabadan Xivada oyna juda kam va kimmat». Xiva xonligining xarbiy axvoli xakida Nikolay Murav`yov mana bu ma`lumotlarni keltiradi: «Muxammad Raximxon saltanat kursisiga o`lturgunga kadar kabilalar orasida avjiga mingan o`zaro urush-talashlar va tashkaridan kilingan boskinlar okibatida xalk, (ayniksa) badavlat kishilar o`zini boskin va talon-tarojdan saklash uchun uylarini mustaxkamlab kal`aga aylantirganlar. Bu mustaxkamlangan (kichik) kal`alar, yoki ko`rgonlar ko`pincha o`zlarining dalalari, yoki boglari o`rtasida kurilgan. Uning ichida turar joylar, xovuzlar, ko`rgon soxibi va xizmatkorlarining uylari, tegirmon, kushxona, molxona, omborxona va boshkalar favkulodda yuz bergan xodisalar vaktida 100-150 kishini saklaydigan narsalar bor. Bu kal`alar to`rt burchakli, paxsadan bino kilingan, ba`zilarida devor tagiga tosh ko`yilgan. Devorining past kismi to`rt arshin, tepa kismi yarim arshin, balandligi – uch sajen atrofida, devor tashkarisida, (xar er-xar erda) paxsadan dumalok suyanchiklar ko`yilgan. Devorning tepa kismiga ko`ngiralar kilingan. Xonlikning yukorida tilga olingan beshta shaxari Xiva, Yangi Urganch, Shovot, Kot va Gurlan xam mustaxkam paxsa devor bilan o`ralgan. Shu sababdan xivaliklar ularni kal`a deb ataydilar...Kal`alarda bironta xam zambarak yo`k, ularda askar xam yo`k. Shaxarlarini axolining o`zi ximoya kilishi kerak bo`ladi. Xivaliklarda muntazam ko`shin yo`k. Urush chikib kolgudek bo`lsa, ko`shin o`zbeklar va turkmanlardan tuziladi. Ko`shin asosan sipoxiylar tabakasidan. U xonning buyrugi bilan belgilangan erga to`planadi va asosan otlik askardan iborat bo`ladi. N.Muravbyovning esdaliklarida o`zbeklarning fel-atvori, tabiati va kiyofasi xakida e`tiborga loyik ma`lumotlar keltirilgan. Unda xususan o`kiymiz: «O`zbeklar umuman aklli va yokimli, xazil-mutoyibani yaxshi ko`radigan, biron ishga jazm kilgudek bo`lsa, karorida kat`iy, to`gri so`z, yolgonni va egrilikni yomon ko`radigan, ruxi tetik, xushbichim va jismoniy kuchli xalk... Dmitriy Gladishev va Ivan Muravinlar Xiva xotiralari Sirdaryoning kuyi okimidagi shaxar va kishloklar, Orol dengizini o`rganish uchun 1740 yili davlat arbobi va tarixchi olim V.N.Tatishchevning tashabbusi bilan Xivaga poruchik D.Gladishev va kontr-admiral, er o`lchovchi I.Muravinlar yuborilgan. Orskda olgan ko`rsatmaga binoan, ular 1717 yili Pyotr I zamonida Rossiya tobeligiga o`tgan Kichik Juz xoni Abulxayrxon (1695-1748 yy.) bilan uchrashishi zarur edi. Lekin, bu paytda Abulxayr Orolda edi. Mamlakatni esa Eron podshoxi Nodirshox bosib olgan edi. Shuning uchun Gladishev bilan Muravin Abulxayrxonning inisi Nurali va togasi Niyoz bilan birga Orolga jo`nab ketdilar va xon xuzuriga etib bordilar. Ertasi kuni Xivaga bordilar. O`sha vaktda Abulxayr xon deb e`lon kilingan edi. Gladishev bilan Muravin Shovotda 9 noyabr` kuni Nodirshox xuzurida bo`lganlar va unga Abulxayrxon bilan Xiva Rossiyaning tabakalari ekanligini aytib, Xivaga mexru shavkat kilinishini so`raganlar. Zobitlarning so`zlariga karaganda, ularning iltimosi ijobat topgan. Lekin ular Abulxayrxon bilan uchrasha olmaganlar. Shunday bo`lsa-da, Abulxayr shlxdan cho`chib 12 noyabrda rus zobitlari bilan birga Orolga kochib ketdi. Bu erda ko`p tortishuvdardan keyin Nurali xon deb e`lon kilindi. Abulxayr Gladishev bilan Muravinni olib Odam ato arigi bo`yida joylashgan eski o`rdasiga kaytdi. Gladishev va Muravin 1741 yilning aprel oyida u krdan Orskka kaytib keldilar. Ularning mazkur sayoxati paytida to`plagan ma`lumotlari «Gladishev – Muravin. Poezdki iz Orskka v Xivu i obratno 1740-1741 godax poruchikom Gladishevim i geodezistom Muravinim, IRGO, vip.1U, - SPb.,1850, s.519-599» deb atalgan. Gladishev va Muravin to`plagan ma`lumotlarning axamiyati shundaki, ularda Orol dengizining soxillari, Xorazmning Xiva, Shoxtemir, Xojayli, Xonka va Shovot shaxarlari xakida, shuningdek, o`zbek, kozok, korakolpok va turkman axolisi xakida ayrim ma`lumotlar keltirilgan. Gladishev xamroxlari bilan Xivaga kelishi bilan uni xon karorgoxiga olib bordilar. Unda xon bilan birga Orol biylari va xonning amirlari o`ltirishgan ekanlar. Xon Gladishevdan so`radi: «Sen kaerdan bo`lasan?» Nladishev javob kildi: «Meni imperator xazrati oliylari jo`natdilar, marxamatli maktub bilan»,- dedi va maktubni xonga uzatdi. Xon maktubni olib, muxrini peshonasiga surdi va uni yozib (kotibiga) uzatib, «xammaning xuzurida o`ki!» deb buyurdi. Maktub o`kib bo`lingach, xuzurida o`ltirganlarga karab dedi: «Ko`rdilaringmi, umid boglab turgan oldimdagi chirogni ko`ryapsizlarmi? Shu nur yordamida sizlarni (Nodirshoxdan) ximoya kilmokchiman». Shundan keyin menga karab dedi: «Sening xakingda eshitganman. Yo`lda senga ozor etkazibdilar. Xuzurimga eson-omon etib kelishing uchun odam bilan maktub yubordim. Chunki, ma`lumki, Eron podshosi Nodirshox Xiva shaxrini egallash uchun kelayotir. Men esam o`zim xam, bu shaxar xam men kabi imperator xazratlarining ko`l ostida bo`lishni istaymiz. Men uning xuzuriga bormokchiman. Sening xam uning xuzuriga borishingga to`gri keladi. Imperator xazratlarining sen olib kelgan maktubini Xivadan unga yuboramiz, toki shaxsan men bilan janjallashib yurmasin». Gladishev xonga javob kildi: «Ien sizning xuzuringizga yuborilganman. Shunday bo`lgach, sizning amr-farmoningizda bo`laman». Shundan keyin (Abulxayrxon) Gladishev odamlaridan ikki kishini, xususan er o`lchovchi Muravin bilan tarjimon Usmon Arslonovni ajratib olib va imperator oliy xazratlari jo`natgan maktubni ko`llariga berib, ularga maktub bilan to`rt odamni – orollik bir korakalpok va bir kozokni ko`shib, Eron podshoxi xuzuriga jo`natdi. Shox o`sha vaktda Xivadan 35 verst narida joylashgan Xonkada turgan edi. Ular shoxga «Abulxayr)xon imperator xazratlarining tabakasidir, ushbu shaxarni xam u o`z tobeligiga kabul kildi», dedilar. Xon eshitdiki, Eron shoxi Rossiya imperiyasi bilan ittifok tuzmokchi emish. Shu sababdan u Xivani va unga karashli erlarni talon-taroj kilmaydi», degan xabarni etkazishlari lozim edi». D.Gladishevning Xivada istikomat kilib turgan rus asirlari xakida keltirgan ma`lumotlari xam o`ta muximdir. U yozadi: «O`sha erda asirda bo`lgan Yoyik kazagi Andrey Borodindan eshitdimki, Xivada Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasidan asirga tushib kolgan ruslar, kalmoklar va boshka erliklarning soni 3 000 kishiga etadi. U (Andrey Borodin) ularni yaxshi biladi. Baxorda ularni Xiva tevaragidagi ariklarni tozalashga xaydab boradilar. Orolda shunday asirlar soni 500 kishi. Taxminan shugcha asir Kozok va Korakalpok o`rdalarida yashab turibdilar...» Sheldeltogda xam rus asirlari turadilar. O`sha togda kumush va oltin konlari bor. Kazilgan rudalarni tekshirib karaganlarida uning uchdan bir kismi sof oltin bo`lib chikdi. Buni aniklangan odam Shergozixonga borib aytdi. Xon uni tiriklayin ko`mib tashlashni buyurdi, «toki u bu gapni boshka birovga borib aytmasin, deb». Xivaliklarning kasb-kori xakida xam Gladishev ayrim ma`lumotlar keltirgan: «Ular,-deb yozgan edi u,-bo`gdoy, arpa, jo`xori, tarik, kunjut, paxta va tamaki ekadilar. eri, ba`zi erlari kumlok, ba`zilari loykadan iborat, sugorib ekadilar. Uni xo`kiz bilan xaydaydilar... Chorvalari: tuya, ot, mol, argumoklar va oddiy otlar, eshak, ko`y, echki. Kushlari: o`rdak, tovuk. Mevadan: olma, anor, uzum, tut, shaftoli, jiyda, olmurut. Poliz ekinlaridan: kovun, tarvuz, turp, sholgom, karam, piyoz etishtiriladi. Daraxtlar: sada kayragoch, terak, tol ...o`sadi. Shuningdek, tut meva beradi, bargi bilan pilla kurti bokiladi. Xivada mis pul zarb kilinadi, miltik dori tayyorlanadi... Kamish va beda etishtiriladi. Daryolarida: Sirdaryo, Kuvondaryoda, Ulug daryoda kechuvlar bor. Ikki sajenlik, ikki yarim sajenlik kayiklar mavjud. Ularda 5 boshgacha ot yuklab o`tish mumkin...Sirdaryo bilan Ulug daryoda balik ko`p. Kamishzorlarda bars, bo`ri, shagol,tulki kabi yirtkich xayvonlar yashaydi». Rossiya uchun Orol dengizining iktisodiy va xarbiy-strategik axamiyati katta edi. Shuning uchun xam Orol flotiliyasining boshligi kontr-admiral A.I.Butakov (1816-1869 yy.) ga 1848 yili Orol dengizini o`rganish va uni tavsiflash vazifasi yuklatildi. A.I.Butakovning kuzatishlari uning «Kundaliklar»ida (to`la nomi «Dnevnie zapiski plavaniya po Aral`skomu moryu v 1848-1849 g.», podgotovka k pechati e.K.Betgera.-Tashkent: 1953) bayon etilgan. Uning yozishicha, «Orol dengizi tinch dengizlardan bo`lmay, ayniksa shamol turgan paytida panox topish kiyin». «Uning Garbiy soxilini suratga tushirishni Kumsuat ko`ltigidan boshladik. Kumsuatdan boshlab menga dengiz chukurlasha boshlaganday tuyuldi...» Butakov o`shanda Orol dengizini va uni bandargox kurish mumkin bo`lgan erlarini karichma-karich o`lchab chikdi. Umuman, kontr-admiral Butkvoning kuzatishlari, Rossiya xukumatiga kelajakda dengizda xarbiy va savdo floti kurish mumkinligini ko`rsatdi. Bu reja podsho Rossiyasiga Sirdaryo va amudaryoda xam kemalar katnovini yo`lga ko`yishga va bu bilan Koshgar va Xindistonga suv yo`lini ochib berish imkonini berar edi. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. q. Ýë÷è âà ñàéåõëàðíèíã àñîñèé ìà3ñàäè íèìà? w. Ýë÷è âà ñàéåõëàð ýñäàëèêëàðèäà 3àíäàé ìàñàëàëàð åðèòèëàäè? e. Ýë÷è âà ñàéåõ ýñäàëèêëàðèíè òàðèõíè óðãàíèøäàãè èëìèé àõàìèÿòè íèìàäà? 19-mavzu. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davriga oid manbalar Reja: 1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy vokealar. 2. Maxalliy manbalar. 3. Rossiya manbalari. 4. Rasmiy xujjatlar va ushbu davr to`grisidagi adabiyotlar. Asosiy tushunchalar: Chor Rossiya, Turkiston o`lkasi, mustamlaka, ok podshox, mardikor. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. I.A.Karimov. “Tarixiy xotirasiz kelajak uyk”-T., 2001. 2. I.A.Karimov. “Yuksak ma`naviyat engilmas kuch”-T., 2008. 3. Masal`skiy V.M. Xlopkovodstvo, oroshenie gosudarstvennix zemel` i chastnaya predpriimchivost`. SPb, 1908; Turkestanskiy kray. SPb, 1913. 4. Krivoshein A.V. Zapiska glavnoupravlyayushego zemledileim i zemleustroystvom o poezdke v Turkestan. SPb, 1912. Movarounnaxrdagi yirik davlat bo`lgan Buxoro va Xiva xonligi XVIII asrning birinchi yarmida Eron shoxi Nodirshox ta`sir doiraisga tushdi. 1753 yili Nodirshoxni vasiy sifatida tan olgan Muxammad Raxim o`zini Buxoro amiri deb e`lon kildi va 1920 yiligacha xukm surgan mangitlar sulolasiga asos soldi. Fagona vodiysida yashab turgan o`zbek kabilalaridan biri minglar o`z etakchisi Shoxruxbiyni xokimiyat tepasiga ko`tardilar va Ko`kon xonligi tashkil topdi. XIX asr boshida Muxammad Raximxon avval (1806-1825) mustakil Xiva xoni sifatida mustakil faoliyat ko`rsata boshlaydi. Shunday kilib, XVIII oxiri XIX asr boshlarida Movarounnaxrda uchta mustakil davlat faoliyat ko`rsata boshlaydi. Rossiya iktisodiy va xarbiy kudratga erishishi munosabati bilan uning Ko`kon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligiga bo`lgan munosabatida istilochilik ruxi ustun kelib, XIX asrning ikkinchi yarmidan o`lkani zabt etishga kirishdi. 1860 yili Rossiya Ko`kon xonligiga karshi e`lon kilinmagan urush boshladi. Polkovnik Mixail Chernyaev 1864 yili avliyo ota shaxri tomon yurish boshladi va shaxarni egallab, general darajasiga ko`tarildi. 1865 yil general M.Chernyaev Toshkentni egalladi. 1866 yili general M.Chernyaev Buxoro amirligiga karshi istilochilik xarakatlarini boshladi va 2 yil davomida uning yarim xududining egalladi. Rossiya xukumati yangi bosib olingan erlarni boshkarish uchun va bu xarakatni davom ettirishni muvofiklashtirish uchun 1867 yilning 11 iyulda Turkiston general gubernatorligini ta`sis etdi va uning raxbari etib general K.P.fond Kaufanni (1867- 1881) tayinladi. 1872 yil oxirlarida xarbiy vazir boshchiligiga Peterburgda Turkiston, Orenberg, general – gubernatorlari va Kavkazdagi podshox noiblari ishtirokidagi maxfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga karor kilinadi. 1873 yili may oyida ruslar Xiva shaxrini egallaydilar. Bu esa kuchayib borayotgan Rossiya davlatining osonlikcha o`lkani o`z ta`sir doirasiga o`tkazish imkonini berdi. 1917 yilgi Sank-Peterburgda yuz bergan Oktyabr` to`ntarilishi Rossiya davlati tarixida Sho`rolar xukmronligiga asos soldi. Bu davrda yuz bergan vokealar bir toionda o`sha davr rasmiy xujjatlarida maxalliy xalk vakillari va rosiyalik mualliflar tomonidan turlicha yoritilgan. Mana shuning uchun xar manba aloxida o`rganilishi, turli tomonlar karashlari o`zaro kiyosiy taxlil kilinishi maksadga muvofik. Ushbu davr vokealari keyingi davr adabiyotlaridan xam turlicha talkin etib kelindi. Chunki ularga siyosiy tuzum tazyiki juda kuchli edi. O`zbekistonning mustakillikka erishishi bilan mustamlaka bavri tarixini xolislik va odilona tarzda yoritish imkoni yaratildi. Maxalliy manbalar. Bu davrda «Afzal at-tavorix», «Tarixiy Umarxon», «Risolai askariya», Xakimxon Turani «Mumtaxab ut-tavorix», Mulla Niyoz Muxammadning «Tarixiy Shoxruxiy», Avaz Muxammad attorning «Tarixiy jaxonnamoiy», Muxammad Solixning «Tarixiy jadidayi Toshkand», Mullo Yunusjon Munshiyning «Amiriy Lashkar Alimkul tarixi» kabi asarlar Ko`kon xonligida, «Tuxfat ul-xoniy», «Tarixiy amir Xaydar», «Fatxnomai sultoni», «Mangitlar xonadoni tarixi», «O`zbek podshoxliklari zikri», Mirzo Abdullazim somining «Tarixi Salitin mangitiya», «Tarixiy Salotini mangitia uzbakiia va ashtarxonia», «Shajarai xusravi Komkor» nomli asarlar Buxoro amirligida, Munisning «Firdavs ul-ikbol», Muxammad Rizo Ogaxiyning «Riyoz ud-davlat», «Zubdat ut-tavorix», «Jomi` al- vokioti sultoniy», «Gulshan ud-davla», Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshoxiy», «Xorazm tarixi», «Ikboliy Feruziy» tarixiy asarlar Xorazmda yaratildi. Xorazmda yaratilgan tarixiy asarlar o`zbek tilida yaratilganligi bilan dikkatga sazovor. Bundan tashkari Xorazmlik olim va tarjimonlar ko`plab tarixiy asarlarni o`zbek tiliga tarjima kilganlar. Umaman mustamlakachilik arafasida va bu davrda ko`plab maxalliy tarixchilar bo`lib o`tgan siyosiy vokealarga o`z munosabatlarini bildirganlar. Bugungi kunda ushbu manbalardagi kimmatli ma`lumotlarni boshka manbalar bilan kiyosiy o`rganish asosida tarixni xolis va odilona yoritish mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling