Uzellarda ishlatiladigan (vallar, podshipniklar, muftalar) detallar
Download 59.86 Kb.
|
M A SH 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chervakli uzatmalar
Tasmali uzatmalar tasma orqali bog`langan yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlardan tashkil topgan bo`ladi
Friktsion uzatmalar parallel vallar orasida joylashgan bo`lib, bir birini ma’lum kush bilan siqib turuvchi ikki silindrik katokdan tashkil topgan uzatma - Turli mashina va mexanizmlarda aylanma harakat bir valdan ikkinchisiga turli xil detallar yordamida uzatiladi Mexanik uzatma 2 turga 1) ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (friktsion, tasmali); 2) ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli va zanjirli). uzatmalar vallarining joylashuviga qarab - parallelь, kesishgan va ayqash UZATMA uzatish sonining o`zgarishiga qarab - uzatish soni o`zgarmas, pog’anali o`zgaruvchan va pog’anasiz o`zgaruvchan yetaklovchi val - Uzatmalarda xarakatni energiya manbaidan qabul qilib oluvchi val yetaklanuvchi val YETAKLOVCHI - valdan xarakatni qabul qilib ish bajaruvchi qismga uzatuvchi val. friktsion uzatmalar - yetaklovchi valning xarakati yetaklanuvchi valga ishqalanish kuchi vositasida uzatildi Friktsion uzatmaning afzalliklari: 1. Tuzilishi oddiy 2. Xarakat bir tekis va shovqinsiz uzatiladi. 3. Ishlash jarayonida uzatish sonini ma`lum chegarada o`zgartirish mumkin. Friktsion uzatmaning Kamchiliklari: 1. Detallari tez va notekis yeyiladi. 2. Val va tayanchlariga katta kuch tushadi. 3. Uzatishlar soni doimiy emas (ishqalanish kuchi evaziga) 4. Foydali ish koeffitsienti kichik. 5. G’ildiraklarni bir-biriga siqib turuvchi moslama kerak. Friktsion uzatmalarda uzatish soni - 10 gacha , uzatiladigan quvvatning qiymati esa 300 kVt gacha bo`lishi mumkin. Tasmali uzatmalar - yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlardan va ularga taranglik bilan kiydirilgan tasmadan tashkil topadi. Tasmali uzatma quyidagi afzalliklarga ega: 1. Tasmali uzatma xarakatni uzoq masofaga (15 metrgacha) uzatish imkonini beradi. 2. Uzatma tekis va shovqinsiz ishlaydi. 3. Tasmali uzatma qo`llanilganda detallar o`ta nagruzkada ishlashdan saqlangan bo`ladi, chunki nagruzkaning qiymati ortib ketganda tasma shkivlar ustida sirpanib nagruzkani uzatmaydi. 4. Uzatma detallari oddiy va arzon. Tasmali uzatma quyidagi kamchiliklarga ega: 1. Tasmaning shkivlarda sirpanishi natijasida uzatish soni doimiy bo`lmaydi, ya`ni: u const 2. Tasmaning chidamliligi nisbatan kichik. 3. Tasmaning tarangligidan valga tushadigan kuch katta. 4. Tasma bilan shkivlarning tutash sirtlarini moy tushishidan saqlash kerak, chunki moy uzatmaning ishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Tasmali uzatmalar bir necha belgilar bo`yicha tasniflanadi. 1. Tasmaning tarangligini xosil qilish usuliga qarab: a) oddiy b) taranglovich moslamali 2. Vallarning o`zaro joylashishiga qarab: a) ochiq uzatmalar v) yarim ayqash uzatmalar 3. Tasmaning turiga qarab: a) yassi tasmali b) konussimon tasmali (ponasimon) v) doiraviy tasmali uzatmalar Ponasimon tasma quyidagi afzalliklarga ega: 1. Nisbatan ko`proq quvvatni uzatadi, sababi tasma bilan shkiv ariqchasi tutash sirtida ishqalanish kuchi katta bo`ladi. 2. Tasmadan valga tushadigan kuch kichik bo`ladi, chunki tasma- ning tarangligini kichikroq olish mumkin. 3. O`qlar orasidagi masofa kichik bo`ladi. 4. Uzatish soni katta bo`ladi. Ponasimon tasmani kamchiligi -, uning elastiklik xususiyati yassi tasmaga nisbatan yo`lonligidadir. Bu esa uning hizmat muddatini ki chik bo`lishiga olib keladi. Ponasimon tasmaning tuzilishini ko`rib chiqamiz. Tishli uzatmaning afzalliklari quyidagilardir: Amalda har qanday quvvatni uzatadi . F.I.K. katta U=const Ishda ishonchligi katta Hizmat muddati katta Tishli uzatmaning asosiy kamchiligi - tishlarni qirqish murakkab va buning uchun maxsus asboblar qo`llanilishidir. Tishli gildiraklarning tishlari asosan ikki xil usulda qirqiladi : 1. Kopirovka usuli . (diskli yoki barmokli frezalar yordamida) 2. Obkatka usuli . ( instrumental reyka yordamida ) Tishli uzatmalar bir nechta belgilarga qarab klassifikatsiyalanadi . Tishlarni yon profili bo`yicha Vallarning o`qlar joylashishi bo`yicha Tishlarning gildiraklar ustida joylashishi bo`yicha Ilashishda hosil bo`lgan kuchlar. Tishli uzatmalarni ilashishi jarayonida ilashish chizig`ida har xil kuchlar xosil bo`ladi. Asosiy kuch bu tish sirtiga tik bo`lib ilashish chizig`i bo`yicha yo`nalgan normal Fn kuchdir. To`g`ri tishli silindirsimon uzatmalarda Fn normal Fn=Ft/cosα kuchni aylanma Ft hamda markazga intiluvchi Fr kuchlarga ajratamiz Chervyakli uzatmalar - bu kinematik juft bo`lib, chervyak va chervyakli g`ildiraklardan iborat, o`qlari esa o`zaro ayqash holda joylashgan bo`ladi. Ayqash burchakning qiymati har xil bo`lishi mumkin, biroq amalda, u asosan 90. Chervyakli uzatmaning ishlash prinsipi vintli juftni ishlashiga o`xshash bo`ladi Chervakli uzatmalar Afzalliklari: bir pog`onali uzatmada uzatish sonidan kam uzatmalar uchun u=500 gacha, quvvat uzatadigan uzatmalarda; u=8-80 gacha bo`lib eng katta qiymati 120 gacha bo`lishi mumkin; rovon va shovkinsiz ishlaydi; o`z-o`zidan to`xtaydigan qilib tayyorlash mumkin (bunday uzatmalarda f.i.k 50% dank am). Chervakli uzatmalar Kamchiliklari: f.i.k. nisbatan kichik (=0.70.92); uzatiladigan quvvatning qiymati chegaralangan -5060 kVt; uzatma to`xtovsiz ishlaganda qizib ketish; rangli materiallarni ishlatilishi. Download 59.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling