Uzluksiz ma’naviy tarbiyaning kontseptual asoslari
Davlatimiz rahbarining kitobxonlik bilan bog’liq amaliy tashabbuslari
Download 147.62 Kb.
|
02.10. Uzliksiz ma\'naviy tarbiya o\'quv uslubiy majmua yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’naviy barkamol inson tushunchasi, uning mohiyati komil inson va uning sharqona fazilatlari.
Davlatimiz rahbarining kitobxonlik bilan bog’liq amaliy tashabbuslari. Ma’naviy tahdid va ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash zarurati. Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishda bir qator muammolar mavjudligini qayd etish lozim. Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etilmagan. Chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkazish, onlayn buyurtma berish va manzilga yetkazish tizimi sust rivojlangan, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatishda elektron kitob shakllaridan keng foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan”, — deya kamchiliklarga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan. Ushbu sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tegishli takliflarni tayyorlash maqsadida kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh va kichik ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi. A.Aripovga bir oy muddatda soha mutaxassislari va ekspertlarini keng jalb qilgan holda, ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olib, quyidagi masalalarni atroflicha o‘rganish va chuqur tahlil qilish asosida tegishli takliflarni ishlab chiqish topshirildi. — hududlarda yozuvchi-shoirlar ishtirokida kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil etish, aholi o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini targ‘ib qilish, kitobxonlar, bosma va elektron kitob ishlab chiqaruvchilar, kitob sotuvchilar hamda kutubxonachi va targ‘ibotchilar orasida tanlovlar (“Yilning eng yaxshi kitobi”, “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Yilning eng yaxshi bolalar kitobi”, “Yilning eng yaxshi audio kitobi”, “Yilning eng yaxshi elektron kitobi” kabi) o‘tkazish tizimini takomillashtirish.
Ma’naviy barkamol inson tushunchasi keng qamrovli serqirra tushuncha. Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson ahloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bо‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilagacha, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalari, tarbiya sohasida sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning mohiyatini ochib berishni taqozo etmoqda. ular mohiyati birday tushunchalar. Insonni tо‘g‘rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qо‘yingki, yuksak ahloqlilikka yо‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali ahamiyat berishimizning boisi – iymoni, e’tiqodi va ahloqiy fazilatlari – qо‘yingchi, ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat tuyg‘usi qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol fuqarolarga ega bо‘lgan mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad kо‘taradi. Boshqacha aytganda, ma’naviy barkamol, komil insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sohlom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada yurtboshimizning quyidagi sо‘zi ibratlidir: “Biz sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona ahloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz” “Ma’naviy tahdid” iborasi ikki so‘z birikuvidan iborat: ma’naviy va tahdid. “Ma’naviy” deganda insonning ichki dunyosi, ongi va qalbi nazarda tutiladi. Tahdid deganda esa hadik, ya’ni tajovuz qilish, yo‘ldan chiqarishga asoslangan xavf-xatarlar majmui tushuniladi. Tahdid xavf-xatar kabi darhol ko‘zga tashlanmasligi, uzoqni ko‘zlashi va xavf-xatarga nisbatan zarari ko‘pligi bilan farq qiladi. “Ma’naviy tahdid” deganda, avvalo tili, dini, e’tiqodidan qati nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutishi lozim. Ma’naviy tahdidning bir necha jihatlariga e’tibor qaratish lozim. 1) Ma’naviy tahdidlarning xususiyatlari: barcha tillarda namoyon bo‘ladi; barcha dinlarda uchraydi; e’tiqodni farqlamaydi. 2)Ma’naviy tahdidlarning zarari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: inson erkinligi chegarasini buzadi; insonning ruhiy dunyosini izdan chiqaradi; g‘arazli maqsadlarni ko‘zlaydi.3) Ma’naviy tahdidlarning quyidagi turlarini sanab ko‘rsatish mumkin: mafkuraviy; g‘oyaviy; axborot (informatsion). Bu kabi misollar mafkuraviy immunitetni sindirish, bo‘shliq hosil qilib, o‘z g‘oyasini singdirib, xalqning ongi va qalbini egallash, g‘oyani ommalashtirishning juda ko‘p namunalari uchraydi. Chunki targ‘ibotchilar olishuvi, kurashi juda uzoq tarixga ega. Kitob - inson umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘lguvchi sodiq do‘st. Insonning ruhiy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitobchalik kuchli qudratga esa vosita yo‘qdir. Shu boisdan, azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan. Tarbiyaning barcha mezon va unsurlari, avvalo, oilada shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashda ham oilaning o‘rni nihoyatda kattadir. Qush uyasida ko‘rganini qiladi, degan naqlga tayansak, bu mohiyat yanada dolzarb bosqichga ko‘tariladi. Darhaqiqat, shaxs takomilida oilaviy muhit, oilaviy qadriyatlar asosiy vosita rolini o‘taydi. Ota-onaning ma’naviy darajasi, axloqiy qarashlari bevosita farzandga ham ko‘chib o‘tadi, farzandlar shaxsiyatida aks-sado beradi. Binobarin, kitobxonlik, badiiy adabiyotga muhabbat ham inson ma’naviy tafakkurini, tarbiya ahvolini namoyon qiluvchi muhim xususiyatlar sirasidandir. Kitob dunyosiga oshufta, adabiy olamga hamnafas, badiiyatdan bahramand qalb egasi o‘zidagi bu tuyg‘u va fazilatlarni atrofidagilarga, ayniqsa, oilasiga ham yuqtirishi, singdirishi ehtimoli yuqori. Kitobxon ota-onalarning farzandi ham kitobga o‘zgacha mehr ko‘rsatadi, bu ma’naviyat xazinasiga tabiiy qiziqish va intilish tuyadi. Shu bois kitobxon avlod tarbiyasida, avvalo, ota-onaning tarbiyali bo‘lishi, badiiy adabiyotga oshno ekanligi muhim zaruriyatdir. Yaqin-atrofdagi tanish oilalarimiz hayotiga sinchkov nazar tashlasak, qaysi oilada kitobxonlik madaniyati qay darajada shakllanganligiga amin bo‘lamiz. Kimdir dunyoviy hodisalar ummonida suzib yurishni xush ko‘rsa, kimlardir badiiy adabiyot osmonida sayr etishga ishtiyoqmand. Kimdir bir oyda bir kitob o‘qishga vaqt ajratsa, yana kimlardir bir haftada bir kitob mutolaa qilishni lozim biladi. Xullas, kitob bilan hamma o‘z olamida, o‘z xohish va imkoniyatlari chegarasida turli holatda yuzlashadi. Shu o‘rinda, mohiyatni yanada aniqlashtirish uchun aynan bir oila misolida kitobxonlikka qaratilgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tamiz. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi, uning mohiyati komil inson va uning sharqona fazilatlari. Barkamol inson - o‘zida ma’naviy-axloqiy xislatlar majmuini mujassamlashtirgan, jamiyatda o‘zligini va o‘z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, dunyoviy bilimlami mukammal egallagan, aqlan yetuk, yuksak iste’dodli va salohiyatga ega bo‘lgan ma’naviy jihatdan yetuk, axloqan pok, jismonan sog‘lom, hayot go‘zalliklarini his eta oladigan ijodkor shaxsdir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida 0 ‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini isloh qilishdan maqsad shaxs barkamolligiga erishish, uni bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda o‘z o‘miga ega inson sifatida tarbiyalashdan iborat. Shaxsni ushbu talablar asosida shakllantirishning eng maqbul yo‘liga undagi ijodkorlik va intellektual sifatlami rivojlantirish orqali erishish mumkin. Tadqiqot ishida bu muammo yechimi keng miqyosdagi tahliliy ma’lumotlar asosida o‘rganilib, pedagogik va axborot texnologiyalari, ilg‘or yo‘nalishlar asosida hal etib berilishi rejalashtirilgan. Kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishning uchinchi - sifat bosqichida unga mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda aniqliklar kiritish zarurati yuzaga keldi. Bular qatorida quyidagi dolzarb muammolarni alohida qayd etish mumkin: — umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish pedagogik-psixologik tashxis ishlarini yetarli ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqilmaganligi va tatbiq etilmaganligi; — pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga joriy etishning umumiy nazariy asoslari yaratilgani holda, ulami tatbiq etish mexanizmining ilmiy metodik jihatdan asoslanmaganligi; — yetarlicha kasbiy yo‘naltirilganlikka, yuqori mukammallikka ega bo‘lmagan pedagogik jarayon mahsuli sifatida etishib chiqayotgan ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mutaxassis sifatida mustaqil va ijodiy darajaga erisha olmayotganligi. Ushbu kamchiliklaming bartaraf etilishi «Kadrlar tayyorlash Milliy dastufi»ning keyingi bosqichlarida muvvafaqiyatli amalga oshirilishi uchun zamin yaratadi va tadqiqot muammosini tashkil etadi hamda uning dolzarbligini ta’kidlaydi. Shaxs sifatlarini shakllantirish muammosining turli omillari respublikamiz (Q.Nazarov, M.Quronov, U.Nishonaliyev, ' Sh.Qurbonov, S.Nishonova, N.Shodiyev, M.Davletshin, S.Bulatov va b.) hamda xorij olimlari (V.P.Bespalko, S.Ya.Batishev, V.A.Slastenin va b.) tomonidan tadqiq etilgan. Biroq respublikamizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar natijasida shakllantirilishi lozim bo‘lgan barkamol ijodkor shaxs sifatlari darajasi, tarkibi va mazmunini tadqiq qilishga qaratilgan majmuaviy izlanishlar amalga oshirilmagan. Shu o‘rinda xalqimiz qadimdan barkamol avlod tarbiyasiga jamiyat ravnaqining muhim omili sifatida alohida e’tibor bilan qarab kelganliklarini ta’kidlash o‘rinlidir. Vatanimiz dong‘ini dunyoga taratgan qomusiy olimlarimiz o‘z asarlarida shaxs aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasining ahamiyati va uni amalga oshirish yo‘llari to‘g‘risidagi o‘z tavsiyalarini bayon qilganlar. Komil inson g‘oyasi azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, millat ma’naviyatining uzviy bir qismi bo‘lib qolgan. Komil inson g‘oyasi zardushtiylaming muqaddas kitobi «Avesto»da, Qur’oni Karim va hadislarda, tasaw uf falsafasida, Sharq mutafakkirlari asarlarida o‘zining teran ifodasini topgan. Tariximizda komillik timsollari ko‘p: Alpomish xalqimizning ideal qahramoni, u aql, fahm-farosat, jismoniy kamolot, mardlik va vatanparvarlikning badiiy timsoli hazrat Navoiy uchun ideal Farxod obrazidir. Ulardan axloqan va jismonan kamollikka erishgan shaxslar Oybekning «Navoiy» romanida esa Navoiy ideal obraz. Ayni paytda u real tarixiy shaxs, komil insondir. Xalq og‘zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari, nasihatnoma, pandnoma va vasiyatnomalarda komil inson tarbiyasi haqidagi qonun, qoida va usullari o‘z aksini topgan. Download 147.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling