Uzluksiz ishlovchi elektr qarshilik pechlari


– rasm. Elektr pechlarning (eng koʻp tarqalganlari) asosiy turlari


Download 497.85 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi497.85 Kb.
#209644
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maruza №13 (1)

2 – rasm. Elektr pechlarning (eng koʻp tarqalganlari) asosiy turlari

Konveyrli elektr pech – eng ko‘p tarqalgan pechlarga kiradi. Ular asosan kichik va o‘rta o‘lchamli ko‘p miqdorda ishlab chiqariladigan buyumlar, masalan zoldirlar g‘iloflari doirasini va shunga o‘xshash buyumlarga termik ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Pech ichida detallarni harakatga keltirish uchun ikkita o‘qqa tasma tortilgan, ularning bittasi tortuvchi va ikkinchisi ergashuvchi, tasmalari qoliplangan bo‘limlardan tuzilgan va konveyer yo‘nalishida ko‘ndalang o‘rnatilgan yuritmasiz g‘ildraklarga tayanadi.

  • Konveyrli elektr pech – eng ko‘p tarqalgan pechlarga kiradi. Ular asosan kichik va o‘rta o‘lchamli ko‘p miqdorda ishlab chiqariladigan buyumlar, masalan zoldirlar g‘iloflari doirasini va shunga o‘xshash buyumlarga termik ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Pech ichida detallarni harakatga keltirish uchun ikkita o‘qqa tasma tortilgan, ularning bittasi tortuvchi va ikkinchisi ergashuvchi, tasmalari qoliplangan bo‘limlardan tuzilgan va konveyer yo‘nalishida ko‘ndalang o‘rnatilgan yuritmasiz g‘ildraklarga tayanadi.
  • Konveyerli pechlarda 700-9000C haroratlarda yuqori haroratli bo‘shatish va toblash jarayonlari olib boriladi.
  • Ba’zi konveyrli pechlarda turli tasmalar –xromnikelli qotishmali bo’ladi. Pechlarning kamchiligi ikkala o‘q konveyer ichiga o‘rnatilganda og‘ir sharoitda yuqori harorat ostida ishlashga to‘g‘ri keladi, bundan tashqari, bunday tuzilishda o‘qlar suv bilan sovitiladi, bu esa ko‘p miqdorda issiqlik yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Bu kamchiliklarni to‘g‘rilash uchun ikkala o‘qni kamera tashqarisiga o‘rnatish va uning pastiga o‘qlarini yuqori harorat mintaqasidan chiqarish, ya’ni konveyerlar oxirini futerovkadan tashqariga chiqarish bilan amalga oshiriladi.
  • Konveyerli pechlar 900 dan 1150 0C nazorat qilinadigan muhitda ishlay oladi va bular sovitgichli yoki toblash idishlari bilan to‘plamli keltiriladi. Konveyerli pechlar seriyali qilib 350, 700, 900 va 1150 0C ga konveyer kengligi 60 dan 2000 mm emallangan buyumlarni kuydirish, buyalgandan keyin quritish va bo‘shatish, nazoratsiz muhitda texnologik jarayonlarni bajarishda keng qo‘llaniladi. Konveyrli pechlar quvvati 1000 kVt va undan yuqori bo‘ladi

Download 497.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling