Uzluksiz ma’naviy tarbiyaning kontseptual asoslari


Davlatimiz siyosatida ma’naviyat masalalariga alohida g’amxo‘rlik


Download 147.62 Kb.
bet11/13
Sana29.04.2023
Hajmi147.62 Kb.
#1401742
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
02.10. Uzliksiz ma\'naviy tarbiya o\'quv uslubiy majmua yangi

Davlatimiz siyosatida ma’naviyat masalalariga alohida g’amxo‘rlik. 0‘zbekistonda uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimini insonparvarlik yo‘nalishida qayta qurish eng asosiy va markaziy muammolardan biridir. 0‘tmishda inson kamolotining muhim vositalaridan biri bo‘lgan ma’naviy-ruhiy va badiiy-estetik tarbiyaga kam ahamiyat berildi. Badan tarbiyasi va sog‘liqni saqlashning ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish masalalari oqsab qoldi. Mutaxassislar tayyorlashda o‘rta miyonachilikka ruju etilishi, ijtimoiy hayotda shaxsning roli pasayishiga sabab bo‘ldi. Bu hoi, ta’lim-tarbiya tizimida raqobatning yo‘qligi, yuqori malakali pedagog kadrlaming tansiqligiga olib keldi. Talaba-o‘quvchilarga bo‘lgan munosabat ham shundan iborat edi. Oliy ixtisoslik ma’lumotiga ega boigan, diplomli mutaxassislar juda ko‘p yetishtirildi, ammo ular xalq xo‘jaligini rivojlantirishning zamon talablariga to‘la javob beradigan mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida shakllanmadi. Ularda tadbirkorlik sifatlari kam bo‘lgani uchun ba’zilarining ijtimoiy taraqqiyot, inson kamoloti yo‘lidagi o‘rinlari bilinmay qolayotir. Ta’limni insonparvarlashtirish g‘oyasi va konsepsiyasi ta’lim-tarbiya tizimidagi mana shunday kamchiliklami bartaraf etishga, 0 ‘zbekistonning o‘z oldiga qo‘ygan buyuk maqsadlarini amalga oshirishga qodir va layoqatli, m a’naviy barkamol va malakali mutaxassislami yetishtirishga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish keng dunyoqarashli va ma’rifatli, aql-idroki mukammal, m a’naviy kutubxonasi axloqiy jihatdan barkamol, ruhan tetik, o‘z mamlakati va uning jahon hamjamiyatida tutgan o‘mi va rolida o‘zining fuqarolik mas’uliyatini to‘g‘ri va to‘la anglab yetgan komil inson shaxsini tarbiyalash maqsadlariga bo‘ysundirishdan iboratdir. Ta’lim va tarbiyaning uzluksiz jarayoni insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlanishining nazariy va metodik jihatlari shu sohada mehnat qilayotgan kadrlarning ongi va qalbidan • zarur darajada o‘rin olishi kerak.Ular ta’lim-tarbiyani Ta’lim to‘g ‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish bo‘yicha belgilanadigan yaqin vaqt va uzoq davrga mo‘ljallangan tadbirlarda, o‘quv rejalari va dasturlari, test savollari tuzayotganlarida va boshqa shu kabi ta’limiy ishlarda ulaming mazmuni insonparvarlik g‘oyasi bilan sug‘orilgan bo‘lishiga asosiy e’tibor qaratishlari zarur... T a’lim va tarbiyani tashkil etishning o‘quv-metodik, nazariy-metodologik jihatlari bo‘yicha ish ko‘radigan davlat muassasalari, ulaming jamoalari, shuningdek, nodavlat strukturalar jamoalari o ‘z faoliyatlarini belgilayotganlarida insonparvarlik g‘oyalariga qat’iy amal qilishlari uchun ham Davlat hujjatlarini yaratish zarurati tug‘ilmoqda. Gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasini qayta yaratishda ta’limni insonparvarlashtirishning tashkiliy jihatlarini belgilab olish zarur. Uzluksiz ta’lim tarbiya tizimining insonparvarlik yo‘nalishida shakllanishida ijtimoiy-gumanitar fanlaming alohida o‘mi va roli bor. Shuning uchun oliy ta’lim . muassasalarida ulami o‘qitadigan kadrlar har jihatdan o‘z sohasining bilimdoni va mohir pedagog, o‘qitish pedagogikasini mukammal egallagan bo‘lishiga erishish kerak. Oliy o ‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan fanlaming umumiy soatlari miqdoridan universitet va pedagogika institutlarda kamida 30 foizi, boshqa oliygohlarda 25 foizini ijtimoiy-gumanitar fanlami o‘qitishga ajratilishi zarur. Ulami jahon standartlari darajasiga yetkazish muhim ahamiyatga ega. 1. Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo‘nalishida shakllantirish konsepsiyasini o‘quv-tarbiya jarayonlariga joriy etish uch bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda; Birinchi (boshlang‘ich) bosqich - kasb, ta’lim dasturlarini va o‘quv rejalarini ushbu konsepsiyaga muvofiq qayta tayyorlash, gumanitar fanlar mutaxassislarini ixtisoslik bo‘yicha tayyorlashning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganishni yo‘lga qo‘yish. Bu bosqichda o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, ta’limni insonparvarlashtirish maqsadlarini hisobga olgan holda tarbiyachilar professoro‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish. Ikkinchi (o‘tish) bosqich - gumanitar fanlar o‘qitishni chuqurlashtirish, ta’limning yangicha shakl va uslublarini. ishlab chiqish, uning yangi texnologiyalari bo‘yicha izlanish «hamkorlik pedagogikasi», o‘qituvchi kompyuterlar, ta’limning texnik vositalari-(TTV) va boshqa ta’lim tizimlarini insonparvarlashtirish muammolari bo‘yicha tadqiqotlar natijalarini tahlil etish va hayotga tatbiq qilish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni davom ettirish. Uchinchi (asosiy) bosqich - ta’limning milliy andozasi (modeli)ni insonparvarlashtirish jarayonini takomillashtirish, bu sohani jahon miqyosiga ko‘tarilishini ta’minlash. Oliy ta’limning davlat ta’lim standartini belgilab olish maqsadida «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy» fanlar bo‘yicha ishchi guruhlari tuziladi. Ishchi guruhidagi mutaxassislar bilan hamkorlikda «Bakalavr akademik darajasiga va ta’limning eng zaruriy mazmuniga qo‘yiladigan talablar» mezoni ishlab chiqiladi. Ushbu me’yoriy hujjatda bakalavr uchun tayyorlanadigan fan sohalarida umum-gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo‘yicha bilim va saviyalariga qo‘yiladigan talablar har bir fan sohalari bo‘yicha alohida-alohida beriladi. Xuddi shuningdek, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumi bo‘yicha ham eng zaruriy (minimal) talablar mazmuni har bir fan bo‘yicha alohida-alohida bayon etiladi. Umumgumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar o‘z ichiga quyidagi o ‘n sakkizta fanni qamrab oladi: 1) falsafa (etika, estetika, mantiq); 2) 0 ‘zbekiston tarixi; 3) huquqshunoslik; 4) dinshunoslik; 5) m a’naviyat asoslari; 6) milliy g‘oya va mafkura; 7) iqtisod nazariyasi; 8) 0 ‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti; 9) siyosatshunoslik; 10) 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish; 11) sotsiologiya; 12) pedagogika; 13) psixologiya; 14) madaniyatshunoslik; 15) o‘zbek tili; 16) rus tili; 17) chet tili; 18) jismoniy tarbiya. Mana shu fanlar bo‘yicha namunaviy dasturlami va darsliklami qayta tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerak? Birinchi navbatda ta’limning uzviyligiga va tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor berish kerak. Masalan, «Ma’naviyat asoslari» kursi bo‘yicha mavzular va soatlar taqsimoti berilgan. Unda - auditoriya soatlari-24 soat, amaliy mashg‘ulotlar-16 soat, jami 40 soatga mo‘ljallangan. Har' bir mavzu yuzasidan kichik axborot berilgan. Unda har bir mavzuni batafsil ochib berish, talabalarga yetkazish uchun asosan nimalarga e’tibor berish kerakligini ta’kidlash zarur. Dastur barcha akademik litsey va professional kollejlar uchun asos va umumiy yo‘llanma hisoblanadi. Unda har bir o‘quv muassasasi yo‘naltirilgan mutaxassisligiga xos xususiyatlami hisobga olib, bu dasturga ba’zi o‘zgartirishlami kiritishi mumkinligi ham aytib o‘tilgan. Keyingi yillarda yaratilgan dasturlarda qaytariqlar va birmuncha murakkabliklar mavjud. Xulosa qilib aytganda, 1-blokka tegishli ijtimoiy-gumanitar fanlar blokidagi barcha o‘quv dasturlarini milliy g‘oya asosida insonparvarlashtirish g‘oyasini ham singdirish, fanga qo‘yilgan talablarni ham shunga moslab qayta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir
Mustaqillik mas’uliyati Mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi hamda madaniy meros, diniy an’ana va qadriyatlarimiznmg tiklanishi. 0 ‘zbekistonda davom etayotgan mustaqillikni mustahkamlash jarayoni ta’lim va tarbiya tartibotini ham isloh qilishni, ma’naviy va ma’rifiy ildizlarga payvand qilishni; yosh avlodlarda 0‘zbekiston vatanparvarlariga xos fazilatlaming tarixiy o‘zaklarini aniqlashni; o‘zbek xalqi tarixi, tili, adabiyoti, san’ati, an’analari va urf-odatlarini milliy tarbiyaviy tadqiq qilishni talab etmoqda. Ana shu nuqtai nazardan tadqiqotimiz mavzusi milliy pedagogika tarixi qirralarini ham o‘rganishni talab qiladi. Chunki tarix o‘zbek xalqi oldiga qachon, qanday tarbiyaviy talablar qo‘yganligini; davr o‘zgarishi bilan milliy tarbiya - fe’l-atvorimizda qay sifatlar, qaysi tomonlarga o‘zgarganligi, qaysi sifatlar o‘zgarmay, avloddan-avlodga meros bo‘lib yetib kelganligini aniqlash respublikamizda milliy ma’naviyatni o‘rganish, tiklash va istiqbolini belgilash nuqtai nazaridan g‘oyat qimmatlidir.
0‘tmishda ajdodlarimiz qanday fazilatlarga ega bo‘lgan farzandni orzu qilishganliklarini anglash uchun xalqimiz uzoq tarix davomida yaratgan afsona, ertaklar, dostonlarga murojaat qilish kerak. 0‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarida tarannum qilingan vatanga muhabbat, erkparvarlik, sadoqatli do‘st bo‘la olish, o‘z burchini, o‘z so‘zini oqlash, mardlik, jasoratga qodirlik eng zarur fazilatlar bo‘lgan. 0 ‘zbek olimlarining o‘tmishni (Y.Jumaboyev) qayd qilishlaricha, «...o ‘z burchini ado etish, dushman ustidan g‘alaba qilish yo‘lida qahramonlarcha o‘z jonlaridan kechishga, har qanday mashaqqatlarga bardosh berishga, sevgi, muhabbatdan kechishga, o‘z qabiladoshlarining or-nomusi uchun to oxirigacha kurashishga shay» turganlar. Ajdodlarimizda milliy vatanparvarlik fazilatining qanday namoyon bo‘lganligini Sak qabilasiga mansub cho‘pon Shiroqning eramizdan awalgi 519- yi Ida ko‘ rsatgan mashhur j asoratidan bilish mumkin. Ajdodlarimiz farzand tarbiyasining negizi sifatiga axloqiy uchlik: o‘y, niyat, so‘z — ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyinchalik lug‘atimizga kirib kelgan «vijdon» so‘zi bilan ham ifodalash mumkin, «Men yaxshi niyat, yaxshi so‘z va yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman», - deb yozilgan «Yasna»da. «Yaxshi fikr» deganda, yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda ko‘maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o‘z maslakdosh birodarlari bilan do‘stlik va hamjihatlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o‘z fikri-xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, chunki bunday holatida u yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi», - deb hisoblangan. Bu axloqiy fazilatlar kishini elga qo‘shilishga, el bilan birga bo‘lishga, elning tashvishi bilan yashashga tayyor - xalqparvar kishini tarbiyalashga qaratilganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Zamonlar o‘tib; odamlar orasidagi munosabatlaming boyishi, savdo-sotiqning yuzaga kelishi bilan qabilaviy tarbiyaga qo‘yiladigan talablar ham o ‘zgarib, zamonaviylasha bordi. Ajodlarimiz o‘zlaridagi xislatlaming nafaqat xudo tomonidan ato qilingan, balki shakllantirilishini tobora chuqurroq ulg‘aytirib bordilar. Jumladan, yaxshi so‘zlar — ahdga vafodorlik, berilgan va’dani oqlash, hamma oldiberdilarda halol boiish, o‘zgalaming haqini yemaslik, buzuqlikdan o‘zini to‘xtata bilish kabi yangi sifatlar bilan boyib bordi. Ajdodlarimizning ko‘hna qabilaviy tarbiyaviy tizimi hozirgi kunlarda biz to‘qnashgan axloqiy, madaniy, jismoniy, ekologik muammolami bartaraf qilish nuqtai nazaridan bebahodir. Zero, ajdodlarimiz axloqi kishining sog‘-salomat, kuchli bo‘lishi kerakligini uqtirish bilan birga uning ma’naviyatiga asosiy e’tibomi qaratgan. Jumladan, ayolga hurmat, uni e’zozlash, ona sifatida qadrlash g‘oyalari markaziy o‘rinlardan birini egallagan. Demak, bu g‘oya yosh avlodga kundalik turmushda, oilada, yaxshi bolaning «namunaviy siymosi» orqali ijtimoiy tarbiyada izchil singdirib borilgan. 0 ‘zbekona tarbiyaning turli qirralari ulkan adiblarimiz Abdulla Qodiriy, Oybek, Pirimqul Qodirov va boshqalaming tarixiy asarlarida muvafaqqiyatli aks ettirilgan. Abdulla Qodiriy tomonidan « 0 ‘tkan kunlar»ning o‘zbeklar turmushidan tarixiy roman» deya aniqlashtirilishi ham adibning milliy zaminda qat’iy turgan yozuvchi ekanligining misolidir.
Birinchi Prezidentimizning tashabbusi va tarixiy jasorati bilan 1989-yildayoq o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani, 1990-1991 yillarda qabul qilingan qator hujjatlarga muvofiq yurtimizda “Navro’z” bayrami qayta tiklangani, Ramazon va Qurbon hayitlari katta bayram hamda dam olish kunlari deb e’lon qilingani – bu kabi muhim tarixiy qarorlar xalqimizning asriy orzu va armonlari ro’yobga chiqishi, milliy qadriyatlarimiz tiklanishi yo’lida ilk yirik qadamlar bo’lganini alohida ta’kidlash darkor.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o’rganish ham katta o’rin egallaydi. Shu sababli Birinchi Prezidentimiz to’lonlaridan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o’rganish va targ’ib etish uchun keng yo’llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat to’lonidan katta mablag’lar ajratildi. O’zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy o’quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o’choqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo’yila boshladi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo’yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo’ja Ahror, Cho’lpon, Fitrat kabi allo’lalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi. Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta xizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg’or namoyandalari Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To’lepbergenov, Ibrohim Yusupovlar O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo’ldilar.
1991-yili buyuk alloma, g’azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o’tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo’ldi. Bu tantanaga bag’ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi.
1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko’lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag’ishlangan haftalik o’tdi.
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo’lib o’tdi. YUNESKO to’lonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag’ishlangan ko’rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur no’li berilgan bog’lar, ko’chalar barpo etildi.
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko’lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag’ishlanib kechalar o’tkazila boshlandi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi.
Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bag’ishlab,Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o’rinda turadigan “Al-Jome as-Sahih”(“Ishonarli to’plam”), “Al-adab, al-mufrad” (“Adab durdonalari”) o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.
1998-yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg’oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi4. Respublikada yubileylar munosabati bilan allo’lalar hayotiga bag’ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko’rgazmalar ochildi.
1992-yil Birinchi Prezidentimiz farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
Milliy ma’naviyat nazariyasining shaklianishida davlat rahbarining o’rni va roli
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda milliy madaniyatimiz, adabiyot va san’atimizni rivojlantirish bilan bog’liq dolzarb masalalar, ularni hal etish yo’llari, bu borada ijodiy uyushmalar va davlat tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi.
Unda mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlar qatori madaniyat va san’at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari rivojiga katta e’tibor berilayotganligi ta’kidlangan edi.
Xalqimizning boy madaniy merosini tiklash va o’rganish maqsadida bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, poytaxtimizda O’zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi barpo etilmoqda. O’zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi, O’zbekistonning yangi tarixi markazi faoliyati yo’lga qo’yilmoqda. Kitobxonlik madaniyatini oshirish, madaniyat va san’at sohasini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilib, hududlarda ulug’ san’atkorlarimiz nomi bilan ataladigan ijodiy maktab va markazlar tashkil qilinmoqda.
Bu ishlarning mantiqiy davomi sifatida yosh iste’dod egalarining iqtidorini yuzaga chiqarish borasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining uchrashuvdagi ma’ruzasida madaniyatimiz va san’atimizning rivojlanish jarayonlari, bu boradagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, ayrim salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotiga ta’siri xolisona va tanqidiy baholanib, o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari haqida atroflicha fikr yuritildi. Ijodiy uyushmalar, Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyati chuqur tahlil etildi. Ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar jarayonidagi o’rni va vazifasi haqida muhim va dolzarb fikrlar bayon qilindi. Prezidentimiz xalqimizning ma’naviy kamolotida ijodkorlarning xizmati beqiyos ekanini alohida ta’kidlab, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida barcha sohalar vakillari qatori madaniyat va san’at ahlidan ham yanada faollik, yangi-yangi ijodiy g’oya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish ruhi talab etilayotganini ta’kidladi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi.
Maʼlumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.

Download 147.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling