Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Tarixi Mukimxoniy”
- “Ubaydullanoma”
- ”Tarixi kasira” yoki ”Tarixi sayyid Rokim”
- “Tarixi Abulfayzxon”
- “Cilsilat us-salotin”
- “Nomayi olamoroyi Nodiriy”
- “Tuxfat ul-xoniy”
“Dastur ul-muluk” (“Podshoxlarga ko`llanma”) nomli kimmatli asar muallifi XVII asr tarixchisi Xoja Samandar Termiziydir. Uning o`z ismi Muxammad Bakoxoja bo`lib, asli nasaf(Karshi)lik, Mir Xaydariy tarikati shayxlaridan biri oilasida dunyoga kelgan. Xoja Samandar Termiziy Ashtarxoniylardan Abdulazizxon (1645-1681 yy.) va Subxonkulixon (1681-1702 yy.) bilan zamondosh bo`lgan. U 1702 yilgacha Karshida raislik lavozimida turgan, Abdulazizxon va Subxlnkulixonning xarbiy yurishlarida ishtirok etgan. Oxiri ana shu Mir Xaydariy tarikati shayxlaridan ba`zilarining igvosi bilan 1702 yili raislik lavozimidan iste`voga chikishga majbkr bo`ldi va umrining oxirigacha, u 1735 yili xali xayot bo`lgan, fakat ilmiy faoliyat bilan mashgul bo`lgan. Xoja Samandar Termiziy o`z davrining keng ma`lumotli kishilari jumlasidan bo`lgan. O`sha vaktlarda yozilgan bir kator kitoblar, jumladan “Muzakkiri axbob”, “Muxit at-tavorix”ning ma`lumotlariga karaganda, u etuk shoir, yozuvchi va tarixchi olim bo`lgan, iloxiyot ilmini xam yaxshi bilgan, ko`p sayoxat kilib, nazariy bilmini mustaxkamlagan. Bizning zamonimizgacha olimning ikki muxim asari etib kelgan. Bulardan biri “Dastur ul-muluk” bo`lib, u 1695 yili va ikkinchisi “Anis ul-fukaro” (“Fakirlar do`sti”) nomi bilan mashxur bo`lib, 1735 yili yozilgan. O`zbekiston tarixini o`rganishda Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul- muluk” asari zo`r kimmatga ega. Asar Buxoro xonligining XVII asrning 70-90- yillardagi ijtimoiy-siyosiy axvolini, shuningdek, Buxoro bilan Xiva xonliklari o`rtasidagi siyosiy munosabatlarni o`rganishda katta axamiyatga ega. Asarda o`zaro kurashlar, oliy martabali mansabdordar orasida keng tarkalgan buzuklik, poraxo`rlik, zulm va mexnatkash xalkning ogir axvoli xakida kimmatli ma`lumotlar mavjud. “Dastur ul-amal”da o`zbeklarning etnik tarkibi xakida xam muxim dalil va ma`lumotlarni uchratamiz. 1971 yili “Dastur ul-amal”asarining forsiy matnini, ruscha tarjimasi, zarur izoxlar bilan M.A.Saloxitdinova chop etdi. Asarning o`zbekcha nashri 1997 yili Jabbor Esonov tomondan amalga oshirildi. “Tarixi Mukimxoniy” nomli tarixiy asar muallifi XVII asrda o`tgan yirik olim Muxammad Yusuf Munshiydir. Asarida keltirilgan ma`lumotlarga karaganla, asli balxlik bo`lgan va Subxonkulixon (1651-1680 yillari Balx, 1680-1702 yillari Buxoro xoni) xamda Muxammad Mukimxon (1697-1707 yillari Balx xoni) saroyida munshiy bo`lib xizmat kilgan. Muxammad Yusuf Munshiy Muxammad Mukimxonga bagishlangan “Tarixi Mukimxoniy”nomli asarini yozgan. Mazkur asar 1697-1704 yillar orasida yozilgan bo`lib, Balx va kisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etadi. Muxammad Yusuf Munshiy agar “jaxon xodisalarining kuchli shamoli uning (Muxammad Mukimxonning) xayot o`tini o`chirmasa, yo`ksizlik dengizining to`lkinlari o`ynoki otini o`z girdobiga tortib ketmasa” ushbu asarining ikkinchi kismini xam yozish niyatida ekanligini aytadi. Lekin “Tarixi Mukimxoniy”ning ikkinchi kitobi yozilmay kolgan. Fikrimizcha, bunga kandaydir kutilmagan xodisa, balki muallifning biron falokatga uchrab kolganligi sabab bo`lgan. “Tarixi Mukimxoniy” mukaddima va uch bodan iborat. Mukaddimada turkiy xalklarning afsonaviy onasi Alan kuva, Chingizxonning ota-bobolari, mo`gul ko`shinlari tomonidan Movarounnaxr, Balx va Badaxshonning bosib olinishi tarixi kiskacha bayon etilgan. Asarning birinchi bobi Shayboniylar davrida Movarounnaxrning umumiy axvolidan xikoya kiladi. “Tarixi Mukimxoniy”ning yangi va muxim kismi uning II-III boblaridir. Ikkinchi bobda Balx va kisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy axvoli, shuningdek, Buxoro va Balx xonliklarining Xindiston, Eron, Turkiya va Koshgar bilan bo`lgan siyosiy munosabatlari, uchinchi bobda esa 1702-1704 yillar vokealari, xususan Buxoro bilan Balx o`rtasida boshlangan kurolli kurash o`rin olgan. Asarda xonlar va katta er egalari to`grisida, mexnatkashlar ogir axvoli to`grisida ayrim kimmatli ma`lumotlar uchraydi. “Tarixi Mukimzoniy” asarining ko`lyozma nusxalari ko`p va Sankt-Peterburg, Toshkent, shuningdek, xloidiy mamlakatlarning kutubxlnalarida saklanmokda. Asar to`la o`zbekchaga 1861 yili tarjima kilingan, unday ayrim parchalar frantsuz va rus tillarida e`lon kilingan. 1956 yili to`lik ruscha tarjimasi chop etilgan. “Ubaydullanoma” XVII asrda o`tgan Mir Muxammad Amini Buxoriy asaridir. U o`kimishli va fozil kishilardan bo`lib, 1645 yilda tugilgan, vafot yili ma`lum emas. Ashtarxoniylardan Subxonkulixon va Ubaydullaxon (1702-1711 yy.) saroyida bosh munshiylik vazifasida xizmat kilgan. “Ubaydullanoma” Buxoro xonligining 1702-1716 yillar orasidagi ijtimoiy- siyosiy va madaniy xayoti xakida xikoya kiladi. Asar 1716 yildan keyin yozilgan, mukaddima, xotima va 80 bobdan iborat. Mukaddimada muallifning xol-axvoli, ya`ni Subxonkulixon xukmronligining so`nggi yillarida xizmatdan chetlashtirilib, ogir axvolga tushib kolganligi va Uaydullaxon xizmatiga kabul kilinishi, Abdulazizxon va Subxlnkulixon davrida Buzoro xrnligining ijtimoiy-siyosiy axvoli kiska tarzda bayon kilingan. 1-80- boblarda Buxoro xonligining kariyb 15 yillik (1702-1711 yy.) ijtimoiy- siyosiy tarixi batafsil yoritilgan. Muallif mazkur asarida katta er egaligi, axolidan yigiladigan solik va jarimalar, Buxoro xonligining ma`muriy tuzulishi, tarkoklikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iktisodiy kiyinchiliklar va uning afrim sabablari kabi masalalarga keng o`rin bergan. Asarda geografik va etnografik ma`lumotlar xam ko`p. Xotimada muallif bilan zamondosh bo`lgan va Buxoroda istikomat kilgan olimlar, shoirlar, masalan, Sayido Nasafiy, Kosixoja, mulla Sarfaroz, Fitrat, Mulxam, mashxur kozilar xakida kiskacha, lekin e`tiborga molik ma`lumotlar keltirilgan. “Ubaydullanoma” asarining 10 dan ortik ko`lyozma nusxasi mavjud. Asar A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima kilingan va 1957 yili Toshkentda nashrdan chikarilgan. ”Tarixi kasira” yoki ”Tarixi sayyid Rokim”, “Tarixi sayyid Rokim Samarkandiy” nomlari bilan mashxur bo`lgan asarni Mulla Sharafuddin A`lam yaratgan. U XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning birinchi choragida yashab o`tgan shoir va tarixchi olimdir. V.R.Rozen va A.A.Semenovlar keltirgan ma`lumotlarga karaganda, Mulla Sharafuddin A`lam asli andijonlik, yosh paytida Samarkandga, otasi xuzuriga kelib kolgan. Otasining ismi mullo Nuriddin bo`lib, xalk orasida oxund mulla Farxod nomi bilan mashxur bo`lgan. Mulla Sharafuddin yoshligidan mexnatsevar vailmga chankok bo`lgan. Otasining yordami bilan yaxshi o`kidi, turli ilmlarni kasb etdi va keng ma`lumotli olim va shoir bo`lib etishdi. V.R.Rozen va A.A.Semenovlarning tadkikotlaridan anglishilishicha, mulla Sharafuddin Samarkandning eng ma`lumotli olimlaridan mulla Bokijon Buxoriyning xizmatida bo`lgan va uning vafotidan keyin o`rniga a`lamlik vazifasigao`tirgan. Ba`zi ma`lumotlarga karaganda, u kozilik mansabida xam turgan. Olim “Tarixi kasira” asari bilan mashxur. Unda mashur shaxslarning xayotiga oid mamlakatda bunyod etilgan katta binolar, usti yopik bozor, timlar, xammamlar kurilishi va mashur kishilar xayoti bilan boglik sanalarga bagishlangan tarix- xronogrammalar majmuidan iboratdir. U Amir Temur tavalludi(1336 y.)dan to XVIII asrning o`rtalarigacha kechgan vokealarni o`z ichiga oladi. “Tarixi kasira” asarining ko`lyozma nusxalari va toshbosma nashrlari ko`p. Asarning birinchi toshbosma nashr olim va yirik davlat xizmatchisi Mirza Salimbek tarafidan 1913 yili Toshkentda amalga oshirilgan. Shu erda mazkur asarni “Tarixi tomm” nomi bilan 1998 yili bosmadan chikkanligini eslatib o`tmokchimiz. “Tarixi kasira” ba`zi muxim vokealar tarixini aniklashda kimmatli manba rolini o`ynaydi. Dalil sifatida bir necha misollar keltiramiz. Yirik tarixnavis olim va vazir Rashiduddinning o`ldirilishi vokeasi 1318 yil 27 oktyabr kuni sodir bo`lgan. Shoir Kamol Xo`jandiyning vafoti 1391 yili yuz berdi. Amir Temur zamonida o`tgan yirik alloma Taftazoniy xakida kuyidagi ma`lumotlar keltirilgadi. 1322 yili tavallud topgan. 18 yoshlik paytida Gijduvonda “Sharxi Zandoniy” asarini yozgan. 1347 yilning 10 iyun kuni Jom viloyatida “Sharxi mulaxxas al-miftax” kitobini yozib tamomlagan. 1373 yil 23 may kuni Samarkandda “Makosid ul-kalom va sharxi makosad” kitoblarini yozib tamomlagan. Vafoti 1392 yili sodir bo`ldi. “Tarixi kasira”da Amir Temur davrida o`tgan yana bir yirik olim Mir Sayyid Sharif Jurjoniy xakida kuyidagilarni o`kiymiz. Asli Mozandaronning To`un kishlogidan. 1377 yili tugilgan. Sherozdagi “Dor ush-shifo” o`kuv yurtida mudarrislik kilgan. Amir Temur Sherozni ishgol kilgan 1393 yili Samarkandga ko`chib kelgan va xazrat soxibkironning inoyat va marxamatlariga sazovor bo`lib, uning saroyida xizmat kilgan. 76 yoshida Sherozda vafot etgan. Movarounnaxrlik iloxiyot olimi xoja Muxammad Porsoning vafoti 1419 yili yuz bergan. Mirzo Ulugbekning birinchi muallimi shayx Ozariy, xakikiy ismi Xamza ibn Abdulmalik at-Tusiy 1440 yili vafot topgan. “Tarixi kasira”da uning xakida yana kuyidagilar aytiladi. Otasi sarbadorlar jamoasiga mansub bo`lgan. O`z davrining etuk olimi va shoirlari jumlasidan bo`lgan. She`rlari mashxur bo`lib, nazm va nasrda bir necha asar yozib koldirgan. “Javoxir al-asror”, “Tugroyi xumoyun” va “Ajoyib ul- garoyib” shular jamlasidandir. Shayboniylar, xususan, Muxammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullaxon soniy davrida, Movarounnaxr va Balx shaxarlarida bir talay katta kurilishlar, madrasalar, masjidu xonakolar, timlar, yirik suv inshoatlari kurib ishga tushirilgan. “Tarixi kasira”da bular xakida xam muxim ma`lumotlarni uchratamiz. Bir necha misol: Kesh(Shaxrisabz)da Oksaroy binosining kurilishi asosan 1382 yilda tamomlangan. Mirzo Udugbekning Samarkanddagi madrasasi 1425 yili kurib bitkazilgan. Mirzo Ulugbekning rasadxonasi 1429 yili kurib ishga tushirilgan. Alayka ko`kaltoshning Samarkanddagi jome` masjidida Ko`chkinchixon tarafida kurilgan marmar minbar 1528 yili bitkazilgan. Buxoroda Ubaydullaxon tarafida Mir arab madrasasining bino kilinishi 1536 yili sodir bo`lgan. Mavlono Mir muftiy tarafidan Buxoroyi sharifda kurilgan kutubxona 1558 yili bitkazilgan. Juvonmard Alixon tarafidan Buxoroda xammom kurilishi 1574 yili poyoniga etgan. Muxtar Kosim tarafidan Gijduvon yonida, Ko`xak daryosi ustiga kurilgan ko`p oshiyonalik suv ayirgich inshooti 1576 yili kurilib ishga tushirilgan. Abdullaxon soniy tarafidan Buxoroda bunyod etilgan chorbog 1584 yili kurib tamomlandi. Mazkur xon tarafidan Buxoroda Chorsu bozorining kurilishi 1587 yili tamomlandi. Karmina yonida, Ko`xak daryosi ustiga ko`prik kurish ishlari 1587 yili tamomlandi. Kitobda mashxur asarlarning yozib tamomlangan vaktixam ko`rsatilgan. Masalan, Ulugbek mirzoning “Ziji jadidi ko`ragoniy” kitobi 1437 yili, Abduraxmon Jomiyning “Nafaxot ul-uns” asari 1469 yili, “Xusni Xusayn” kitobi 1606 yili yozib tamomlangan. “Tarixi kasira” asari, uning kiymati va idm-fan uchun zarurligi keltirilgan misollardan xam ko`rinib turibdi. “Tarixi Abulfayzxon” asarini Ubaydallaxon va Abulfayzxon (1711-1747 yy.) saroyida xizmat kilgan munajjim, shoir va tarixchi olim Abduraxmon Davlat yozgan. Muallif ko`prok Abduraxmon Tole nomi bilan mashxur. Mazkur asar xajm jixatdan kichik, 161 varak bo`lib, “Ubaydullanoma”ning davomi xisoblanadi va Buxoro xonligining 1711-1723 yillar orasidagi ijtimoiy- siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Ma`lumki, XVIII asrning birinchi choragida Buxoro xonligining iktisodiy va siyosiy axvoli zaiflashadi, ulus boshliklarining, ya`ni maxalliy xukmdorlarning mustakillik uchun olibborgan xarakati kuchaydi, ularning ayrimlari, masalan, Balx va Samarkand markaziy xukumatga bo`ysunmay ko`ydilar, Fargona XVIII asr boshlarida, 1709 yili Ashtarxoniylar davlatidan ajralib chikdi va o`lkada mustakil Ko`kon xonligi tashkil topdi, 1722 yili Samarkand xam mustakillik e`lon kildi va Rajabxon ismli kimsani xon kilib ko`tardilar (1722-1728 yy.), o`zaro urushlar boshlanib ketdi. “Tarixi Abulfayzxon” asarida mana shu masalalar keng yoritib berildi. Bundan tashkari, asarda Buxoro xonligining ma`muriy tuzulishi va o`zbek xalkining o`sha yillardagi etnik tarkibi xakida xam ayrim, dikkatga sazovor dalil va ma`lumotlar bor. “Tarixi Abulfayzxon”ning to`la ruscha tarjimasi, zarur izoxlar bilan 1959 yili A.A.semenov tarafidang Toshkentda nashr kilingan. “Cilsilat us-salotin” Xoji Mir Muxammad Salimning asaridir. Uning ko`lyozma nusxalari juda kamyob bo`lib, bir nusxasi Angliyaning Oksford shaxridagi Bodli kutubxonasida (rakami № 269) saklanmokda. Xoji Mir Muxammad Salim xech bo`lmaganda biron kichik viloyatga xokim bo`lish sharafiga muyassar bo`lolmagan va boshidan ko`p ogir kunlarni kechirgan Ashtarxoniylar jumlasidandir. Uning bobosi Tursun Muxammad sulton 1578-1598 yillari Samarkand xokimi bo`lgan. Uning to`ngich o`gli Poyanda Muxammad Sulton Balx xoni Nadr Muxammadxonga yakin bo`lgan, xonning singlisi Zubayda bonuga uylangan va 1611-1642 yillari Kunduz viloyatiga xokimlik kilgan. Ana shu Poyanda Muxammad sulton bilan Zubayda bonydan tugilgan Muxammadyor sulton Xoji Mir Muxammad Salimning bobosidir. U 1645 yilgacha Shaxrisabz viloyatiga xokim bo`lgan va Nadr Muxammadxon Buxoro taxtini o`gli Abdulazizxonga koldirib ketgandan keyin u bilan birga Balxga kochib borgan. Oradan bir yil o`tgach, 1646 yili, Balx Boburiylardan Shoxi jaxon ko`shinlari tomonidan ishgol etilganlan so`ng, xonning onasi Shaxribonu xamda Nadr Muxammadxonning boshka oila a`zolarini olib Buxoroga kochib keldi, Abdulazizixonning kaomoklar, korakalpok va kozok sultonlariga karshi xarbiy yurishlarida ishtirok etdi, toju taxt oldida ko`rsatgan katta xizmatlari uchun Shaxrisabzga xokim kilib tayinlandi. Muxammadyor sulton 1647 yilning 14 iyunida Avrangzeb ko`shini bilan Balx kishlogi-Temurobodda bo`lgan jangda xalok bo`lgan. Xoji Mir Muxammad Salimning otasi Muxammad Rustam sulton 1645 yili xali yosh bo`lgan va Abdulazizixon unga ikto` tarzida Samarkandga karashli Saripul tumanini in`om kilgan, unga otalik kilib esa Mir Shoxxoja Shavdariyni tayinlagan. Lekin 1671 yili Abdulaziz undan xavfsirab ko`ziga mil torttirib ko`r kilgan. Muxammad Raxim sulton orada ko`p vakt o`tmay, amir Muxammadyor ltadikning vositachiligi bilan, xondan ruxsat olib Xajga jo`nagan. Lekin, Dekan viloyatida davom etib turgan urush xarakatlari sababli, bandargox shaxarlaridan birontasiga o`tolmay, Shoxijaxonobodga kaytib kelgan va oradan ikki yil o`tgach, o`sha erda vafot etgan. Mir Muxammad Salimning o`ziga kelsak, u, asarda bayon etilgan vokealarga karaganda, otasidan keyin Buxoroda kolgan. 1711 yili Ubaydullaxon o`ldirilgandan keyin, xaj kilish baxonasi bilan Arabistonga jo`nagan. Bir yilcha Isfaxonda istikomat kilib, 1712 yili Turkiyaga borgan. Sulton Axmad 111 (1703-1730 yy.) uni extirom bilan kutib olgan. To`rt yilcha Turkiyada turib, mazkur sultonning xarbiy yurishlarida katnashgan. Mir Muxammad Salim 1716 yili Makkaga borgan va xaj marosimini ado etgandan keyin, dengiz orkali Xindistonga kelgan va Boburiy Nosiruddin Muxammadshox (1719-1748 yy.)ning xizmatiga kirgan. “Cilsilat us-salotin” asarini Nosiruddin Muxammadshoxning topshirigi bilan yozgan. Xoji Mir Muxammad Salimning kachon va kaerda vafot etganligi aniklanmagan. “Cilsilat us-salotin” 1731 yilda yozilgan bo`lib, mukaddima va to`rt kismdan iborat. Mukaddimada asarning yozilishi xakida so`z boradi va muallifning 1711 yildan keyingi xayoti xakida ayrim, dikkatga sazovor ma`lumotlar keltiriladi. Birinchi kismda islomiyatdan avval o`tgan paygambarlar, kadimgi turklar va mo`gullar, xususan barloslar va Amir Temurning ota-bobolari, Amir Temur va Temuriylar, shuningdek, xazrat soxibkironning Xindistonda xukmronlik kilgan avlodi tarixi kiskacha bayon etiladi. Asarning ikkinchi kismi Mo`gulistonning Tugluk Temurxon(1348-1363 yy.)dan to Suyurgatmishxongacha (1370-1388 yy.) o`tgan davrdagi tarixini o`z ichiga oladi. Mukaddima va I-II kismlarni yozishda muallif o`zidan avval yozilgan asarlardan, masalan, Juvayniyning “Tarixi jaxonkushoy”, Rashiduddinning “Jome` ut-tavorix”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Ulugbekning “Tarixi arba` ulus”, Xondamirning “Xulosat ul-axbor”, “Xabib us-siyar” va “Maosir ul- muluk” asarlari, Abulfazl Allomiyning “Akbarnoma”, Xofiz Do`stmaxammad ibn Yodgorning “Majma` ul-ajoyib” (1606 yili yozilgan) va boshka 20 ga yakin kitoblardan foydalangan. “Cilsilat us-salotin”ning III-IV kismlari favkulodda axamiyatga ega bo`lib, O`rta Osiyo, xususan O`zbekistonning XVI-XVIII asrning birinchi choragidagi ijtimoiy- siyosiy tarixini bayon kiladi. Asarda Buxoro xonligining Eron, Xindiston va Koshgar bilan bo`lgan alokalari, Buxoro xonligida xokimiyatning Shayboniylardan Ashtarxoniylar ko`liga o`tishining anik tafsiloti, XVII asrda Balx va Badaxshon, shuningdek, O`zbekistonning ijtimoiy- siyosiy va madaniy xayoti, Shoxijaxonning Balx va Buxoro xonligi ichki ishlariga kurolli aralashuvi va Boburiylar ko`shinining Balx va unga tobe bo`lgan erlarni bosib olishi, Xoraxmning XVI-XVII asrlardagi siyosiy axvoli xususida boshka manbalarda uchramaydigan kimmatli dalil va ma`lumotlar keltiriladi. Asarda ulus tizimi, tiul va solona kabi soliklar, O`zbekiston shaxarlari, ularning axolisi va turmush tarzi xakida keltirilgan ma`lumotlar xam aloxida kimmatga egadir. Xoji Mir Muxammad Salim Buxoro xonlari, Abdullaxon II, Abdulmo`minxon, Dinmuxammadxon, Imomkulixon, Abdulazizxon, Subzonkulixonning Xindiston, Eron va Turkiya xukmdorlari bilan yozishmalarining 20 nafar maktubi nusxalarini xam keltirgan. Bu maktublar, shubxasiz, Buxoro xonligi bilan mazkur mamlavatlar o`rtasidagi munosabatlartarixini o`rganishda muxim ma`no kasb etadi. “Nomayi olamoroyi Nodiriy” (“Nodirshoxning olamga bezak bo`luvchi tarixi”) asarining muallifi XVIII asrda o`tgan marvlik mashxur tarixchi olim Muxammad Kozimdir. U 1721 yili Marvda tugilgan. Otasi, 1737 yili vafot etgan. U mashxur fotix Nodirshox(1736-1747 yy.)ning yakin kishilaridan bo`lib, uning dastlabki xarbiy yurishlarida katnashgan va muxim diplomatik topshiriklarini bajargan. Keyincha u Nodirshoxning inisi Ibroximxon, dastlab Xuroson, so`ngra, 1736 yildan, Ozarbayjon xokimi saroyida xizmat kilgan. Muxammad Kozim boshlangich ma`lumotni Marvda oldi, so`ng 1731 yili otasi uni Mashxadga olib keldi va bu erdagi madrasalardan biriga o`kishga berdi. Muxammad Kozim bu erda sayid Mir Shamsuddin Ali Mozandaroniydan ta`lim oldi. 1736 yili u Darbandga, Ibroximxon xuzuriga chakirtirib olindi va 1739 yilgacha xonning yasovuli lavozimida xizmat kildi. 1739 yili Muxammad Kozim Nodirshoxning o`gli Rizokuli mirzo xizmatiga kabul kilindi va 1741 ymlgacha lashkarnavis, xarbiy kotib vazifasida xizmat kildi. 1744 yildan u Nodirshox xuzurida xizmat kila boshladi, 174401747 yillari moliya maxkamasida kotib va 1747 yildan podshox kurol-yarog omborining mutasaddisi, vazir bo`lib ishladi. Muxammad Kozim taxminan 1752 yili vafot etdi. Muxammad Kozim o`zining tarixiy asari “Nomayi olamoroyi Nodiriy”ni 1750- 1753 yillari yozgan. Asar uch jilddan iborat. Birinchi jildi Eronning 1688-1736 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Ikkinchi jildda 1736-1743 yillari Eronda, shuningdek, O`rta Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlarida bo`lib o`tgan vokealar bayon etilgan. Asarning uchinchi jildi Eron va kisman, O`rta Osiyo, Xindiston, Turkiya va Kavkaz orti mamlakatlarining 1743-1747 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bagishlanadi. O`zbekistonning XVIII asrdagi tarixini o`rganishda “Nomayi olamoroyi Nodiriy”ning II va III jildlari asosiy manbalardan biri o`rnini o`taydi. Ayniksa, asarda Eron ko`shinining 1737 yili O`zbekiston xududiga bostirib kirishi va Guzor, Karshi, Shulluk va boshka shaxar va tumanlarning talon-taroj kilinishi, 1740 yili Buxoro xonligining Nodirshox tarafidan bo`ysundirilishi, 1746 yildagi Xorazmning ogir axvoli, 1747 yili Eron askarlarining O`rta Osiyo shaxar va kishloklariga yana bostirib kirishi va okibatda mexnatkash xalkning ayanchli axvolga tushib kolishi, 1741-1742 yillarda Ko`lob, Xisori shodmon, Badaxshon, Balx va boshka viloyatlar xalkining katta er egalarining zulm va chet el boskinchilariga karshi ko`zgolonlari xakidagi ma`lumotlar zo`r ilmiy kimmatga ega. “Nomayi olamoroyi Nodiriy”ning ko`lyozma nusxalari kam. Shu paytgacha asar to`la ravishda biron tilga tarjima kilinmagan. Undan ayrim parchalar ba`zi ilmiy to`plam va jurnallarda chop etilgan. II jildning bir kismi, ya`ni Nodirshoxning Xindistonga yurishini bayon etuvchi kismi P.I.Petrov tomonidan rus tilida nashr etilgan. 1960, 1965 va 1966 yillari “Nomayi olamoroyi Nodiriy”ning matni fotofaksimil nashri Moskvada N.D.Mikluxo-Maklay tomonidan chop etilgan. “Tuxfat ul-xoniy” (“Xonning tuxfasi”) yoki “Tarix Raximxoniy” (“Muxammad) Raximxon tarixi”) nomli asar Buxoro xonligining 1722-1782 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Uni tarixchi olim Muxammad Vafoyi Karminagiy (1685-1769 yy.) yaratgan. Tarixchining to`la nomi Mulla Muxammad Vafo ibn Muxammad Zoxir Karminagiydir. U Buxoroning o`kimishli va tanikli kishilaridan biridir. Karminagiy nisbasiga karaganda, asli Buxoroning Karmana tumanidan bo`lgan. “Ubaydullanoma” kitobining muallifi Mir Muxammad Amin Buxoriyning shuvoxlik berishiga karaganda, Muxammad Vafoyi Karminagiy Ashtarxoniylardan Ubaydullaxon saroyida kitobdor bo`lib xizmat kilgan. Fikrimizcha, u Ubaydullaxondan keyin taxtga o`tirgan Abulfayzxon davrida xam shu lavozimda turgan. Mulla Muxammad Vafo Karminagiy “kozi Vafo” nomi bilan xam mashxurdir. U kozilik lavozimiga yangi sulola-Mangitlar sulolasining asoschisi Muxammad Raximxon (1753-1759 yy.) zamonida erishgan. Muxammad Vafo Karminagiy 1769 yili “Tuxfat ul-xoniy” nomli asarida fakat 1722-1768 yil vokealarini o`z ichiga olgan kisminigina yozib ulgurgan, xalos. Uning davomini, ya`ni 1768-1782 yillar vokealarini bayon etuvchi kismini nasaflik domla Olimbek ibn Niyozkulibek yozgan. “Tuxfat ul-xoniy” kofiyali nasr, saj bilan yozilgan, lekin vokealarning to`la va keng yoritilishi, ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy, geografik xamda etnik dalillarga boyligi bilan birinchi darajadi manbalar katorida turadi. Asar Buxoro xonligida XVIII asrning 20- yillaridan boshlab kuchayib ketgan iktisodiy va siyosiy tanglikni, ijtimoiy-siyosiy tarkoklikning kuchaymshm va buning natijasida markaziy davlat boshkaruvining zaiflashuvi, mangit xukmdorlarining uluslar va kabilalarni bo`ysundirish maksadida olib borgan tinimsiz urushlari va buning okibatida ko`plab shaxarlar xamda kishloklarning vayron etilishi, mexnatkash xalk turmushining ogirlashib borishi va uning asosiy sabablarini aniklashga yordam berishi mumkin bo`lgan daliliy ma`lumotga o`ta boydir. Asarda yana o`zbek kavmlari, uluglari va ularning ijtimoiy-siyosiy xayotda tutgan o`rni, Ashtarxoniylar va Mangitlar xukmronligi davrida o`zbek ko`shini va mangitlar davlatining tuzilishi, 1722-1782 yillarda Buxoro xonligining Eron, Afgoniston, Kozok va Ko`kon xonliklari xamda Koshgar bilan olib borgan siyosiy munosabatlari xakidagi xam e`tiborga molik ma`lumotlar ko`p uchraydi. “Tuxfat ul-xoniy” asarining ko`lyozma nusxalari ko`p. Masalan, fakat Sankt- Peterburg, O`zbekiston, Tojikiston kutubxonalarida undan 23 ko`lyozmasi mavjud. Asar biron tilga to`la tarjima kilinmagan xam. Asardan kichik bir parcha, ya`ni Muxammad Raximxonning 1747 yili Saraxs atrofida Eron ko`shinlari bilan to`knashuvi rus tilida 1938 yili e`lon kilingan, xalos. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling