Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport harakatining tashkiliy va boshqaruv asoslari
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
Download 52.45 Kb.
|
Чори курс иши СМО лотин (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Kontseptsiyasi mazmuni
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
- ta’lim muassasalarida bolalar sportini rivojlantirishni va ularning sport bazasini mustahkamlashni ta’minlaydi; - bolalar va o’quvchi yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport tadbirlarini tashkil etadi; - jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o’quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi; - xalq ta’limi tizimining ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida sport musobaqalarini («Umid nihollari») tashkil etishda ishtirok etadi; - bolalar sportining moddiy-texnika va resurs bazasini rivojlantirish choralarini ko’radi; - bolalarga sportga muhabbatni singdirish, o’sib kelayotgan avlodda sport bilan shug’ullanish, sog’lom turmush tarzini olib borish, jismoniy va ma’naviy komillikka intilish muhimligi tushunchasini shakllantirish, bolalarni salbiy ta’sirlardan himoya qilishga va zararli odatlardan xalos etishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshiradi; - jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; - bolalarni jismoniy tarbiyalashning zamonaviy shakllari hamda usullarini, bolalarning jinsi va yoshiga qarab ularga sport ko’nikmalarini singdirishning, sportga qobiliyatli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalarida o’qitish uchun tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni hamda joriy etishga ko’maklashishni tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 5. O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Kontseptsiyasi mazmuni Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olishni ta’minlaydigan innovatsion shakllar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil etish: 1. Respublika mahallalari, tumanlari va mintaqalari bo’yicha tegishli hududlarda aholining jins-yosh tarkibi xususiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda o’tkaziladigan sport tadbirlarining ommaviyligi va muntazamliligini ta’minlab sog’lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug’ullanishga keng jalb etish ishlari doirasida sport muassasalari, ijro etuvchi hokimiyat organlari va joylarda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari o’zaro hamkorligining namunaviy modelini ishlab chiqish va joriy etish. 2. Maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini takomillashtirish va qo’llash orqali bolalar va o’smirlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etish, sport xonalari, zallari va maydonchalarini uskunalar va inventar bilan jihozlash, ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyatini kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim muassasalarida futbol, velosport, stol tennisi, badminton, engil atletika, voleybol, basketbol va boshqalar bo’yicha to’garaklar va sektsiyalar tashkil etish. 3. Barcha darajalardagi hokimliklar, mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda jismoniy tarbiya jamoalarini tashkil etish orqali aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etish, ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasini mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo’naltirilgan tadbirlar tizimiga kiritish, futbol, velosport, stol tennisi, badminton, engil atletika, voleybol, basketbol va boshqalar bo’yicha sport musobaqalarini muntazamlilik asosida (bir chorakda kamida 1 marta) o’tkazish. 4. Yoshlarni ma’naviy kamol topish va jismonan sog’lom shaxslar bo’lish ruhida tarbiyalash, ularni foydali mashg’ulotlar bilan qamrab olishni, mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash bo’yicha ishlar doirasida fuqarolarning o’zini o’zi boshqaruv organlarining sport tashkilotlari bilan o’zaro hamkorligining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. 5. Hayotning zamonaviy tendentsiyalari va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bolalar va katta yoshdagilar, istalgan yoshdagi havaskor sportchilar va professionallar uchun mo’ljallangan yangi shakldagi ommaviy jismoniy tarbiya va ommaviy tomosha tadbirlarini ishlab chiqish va joriy etish, tadbirlarning ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun tomoshabopligi va jozibadorligini oshirish. 6. Sport yulduzlari ishtirokida sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari o’tkazish uchun ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy va biznes tuzilmalarning, sport muassasalarining sport infratuzilmasidan faol foydalanish, bolalar va barcha xohlovchilar uchun etakchi professional trenerlarni jalb etgan holda ochiq mashqlar va dastxat-sessiyalarni tashkil etish. 7. Aholining turli qatlamlarini qamrab olishni kengaytirishga mo’ljallangan o’tkaziladigan «Sport — hayot tarzi» sport va jismoniy tarbiya — ommaviy mavzuli tadbirlarning turlari xilma-xil bo’lishi va tez-tez o’tkazilishini, yangi media-texnologiyalardan foydalangan holda faol ishtirokchilarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish choralarini ta’minlash. 8. Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalarida va chet eldagi etakchi sport markazlarida ta’lim olish uchun mintaqalardan iqtidorli bolalarni tanlash maqsadida sportning ommaviy turlari bo’yicha sport ta’lim muassasalari o’rtasida, ayniqsa, qizlar uchun muntazam ravishda mintaqaviy sport musobaqalari o’tkazish. 9. Voyaga etmagan bolalarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug’ullanishiga ota-onalar tomonidan qarshilik ko’rsatish hollarining oldini olish maqsadida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan doimiy monitoring olib borish mexanizmini joriy etish. 10. Aholining ijtimoiy muhofaza qilinmagan qatlamlari va qulayroq shart-sharoitlardagi fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug’ullanish uchun teng imkoniyatlar yaratish, aholining kam ta’minlangan qatlamlari (daromadning past darajasi, to’liq bo’lmagan oila, shu kabilar) bolalari shug’ullanadigan sport muassasalari faoliyatini, shuningdek, chekka tumanlarda (shu jumladan, tog’lik joylar va anklavlar) joylashgan sport muassasalari faoliyatini qo’shimcha ravishda qo’llab-quvvatlash. Ilg’or jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishni ilmiy-metodik ta’minlashni takomillashtirish: 1. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida, shu jumladan, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni qo’llab-quvvatlash uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga investitsiyalarni keng jalb etish, fuqarolarda kichik yoshdan boshlab sog’lom turmush tarziga, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga, sog’lom, kuchli va amaliy ijobiy qiziqishni singdirishga yo’naltirilgan tizimning yanada rivojlanishini ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani shakllantirish. 2. Yangilangan o’quv rejalari va dasturlar talablarini, shuningdek, etakchi jahon sport markazlarining ilg’or tajribasini, innovatsion rivojlanishning tegishli ustuvorliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan sifati va mazmuniga ko’ra zamonaviy o’quv, o’quv-metodik va ommaviy adabiyotlarni, yangi avlod normativ hujjatlarni tayyorlash va nashr etishni tashkil etish. 3. «Jismoniy tarbiya va sport» ixtisoslashtirilgan nashriyot markazi faoliyatini tashkil etish. Ushbu mavzu bo’yicha matbaa mahsulotlarini tayyorlash, nashr etish va tarqatish, shu jumladan, jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi ilg’or ilmiy-metodik adabiyotlarni o’zbek va rus tillariga tarjima qilish ushbu noshirlik markazining asosiy maqsadlari va faoliyati yo’nalishlari bo’lishi kerak. 4. Sportning ommaviy turlari bo’yicha o’zbek va rus tillarida elektron ta’lim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha metodik tavsiyalarning ochiq respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etish. Yangicha fikrlaydigan trener kadrlarni tanlash va tayyorlashni tashkil etish: 1. Muayyan ko’nikma va sifatlarga ega bo’lgan abiturientlarning trenerlik kasbida ishlashga ishtiyoqini aniqlash uchun O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga talabalarni tanlash jarayonini takomillashtirish. 2. Oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish markazlarida jismoniy tarbiya va sport yo’nalishlari bo’yicha o’quv dasturlarini yangilash, amaliy komponentlar ulushini ko’paytirish, yuqori natijalarni namoyish qiluvchi eng tajribali trenerlar rahbarligida mashg’ulotlarni muntazamlilik asosida o’tkazish amaliyotini joriy etish. 3. Respublikada hamma joyda o’quv-mashq jarayoniga etakchi jahon mutaxassislarini tizimli asosda jalb etishni tashkil etishga ko’maklashish. 4. Sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega bo’lgan mamlakatlardan mutaxassislarni jalb etib, yangicha fikrlaydigan trenerlar va ma’muriy kadrlarni tayyorlash uchun eng yangi sport texnologiyalaridan foydalanib, sport ixtisosligidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va sportchilarni tayyorlash markazlarining filiallarini tashkil etish. 5. Jismoniy tarbiya va sport yo’nalishi bo’yicha sirtqi bo’limlarga oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish kvotalarini ko’paytirish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining taqdimnomasi bo’yicha respublikaning trener kadrlar etishmaydigan chekka tog’li va cho’l tumanlaridan (shaharlaridan) abiturientlarni imtiyozli o’qishga qabul qilish uchun kvotalar ajratish. 6. Trener kasbining yuqori maqomi va nufuzini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko’rish, o’zini o’zi to’laqonli namoyon qilish va professional o’sish uchun qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish, davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yosh avlodni tarbiyalash bilan shug’ullanadigan inson sifatida trenerning ijobiy qiyofasini shakllantirish. Innovatsion fikrlaydigan ma’muriy kadrlarni tayyorlash va tanlashni tashkil etish: 1. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasiga ma’muriy kadrlar tayyorlash jarayoniga sportni boshqarishning maxsus dasturlarini joriy etish, professionallar, menejerlar, sport tibbiyot xodimlari va psixologlar uchun seminarlar o’tkazish, Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportda rahbarlik qilish), Sport Administration (sport ma’muriyatchiligi) yo’nalishlari bo’yicha etakchi jahon sport markazlarida tajriba orttirishlarni tashkil etish. 2. Sport muassasalari rahbarlarining ular o’rtasida tajriba almashishni rag’batlantirish, rivojlantirish bo’yicha dasturlarda tizimli ishtirok etishini ta’minlash, shuningdek, ishning ilg’or va eng samarali usullarini o’zlashtirishga intilishda ularni qo’llab-quvvatlash. 3. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida davlat siyosati o’z vaqtida, sifatli va to’liq ko’lamda amalga oshirilishi uchun O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy bo’linmalari va ularning rahbarlarining mustaqilligini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish. Sport tibbiyotini takomillashtirish, sog’lom turmush tarzi va sog’lom ovqatlanishni targ’ib qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish: 1. Ta’lim muassasalarining o’quv dasturlariga o’quvchilarning jismoniy faolligini rag’batlantiruvchi sog’lom turmush tarzi yuritish ko’nikmalarini shakllantirish va sog’lom ovqatlanish bo’yicha tadbirlar va maxsus kurslarni kiritish. 2. Xususiy imoratlar uylarida va ko’p kvartirali uylarda yashaydigan shaxslarning yaqinda joylashgan ijtimoiy maqsaddagi ob’ektlarning (ta’lim, tibbiyot, sport va dam olish muassasalari) jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanishini ta’minlash yo’li bilan ular uchun jismoniy faollikni majburiy qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish. 3. Sportchilar va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchi shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirish va tibbiy ta’minlash sifatini oshirish, aholini sog’lomlashtirish uchun jismoniy tarbiyadan faol va samarali foydalanish. 4. Reabilitatsiya qiluvchi tibbiyot sohasida innovatsion usullar va texnologiyalardan keng foydalangan holda sportda intensiv jismoniy yuklamalardan, shuningdek, sportchilar va aholi kasallikni boshdan kechirganidan, jarohatlanganidan keyin tiklash tadbirlarini amalga oshirishda sifatli tibbiy yordam ko’rsatilishini tizimli asosda tashkil etish. 5. Aholi sog’lom turmush tarzining asosi sifatida sog’lom ovqatlanishni keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va targ’ib qilishni kuchaytirish. 6. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga qo’yilayotgan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-ovqat xom ashyosining asosiy turlarini mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, almashtirib bo’lmaydigan komponentlar, sport bilan shug’ullanuvchilar uchun maxsus oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatga qo’shiladigan biologik faol qo’shimchalar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish. Selektsiya, selektsioner trenerlar faoliyatini qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish yo’li bilan iste’dodli sportchilarni tanlash: 1. Iste’dodli sportchilarni tanlash va ularning natijalarini nazorat qilish bo’yicha mintaqaviy kengashlar tashkil etish, ularni maqsadli tayyorlash, iqtidorli sportchilarni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga, ta’lim muassasalari va sport klublariga tanlashda shaffoflik va xolislikni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish. 2. Iste’dodli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari bo’yicha respublika musobaqalari o’tkazilishini, shu jumladan, uch bosqichli «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport musobaqalarining barcha bosqichlari tanqidiy tahlil qilinishini va monitoring olib borilishini joriy etish. 3. Jismoniy tarbiya va sport turlari bo’yicha sport sohasida ixtisoslashayotgan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublari o’rtasida mintaqaviy, milliy va xalqaro o’quv-mashq yig’inlari o’tkazish. 4. Sport turlari bo’yicha O’zbekiston chempionatlari g’oliblari va sovrindorlarining jahon chempionatlari, Osiyo o’yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’rish. 5. Sport turlari bo’yicha innovatsion tafakkurli selektsioner trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sog’lom turmush tarzini ommalashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni ta’minlash: 1. Barcha sport muassasalarining butunjahon Internet axborot tarmog’idan foydalanishi chora-tadbirlarini ko’rish, O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining zamonaviy jozibador saytini yaratish va uning doimiy ishlashini ta’minlash. 2. «Sport — turmush tarzi» xeshtegi ostida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommaviylashtirish kompaniyasini tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda ilgari siljitish, SPORTS.UZ axborot portalini yaratish, O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati ustuvorliklariga yangicha yondashuvlarni aks ettiruvchi logotipini yaratish. 3. Dolzarb yo’nalishlarda — jamoatchilik fikri monitoringi, ijtimoiy so’rovlar o’tkazishda (O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri bilan aloqa qilish liniyasini ochish, voqealar kalendari, mashqlar organayzeri, aholi faolligi monitoringi) iSPORT mobil tarmoqlari uchun sport ilovalarini ishlab chiqish. 4. Axborot texnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy tendentsiyalarni hisobga olgan holda o’quv-mashq jarayoni kompyuterlashtirilishi darajasini oshirish. 5. Aholi orasida sog’lom turmush tarzi ko’nikmalari va jismoniy faollikni targ’ib qilish va bunday ko’nikmalarni shakllantirishning foydasi bo’yicha axborot-ma’rifiy faoliyatni kuchaytirish. 6. Jismoniy tarbiya va sportning milliy integratsiyalashtirilgan axborot tizimini, shu jumladan, sportchilar faoliyatini ro’yxatga olish va hisobga olish bo’yicha — «Skm-sportsmen», trenerlarning ma’lumotlar bazasini ta’minlash bo’yicha — «Skm-trener» va respublikaning jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni ta’minlash bo’yicha — «Skm-sportinshoot» axborot tizimlari orqali sport natijalari monitoringi va yutuqlarni baholash tizimlarini tashkil etish. 7. Ilg’or xorijiy tajriba asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida axborot va statistika ma’lumotlarini to’plash va ularni puxta ishlash tizimi va usullarini takomillashtirish. Energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni faol joriy etish asosida davlat sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash: 1. Zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan, innovatsion qurilish texnologiyalarini faol joriy etish va ulardan foydalanish asosida sport muassasalari infratuzilmasi binolari va ob’ektlarini, shuningdek, umumta’lim muassasalarining sport inshootlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlashni davom ettirish. 2. Umumta’lim maktablari va sport muassasalarini eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ergonomik va ekologik mebel, tegishli uskunalar, zamonaviy sport inventari bilan bosqichma-bosqich jihozlash va to’liq jihozlashni davom ettirish. 3. Mintaqalarning hududiy-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan, taniqli xorijiy kompaniyalarning ilg’or tajribasi asosida qurilish materiallaridan, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda sport ob’ektlari loyihalarini ishlab chiqish uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi huzurida ixtisoslashtirilgan loyiha institutini tashkil etish. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, shuningdek, sog’lom turmush tarzini ommalashtirish bo’yicha innovatsion chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish: 1. Ommaviy axborot vositalari, radio, televidenie, butunjahon Internet axborot tarmog’i, bosma mahsulotlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar ta’lim muassasalari, korxonalar va tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanuvchi odamlarning imkoniyatlari va yutuqlarini namoyish qiluvchi tadbirlarni yoritish, shu jumladan, ko’rgazmali materiallar va ma’ruza shakllaridan faol foydalanish, jismoniy tarbiya va sport masalalari bo’yicha yagona axborot muhitini shakllantirishdan keng foydalanish yo’li bilan turli yosh guruhlari orasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sog’lom turmush tarzini, salbiy hodisalar profilaktikasini targ’ib qilish bo’yicha ishlarni tizimli asosda kompleks tashkil etish va amalga oshirishga yo’naltirilgan doimiy ishlaydigan axborot-targ’ibot tizimini shakllantirish. 2. Aholining barcha qatlamlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishdan manfaatdorlikni shakllantirish sohasida axborot va ta’lim vositalari samaradorligini oshirish. 3. Ommalashtirish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, ommaviy dam olish joylarida va yashash joyida shaxsga (oila, maktabgacha, maktab, o’rta kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish jamoalari) tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning uzviyligiga rioya qilish. 4. Jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasiga erishishda fuqarolarning jismoniy faolligini rag’batlantirish, sog’lom turmush tarzining muhim elementi sifatida sport faolligini mustahkamlash 5. Sog’lom turmush tarzini targ’ib qiluvchi bosma va ko’rgazmali mahsulotlarni tarqatish, teleradio dasturlarini namoyish qilish va Internet resurslarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirishga etakchi sport mutaxassislarini, sportchilar, siyosatchilar, jamoat arboblarini jalb etish, ijtimoiy reklamadan foydalanish. 6. Davlat, jamoat tashkilotlari, biznes-tuzilmalar va xususiy shaxslarning mavzuli nominatsiyalari bo’yicha sovrinlari uchun «Sport bayrami» milliy festivali, marafonlar, sport musobaqalari va birinchiliklarini muntazamlilik asosida tashkil etish va o’tkazish. Xulosa Uzluksiz ta’lim - o’zaro mantiqiy izchillik asosida bog’langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta’lim tizimidir. Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’limni o’z ichiga oladi. Download 52.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling