Uzoq muddatli aktivlar hisobini avtomatlashtirish
Download 23.15 Kb.
|
Документ Microsoft Word (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomoddiy aktivlar
Asosiy vositalar — ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, har bir donasining narxi sotib olish paytida eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuqori bo`lgan, kelgusida korxona iqtisodiy naf keltiradigan aktivlar kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida ular asta-sekin eskirib boradi.
Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirish, bino va inshootlar, asbob va uskunalar, hisoblash texnikasi, ofis mebeli, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar va boshqalar kiradi. Nomoddiy aktivlar — moddiy ko`rinish va shaklga ega bo`lmagan biroq ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, hisobda boshlang`ich bahosiga ega bo`lgan va ishlab chiqarish jarayonida eskirib boradigan aktivlarga aytiladi. - ixtirolardan foydalanish uchun olinadigan patent huquqi; - ayrim turdagi faoliyat turlari bilan shug`ullanish huquqini qo`lga kiritish uchun olinadigan litsenziyalar; - innovatsiya predmeti bo`lgan ishlab chiqarish jarayonlarida to`plangan tajribalarning izohlari yoritilgan va texnik hujjatlar ko`rinishida rasmiylashtirilgan, ammo patentlashtirilmagan texnikaviy, texnologik, boshqaruv, tijorat va boshqa bilimlarning yig`indisi hisoblanadigan – «nou-xau»; - yaratilgan sanoat namunalari va modellaridan foydalanishga bo`lgan huquq; - yuridik shaxsning firma nomidan foydalanish huquqini beruvchi savdo markalari; - muayyan ishlab chiqaruvchi tovarlarini boshqa shu turdagi tovarlardan farqlash uchun xizmat qiladigan va o`rnatilgan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan tovar belgilari – emblemalar, chizmalar yoki timsollar; - kompyuter dasturiy ta’minotidan foydalanish huquqi ; - korxonaning yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini qo`lga kiritishi; - korxonani tashkil etish va ro`yxatdan o`tkazish davrida amalga oshirilgan tashkiliy xarajatlar; - bozorda yuqori obro`ga ega firmaning savdo markasi yoki ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanish huquqini (litsenziyani) sotib olish chog`ida xaridorning litsenziya egasi tomonidan qat’iy belgilab berilgan shartlarga (mahsulot va xizmatlarni sotish chog`ida sifat standartlariga rioya etish) so`zsiz rioya etishini ko`zda tutuvchi shartnoma - franchayzing; - san’at asarlari va boshqa asarlarga mualliflik huquqi; - samarali ishlab chiqarish va boshqaruv tizimini qo`llashi natijasida tarmoq korxonalariga nisbatan yuqori foyda oladigan korxonaning balans qiymati bilan bozor qiymati o`rtasidagi farq sifatida hisobga olinadigan - gudvill; -boshqa nomoddiy aktivlar. Download 23.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling