Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-mavzu. O`zbekistoning XVI-XIX asr birinchi yarmi tarixi fors tilidagi manbalar Reja
- Asosiy tushunchalar
- “Shayboniynoma”
- “Mexmonnomayi Buxoro”
- “Xabib us-siyar fi azbor afrod ul-bashar” va Giyosiddin Xondamirning tarixiy asarlari
«Tarixi muluki Ajam» asari Alisher Navoiyning ikkinchi tarixiy asari «Tarixi muluki Ajam»dir. 890/1485 yildan so`ng yaratilgan bu asarda Eronda xukmronlik kilgan to`rt sulola: Peshdodiylar, Kayoniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar to`grisida ma`lumot keltirilgan. Asar oxirida Sulton Xusayn Mirzo madxi o`rin olgan. Agar biz avvalrok yaratilgan «Saddi Iskandariy» dostonida xam to`rt sulola xakidagi ma`lumot borligini nazarda tutsak, doston yaratish jarayonida Alisher Navoiy to`plagan ma`lumotlarni maxsus tarixga oid asar sifatida ijod kilgan ko`rinadi. Bunda Alisher Navoiy yukorida nomlari zikr etilgan asarlar katorida yana Abu-l-Xayr Nasiriddin Abdullox binni Umar ul-Kozi Bayzaviyning (vaf.685/1266) «Nizom ut-tavorix» (yozilgan 674/1275), Abu Xomid Gazzoliyning (1058-1111) «Nasixat ul-muluk» va boshka asarlarni, xususan o`z zamondoshi Mir Muxammad Mirxondning «Ravzat us-safo» asaridan boxabar xolda, Eron tarixiga oid arab va fors tillarida tarixiy asarlardan farkli, bu kitobni turkiy tilda yaratdi. Ushbu asardagi shaxslar to`grisidagi ma`lumotlar Alisher Navoiy o`zining dostonlarida xam mavjudligini eslatib o`tgan. Bu asar ilmiy tankidiy matnini sharkshunos L.Xalilov tuzib, nomzodlik dissertatsiyasini ximoya kilgan edi. Afsus xamon uning tankidiy matni chop etilmagan. «Tarixi muluki Ajam» asarini ma`lum darajada, «Xamsa», xususan «Saddi Iskandariy» dostoniga tarixiy ilmiy ilova sifatida xam kabul kilish mumkin. Uning ichidagi ma`lumotlarning she`riy ifodasi «Saddi Iskandariy»da keltirilgan bo`lib, ularni boshka tarixiy asarlar bilan kiyosiy o`rganish Alisher Navoiyning tarixchi olim sifatidagi ijod kirralarini ochishga rdam berishi mumkin. «Xamsat ul-mutaxxirin» risolasi Alisher Navoiyning uchinchi memuar biografik asari «Xamsat ul- mutaxxirin»dir. U Abduraxmon Jomiy vafotidan so`ng, ya`ni 898/1492 yildan keyin yaratilgan. Bu risola Alisher Navoiyning piri, ustozi va do`sti Abduraxmon Jomiyga bagishlangan bo`lib, ikki buyuk ijodkor o`rtasidagi garoyib vokealar bayoni, Jomiyning shajarasi, asarlari nomlari va ularga berilgan baxolardan iborat. Uni memuar-yodnoma asar deb atash mumkin. Ushbu risola mazmunini ikki buyuk shaxs asarlaridagi lavxalar, xususan «Nasoyim ul-muxabbat», «Majolis un-nafois» xamda ularning o`zaro xatti kitobati, ayniksa, «Murakka`i Mir Alisher» to`plamidagi Jomiyning dastxat maktublari boyitishga xizmat kiladi. «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» risolasi Alisher Navoiyning to`rtinchi tarixiy asari, memuar biografik xarakterdagi risola bo`lib, u «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» deb nomlanadi. O`ziga «otaday» mexribon bo`lgan Sayyid Xasan Ardasher to`grisidagi asar to`gridan to`gri «Xolot» ya`ni biografiya deb ataladi. Asar tasnif odobiga ko`ra, «Bismilloxir-raxmonir - raxiym» so`zidan so`ng keladigan «Xamd» Allox madxi o`rniga nasimga murojaat bilan boshlanadi, asar mazmuni shunday xarakterlanadi: «Soliki foniy va gavxari koniy, orifi maoniy Sayyid Xasani Ardasher (raxmatulloxi) siyar va xolotida». Ya`ni bu asar «o`tkinchi foniy dunyodagi solik, gavxarlar koni va ma`nolar orifi Sayyid Xasan Ardasher biografiyasi» deb ataladi. Asar boshida muallif Sayyid Xasani Ardasherning otasi to`grisida kiska ma`lumotlarni keltiradi, undan so`ng, Alisher Navoiy uning o`zi xam yoshligida otasi kabi Boysungur Mirzo xizmatida bo`lgani, turli soxalar bo`yicha bilim olganini yozadi. Temuriylar saroyida xizmat kilib, doim xurmat va e`tiborda bo`lgani, xatto Sulton Xusayn Mirzo unga katta davlat lavozimini taklif kilganida, dunyo ishlaridan yuz o`girib, darveshlikni ixtiyor etganini zikr etadi. Risolada Sayyid Xasan Ardasherning tarixi, uning badiiy didi, turkiy va forsiy tildagi adabiyotni yaxshi bilishi, imom Gazzoliyning «Kimiyo-i saodat», Fariduddin Attorning «Mantik ut- tayr» asarlarini xush ko`rishi, xayotida bo`lib o`tgan vokealar tafsilotilarining eng muximlari zikr etiladi. Natijada, kitobxon ko`z o`ngida Temuriylar zamoni ziyolilarining yorkin vakili siymosi tarixi namoyon bo`ladi. O`sha davr ijtimoiy xayotiga tasavvur ta`limoti katta ta`sir o`tkazganini ko`ramiz. Chunki, e`tikod yuzasidan Sayyid Xasan Ardasher davlat lavozimidan voz kechgen shaxsdir. Sayyid Xasan Ardasher nomini Alisher Navoiy o`zining «Majolis un-nafois», «Nasoyim ul-muxabbat» asarlarida chukur xurmat bilan yod etadi. Umuman, «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» risolasi Temuriylar davri ijtimoiy-madaniy xayotini aks ettirgan muxim tarixiy manbadir. Unda Alisher Navoiy o`zining xayotida juda katta rol o`ynagan katta zamondoshi Sayyid Xasan Ardasherga munosib tarixiy yodgorlik o`rnatadi. «Xoloti Paxlavon Muxammad» risolasi Alisher Navoiyning beshinchi tarixiy asari xam memuar biografik xarakterdagi risola bo`lib, unda o`sha davrning eng mashxur va benazir kurashchisi va turli fanlar bilimdoni to`grisidagi «Xoloti Paxlavon Muxammad»dir. Alisher Navoiy «Majolis un-nafoyis» asarida ushbu shaxs to`grisida kuyidagi ma`lumotni keltiradi: «Paxlavon Muxammad Kushtigirkim, ko`p fazoyil bila orastadurkim, kushti bovujud ulkim, uning andok xak va mulkidurkim, ma`lum emasikm, xargiz bu fanda andok paydo bo`lmish bo`lgoy. O`zga fazoyiliga ko`ra va din martabasidur, musikiyda idvor ilmida davrining benaziridur, chun kamoloti izxor min ash-shamsdur, sharx kilmok extiyoj ermas». Risolada biz Paxlavon Muxammadning o`z davrining benazir kishisi bo`lganligi, kirk yil davomida alisher Navoiyga mexribonchilik ko`rsatganligi, favkulodda xotiraga egaligi, barcha zamondoshlari izzat xurmatiga sazovor bo`lgan, yuksak axlokiy fazilatlarga ega kurashchi ekanligini ko`ramiz. Uni barcha kechik zamondoshlari, Zaxiriddin Muxammad Bobur, Zayniddin Vosifiy, Mirza Muxammad Xaydar xam ajoyib kurashchi va oliyjanob inson, bastakor ekanligini tasdiklaydilar. Bu asarda temuriylar davri XV asr ikkinchi yarmi madaniy xayotiga oid kimmatli ma`lumotlar keltirilishi bilan muxim xususiyat kasb etadi. Bu risola xam avvalgi «Xamsat ul-mutaxayyirin» va «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» kabi XV asr ikkinchi yarmi Temuriylar davri tarixi to`grisidagi kimmatli manbadir. Nomlari zikr etilgan besh sof tarixiy asarlardan tashkari Alisher Navoiy kuyidagi asarlari, ya`ni «Maxbub ul-kulub», «Majolis un-nafois», «Munshaot», «Nasoyim ul- muxabbat» va xatto sof lingvistik xarakterdagi «Muxokamat ul-lugatayn» asarida xam tarix ilmi uchun muxim ma`lumot bor. Alisher Navoiy tarixchi olim sifatida asarlarida, xususan «maxbub ul-kulub»da ijtimoiy guruxlar to`grisidagi muloxazalarni bayon etgan, «Majolis un-nafois» asarida 450 dan ortik davlat arbobi shoir va san`at shaydolari xakida, «Nasoyim ul- muxabbat» asarida esa 750 dan ziyod avliyolar to`grisdagi ma`lumotlar keltirilgandir. «Vakfiya» asarida esa Alisher Navoiyning kanday mol-mulk egasi bo`lgani, xamda ularni jamiyat uchun vasiyat kilganligi bayon etiladi. Alisher Navoiyning «Munshaot» asari, xamda u tartib bergan «Murakka` Mir Alisher»da jamlangan maktublar mazmuni, Alisher Navoiyning xayoti va faoliyati turli kirralarini va o`z davri ijtimoiy, siyosiy va madaniy xayotini yoritishda juda katta tarixiy, ilmiy axamiyatga ega xujjatlardir. U tartib bergan Xoja Ubaydullox Axror, uning muridlari va Abduraxmon Jomiyning dastxat maktublarini tartibga keltirib, maxsus «Murakka` Mir Alisher» nomli dastxat avtograflardan iborat kimmatli 594 ta maktubni kitob xoliga keltirgizib, bizga meros koldirgan. Ushba murakka` asosida doutorlik dissertatsiyasini yozib sharkshunos Asomiddin O`rinboev tarix fanlari doutori degan unvonga ega bo`ldi. Keyingi yillarda olim ular to`grisida rus, tojik, fors va ingliz tillarida bir necha kitob chop etib Alisher Navoiyning tarix soxasidagi ko`rsatgan xizmatini dunyoga namoyish etdi. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëàäèãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëàäèãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëàäèãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëàäèãàí ñàâîëëàð. q. Àëèøåð Íàâîèéíèíã òàðèõãà îèä 3àéñè àñàðëàðèíè áèëàñèç? w. «Òàðèõè àíáèå âà õóêàìî» àñàðè íèìàãà áà2èøëàíãàí? e. «Òàðèõè ìóëóêè Àæàì» àñàðèäà 3àéñè ñóëîëàð õà3èäà ñóç áîðàäè? r. «Õàìñàò óë-ìóòàõàééèðèí» àñàðè êèìãà áà2èøëàíãàí? t. «Õîëîò Ñàééèä Õàñàí Àðäàøåð» àñàðè êèì òó2ðèñèäà? y. «Õîëîò Ïàõëàâîí Ìóõàììàä» àñàðè ìàçìóíèíè ñóçëàá áåðèíã? 11-mavzu. O`zbekistoning XVI-XIX asr birinchi yarmi tarixi fors tilidagi manbalar Reja: 1. Muxim ijtimoiy siyosiy vokealar. 2. Fors tilidagi manbalar. 3. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 4. Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar. Asosiy tushunchalar: manbalar, ashtarxoniylar, mangitlar, minglar, Buxoro amirligi, Ko`kon xonligi, Xiva xonligi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001. 3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993. 4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. 5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987. 6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. (Pismennie pamyatniki).-T.“Fan”, 1985. 7. B.A.Axmedov. Tarixdan saboklar. –T., “O`kituvchi”. 1994. 8. Manbashunoslikdan ma`ruzalar majmuasi. Tuzuvchi A.A.Madraimov.-T., TDPU, 2001. Fors tilidagi manbalar. “Fatxnoma” nomli tarixiy mavzudagi she`riy doston mualifi Mulla Shodiydir. Uning xayoti va ilmiy –adabiy faoliyotiga oid ma`lumotlar juda kam. Shayboniyxonning inisi Maxmud Sulton xizmatida bo`lganligi va uning topshirigi bilan o`zining “Fatxnoma” dostonini yozganligi, uni 1502 yili tugatgan bo`lib, ayni shu davrda 55 yoshda bo`lganligi ma`lum, xalos. “Fatxnoma” tarixiy doston bo`lib, unda Shayboniyxon tavallud topgan 1451 yildan to Dashti kipchok o`zbeklari tomonidan Samarkandning istilo etilishi, so`nggi marta 1501 yil iyun oyigacha bo`lgan asosiy ijtimoiy-siyosiy vokealar keng yoritilgan. Xorazm va uning Urganch, Vazir va Adok singari shaxarlari, Dashti kipchokning axolisi, xususan mangitlarning turish-turmushi, shuningdek, Shayboniyxon askarlarining Turkiston, Andijon, Buxoro, Dabusiya va Karshi viloyatlarini ishgol kilganliklari xakida kimmatli ma`lumotlar mavjud. Asar xozircha bironta tilga tarjima kilinmagan. Uning ko`lyozma nusxalari ko`pgina mamlakatlarning kutubxonalarida saklanadi. Rossiya va MDX mamlakatlarida “Fatxnoma” dostonining beshta ko`lyozmasi mavjud. Bulardan ikkitasi Sankt-Peterburg Davlat universiteti kutubxlnasida, ikkitasi Dushanbeda va bittasi O`zR FA Sharkshunoslik institutida (Inv. № 5369) saklanadi. Toshkentdagi ko`lyozma juda kimmatli bo`lib XU1 asrda ko`chirilgan va unda turli mavzudagi 9-ta ajoyib miniatyura bilan bezatilgan. “Shayboniynoma” fors tilida bitilgan she`riy doston bo`lib, uning muallifi atokli shoir va tarixnavis olim Kamoliddin Binoiydir (1453-1512 yy.). Uning asli ismi Ali ibn Muxammad al-Xaraviy. Ko`prok Kamoliddin Binoiy nomi bilan mashxur. Xirotda ko`zga ko`ringan me`mor ustod Muxammadxon Sabz oilasida dunyoga kelgan. Yoshlik paytlari ogir sharoitda, Shoxrux Mirzo vafotidan keyin mamlakatda kuchayib ketgan toju taxt uchun kurash va o`zaro urushlar sharoitida kechdi. Ma`lumki, 1458 yili Kora ko`yunlular sulolasidan bo`lgan Jaxonshox (1438- 1467 yy.) Xurosonga bostirib kirdi va Xirotni egalladi. Lekin oradan ko`p vakt o`tmay, 1459 yili Temuriyzoda Sulton Abu Said Mirzo ko`shinlarining tazyiki ostida poytaxt shaxar va mamlakatni bo`shatib chikishga majbur bo`ldi. Ushanda Jaxonshox yuz nafar xunarmand oilani o`zi bilan birga Fors viloyatiga olib ketdi. Bular orasida me`mor Muxammad Sabz va uning oilasi kariyb uch yil Sherozda istikomat kilib, 1461 yili yana Xirotga kaytib keldi. Manbalarning guvoxlik berishiga karaganda, Kamoluddin Binoiy keng ma`lumotli kishi bo`lib, she`riyat, insho, iloxiyot, musika va tarix ilmlarini chukur bilgan. Bundan tashkari u me`morchilik san`atida xam o`z zamonasining peshkadamlaridan xisoblangan. Muxammad Sabz va uning o`gli ishtirokida kurilgan binolar Xirotda va mamlakatning boshka shaxarlarida juda ko`p bo`lgan. Masalan, 1481 yili xozirgi Afgonistonning Mozori sharif shaxrida, eski nomi Xoja xayron, Ali ibn Abu Tolib (656-661 yy.) mozori tepasiga kurilgan muxtasham makbara va boshka binolar shular jumlasidandir. Shoir va olimning “Binoiy” deb taxallus tanlashi xam mana shundandir. Binoiy oradan ko`p vakt o`tmay Tabrizga kelib koldi va 1492 yilga kadar Sulton Ya`kub Ok Ko`yunlu (1478-1490 yy.) saroyida xizmat kildi. 1492 yili u yana Xirotga kaytdi. 1495 yili ayrim sabablarga ko`ra, o`zining so`zlariga karaganda, ba`zi xasadgo`ylarning igvosi tufayli, Samarkandga ketib koldi. Binoiy dastlab xoja Ubaydulla Axrorning to`ngich o`gli va sulukda vorisi xoja Kutbuddin Yaxyo, so`ng Zaxiriddin Bobur, undan keyin 1501 yili to umrining oxirigacha, Shayboniyxon xuzurida uning saroy shoiri va tarixchisi bo`lib xizmat kildi. 1507 yili Binoiy Shayboniyxon bilan birga Xirotga keldi va1510 yilgacha ona shaxrida istikomat kildi. 1511 yili shaxarga Ismoil Safaviy ko`shinlari yakinlashishi bilan, u yana Movarounnaxrga ketib koldi va Karshi shaxrida kun kechirdi. Kamoluddin Binoiy 1512 yili Karshi mudofaachilari safida turib shaxarni Safaviylardan ximoya kildi va o`sha jangda xalok bo`ldi. Kamoliddin Binoiy iste`dodli shoir va ulkan tarixshunos olim sifatida tarixda koldi. U Markaziy Osiyo, O`zbekiston va Kozogistonning XV asrning so`nggi choragi va XV asrning boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`rganishda aloxida kiymatga ega bo`lgan “Shayboniynoma” nomli tarixiy dostonini yozdi. Binoiyning“Shayboniynoma” asari xam“Tavorixi guzida, nusratnoma” va Mulla Shodiyning “Fatxnoma” asarlari bilan bir rejada yozilgan bo`lib, Shayboniyxon tavalludidan to Dashti kipchok o`zbeklari tomonidan Movarounnaxr va Xorazmni 1505 yili bo`ysundirilishiga kadar zu xududda bo`lib o`tgan tarixiy vokealar xakida xikoya kilinadi. Asar 1505-15-7 yillari orasida yozilgan. “Shayboniynoma”da 1450-1505yillar orasida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy vokealar kiska, lekin anik bayon etilgan. U muxim geografik, masalan, Sirdaryoning o`rta okimida joylashgan Sabron, Signok, Arkuk, O`tror, Yassi, O`zgand, Okko`rgon va Xorazmga tobe shaxarlardan Urganch, Vazir, Buldumsoz, Adok va boshka joylar xakida xamda etnografik, masalan Dashti kipchoklik o`zbek kabilalari va ularning ijtimoiy-siyosiy xayotdagi mavkei xakidagi dalillarga boy asardir. Bundan tashkari, asarda Shayboniy amirlar va askarlarining faoliyati xakida muxim ma`lumotlarni uchratish mumkin. “Shayboniynoma” asari matni chop etilmagan. Lekin uning ko`lyozma nusxalari ko`p tarkalgan. Fakat O`zR FA Sharkshunoslik instituti ko`lyozmalari xazinasida etti mo``tabar nusxa mavjud. Bulardan biri, inv.№ 844, eng kadimgi bo`lib, Shayboniyxon xayot chogida uning shaxsiy kotibi Muxammad Mo`min tarafidan ko`chirmlgan, ayrim satrlari esa Shayboniyxonning o`z ko`li bilan ko`chirilgan. Yana bir e`tiborli ko`lyozma rakami № 3422 bo`lib, ushbu asarning xorazmlik mashxur tarixchi va tarjimon Muxammad Yusuf Bayoniy (1858-1923 yy.) tomonidan kilingan o`zbekcha tarjimasidir. Kitobdan ayrim parchalar rus tilidagi majmualarda e`lon kilingan. “Mexmonnomayi Buxoro” nomli O`zbekiston va Kozogiston, balki Markaziy Osiyoning XV asr II - yarmi –XVI asr boshlaridagi vokealar bayoni mavjud kimmatli tarixiy asar ijodkori Fazlullox ibn Ruzbexondir. Uning to`lik ismi Fazlullox ibn Ro`zbexon al-Isfaxoniy bo`lib, ko`pincha xoja Mullo nomi bilan mashxur bo`lgan. Ruzbexon 1457 yili Fors viloyatining Xunji kishlogida tavallud topgan. Otasi Jaloluddin Ruzbexon yirik iloxiyot va fikx olimi, mansabdor bo`lgan. Fazlullox ibn Ruzbexon asosiy ma`lumotni Isfaxon maktablari va madrasalaridan birida oldi, so`ng bilimini yanada kengaytirish va chukurlashtirish maksadida ikki marta 1474 va 1482 yillari Arabistonga bordi va yirik iloxiyot olimi shayx Jamoluddin Ardastoniy (1474 yili vafot etgan) xamda misrlik mashxur tarixshunos va tilshunos olim Shamsuddin Muxammad as-Sakaviy (1427-1497 yy.)dan ta`lim oldi. Xullas, Fazlullox ibn Ruzbexon o`rta asr fanining birmuncha soxalarini, xususan, iloxiyot, fikx, falsafa, tarix va Shark adabiyotini keng va chukur egallagan olim bo`lib etishgan. Bu xol uning Sulton Ya`kub Ok kuyunlu (1479-1490 yy.), Sulton Xusayn Mirzo (1470-1506 yy.) Shayboniyxon, va, nixoyat Ubaydullaxon saroyida zo`r extibor kozondi va xizmat kildi. Bunda tashkari va eng muximi, u bir necha fan soxalarida yirik asarlar yozib koldirdi. Fazlullox ibn Ruzbexon “Xalli tajarrid” (“Abstraktsiyaning xal etilishi”), “Ta`likot bar muxolot” (“Aklga sigmadigan (narsalar)ning izoxi”), “Badi` uz-zamon fi kissayi Xayy ibn Yakzon” (“Xayy ibn Yakzon” kissasida zamon badialari”), “Tarixi olamoroyi Aminiy” (“Aminiyning olamga bezak bo`luvchi tarixi”), “Ibtol najx al-botil va axmol kashf al-o`til” (“Noto`gri yo`ldan voz kechish va bid`atni inkor etish”), “Suluk al-muluk” (“Podshoxlarning xulk-atvori xakida (risola)”) va “Mexmonnomayi Buxoro” nomli asarlarni yaratgan. 1509 yili yaratilgan “Mexmonnomayi Buxoro” asari Muxammad Shayboniyxonning 1508-1509 yil kish oylarida kozok sultonlari Jonish Sulton, Axmad Sulton va boshkalarning ulusi ustiga uyushtirgan xarbiy yurishi tarixini bayon etadi. Bu yurish Fazlullox ibn Ruzbexon keltirgan ma`lumotlarga karaganda, mazkur sultonlarning 1508 yilning kuzida va 1508-1509 yilning kish oylarida Movarounnaxrning o`trok tumanlari ustiga kilgan talonchilik xurujlariga javoban u.shtirilgan. Fazlullox ibn Ruzbexon bu .rishda shaxsan ishtirok etgan, yuz bergan vokealarning ko`pchiligini o`z ko`zi bilan ko`rgan, ba`zilarini esa xon va uning yakin kishilaridan eshitgan. Asar XV asrning ikkinchi yarmiga oid, shuningdek, o`zbek va kozok xon va sultonlarining kelib chikishi xamda ularning o`zaro munosabatlari xakidagi vokealar esa Shayboniyxonning ko`lida bo`lgan “Nasabnoma” yoki “Tarixi Xumoyun” deb ataluvchi kitob asosida yozilgan. “Mexmonnomayi Buxoro” asarining ko`lyozma nusxalari kam. Xozirgacha dunyoda uning fakat ikkita nusxasi borligi aniklangan. Ulardan biri muallif dastxati bo`lib, O`zR FA Sharkshunoslik institutida 1414 tartib rakami ostida saklanmokda. Ikkinchisi Turkiyada, “Nuri Usmoniya” kutubxonasiga karashlidir (Tartib rakami 3431). Ushbu ko`lyozma asosida asar matnini eron olimi Manuchexr Setude 1962 yili chop etgan. Ruscha kiskartirilgan tarjimasini R.P.Jalilova Moskvada 1976 yili nashr etgan. Asarning biz uchun kimmati shundaki, unda Dashti kipchok, Turkiston va kozok ulusi geografik xolati, o`zbek va kozoklarning kelib chikishi, ularning etnik tarkibi, turmushi, urf-odati, shuningdek, boylarning xo`jaligida kul mexnatidan foydalanish xollari xakida benixoyat kimmatli ma`lumotlar uchraydi. Unda Gayboniyxonning kozoklar ustiga yurishini gayridinlar ustiga yurish deb oklashga xarakat kilingan. “Xabib us-siyar fi azbor afrod ul-bashar” va Giyosiddin Xondamirning tarixiy asarlari (“Inson xabarlari va fardlarida do`stning tarjimai xoli”) nomli mashxur tarixiy asar muallifi Giyosiddin Xondamirdir (1475-1535 yy.). Uning to`lik ismi Giyosiddin Muxammad ibn xoja Burxoniddindir. Otasi xoja Xumomiddin Muxammad Temuriylardan Sulton Maxmud Mirzo (1459-1494 yillari Chagoniyon, Xuttalon, Kunduz, Baglon va Badaxshon xokimi)ning vaziri bo`lgan. Ona tarafidan tarixchi Muxammad Mirxond nabirasidir. Xondamir 15-16 yoshligi chogida Alisher Navoiyning e`tiborini kozonadi va uning kutubxonasiga xizmatga kabul kilinadi. U to Navoiy vafotiga kadar, yaeni 3 yanvar 1501 yilgacha xizmatda bo`ldi va boy kutubxonasiga mutasaddilik kildi. Xondamir o`zining keng va chukur ma`lumotliligi, ilm-fanga chankokligi va saloxiyati bilan ko`plarning taxsiniga sazovor bo`ldi. Uning xakida Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida mana bularni o`kiymiz: “Mavlono Xondamir Mirxondning farzandidir va saloxiyatli yigitdir. Tarix ilmida maxorati bordir...” Alisher Navoiy vafot etgandan keyin Xondamir mamlakatda kuchayib ketgan o`aro kurash, ayniksa saroy afjiga mingan fmsku fujurlar okibatida Balxga ketib koldi va Badi`uzzamon mirzo (1496-1506 yillari Balx xokimi, 1517 yida vafot etgan)ning shaxsiy krtib sifatida xizmatiga kirdi. 1507 yili Xirot Shayboniyxon tomonidan ishgol etilgandan keyin u Zaxiriddin Muxammad Bobur xuzuriga ketib koldi. 1512 yili Bobur Movarounnaxrdan sikib chikarilgach, Xondamir Garjistonga bordi va to 1514 yilgacha Pasht kishlogida istikomat kildi. U asosan ilmiy faoliyat bilan mashgul bo`ldi. 1514-1517 yillari Xondamir Balx uchun kurash olib borgan Badi`uzzamon mirzoning o`gli Muxammad Zamon bilan birga bo`lib, uning kotibi sifatida xizmat kildi. Muxammad Zamon Safaviylardan engilgach, Xondamir yana Garjistonga kaytib bordi va ilmiy faoliyatini davom ettirdi. 1521 yili Xondamir vazir Xabibullo Sovajiyning taklifi bilan Xirotga kaytib bordi va uning topshirigi bilan o`zining yirik tarixiy asari “Xabib us-siyar”ni yozishga kirishdi. Oradan olti yil o`tgach, 1527 yilning iyuo` oyida Xondamir Xirotni tark etdi va bu safar Xindistonga ketib koldi. Kishni u Kandaxorda kechirdi va 1528 yilning 17 sentyabrida Agraga kelib tushdi va Bobur xizmatiga kabul kilindi. Bobur vafotidan so`ng uning to`ngich o`gli va taxt vorisi Xumoyun (1530-1542, ikkinchi marta 1555-1556 yy.) bilan birga bo`ldi. Tarixchi Dexlida vafot etdi va vasiyatiga ko`ra mashxur Nizomuddin Avliyo mozorida Amir Xusrav yoniga dafn etildi. Xondamir sermaxsul olim edi. Movarounnaxr, Turkiston, Yakin va O`rta Shark xalklari tarixi va madaniyatiga oid o`nga yakin asar yozib koldirgan. “Xulosat ul- axbor” (“Tarixlar (xabarlar) xulosasi”), “Maosir ul-muluk” (“Podshoxlar asrdoshlari”), “Nomayi nomiy”(“Atokli maktublar”), “Makorim ul-axlok” (“Namunali xulk”) va “Xabib us-siyar” shular jumlasidandir. Xondamirning ilmiy merosida “Xabib us-siyar” nomli yirik tarixiy asari aloxida o`rin tutadi va Movarounnaxr xamda Xurosonning XV asr oxiri va XVI asrning birinchi choragi dagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`rganishda muxim va kimmatli manbalardan biri bo`lib xizmat kiladi. Asar 1521-1524 yillar orasida yozilgan. Lekin olim Xindistonda turgan yillari xam asari ustida muntaxam ish olib bordi, uni yangi dalillar bilan boyitdi, taxrir kildi. Kitob to`la ravishda 1529 yili yozib tamomlandi. “Xabib us-siyar” umumiy tarix yo`nalishidagi asar bo`lib, mukaddima (iftitox), xotima (ixtitom) va uch jild (mujallad)dan iborat. O`z navbatida xar bir jild to`rt kism (juz)ga bo`linadi. Asarning I-II- jildlari amda III- jildning 1-2- kism, juzlari Turkiston xonlari, Chingizxon va uning Mo`guliston, Dashti kipchok, Movarounnaxr va Eronda xukmronlik kilgan avlodi, Mamlyuklar, Kirmon Klraxitoylari, Kartlar va Xuroson sarbadorlari tarixini o`z ichiga oladi. III - jildning 3- va 4- kismlari, juzlari esa yangi bo`lib, Xuroson va Movarounnaxrning XV asrning 90- yillaridan to 1524 yilgacha bo`lgan ijtimoiy-siyosiy axvolini chukur va atroflicha bayon etadi. “Xabib us-siyar” asarida katta er egaligi, iktisodiy axvol, tinimsiz urushlar tufayli vujudga kelgan sharoit to`grisida ayrim, dikkatga sazovor dalillar va ma`lumotlarni uchratamiz. Masalan, asarda o`z aksini topgan 1498 yilgi Samarkand kamali paytidagi shaxar xalkining ayanchli axvoli, 1512 yilgi Safaviylar tomonidan 10:42arshi shaxrida uyushtirilgan kirgin-katli om, 1514, 1515 yillari Xurosonda yuz bergan kaxatchilik va ochlik xakidagi ma`lumotlar ana shular jumlasidandir. Xondamirning ushbu asarida muxim ijtimoiy-iktisodiy masalalarga oid, kr egaligi, tarxonlar, suyurgol egalari va ularning jamiyatda tutgan mavkei, Temuriylar davlatining ma`muriy tuzulishi xakida kimmatli ma`lumotlar bor. Shuningdek, asar etnografik va geografik ma`lumotlarga xam boydir. “Xabib us-siyar” asarining ko`lyozma nusxalari ko`p. Asarning matni 1857 yili Bombay shaxrida va 1954 yili Texronda chop kilingan. Undan ayrim parchalar rus, frantsuz va ingliz tillarida turli to`plamlarda e`lon kilingan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling