Uzluksiz ma’naviy tarbiyaning kontseptual asoslari


-Mavzu: Ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan (uyushmagan) yoshlar o‘rtasida ma’naviy tarbiya


Download 147.62 Kb.
bet10/13
Sana29.04.2023
Hajmi147.62 Kb.
#1401742
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
02.10. Uzliksiz ma\'naviy tarbiya o\'quv uslubiy majmua yangi

25-Mavzu: Ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan (uyushmagan) yoshlar o‘rtasida ma’naviy tarbiya.
1. Mustaqillik va ma’naviyat. Ma’naviyat va millat tarbiyasi.
2. Davlatimiz siyosatida ma’naviyat masalalariga alohida g’amxo‘rlik.
3. Mustaqillik mas’uliyati Mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi hamda madaniy meros, diniy an’ana va qadriyatlarimiznmg tiklanishi.
4. Milliy-ma’naviy yangilanish, yuksalish, taraqqiyot omili.

Mustaqillik va ma’naviyat. Ma’naviyat va millat tarbiyasi. Milliy ma’naviyatimiz millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini qamraydi, ularni yaxlit tizimda tutib turadi. O‘tmish ajdodlarimiz merosida aks etgan ma’naviy qadriyatlar bugungi bashariyat erishgan ma’naviy kamolot darajasi bilan uyg‘unlashtirilsa, mamlakatimizdagi voqe ahvolga tatbiq etilsa, undan kelajak kurtaklari unib chiqadi, kelajak unsurlari shakllanadi.
Ma’naviyat — insonning, xalqning, jamiyatning kuchqudrati bo‘lishi uchun, insonga botiniy quvvat bag‘ishlashga qodir manbaga aylanishi uchun inson ruhi Borliq haqiqati bilan uyg‘unlik hosil qilishi, ya’ni boqiy mohiyat bilan tutashuvi kerak bo‘ladi. Lekin shu uyg‘unlik qanday shakllanadi, uning muayyan pog‘onalari, idrok etish darajalari haqida so‘z yuritish mumkinmi? Biz islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlaridan kelib chiqib, ular bilan uyg‘un ravishda Borliq haqiqatini anglash jarayoni bo‘lmish ma’rifat yo‘llari haqida muayyan tasavvur hosil qildik. Ulardan — ibrat, ilm, riyozat va mehrni alohida ajratib ko‘rsatdik. Ammo bular Borliq haqiqatini anglash sari olib boradigan yo‘llar, holos. Borliq haqiqatini anglash darajalari, inson ruhining Borliq haqiqati bilan tobora uyg‘unlashuviga eltuvchi pog‘onalar emas. Borliq haqiqati cheksiz, inson uni hech qachon tugal anglab eta olmaydi. Ammo insoniyatning necha mingyillik ma’naviy kamolot tajribasi behuda ketgan, deb tasavvur qilish ham gumrohlik bo‘lur edi. Ming yillar davomida inson Borliq haqiqatini anglash sari intilar ekan, qandaydir natijalarni qo‘lga kiritgani shubhadan holidir. Ana shu qo‘lga kiritilgan ma’naviy qadriyatlar majmuyini muayyan yaxlit tizimlar pog‘onadorligi sifatida tasavvur qilsak, Borliq haqiqatini anglash darajalari, Inson ruhining Borliq haqiqati bilan tobora uyg‘unlashuv bosqichlari ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Albatta, bu tizim ham har qanday inson bilimlari kabi nisbiydir, ko‘proq o‘zimizning milliy ma’naviyatimiz an’analariga tayanib shakllantirilgandir. Balki boshqa millat, boshqa mintaqa vakillarining tasavvurlari boshqacharoqdir. Hatto o‘zimizning milliy an’analarimizni ham har kim o‘zicha tasavvur qilishi mumkin. Alisher Navoiy hazratlari yozganlaridek, Haqiqat yo‘llari hadsizhududsiz.
Biz ushbu qismda Prezident asarlarida bayon etilgan mulohazalarga tayanib, ularning ajdodlarimiz yaratgan boy meros va xalqimiz tilida, dilida, maqol va matallari, urf-odat va an’analarida saqlanib kelayotgan milliy ma’naviyatimizning bosh tamoyillarini teran aks ettirishlaridan kelib chiqib, SHaxs va millat ma’naviy kamolida besh ulug‘ ma’naviy qadriyatni ajratib oldik. Bular — Vatan, SHaxs, Millat, Adolat, Haqiqat deb ataldi. Bularning har biri bir paytning o‘zida ham Millat ma’naviyatining bosh tayanchlari, ham ularning har biri alohida bir tizim, murakkab ichki mundarijali ma’naviy timsol tushunchalardir.
Ma’naviyat haqida bahs yuritilar ekan, o‘zak tushuncha SHaxs ekanligi shubhasiz. Ma’naviyat asli shaxsdan tashqarida bo‘lmaydi, chunki u inson qalbida aks etgan ilohiy nur, Oliy haqiqat nuri. Ilohiy oyatga tayanuvchi bu majoziy ta’rif milliy ma’naviyatimiz takomil bosqichlari davomida shakllangan va turlicha tarzda qator allomalarimiz merosida o‘z ifodasini topgan. Biz uni hozirgi zamon ilmiy tiliga ko‘chirib, inson ruhiyatida aks etgan Borliq haqiqati, yanada aniqrog‘i Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg‘unlik deb ta’rifladik.
Ammo shunga qaramay, tan olish kerakki, har bir shaxs muayyan makonda tug‘iladi va hayot kechiradi. Uning ruhiyati ushbu makonda shakllanadi, shu o‘lka unga Vatan sanaladi, ko‘ngil dunyosida unga ma’naviy munosabat yuzaga keladi. Dilida Vatan tuyg‘usi shakllanmagan insonni hali shaxs sifatida tasavvur etish qiyin. Demak, shaxs ma’naviy kamoloti avvalida o‘z kindik qoni to‘kilgan zaminga mehr, uning ruhidagi ona tabiat bilan uyg‘unlik yotadi.
Ma’naviyat muayyan shaxsdan tashqarida bo‘lmas ekan, millat ma’naviyati ham aslida ushbu millatga aloqador alohida shaxslar ma’naviyatidan tashqari emasdir. Ma’naviyatning bepoyonligi alohida shaxs ma’naviyatining behududligi bilan bog‘liq. Inson ruhiyati cheksiz jilolarga ega, Borliq haqiqati asli behudud, demakki, har bir shaxs ma’naviyati ikki karra bepoyon va cheksizdir. Millat ma’naviyati ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador shaxslar ma’naviyatining majmuyidir. Ana endi 3 karra cheksizlik hosil bo‘ldi.
Millat ma’naviyatini ushbu millatga aloqador shaxslar ma’naviy dunyosi majmuyi tashkil etadi, dedik. Ammo ular soni cheksiz, chunki millat ma’naviyati uning butun o‘tmishi, buguni va kelajagini qamrab oladi. O‘z navbatida bugun ko‘z ochib dunyoni ko‘rib turgan barcha inson u yoki bu muayyan millat ma’naviyatidan tashqarida bo‘la olmaydi. Masalaning murakkabligi shundaki, hech bir inson o‘zi mansub millat ma’naviyatini ota-onadan qon bilan, irsiy qabul qilib olishi kafolatlanmagan. Agar o‘zbek to‘lig‘icha rus madaniyati muhitida tarbiyalansa, uning ruhida o‘sha millat ma’naviyati shakllanadi. CHunki har bir shaxs ma’naviyati ushbu inson tarbiya topgan ma’naviy muhit bilan bevosita aloqadordir. Demak, shaxs ma’naviy to‘kisligining ikkinchi nishonasi uning o‘z milliy ma’naviyatiga aloqadorligi, uni qay darajada ruhiga singitib olganligi bilan bog‘liq ekan. Albatta, Vatanga mehr endi milliy ma’naviyatning ham uzviy qismi ekanligi o‘z-o‘zidan ravshan.
Inson Vatanni tanidi, millatni suydi. Bo‘ldimi? O‘z shaxsiy manfaatidan o‘zgani tan olmaydigan, his qilmaydigan odam sof jaholat bandasidir. Ammo milliy xudbinlik ba’zan shaxsiy xudbinlikdan ko‘ra xavfliroq bo‘lishi mumkin. Bunga ham bashariyat tarixida istagancha foje hodisalar guvoh. Ayniqsa, YAngi tarixda. O‘zgani sevishga hech kimni majburlab bo‘lmaydi. Ammo inson ongida doimo adolat tuyg‘usi hukmron bo‘lmog‘i kerak. Bu — ayni ma’naviyat. Buni aslida uchinchi o‘ringa qo‘yish ham durust emasdir. Ammo adolat yuzasidan qayd etish kerakki, dilida Vatan tuyg‘usi bo‘lmagan, o‘z millatini suymagan inson o‘zgalarga nisbatan sidqidildan adolatli bo‘lishiga ham bovar qilmaydi.
SHu bilan birga inson ruhida tabiatga nisbatan, o‘zgalarga nisbatan mehr va adolat tuyg‘ulari shakllanishi uchun uning moddiyligi, undagi nafs, ya’ni g‘aflat, shahvat va kibr doimo xalaqit berib turishini ham inobatga olib, hayotga sergak boqish lozim. Ushbu illatlar har bir inson fitrati bilan bog‘liq bo‘lgani tufayli, inson moddiy mavjudot sifatida tirik ekan, ulardan butkul qutulish umidi xomxayol, faqat ularni muvozanatlovchi kuch kerak, ayni shu kuch — ma’naviyat dir. Ma’naviyat inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg‘unlik dedik, ya’ni inson ruhi Borliq haqiqatini anglab etsagina, o‘ziga singdirsagina u bilan uyg‘unlik hosil qila oladi. Demak, eng oliy poya —Haqiqat. U Borliqning mohiyatidir. Borliq haqiqati haqidagi har kimning, har millatning tasavvurlari turlicha bo‘lishi tabiiy. Bir kishi barchaning ko‘nglini bila olmaydi. Ammo bizning suhbatimiz milliy ma’naviyatga oid bo‘lgani bois Borliq haqiqati haqidagi tasavvurlarni ham ushbu hududda qidirganimiz mantiqan o‘rinli deb hisobladik.
Ma’rifat ma’naviy kamolot yo‘li sifatida alohida shaxs ruhiga aloqador jarayon, millat ma’naviyatida esa ushbu jarayonni ta’minlovchi usullar, vosita va imkonlar haqida so‘z yuritish mumkin. Iroda qudrati, irfon va riyozat, mehr bevosita shaxsning fardiy (individual) tajribasiga ko‘proq aloqador bo‘lgani sababli, biz asosan ilm yo‘lidan borib mulohaza yuritishimizga to‘g‘ri keladi. Oldindan aytib qo‘yish kerakki, Vatan yoki Adolat tuyg‘usi haqida ushbu kitobda yozilganlarni o‘qib chiqqan odam darhol Vatanning qadriga etadigan yoki adolatga xiyonat qilmaydigan bo‘lib qoladi deb tasavvur qilish ilm qudratiga oshiqcha bino qo‘yish bo‘lur edi. Har bir inson Vatan, Millat, adolat timsol tushunchalarining o‘z ruhidagi poydor ma’naviy qadriyatlarga aylanishi uchun o‘zgalar ibratida sinashi, bu yo‘lda riyozat chekishi, ularga nisbatan ko‘nglida mehr uyg‘onishi zarur. Bunga turli sabablar, turli vositalar bilan erishiladi. Biz tuzgan matnlar esa faqat ta’lim vositasi xolos.
Bugungi kunda har bir shaxs o‘zini inson sifatida tabiatning boshqa mavjudotlaridan ajratadi, muayyan millat vakili sifatida boshqa xalqlar va elatlardan farqini sezadi va, nihoyat, ahli bashar sifatida o‘zga insonlar bilan umumiy jihatlari, ona sayyoraning ongli farzandi sifatidagi huquq va mas’uliyatlari haqida bosh qotiradi. Tabiat oldida har bir alohida shaxs mas’uldir, chunki u er yuzidagi xalifadir, har bir elat va millatning o‘zi yashab turgan tabiiy makon — Ona Vatani oldida mas’ulligi bor, ammo, bari-bir, biz yashab turgan er kurrasi yagona makon va maskanimiz ekan, ahli basharning uning oldidagi mas’ulligi ham yaxlitdir. Bugungi inson ahlining qudrati qarshisida tabiat ojizlanib qolganligi — umumbashariy muammo va umumbashariyat uchun tahlikali vaziyatdir. Aql — ma’naviyatga daxldor, ammo ma’naviyat aqldan iborat emas. Ma’naviyat muvozanatni saqlay bilishdadir va aqlning bugungi qudrati inson ma’naviyatining o‘zga jihatlariga ham jiddiy e’tiborni taqozo qiladi. Zotan, aql va xudbinlikning birlashuvi yaxshilikka olib bormaydi.
Bepoyon koinot miqyosida inson zoti istiqomat qilib turgan er kurrasi kichik bir zarra, holos. SHu jihatdan qaraganda, sayyoramiz ahli bashar uchun yaxlit Vatandir. Odam Ato va Momo Havoning farzandlari bugungi kunda taqdir taqozosi bilan turli millat va elatlarga bo‘linib, turli o‘lkalarga sochilib ketmishlar. Jumladan, turkiy elatlarning asl ota yurti Turkiston yangi asr boshlarida bolshevizm "dohiy"larining g‘arazli nayranglari oqibatida parchalab tashlandi. Bugungi voqelik ushbu o‘lkada bir qator mustaqil davlatlarning shakllanganligi bilan ifodalanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo deb atalayotgan ushbu mintaqaning qoq markazidan joy olib turibdi.

Download 147.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling