Uzluksiz ma’naviy tarbiyaning kontseptual asoslari
Download 147,62 Kb.
|
02.10. Uzliksiz ma\'naviy tarbiya o\'quv uslubiy majmua yangi
CHun riyozat raf’ etib ruhoniyat,
Salb bo‘lg‘och kimsadin nafsoniyat. Qolmag‘ay ruhoniyatdin o‘zga hech, Sen taxallufdin bu ma’ni ichra kech7. Navoiy bu erda «ruhoniyat» tushunchasini insonga xos asl fazilatlarning namoyon bo‘lishi, u o‘zini hayvon bilan yaqinlashtiruvchi nafsoniyatidan voz kechgansda, uni Xudo bilan birlashtiruvchi faol, imkoniyatlari voqe’ bo‘lgan ruhi, insonning haqqa vosil bo‘lgan ichki ruhiy olami mazmunida ishlatmoqda. Demak, islom olamida ma’naviyat tushunchasining shakllanishi yahudiy-xristianlarda mazkur atama shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillardan boshqacha omillar ta’sirida kechgan va an’anaviy asosining tor tafakkur doirasidan chetga chiqqan. G‘arbda «duxovnost» (ma’naviyat) hanuzgacha ko‘proq diniy mazmunda ishlatiladi. «Tafakkur» jurnalining 1996 yil 1-sonida AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Stenli Eskudero muxbir bilan suhbatda shunday deydi: «Ammo bizda ma’naviy jihatdan qashshoqlanib qolishdan qo‘rquv hissi ham yo‘q emas. Ma’naviy qashshoqlik ba’zan danning jamiyat hayotidagi o‘rnini tushunib etmaslikdan paydo bo‘ladi». Ko‘rinib turibdiki, «ma’naviyat» AQSHda (butun G‘arbda) bizdagidek keng muzmunda qo‘llanilmaydi.Ruslarda «duxovenstvo» (ruhoniylar, din peshvolari)va «duxovnost» tushunchalarining bir o‘zakdan yasalganiham bejiz emas. G‘arb tillaridan farqli o‘laroq sovetdavrida rus tilida (boshqa sobiq sovet xalqlari tillarida ham) «duxovnost» (uning ekvivalentlari) dastlabki mazmunini nihoyatda kengaytirdi va asosan dunyoviytushunchaga aylandi. Diniy mazmun endi bu tushunchaningko‘plab mazmunlaridan biridir, xolos. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida atama mazmuni kengayib va chuqurlashib boradi: moddiylikka kirmaydiganbarcha ijtimoiy hodisalar majmui «ma’naviy madaniyat» deb ataldi. Bular — ilm-fan, falsafa, axloq, huquq,din, ta’lim-tarbiya, ommaviy axborot va targ‘ibot, mafkura, urf-odatlarning mafkura va e’tiqod bilan bog‘liq jihatlari va shu kabilar. Bunday keng talqindagi«ma’naviy madaniyat», tabiiyki, «ma’naviyat» tushunchasini boyitdi. Bizning tilimizda, umuman islom olamida «ma’naviyat» atama sifatida (so‘z sifatida emas) qanday shakllandi, degan savol tug‘iladi. Ushbu masala yuzasidan o‘zfarazlarimizni aytib o‘tmoqchimiz. «Ma’naviyat» tushunchasi kelib chiqishiga ko‘ra ikkio‘zakka borib taqalishi mumkin. Birinchi faraz — bu tushuncha arabcha «ma’na» (ma’no, ma’ni) negizidan hosilbo‘lgan. Ilk islom ilohiyotchilaridan va faylasuflaridan bo‘lmish mu’taziliylar — Hasan al-Basriyning shogirdlariVosil ibn Ato va Amr ibn Ubayd — Qur’onni sharhlashilmiga, ya’ni «ilm at-tafsir»ga asos soldalar. Ularningta’limoti — kalom — bir necha qismlarga bo‘linada: borliqdan avval haqidagi ta’limot — qumun, atomlar haqida —javhar al-fard, sababiy bog‘lanish haqida — tavallud, mohiyat haqida — ma’no va h. k. SHunday qilib, narsa va hodisalarning, jarayonlarning, tabiat va jamiyat, hattoki, Xudoning mohiyati haqidagi ta’limotni ular «ma’na» deb ataganlar8. Mu’taziliylar Alloh o‘z bandasiga o‘xshab ko‘rish, eshitish, gapirish xususiyatlariga, jismiy tuzilishiga ega bo‘lishi mumkin emas, bu Xudoning mupggarakligi va yakkaligiga tavhidiya talabiga ziddir, deb chiqdilar. Download 147,62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling