Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Tosh va sopolga o`yib yozilgan katibalar (mixiy yozuvlar)
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Matakdani xazar datastan”
- Kadimgi Yunon va Rim manbalari
Tosh va sopolga o`yib yozilgan katibalar (mixiy yozuvlar) Bunday yozuvlar Axamoniylarning kadimgi poytaxti Persopol`, shuningdek Suza va Ekbatana (xozirgi Xamadon) shaxarlari va uning atrofida topilgan. Masalan, pishik sopol taxtachaga o`yib yozilgan bir katibada Doro 1 (miloddan avvalgi 522-486 yy.) xukmronligining dastlabki yillarida (miloddan avvalgi 494-490 yillar orasida) Suzada bunyod etilgan saroyning kurilish tafsiloti, anikrogi kurilishga ketgan materiallarning kaysi mamlakatdan keltirilganligi yozilgan taxtachadagi ma`lumotlarga ko`ra, oltin Lidiya bilan Baktriyadan, kimmatbaxo toshlar, lazurit va serdolik (kizil va kizgish rangli tosh) So`gdiyonadan, firuza Xorazmdan olib kelingan. Pkrsopoldan (Sherozning shimoliy tarafida, undan taxminan 50 km masofada joylashgan 520-450 yillar orasida kurilgan shaxardan) topilgan yozuvlar va tasviriy suratlar – rel`eflar katta ilmiy kiymatga ega. Ularning ayrim namunalari XU11- XU111 asrlarda (1621 y.) italiyalik sayyox P`edro Della Valle va daniyalik olim K. Niburning nomi bilan boglik. 1931-1934, 1935-1939 va undan keyingi yillari nemis olimi E.Xertsfil`d, amerikalik E.Shmidt, frantsuz A.Godar xamda eronlik M.T.Mustafoviy va A.Somiy tarafidan o`tkazilgan arxeologik tadkikotlar natidasida Persopolda juda ko`p noyob yodgorliklar ochildi. Ular orasida Apadana zinalari ustiga ishlangan tasviriy suratlar aloxida axamiyat kasb etadi. Suratlarda (balandligi 3 fut – ingliz o`lchovi 30, 479 santimetrga teng) axamoniylarga tobe bo`lgan 23 satraplikdan (karam mamlakatdan o`lpon olib kelgan kishilar kiyofasi tasvirlangan. Bular orasida baktriyaliklar turli idishlar, teri, mo`yna va tuya bilan, so`gdliklar turli mato, teri va ko`ylar bilan, saklar ot va chakmonlar bilan, parfiyaliklar idishlar va tuya bilan va xorzmliklar ot va kurol-aslaxa bilan tasvirlangan. Persopoldan 6 milya-kariyb 5 km masofada, uning shimol tarafida Xusaynkux koyalarida axamoniylardan Doro 1, Ksereks 1 (miloddan avvalgi 486-465 yy.), Artakserks 1 (miloddan avvalgi 465-424 yy.) xamda Doro 11 (miloddan avvalgi 424- 404 yy.)larning makbaralarini xamda ularga kiraverishda o`yib yozilgan katibalar bor. Mazkur yodgorlik sosoniy sarkardalardan Rustam (636 yili arablar bilan bo`lgan jangda xalok bo`lgan) nomi bilan xam boglik va tarixda ko`pincha Nakshi Rustam deb ataladi. Katibalarda, ayniksa Doro 1 surati ostiga yozilgan katibada, uning davlati ko`klarga ko`tarib maktaladi, uning tarafidan bosib olingan xalklar esa itoatkorlikka va xalol mexnat kilishga chakiriladi, bo`ysunmaganlar va shu sababdan jazoga maxkum etilganlarning nomlari kayd etiladi. Muximi shundaki, katibada axamoniylarga tobe bo`lgan 23 satraplik va xalklarning to`la ro`yxati yozilgan. Bular orasida parfiyaliklar, baktriyaliklar, so`gdiyonaliklar xamda xorazmliklar xam bor. Yodgorlik orsida muximlaridan yana biri mashxur Bexistun yozuvlaridir. Bu yozuvlar uzunligi 22 m, umumiy balandligi 7,8 m bo`lib, ular Shimoliy Eronda, Kirmonshoxdan 30 km masofada, daryo bo`ylab o`tgan kadimgi karvon yo`li yokasida, uning chap tarafida, Zagros nomli tik koyaga, taxminan 105 metr balandlikda Doro 1 ning amri bilan yozilgan galaba yodgorligidir. Yozuv elam, bobil va kadimgi eron tillarida bitilgan va miloddan avvalgi 523-522 yillari Axamoniylar saltanatini larzaga keltirgan Gaumata – 522 yil 29 sentyabrda xalok bo`lgan, Frada – margiyonalik, 522 yil 10 dekabrdi asirga olingan, Skunxa - xozirgi Kozogiston va O`zbekiston xududida istikomat kilgan sak kabilalarining etakchisi kabi boshliklar raxbarligidagi xalk xarakatlari xakida xikoya kiladi. Avesta. Zoroastrizm–otishparastlik, miloddin avvalgi VI – milodning VI asri dinining mukaddas kitobi bo`lib, miloddin avvalgi VI- milodning VI asrlarida yozilgan, Eron xamda O`rta Osiyo xalklarining kadimgi madaniyati, e`tikodi, tili, adabiyoti va kisman tarixini o`rganishda asosiy manba xisoblanadi. Asarning yozilgan joyi xakida turlicha fikrlar mavjud. Bir gurux olimlar frantsuz J.Darmsteter, ojarbayjon olimi I.Aliev “Avesta” Midiya - xozirgi Eronning shimoliy- garbiy kismi va Ozarbayjonda yozilgan desalar, ko`pchilik V.V.Struve, S.P.Tolstov, F.Al`txaym va boshkalar Amudaryo bo`yida joylashgan viloyatlarda, Balx va Xorazm oraligida yaratilgan, deb xisoblaydilar. Oxirgi fikr so`nggi vaktlarda Eron olimlari, masalan Ibroxim Pur Dovud tarafidan xam e`tirof etildi. “Avesta” matni to`lik saklanmagan. Bizgacha, uning juda oz kismi etib kelgan, xalos. Ma`lumki “Avesta” Kayoniy xukmdorlardan Gishtosp – Vishtosp zamonida kitob xoliga keltirilgan. Rivoyatlarga karaganda, uning gatlar deb ataluvchi asosiy kismi xudo Zaratushtra tomonidan yozilgan va Mas`udiy, Tabariy va Beruniylarning so`zlariga karaganda, 12 000 xo`kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin xarflari bilan yozilgan. O`sha vaktlarda uning uch nusxasi mavjud bo`lgan, lekin bir nksxasi Iskandar Zulkarnaynning amr-farmoni bilan yokib yuborilgan. Ikkinchi nusxasini Yunonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o`ta e`tikodli bo`lgan kishilar ko`lida saklanib kolgan. Lekin bu nusxa to`la emas. Asarning saklanib kolgan kismlarini to`plash va kitob xoliga keltirish ishlariParfiya podshosi Valgash 111 (148-192 yy.) xamda Sosiniylar (milodning 111 asri) davrida xam davom ettirildi. “Avesta” sosoniy Shopur 11 (309-379) davrida tartibga solindi, izoxlar va ko`shimchalar (zand) bilan boyitildi va to`la kitob xoliga keltirilib, asrsiy kismlari paxlaviy tiliga tarjima kilindi. Bu kitob “Zand Avesta” nomi bilan mashxur. Afsuski, “Zand Avesta” xam bizning zamonimizgacha to`la xolda etib kelmagan. Uning bir kismi Iskandar Zulkarnayn yurishlari vaktida, boshka bir kismi esa arablar istilosi (674-715 yy.) vaktida yo`k kilingan. Asarning bizgacha etib kelgan kismi, professor e.E.Bertel`sning ma`lumotiga karaganda, 83 000 so`zdan iboratdir. U asosan to`rt kismdan – yasna, yashtov, vispered, vendidad tashkil topgan. Yasna tarkibiga kirgan gat deb ataladigan ko`shiklar “Avesta”ning eng ko`xna va kimmatli kismlaridir. “Avesta”ning ko`shiklari va kissalari Abulkosim Firdavsiyning (taxm.940- 1030 yy.) “Shoxnoma” dostoniga manba bo`lib xizmat kilgan. “Avesta” nisbatan yaxshi o`tganilgan (K.Zalemen, X.Bartolomey, e.E.Bertel`s, V.V.Struve va boshkalar). U frantsuz (Anketel` dyu Perron, Y.Darmsteter), rus (K.A.Kossovich), ingliz (L.X.Mayls), Laniya (A.Xristensen) va fors (Ibroxam Pur Dovud) tillariga tarjima kilingan. Uning Kopengagenda (Daniya) saklanayotgan yagona nusxasi asosida tayyorlangan fotomatni 1937-1944 ymllari olti jild kilib nashr etilgan. “Xvaday namak” (“Podshoxnoma”) kadimgi Eronning 627 yilgacha bo`lgan ijtimoiy-siyosiy xayotidan baxs etuvchi afsonaviy tarixiy asar bo`lib, paxlaviy tilida yozilgan. Sosoniylardan Yazdigard 111 (632-651 yy.)ga yakin kishi tomnidan 632- 637 yillar orasida yozib tamomlangan. Asar ayniksa Axamoniylar, Ashkoniylar va Sosniylar tarixi bo`yicha muxim manbalardan xisoblanadi. “Xvaday namak”ning o`zi xam, mashxur shoir, olim va tarjimon Abdullox ibn Mukaffa (721-757 yy.) tarafidan kilingan tarjima (“Siyar al-muluk” deb atalgan) xam bizgacha etib kelmagan. Lekin uning ayrim parchalari Ya`kubiy (897 yoki 905 yili vafot etgan), ibn Kutayba (828-889 yy.), Tabariy, ibn al-Asir, shuningdek Abulkosim Firdavsiyning “Shoxnoma”sida saklangan. “Matakdani xazar datastan” (“Bir ming nafar xukukiy ajrim”) paxlaviy tilida yozilgan (U111 asr) bo`lib, unda Eronning Sosoniylar davridagi davlat tuzulishi va uning ijtimoiy xayoti xakida kimmatli ma`lumot bor. Asarning fakat ayrim kismlarigina saklangan. Mitropolit Ishobaxt kilgan suryoniycha tarjima (U111 asr) saklangan). Inglizcha tarjimasi S.Y.Bulsara tomonidan chop etilgan (Bombay, 1937 y.). Geografik asarlardan “Shaxristonxoyi Eron” (“Eron shaxarlari xakida risola”) Eronning Sosoniylar davridagi geografik xolati va ularning bunyod etilishi xakida ma`lumot beradi. “Ajoyib as-Sakiston” (“Sakiston viloyatining ajoyibotlari” nomli asar Eronning ko`xna viloyatlaridan Sakiston (Seiston)ga bagishlangan. Bu ikkala asar xam paxlaviy tilida, U111 asrning ikkinchi yarmida yozilgan. “Shaxristonxoyi Eron”ning matni va kiskacha inglizcha tarjimasi J.Asana xamda Modi tomonidan 1897 va 1899 yillari Bombayda chlp etilgan. Kadimgi Eronning ijtimoiy-siyosiy xayotiga oid ayrim ma`lumotlarni “Kornomayi Artashir Papakan” (“Artashir Papakanning ishlari xakida kissa”), “Mazdak namak” (“Mazdak xakida kissa”), “Ayatkari zariran” (“Zarira xakida rivoyat”), “Podshox Xusrav va uning maxrami” kabi tarixiy kissalarda uchratamiz. Sosoniylar lavlati ichki va tashki siyosati asoslarini o`rganishda “Andarznoma”(“Nasixatnoma”) xamda “Tojnoma” kabi etik - didaktik xarakterdagi asarlarning xam kimmati kattadir. “Shoxnoma” Abulkosim Firdavsiy(taxm. 940-1030 yy.) kalamiga mansub “Shoxnoma” asari uch kism va 65 ming baytdan iborat doston bo`lib, u 976 – 1011 yillar orasida yozilgan. Uning birinchi kismi afsonaviy bo`lib, “Avesta” materiallariga asoslanib yozilgan va Eron xamda Turon xalklarining diniy akidalari va rivoyatlaridan baxs yuritadi. Asarning ikkinchi va uchinchi kismlari muxim xisoblanadi. Ikkinchi kism kaxramonlik dostoni bo`lib, kadimgi Eron podshoxlari va ular zamonida o`tgan kaxramonlar Rustam va Kova siymolari talkin kilingan. “Shoxnoma”ning uchinchi kismi tarixiy doston bo`lib, unda Eron va Turonning zardushtiylikning paydo bo`lishidan to arablar istilosigacha bo`lgan siyosiy xayoti talkin etilgan. “Shoxnoma”ning ko`lyozma nusxalari ko`p mamlakatlarning kutubxonalarida, shuningdek O`zR FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharkshunoslik institutida saklanmokda. Asarning to`la matni Xindiston (1829 y.), Frantsiya (1838-1878 yy.), Olmoniya (1877-1884 yy.), Eron (1934-1936 yy.) va Rossiyada (1960-1971 yy.) chop etilgan, rus va o`zbek tillariga tarjima kilingan. “Shoxnoma” matnini tiklash ustida manbashunoslik tadkikot ishlarini Boysungur Mirzo ibn Shoxrux Xirotda olib borgan. Ko`p tarixchilar, xususan Muxammad Mirxond undan manba sifatida foydalangan. Alisher Navoiy bu asarda lof ko`pligini kayd etgan. Kadimgi xind manbalari Saklar, massagetlar, toxarlar va kadimgi Kanxa xalki, ularning ijtimoiy-iktisodiy xayoti xakidagi kimmatli ma`lumotlarni xindlarning epik dostoni “Maxabxarata”da xam uchratamiz. “Maxabxarata”(“Bxarata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo`lib, 100 ming baytni o`z ichiga olgan 18 uitobdan iborat. Afsonaviy shox Bxarataning ikki toifa avlodlari kavravlar va nandavlarning o`zaro adovatlari va urushlari bayon etiladi. U miloddan avvalgi X-VIII asrlarda yaratilgan. Asarda masalan, uzok Xindistonga, fikrimizcha savdo-sotik ishlari bilan borgan saklar, toxarlar va kanxalar xakida mana bu muxim ma`lumot keltirilgan: “Uning (podshox Yudxishtraning) eshigi oldida boshka xalklar bilan birga saklar, toxarlar va kanxaliklar xam navbat kutib turardilar. Paxmok sokol, peshonalari shoxlar bilan bezatilgan, ko`llarida turli-tuman sovgalar, jun, rangu, ipak va patta (ok kayinning bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolardan, paxtadan to`kilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o`tkir kilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, xar xil boltalar, ichimliklar, xushbo`y narsaoar, turli-tuman kimmatbaxo toshlar”. Kadimgi Yunon va Rim manbalari O`zbekistonning kadimgi va antik davrdagi tarixini o`rganishda kadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari xamda geograf olimlarining asarlari muxim manba bo`lib xizmat kiladi. Kuyida ulardan ayrimlari xakida ma`lumotlarni keltiramiz. Geradot (miloddan avvalgi 490-480 yillar o`rtasi – 425 y.) – yirik komusiy olim, tarix fanining “ota”si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shaxridan, 455-447 yillari evropa, Osiyo va Misr bo`ylab sayoxat kilgan. Geradot Ellada va Shark mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Elon va Skifiya)ning kadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479 yilgacha bo`lgan ijtimoiy- siyosiy xayotidan xikoya kiluvchi 9 uitobdan iborat “Tarix” nomli asari bilan shuxrat topgan. Bu asar umumiy tarix yo`nalishida yozilgan birinchi kitob xisoblanadi. Shu tufayli xam Xeradot, Tsitseronnning (miloddan avvalgi 106-43 yy.) so`zlari bilan aytganda, tarix fanining “ota”si xisoblanadi. Geradot garchi o`zi bayon etayotgan vokealar ustida chukur muloxaza yuritmasa xam, ularni to`gri bayon etishi, o`zga xalklar va mamlakatlar tarixiga xurmat nuktai nazaridan karashi bilan ba`zi tarixchilardan ajralib turadi. Geradotning asarida O`zbekistonning kadimiy xalklari bo`lmish agrippiylar, issedondar, massagetlar, daylar va saklar xakida, ularning turmushi, urf-odatlari xamda ko`shni mamlakatlar bilan alokalari xakida kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz. “Tarix”ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tankidiy matni 1869-1871 yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 yy.) xamda rus (F.G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima kilingan. 1982 yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid kismlari zarur izoxlar bilan A.I.Davatur, D.P.Kallistov xamda I.A.Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan. Diodor (miloddan avvalgi 90-21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sitsiliyaga karashli Argiriya shaxridan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 kitobdan iborat asar yozib koldirgan. Umumiy tarix yo`nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning kadim zamonlaridan to milodning 1 asr o`rtalarigacha bo`lgan tarixini o`z ichiga oladi. Unda Shark xalklari, shuningdek, O`zbekistonning kadimiy xalklari skiflar, saklar, massagetlar, baktriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo`lgan munosabatlari xakida kimmatli ma`lumotlar bor. Diodorning mazkur asari ko`p jixatlari bilan ko`chirma-kompilyatsiya xisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashkari, ko`p xollarda bayon etilayotgan vokealar uzviy boglanmay kolgan. Shunga karamay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy axamiyatga egadir. Diodorning asari to`la xolda bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Uning fakat 15 kitobi - kadimgi Shark xalklarining tarixi va afsonalari xakida xikoya kiluvchi 1-5- kitoblari, Yunoniston xamda Rimning Yunon-Eron urushlari(miloddan avvalgi 500-449 yy.)da to miloddan avvalgi 301 yilshacha bo`lgan tarixini o`z ichiga olgan 11-20- kitoblarigina saklangan, xalos. Bu asar 1774-1775 yillari I.Alekseev tomonidan olti kismda va 1874-1875 yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki kism kilib nashr etilgan. Pompey Trog ( milodgacha 1-milodning 1 asrlari o`rtasida yashab o`tgan) – “Filipp tarixi” asari bilan mashxur bo`lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshoxlari zamonidan to Rim imperatori Avgust (miloddin avvalgi 63 – milodning 14-yili) davrigacha bunyoda bo`lib o`tgan vokealarni bayon kiladi, lekin asosiy e`tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp 11 (miloddan avvalgi 359-336-yy.) va Iskandar Zulkarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga karatilgan. Mazkur asarning kimmati shundaki, u bir talay noma`lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo`lishi va tarixini keng yoritib bergan. Muximi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-okibatda inkirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni xarakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taklir deb xisoblagan. “Filipp tarixi”da skiflar, Baktriya, Iskandar Zulkarnayn davrida Baktriya va So`gdda kurilgan shaxar va katta imoratlar, Iskandar Zulkarnayn vafotidan keyin yuz bergan vokealar, parfiyaliklarning kelib chikishi, ularning urf-odatlari, Parfiya podsholigini tashkil topishi, Baktriya, Parfiya va Midiyaning o`zaro munosabatlariga oid muxim ma`lumotlar mavjud. Pompey Trogning bu asari Yustin (11-111 asr) tarafidan kiskartirilib kayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha etib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 yili chop kilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan “Vestnik drevney istorii” jurnalining 1954 yil 2-4 va 1955 yil 1-sonlarida bosilgan. Arrian Flaviy (taxminan 95-175-yy.) – yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi, asoi Kichik Osiyoning Nikomadiya shaxridan. U “Iskandar xakida”, “Parfiyaliklar xakida”, “Xindiston” va 7 jildlik “Iskandarning yurishlari” nomli kitoblar muallifidir. O`zbekiston va Eronning kadimiy tarixini o`rganishda Arrianning “Iskandarning yurishlari” nomli asari muxim axamiyat kasb etadi. Unda fotixning O`zbekiston, Eron xududlari va boshka mamlakatlarga istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon kilingan. Asar panegrizm-maddoxlik ruxida yozilgan – muallif Iskandar Zulkarnayn va uning faoliyatini ko`klarga ko`tarib uluglaydi. U ko`pgina ko`lyozma manbalar va rasmiy xujjatlar asosida yozilgan bo`lib, mavzu bo`yicha muxim va asosiy manbalardan xisoblanadi. Arrian Flaviyning “Iskandarning yurishlari” asari nemis (Myuller, Leyptsig, 1886 y.) xamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 y. va M.e.Sergeenko, M.-L., 1962 y.) tillarida nashr etilgan. Kvint Kurtsiy Ruf (milodning 1 asri) – mashxur Rim tarixchisi, Iskandar Zulkarnaynning Eron, Turon va boshka mamlakatlarga kilgan xarbiy yurishlari xakida 10 kitobdan iborat “Buyuk Iskandar tarixi” nomli asar yozib koldirgan. Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulkarnaynning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan. Kvint Kurtsiy Rufning asarida O`zbekiston xududining Iskandar Zulkarnayn ko`shinlari tomonidan istilo kilinishi, xalklarning chet el boskinchilariga karshi kurashi, xususan, Spitamen boshlik ko`zgolon keng yoritib berilgan. “Buyuk Iskandar tarixi” 1841 yili Myuttsel`, 1867 yili T.Nyol`deke va 1885 yili Fogel` tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov taxriri ostida chop etilgan (M.,1963 y.). Gay Pliniy Sekund (24-79 y.) – rimlik mashxur yozuvchi, tarixshunos olim va davlat arbobi, 79 yili mashxur Vezuviy vulkonining otilib chikishi natijasida yuz bergan umumxalk fojeasi vaktida xalok bo`lgan. Gay Pliniy Sekund – sermaxsul olim, 20 kitobdan iborat “Germanlarning urushlari”, ikki jilddan iborat “Pomponiy Sekundning xayoti” va 37 kitobdan iborat “Oddiy tarix” nomli asarlar yozib koldirgani ma`lum. Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bo`ylari mamlakatlarining bosib olinishi tarixidan baxs yurituvchi “Germanlarning urushlari” nomli asari bizning davrimizgacha etib kelmagan, lekin u Korneliy Tatsitning (taxminan 56-117-yy.) “Colnomalar” imperator Oktavian Avgust vafotidan (milodning 14-yili) Neronning xalok bo`lishigacha (milodning 68 yili) bo`lib o`tgan vokealarni o`z ichiga oladi xamda “Germaniya” (unda german va boshka kabilalarning tarixi bayon etilgan) nomli asarlari uchun birinchi manba bo`lgan. “Pomponiyning xayoti”da Pliniy sobik boshligi Pomponiy Sekundning xayoti va faoliyati xakida xikoya kiladi. Bu asar xam bizning zamonamizgacha etib kelmagan. “Oddiy tarix” Gay Pliniy Sekundning shox asari xisoblanadi va unda antik dunyo tarixi, iktisodiy axvoli xamda madaniyati bayon etilgan. Unda miallifning o`z manbalariga jiddiy va tankidiy munosabatda bo`lmaganligi, ayrim dalil va vokealarni buzib ko`rsatilganligi sezilib turadi. Bu kitob antik dunyo tarixi bo`yicha keng ma`lumot beruvchi komusiy asar sifatida e`tiborga sazovordir. “Oddiy tarix”da O`zbekistonning xam kadimiy tarixi, unda yashagan xalklar, masalan, skiflar, Oks-Amudaryo, Yaksart-Sirdaryo va skifcha joy nomlari, tabiiy boyliklari, Antioxiya shaxarlarining barpo etilishi xakida kimmatli ma`lumotlar bor. Polibiy (miloddan avvalgi 201-120- yy.) – yirik yunon tarixchisi, 40 kitobdan iborat “Umumiy tarix” asari bilan mashxur. Unda Yunoniston, Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146- yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Umumiy tarix yo`nalishida yozilgan bu asarning katta kismi saklanmagan, bizgacha fakat 1-5- kitoblargina etib kelgan, xalos. Polibiyning “Umumiy tarixi” daliliy ma`lumotlarga boyligi, vokealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan aloxida axamiyatga egadir. Unda Oks – Amudaryo va Yaksart – Sirdaryo xakida, Antiox 1 ning Baktriya podshoxi Eftidemga karshi xarbiy yurishi xakida muxim ma`lumotlar bor. “Umumiy tarix”ning matni 1889-1905 yillar orasida to`rt jildda Leyptsigda chop etilgan. Uning inglizcha (V.R.Paton, London, 1922-1927; ikkinchi nashri, London, 1957-1960) va ruscha (F.G.Mishchenko, 1-3 jildlari. Moskva,1890-1899) tarjimalari mavjud. O`zyuekistonning kadimiy tarixini o`rganishda kadimiy Yunoniston va Rim tarixchilarining asarlari benixoyat kimmatlidir. Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-330-yillar), Klavdiy Ellian (taxminan milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (milodning 11 asri), Korneliy Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont (taxminan miloddan avvalgi 430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-yillari), Polien (milodning 11 asri) va boshkalarning asarlari xam ana shunday kimmatga egadir. Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari xam zo`r ilmiy kiymatga egadir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling