Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport harakatining tashkiliy va boshqaruv asoslari
Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sportning boshqaruv asoslari va ta’lim tizimi tashkilotlarining vakolatlari
Download 52.45 Kb.
|
Чори курс иши СМО лотин (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
4. Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sportning boshqaruv asoslari va ta’lim tizimi tashkilotlarining vakolatlari
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash: - sportchilarning sport tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlash; - jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan moddiy-texnika va axborot resurslaridan, shuningdek ilmiy-tadqiqotga oid va texnik ishlanmalar hamda texnologiyalardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish; - davlat mulkida bo’lgan jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlarini saqlash; - sport tayyorgarligi bo’yicha yangi bazalar va markazlarni, sport-ta’lim muassasalarini, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalarini, shuningdek jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlarini qurish hamda ishlab turganlarini rekonstruktsiya qilish; - sport klublari va maktablari, sport-ta’lim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalari, sport-sog’lomlashtirish oromgohlari, tibbiy-jismoniy tarbiya dispanserlari faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; - jismoniy tarbiya va sport vositalaridan aholining, shu jumladan ayollar va yoshlarning, shuningdek nogironligi bo’lgan shaxslarning sog’lig’ini mustahkamlash maqsadida foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish; - nogironligi bo’lgan shaxslarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning paralimpiya hamda surdlimpiya o’yinlarida, nogironligi bo’lgan shaxslar o’rtasidagi maxsus olimpiadalar va boshqa sport tadbirlarida ishtirok etishini rivojlantirish hamda ta’minlashga ko’maklashish; - sport tadbirlarini, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish; - jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining xalqaro hamkorligiga ko’maklashish; - jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dasturlarni, ilmiy-uslubiy tizimlarni va kompleks ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi: - o’quv-tarbiya jarayonining sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan bo’lishini ro’yobga chiqarish, sog’lom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi; - o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etadi; - jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etadi; - jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o’quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi; - o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari («Barkamol avlod») hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari («Universiada») o’rtasida sport musobaqalarini tashkil etishda ishtirok etadi; - oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari hamda tashkilotlari sport ob’ektlarining moddiy-texnika va resurs bazasi saqlanishi hamda rivojlantirilishini ta’minlaydi; - o’quvchilar va talabalarga sog’lom turmush tarzini, sport bilan shug’ullanishning muhimligi, jismoniy va ma’naviy komillikka intilish tushunchasini singdirishga, ularni salbiy ta’sirlardan himoya qilishga hamda zararli odatlardan xalos etishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshiradi; - jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; - o’quvchilar va talabalarni jismoniy tarbiyalashning zamonaviy shakllari hamda usullarini, jinsi va yoshiga qarab ularga sport ko’nikmalarini singdirishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni hamda joriy etishga ko’maklashishni tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Download 52.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling