Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Memuar asarlar xususiyati
- Memuar asarlar tavsifi.
- 18-mavzu. Sayyoxlar va elchilarning esdaliklari Reja
- Marko Polo xotiralari.
17- mavzu. Memuar asarlar Reja: 1. Memuar asarlar xususiyati. 2. Memuar asarlar tavsifi. Asosiy tushunchalar: me`muar, xotira, taassurot. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001. 3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993. 4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. 5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987. 6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. (Pismennie pamyatniki).-T.“Fan”, 1985. Memuar asarlar xususiyati Memuar asarlar deb, mualliflarning shaxsiy xotiralari asosida yozilgan kitoblarga aytiladi. Ularda aksariyat xollarda muallif o`zi shaxsan ko`rgan, ishtirok etgan yoki zamondoshlaridan o`zi eshitgan vokealarni bayon etadi. Bu asarlarda aksariyat xollarda vokea xodisalar to`gri yoritiladi. Ba`zan muallifning shaxsiy kelib chikishiga karab vokealar turlicha talkin kilinishi mumkin. Memuar asardagi vokea xodisalar bayonini boshka yozma manbalar bilan solishtirib so`ngra xulosa chikarish zarur. Bunday asarlarda ba`zi xollarda vokea xodisalarni garazli bayon etish xollari xam uchraydi. Umuman tarixiy vokea- xodisalarni chukur va atroflicha o`rganish uchun memuar asarlardan xam tankidiy foydalanish mumkin. Memuar asarlar tavsifi. «Mujmali Fasixiy» («Fasixiyning (tarixlar) majmuasi») XV asrning ko`zga ko`ringan tarixchilaridan Fasix Axmad Xavofiyning asaridir. Muallifning to`la nomi Fasix Axmad ibn Jaloliddin Muxammad bo`lib, u 1375 yili Xirtda yirik mansabdor oilasida tugilgan, 1405-1424 yillarida Alouddin Ali tarxon va Shoxrux devonida xizmat kilgan. U 1440-1441 yillari Shoxruxning suyukli va nufuzli xotini Gavxarshod begimning amri bilan kamokka tushib koldi. 1441 yil 2 noyabrida ozod kilingandan so`ng fakat ilm bilan mashgul bo`lgan va 1442 yili o`zining yirik-tariziy biografik asari bo`lmish «Mujmali Fasixiy» asarini yozib tamomlagan va Shoxruxga takdim etgan. Tarixchining vafot etgan yili ma`lum emas. Fasix Axmad Xavofiyning mazkur asari ko`pgina tarixiy, adabiy, biografik, geografik asarlar, masalan, al-Mas`udiy, ibn al-Asir, ibn Xallikon, Nisoviy, Juvayniy, Rashididdin, Faxriddin Banokatiy, Vassof, Xofizi Abru, robi`a Fushanjiy, Ibn Yamin Faryumadiy, Salion Sovajiy va boshkalarning asarlari asosida, shuningdek, muallifning kuzatish va taftishlari natijasida to`plagan boy daliliy ma`lumot asosida yozilgan. Asarda Odam Atodan to muallif zamonigacha Elon va Movarounnaxrda bo`lib o`tgan muxim tarixiy vokealar, mashxur olimlar, shoirlar, adiblar va boshka tanikli kishilarning tarjimai xoli, shugingdek, yirik suv inshootlari xamda dikkatga sazovor yuinolar, masjid, madrasa, sardoba, karvonsaroy, xammom va boshkalarning kurilishi xakida kiskacha, lekin benixoyat kimmatli daliliy ma`lumotlar keltirilgan. Vokealar yyilma-yil, xronologik tartibda berilgan. Bu xol asardan foydalinishni birmuncha osonlashtiradi. «Mujmali Fasixiy» so`z boshi-debocha, kirish-mukaddima, xotima va ikki kism- makoladan iborat. Debochada tarix fanining xosiyoti va uni o`rganishning axamiyati xakida gap boradi, asarning nomi va mundarijasi keltiriladi. Mukaddimamda dunyoning yaratilishidan to Muxammad paygambarning tugilishigacha bo`lgan davr ichida kechgan vokealar xakida ma`lumot beriladi. Birinchi makolada Muxammad paygambarning to`gilishidan to uning Makkadan Madinaga xijrat kilishi, 622 yiligacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Ikkinchi makolada juda katta davr 622 yildan to 1442 yilgacha musulmon olamida yuz bergan vokealar bayon etiladi. Xotima maxsus Xirot shaxariga bagishlangan. Fasix Axmad Xavofiy va uning mazkur asari XIX asr o`rtalaridan beri ilmiy jamoatchilikning dikkat-e`tiborini o`zisha jalb kilib kelmokda va mashxur sharkshunos olimlarning bksak baxosiga sazovor bo`lgan. «Mujmali Fasixiy»ning matni 1961-1963 yillari Eronda Maxmud Farrux tomonidan, ikkinchi makolaning ruscha tarjimasi D.Yusupova tomonidan Toshkentda 1980 yili chop etilgan. «Badoyi` ul-vakoyi`» («Nodir vokealar») nomli asar muallifi XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida o`tgan tanikli adib va olim Zayniddin Vosifiy yoki Zayniddin Maxmud ibn Abduljamildir. U 1485 yili Xirotda tugilgan. Otasi o`ziga tinch va ma`lumotli kishi bo`lib, Sulton Xusayn mirzo saroyida kichik lavozimlardan birida munshiy yoki vokeanavis bo`lgan. Zayniddin Vosifiy yaxshi o`kida, iloxiyot, tarix, adabiyot va boshka ilmlarni puxta egalladi. 16 yoshida karindoshi va Xirotning tarikli zotlaridan biri bo`lgan amir Soxibdoroning yordami orkasida Aliger Navoiyning dikkat-e`tiborini kozonishga muyassar bo`ldi. U 1500-1502 yillari xirotlik nufuzli amir Shoxvali ko`kaltoshning xonadonida muallimlik kildi, 1502-1507 yillari Sulton Xusayn mirzoning o`gillaridan Faridun Xusaynning kutubxonasida kitobdor mansabida ishladi. 1507-1511 yillari Vosifiy Shoxrux mirzo madrasasida Xurosonda ko`zga ko`ringan iloxiyot olimi Imodiddin Ibroximdan ta`lim oldi. Zayniddin Vosifiy 1511 yili Xurosonda Safaviylar xukmronligi o`rnatilishi va sunniy mazxabidagi musulmonlarni ta`kib etish kuchayganligi tufayli 1512 yilning 17 aprelida bir gurux ruxoniylar sayyid Shamsiddin Kurti, amir Xusayn va boshkalar bilan birga Movarounnaxrga keldi va umrining oxirigacha shu mamlakatda istikomat kildi. U Movarounnaxr va Turkistonning ko`pgina shaxarlari Samarkand, Buxoro, Yassi, Sabron, Shoxruxiya, Toshkent va boshkalarida istikomat kildi va mudarris, imom, tarbiyachi, masalan, Suyunchxojaning kenja o`gli Navruz Axmadxonning tarbiyachisi bo`lib xizmat kildi, Shoxruxiyada bo`lgan yillari esa Keldi Muxammadxon xukumatida kozi askar lavozimida turdi. Vosifiy 1551 yili Toshkentda vafot etdi va mukaddas manzilgoxlardan shayx Xovand Taxur mozoriga dafn kilindi. Zayniddin Vosifiy o`zining «Badoyi` ul-vakoyi`» nomli tarixiy-memuar asari bilan shuxrat kozondi. Asarda 1512-1532 yillar orasida muallifning Xuroson va Movarounnaxrda ko`rgan-kechirganlari, o`sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat zo`r maxorat va yuksak san`at bilan bayon etiladi. «Badoyi` ul-vakoyi`»da Movarounnaxrning XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy- siyosiy va madaniy xayotiga oid kimmatli ma`lumotlar ko`p. Asar 1538-1539 yillari yozib tamomlangan. «Badoyi` ul-vakoyi`» asosan ikki kismdan iborat. Uning birinchi kismi II bob bo`lib, unda Vosifiyning Xirotdan 1521 yili kochib kelishidan to uning Shoxruxichga, Keldi Muxammadxon saroyiga 1518 yili kelguniga kadar Xuroson va Turkistonda bo`lib o`tgan vokealarni o`z ichiga oladi. Ikkinchi kismda Vosifiyning mazkur xon saroyida tez-tez bo`lib turadigan adabiy yiginlar xakidagi esdaliklar joy olgan. «Badoyi` ul-vakoyi`»ning ko`lyozma nusxalari keng tarkalgan. Birgina O`zR FA Sharkshunoslik instituti kutubxlnasida ushbu asarning o`ndan ortik nusxasi saklanmokda. Asarning tankidiy matni Sankt-Peterbkrglik olim A.N.Boldirev tomonidan 1961 yili ikki jild kilib chop etilgan. U Xorazmda 1826 va 1907 yillarda Dilovarxoja va Muxammad Amin to`ra tomonidan o`zbek tiliga tarjima kilingan. Ayrim parchalar rus tilida A.N.Boldirev va V.P.Yudin tarafidan e`lon kilingan. «Badoyi` ul-vakoyi`»ning ayrim kismlari N.Norkulov tomonidan tarjima kilinib, 1979 yili nashr etilgan. «Mir`ot ul-mamolik» («Mamlakatlar ko`zgusi») XVI asrda o`tgan turk admirali Seydi Ali Reis asaridir. Muallifning to`lik ismi Seydi Ali Xusayn o`gli, she`rlarini Kotibiy Rumiy taxallusi bilan yozgan. Seydi Ali Reis keng ma`lumotli dengizchi bo`lib, sultonning Magrib dengizi, O`rta er dengizi da olib borgan barcha urushlarida, Xayruddin posho va Sinon posho raxbarligida ishtirok etgan. Ota-bobolari Galatiyadagi dorussaloxiyi omira, kurol- yarog omboriga boshchilik kilganlar. Uning xavf-xatarlar bilan to`la sarguzashtlari 1554 yilning fevral oyida Suriyaning Basra shaxridan boshlanadi. Turli sarguzashtlarni boshdan kechirib, dengizchi o`z xamroxlari bilan Xindiston, Badaxshon, Movarounnaxr, Xorazm, Dashti kipchok, Xuroson va Iroki Ajam (Garbiy Eron)da bo`lgan. U o`z yurtiga 1556 yilda kaytib borguncha o`sha mamlakatlarda ko`rgan-bilganlarini bir kitobga jamlab uni «Mir`ot ul-mamolik» deb atadi. Asarda muallifning ko`rgan-kechirganlari, o`zi bo`lgan mamlakatlarning XVI asr o`rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy axvoli va xalki xakida kimmatli ma`lumotlar uchratamiz. Masalan, Seydi Ali Reis o`sha paytlarda Movarounnaxrni egallab turgan Navro`z Axmad Barokxon va Shayboniylar bilan Turkiya o`rtasidagi munosabatlar xakida mana bu ma`lumotlarni keltiradi; «Samarkandi bexishti monandga doxil bo`ldik. Bu erda Navro`z Axmadxon, ya`ni Barokxon bilan ko`rishib, unga keltirgan fakirona tortigimizni takdim etdik. Xon bu fakirga bitta ot, bosh-oyok sarupo marxamat kildi. Bundan avval saodatli podsho (Sulton Muxammad Fotix) shayx Abdullatif va Dodosh elchi orkali Barokxonga bir mikdor miltik otuvchilar va bir kancha kal`a to`plari yuborgan edi. Elchilar kelgan paytda Samarkand podshosi Abdullatifxon vafot etib, Barokxon Samarkandda xonlik taxtiga o`tirgan, Balxda Pirmuxammadxon, Buxoroda esa sayyid Burxon sulton o`z nomlariga xutba o`kitganlar. Barokxon shu ikki xonga karshi biror chora ko`rishga kodir bo`lmasa-da, keyinrok ularning o`zaro nizolaridan foydalangan. Avval Samarkandni olgach, keyin Shaxrisabzga borib u erda xam ko`p urishgan. Bu urushda rumlik(turk)larning bir kancha boshliklari o`lgan. Nixoyat, Shaxrisabz uning ko`liga o`tgan. Yana u erdan Buxoroga borib shaxarni bir necha vakt kamal kilgan. Buxoro xoni sayyid Burxon Barokxonsha bardosh berolmay, Korako`lni Balx xoni Pirmuxammadga bergan. Pirmuxammadxon o`z inilari yuborib, Korako`lni ko`lga kirgizgan. Oxiri sayyid Burxon dosh berolmay, Barokxondan omonlik tilab, o`rtada sulx tuzilgan. Barokxon Buxoroni yana sayyid Burxonga topshirib, o`zi Korako`l ustiga yurgan. Pirmuxammadxonning inilari Barokxondan omonlik tilab, Korako`lni unga topshirganlar. Barokxon uni xam sayyid Burxonga kaytarib, o`zi Samarkandga kaytgan... Barokxonning yonida atigi 150 ga yakin rumlik nayzaboz kolgan. Kolganlari uning o`gillari yonida kolgan». («Mir`ot ul-mamolik», 101-102- betlar). Seydi Ali Reisning Kazvinda Eron podshosi shox Taxmosib (1524-1576 yy.) bilan uchrashuvi xakida keltirgan ma`lumotlar o`sha yillari Turkiya Shayboniylar davlati va Eron o`rtasidagi munosabatlarini tushunishda juda muximdir. Asarda xususan mana bularni o`kiymiz; «Shox (Shox Taxmosib) ning elchisi Sobit oga Tabriz yo`li orkali podshox xazratlari (Sulton Sulaymon soniy konuniy, 1520-1566 yy.) xuzuriga bizdan oldin jo`nab ketgan edi, shox (shu sababdan) bir necha oygacha bizga ketishga ruxsat bermay, bir necha marta chakirib, ko`p suxbatlashdi. Bir kun suxbat vaktida «Rum diyori Barokxonga yordam bkrish uchun 300 ta yanichar yuborilgan ekan»,- dedi. Men ular Barokxonga yordam berish uchun emas, balki shayx Abdullatif xazratlarini ko`riklab Rumga olib ketish uchun yuborilgan edi, chunki Ashtarxon (Astraxan) yo`lida xoja Axmad Yassaviyning avlodlari Bobo shayxni cherkas shaxid kilgani sababli, bu yo`llar yolgiz yurishga xatarli xisoblanib kolgan edi. Agar yordam uchun yuborilganda, fakat 300 tagina emas, balki bir necha ming askar yuborilar edi»,-deb javob berdim.» («Mir`ot ul-mamolik», 122-bet). «Mir`ot ul-mamolik»da admiral va uning sheriklari bosib o`tgan mamlakat va shaxarlar , ularning osori atikalari xakida xam kimmatli maxlumotlar keltirilgan. «Mir`ot ul-mamolik» matnini Axmad Javdod toshbosma usuli bilan 1895 yili Istanbulda chrp etgan. Uni G.Vamberi ingliz tiliga tarjima kilib 1899 yili Londonda chop etgan. Asar Sh.Zunnunov tomonidan o`zbek tiliga tarjima kilinib, 1963 yili Toshkentda nashr etilgan. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. q. Ìåìóàð ñóçíèíã ìàúíîñèíè àéòèá áåðèíã? w. #àíäàé ìåìóàð àäàáèåòëàðíè áèëàñèç? e. Ìåìóàð àäàáèåòëàðíèíã òàðèõ ôàíè óðãàíèøäàãè àõàìèÿòè íèìàäà? 18-mavzu. Sayyoxlar va elchilarning esdaliklari Reja: 1. Sayyox va elchilarning esdaliklarining umumiy xususiyatlari. 2. Sayyox va elchilarni esdaliklari tavsifi. Asosiy tushunchalar: Sayyox, elchi, xotira, kundalik, rasmiy kabul..... Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001. 3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993. 4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. 5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987. 6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. (Pismennie pamyatniki).-T.“Fan”, 1985. 7. B.A.Axmedov. Tarixdan saboklar. –T., “O`kituvchi”. 1994. 8. Manbashunoslikdan ma`ruzalar majmuasi. Tuzuvchi A.A.Madraimov.-T., TDPU, 2001. Sayyoxlar va elchilarning esdaliklari Arab, Xitoy va Rossiya elchilari va sayyoxlarining esdaliklarida xam tariximizni chukur va atroflicha o`rganish uchun zarur daliliy ma`lumotlar ko`p. Shu bois esdaliklar xam muxim tarixiy manba xisoblanadi. Shuni e`tiborga olib, ulardan ayrimlariga kiskacha to`xtalib o`tishga karor kildik. Markaziy Osiyo Rossiya va uning sarmoyador guruxlarini xar jixatdan; xarbiy strategik, ya`ni uning Xindiston va Xitoyga yakinligi, zaminning boyligi va xalkining soddadil va mexnatsevarligi bilan ko`p vaktlandan beri kiziktirib kelgan. Markaziy Osiyo bilan kizikish, uni Rossiyaning mustamlakasiga aylantirish yo`lidagi xarakat podshox Mixail Fyodorovich (1613-1645 yy.) davridan boshlandi va ikki yuz kirk besh yildan keyin, 1865 yili Ko`kon, Buxoro va Xiva xonliklarini bo`ysundirish bilan yakunlandi. Rossiya xukumati o`zining bu siyosatini amalga oshirish uchun Markaziy Osiyoni yaxshi bilgan, keng ma`lumotli diplomatlari va xarbiylaridan foydalangan. Ular ogizda savdo va madaniy alokalarni rivojlantirish uchun, aslida esa mamlakatdagi xarbiy-siyosiy vaziyatni o`rganish, Xiva, Buxoro va Ko`kon xonliklarining ko`shni davlatlar; Xindiston, Eron, Turkiya va Xitoy bilan kanday munosabatda ekanligini aniklash va Markaziy Osiyo shaxarlariga olib boridigan yakin va kulay yo`llarni belgilash uchun yuborildi. Darslikda 1620 yildan to rus armiyasining Markaziy Osiyoga bostirib kirishigacha kechgan ikki yuz yil mobaynida mamlakatimizga Rossiyadan kelib ketgan ba`zi elchiliklar va xarbiy mutaxassislarning faoliyatiga kiskacha to`xtalib o`tiladi. ”Risola” nomli asarni X asrning birinchi yarmida yashab o`tgan arab sayyoxi va jugrofiy fanlar bilimdoni olim va yozuvchi Axmad ibn Fadlan yozgan. Ibn Fadlanni 921-922 yillari Bulgor, ya`ni Volga bo`yi podshoxining iltimosiga binoan, bulgorlar orasida islomni mustaxkamlash, bulgor podshoxligini ko`shni xazar xokonlarining xujumidan ximoya kilish uchun kal`alar bino kilishda yordam berish uchun xalifa Muktadir (908-932 y.) Bagdoddan yuborilgan elchi bilan uning kotibi vazifasida Bulgorga yubordi. Bagdod elchilari Bulgorga Xamadon, Ray, Domgon, Nishopur, Marv, Poykand, Buxoro, Xorazm, Ustyurt, Yoyik (Urol) orkali bordilar. Ibn Fadlan ana shu sayoxat vaktida ko`rgan va eshitganlari xakida “Risola” deb ataluvchi bir kitob yozib koldirgan. Asar etnografik ma`lumotlarga boy, unda turli xalklar, ularning turish-turmushi, mashgulotlari xususida kimmatli ma`lumotlar bor. Ibn Fadlanning ushbu asari XII-XIII asrlardan buyon jamoatchilikning dikkat e`tiborini tortgan, tarixchi olimlar undan birinchi manba sifatida foydalanganlar. “Risola”ning aslidan ayrim parchalar Yokut Xamaviyning “Mo``jam ul-buldon” asarida saklanib kolgan. 1923 yili uning kiskartirilgan taxriri ko`lyozmasi Mashxad kutubxonalarining birida topilib, asarni yakindan, bevosita o`rganishga yo`l ochildi. Ibn Fadlan “Risola“cining arabcha matni 1823 yili Peterburgda, Yokut Xamaviy asarida saklangan parchalar asosida va 1959 yili Damashkda nashr kilingan. Asar rus tilida (tarjimon A.P.Kovalevskiy) 1939 yilda nashr kilingan. “Risolat ul-avval” (“Birinchi risola”) nomli kitob muallifi Abu Dulaf, X asrda yashab o`tgan adib, sayyox va geograf olimdir. Uning to`la Mas`ar ibn Muxalxil al- Xazrajiy al-Yanbuiydir. Madinaning mashxur xazraj kabilasiga mansub bo`lib, asli Kizil dengizning port shaxri Yanbulikdir. Abu Dulaf X asr boshlarida Buxoroga kelgan va shoir sifatida Nasr 11 ibn Axmad Somoniy (taxm. 914-943) xizmatiga kabul kilingan. 942 yili Buxorodan kaytayotgan Xitoy elchilariga xamrox bo`lib, Sharkiy Turkiston orkali Xitoy poytaxtiga borgan, u erdan Xindistonga o`tgan. Muallif Buxorodan Xitoy va Xindistonga kilgan safari vaktida ko`rgan-bilganlari xakida “Risolat ul-avval” asarini yozgan. Olimning Ozarbayjon, Armaniston va Eronning shaxarlari va osori atikalari xakida “Risolat ul-uxro” (“Ikkinchi risola”) asari xam Eronda o`sha vaktda yozilgan. Ulardan ayrim parchalar Yokut Xamaviy xamda Zakariya ibn Muxammad Kazviniy asarlari ichida saklangan. Bu parchalar nemischa tarjimasi bilan birga F.Vyustenfel`d (1942) xamda K.Shlyotser (1844) tomonidan chop etildi. Abu Dulaf va uning asarlari mashxur sharkshunos olimlar dikkat e`tiborini kozongan. “Risolat ul-uxro” rus tiliga tarjima kilingan (1860). Marko Polo xotiralari. evropalik sayyox Marko Polo (1254-1324 yy.)ning 1271-1275 yillari Mo`guliston va Xonbalik (Xitoy)ga sayoxat kilgan. U 17 yil davomida Xitoyning ko`p viloyatlarini borib ko`rgan. U Samarkandda xam bo`lgan va bu xakda mana bu ma`lumotlarni koldirgan; «Samarkand katta, mashxur shaxar. Unda sarasinlar bilan xristianlar xam istikomat kiladilar». Marko poloning kitobida Oltin O`rda va Chigatoy ulusiga karashli shaxarlar, ularning xalki xakida xam kimmatli ma`lumotlar keltirilgan. Uning asari 1298 yili yozilgan va bir kancha evropa tillariga tarjima kilingan. Asarning ruscha nashri 1955 va 1990 yillari amalga oshirilgan. «Iogann Shil`tbergerning evropa, Osiyo va Afrika bo`ylab kilgan sayoxati» Bavariyalik ritsar`, kurchi Iogann Shil`tberger Amir Temur davriga oid o`z esdaliklarini yozib koldirgan. U asli nemis jangchisi bo`lib, 1396 yilning 15 sentyabridagi Turklar va evropaliklar umumiy ko`shini o`rtasidagi jangda asir olingan va keyinchalik kariyb 8 yil Boyazid 1 ning xizmatida bo`lgan. 1402 yilgi Ankara yonida bo`lgan urushda Iogann Shil`tberger Amir Temur tarafidan asir olindi va Samarkandga olib ketildi. Amir Temur vafotidan (1405 y.) keyin u dastlab Shoxrux, so`ngra Mironshox va uning o`gli Abubakr mirzo xizmatida bo`ldi. Shundan boshlab uning Osiyo va Afrika mamlakatlari bo`ylab jaxongashtaligi boshlandi. Iogann Shil`tberger kariyb 31 yil mobaynida kilgan «sayoxat»i paytida ko`rgan-bilganlarini esdalik sifatida yozib koldirgan. Unda juda ko`p noanikliklar, ayrim vokealarni bo`rttirib yoki kamsitib yozishlar bor. Shunga karamay, Iogann Shil`tbergerning kundaliklarida kimmatli tarixiy ma`lumotlar, muxim dalillarni uchratamiz. Bir-ikkita misol; 1)Temuriylar, xususan ularning Ozarbayjondagi noiblari, masalan Abubakr Mirzo Oltin O`rda xukmdorlarining o`zaro kurashlariga aralashib turganlar. 2)XU asrning boshida Oltin O`rdaning ichki axvoli va bunda kudratli amir edigey (Idiku O`zbek)ning nomi ko`rsatib o`tiladi. 3)Ozarbayjon, Dashti kipchok va uning xalki xakida muxim ma`lumotlar keltiriladi. Masalan, Ozarbayjon xakida bunday ma`lumotlar bor; Tabriz Eronning bosh shaxarlaridan. Uning savdodan oladigan foydasi tamom bir xristian davlati topadigan foydadan ortik. «Sultoniya, Ray, Maroga, Axlat, Gilon xam ushbu mamlakatning yirik shaxarlaridan... Rayning xalki boshkalardan shu bilan fark kiladiki, u Muxammadga emas, balki Aliga imon keltiradi. Ularni rofiziylar deb ataydilar». Dashti kipchok va uning xalki xakida Iogann Shil`tbergerning «Esdaliklari» da mana bunday gaplar bor; «Men, shuningdek, Buyuk Tataristonda xam bo`ldim. Xalki don ekinlaridan fakat tarik ekadi. Ular umuman non va vino istimol kilmaydilar. Vino o`rniga ot va tuyaning sutini ichadilar, shu va boshka xayvonlarning go`shtini uydilar ...Yana shuni xam aytish kerakki, xon saylashda uni ok kigizga o`tkizib, uch marta ko`tarib erga ko`yadilar, so`ng chodir atrofida aylantirib, keyin ichkariga olib kiradilar va taxtga o`tkazadilar.» Umuman, bu kitob Sharkiy evropa, Kichik Osiyo, Eron, Movarounnaxr, Dashti kipchok, Irok, Suriya va Misr mamlakatlari tarixi va xalki xakida ayrim, dikkatga sazovor ma`lumotlar beradi. Iogann Shil`tbergerning mazkur asari «Iogann Shil`tbergerning evropa, Osiyo va Afrika bo`ylab kilgan sayoxati (1394-1427 yy.)» deb ataladi va uning rus tilida (nemischa nashri 1859 yili amalga oshirilgan) uchta yaxshi nashri bor. Birinchis Odessa Universitetining profkssori F.K.Braun tarafidan 1867 yili, ikkinchisi Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademigi Z.M.Bunyodov 1984 yili va uchinchisi 1997 yili Toshkentda amalga oshirilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling