Uzellarda ishlatiladigan (vallar, podshipniklar, muftalar) detallar


Download 59.86 Kb.
bet1/7
Sana22.11.2021
Hajmi59.86 Kb.
#176519
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
M A SH 1


Detal - mashinaning bir xil materiallardan tayyorlangan va alohida bo`laklarga ajralmaydigan qismi. Masalan, bo`lt, gayka, shkiv, tishli g`ildirak va boshqalar.

Uzel — bir necha detallaming yig'indisidan iborat bo`lib, mashinada biror bir ishni bajarishga mo`jallangan.

Birikmalar. Turlari va guruhlari - Ajralmas (payvand, kalta mixli va boshqalar), ajraluvchan (bo`ltli, shponkali va boshqalar)

Uzatmalar. Turlari va guruhlari - Harakatni bir valdan ikkinchi valga o`zaro ishlashish (tishli, zanjirli va boshqalar) yoki ishqalanish (tasmali, friktsion va boshqalar) yordamida uzata oladigan



Uzellarda ishlatiladigan (vallar, podshipniklar, muftalar) detallar

  1. Ishga layokatlilik - detal yoki uzelning texnik talablar, standartlarga mos keladigan, o`ziga belgilangan funktsiyani bajara oladigan xolati.

  2. Ishda ishonchlilik - detal yoki uzelning texnik talablar, standartlarga mos keladigan xolatini ma`lum vakt saqlay olish xossasi.

  3. Texnologikligi - detal yoki uzelning ishlab chiqarishda, ekspluatatsiya jarayonida va ta`mirlashda kam mexnat va sarf talab qilishi.

  4. Iqtisodliligi - detal yoki uzelning tayyorlash, ekspluatatsiya va ta`mirlash jarayonlaridagi sarflar xisobi.

  5. Dizayn - detal yoki uzelning tashqi shakllarini tako`lillashtirish, mashina yoki uzelning tashqi ko`rinishining chiroyliligi.

  6.  proportsionallik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish

  7.  oquvchanlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish .

  8.  mustaxkamlik chegarasiga to`g`ri kelgan kuchlanish

Mustaxkamlik - materialning tashqi kuchlarga qarshilik ko`rsata olish

Deformatsiyalanuvchanlik - materiallarning shakl o`zgarishiga qarshilik ko`rsatish xususiyati

Elastiklik - materiallarning shakl va xajmini tashqi kuchlar ta`siri olingandan so`ng tiklay olish xossasi. U bo`yicha xarakterlanadi .

Plastiklik - materiallarning tashqi kuchlar ta`siri olingandan so`ng sezilarli plastik (koldik) deformatsiyani saqlay olish xossasi.

Energiya to`plashi - elastik energiyani to`plashi xossasi. Bu xossa dinamik kuchlar ta`sirida ishlovchi detallar uchun zarurdir.

Chidamlilik - materialning «charchash»ga qarshilik ko`rsata olish qobiliyati.

Qattiqlik - materialning indentor kirishiga qarshilik ko`rsata olish qobiliyati. Qattiqlikning aniqlashni bir necha usullari mavjud bo`lib, bu usullar Rokvell, Brinel’ va Vikkers presslarida amalga oshiriladi.

Abraziv ishqalanishga chidamlilik - materialning abraziv yemirilishiga karshi qarshilik ko`rsata olish qobiliyati.




Download 59.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling