Uzoq muddatli aktivlarning tasniflanishi baxolanishi va ularni hisobga olish vazifalari


Download 30.45 Kb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi30.45 Kb.
#1249677
1   2   3   4   5
Bog'liq
Uzoq muddatli aktivlar hisobi

Dastlabki qiymat-aktivni xarid qilishda haqiqatda to’langan pul mablag’lari yoki uni barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. Xarid qilishning haqiqiy qiymati asosiy vositani xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holga keltirishda qilingan barcha xarajatlarni, ya’ni: xarid narxi, yuridik yig’imlar va boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Tashkilot tekinga olgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati ekspert yo’li bilan bozor narxida baholangan qiymat bo’yicha tan olinadi. Tekinga olingan asosiy vositani kirim qilingan sanada amal qilgan narx asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. Amaldagi narx to’g’risidagi ma’lumotlar ham hujjatlar va ekspert yo’li bilan tasdiqlanishi kerak.
Asosiy vositalarning har xil turlariga amortizatsiyaning turli usullari qo’llanilishiga ruxsat etilganligini, biroq bunda bir turdagi asosiy vosita uchun faqatgina bitta usul qo’llanilishi mumkinligini nazarda tutish lozim.
Soliqqa tortish maqsadida O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga binoan amortizatsiya me’yorlari qo’llanilishi lozim. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatiga ko’ra hisoblangan amortizatsiya bilan Soliq Kodeksiga muvofiq hisoblanadigan amortizatsiya o’rtasidagi farq vaqtinchalik farq deyiladi, u vaqtinchalik farqlar hisobining soliq samarasi yordamida hisobda aks ettiriladi.
Misol. «MALIKA» kompaniyasida faoliyatning dastlabki yilida soliq to’langunga qadar bo’lgan foyda 250 ming so’mni tashkil etgan. Bunda hisob foydasi va soliqqa tortiladigan foyda o’rtasida farq mavjud, hisob siyosatiga muvofiq ishlab chiqarish usulida hisoblangan amortizatsiya 130 ming so’mni, soliqqa tortish maqsadlari uchun amortizatsiya esa (to’g’ri chiziqli usulda)- 100 ming so’mni tashkil qilganligidan yuzaga keladi. Bu aynan vaqtinchalik farq bo’lib, soliqqa tortiladigan foyda uni hisobga olganda 250000+(130000-100000)=280000 so’mga teng. Foyda solig’ining 20%lik stavkasi bo’yicha hisoblangan foyda solig’i (250000*20%)=50000 so’mni tashkil etadi, lekin byudjetga (280000*20%)=56000 so’m to’lash kerak bo’ladi, bu ikki miqdor o’rtasidagi farq vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan foyda solig’i hisoblanadi va u qaysi hisobot davrida so’ndirilishiga qarab bog’liq ravishda 0930 yoki 3210-schyotlarida aks ettiriladi.
Ushbu muomalalar bo’yicha quyidagicha provodkalar beriladi: D-t 9810-«Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar» - 50000 so’m
D-t 0950, 3210-«Vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan daromad solig’i»
- 6000 so’m
K-t 6410-«Foyda solig’i bo’yicha byudjetga qarzlar» - 56000 so’m.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatiga muvofiq hisoblangan amortizatsiya Soliq Kodeksi bo’yicha amortizatsiyadan yuqori bo’lgan holatda mazkur farq summasiga soliq bo’yicha muddati uzaytirilgan qarz yuzaga keladi. Yuqorida keltirilgan misolning aksini ko’rib chiqamiz, bunda hisob foydasi 280000 so’mni, soliqqa tortiladigan foyda esa – 250000 so’mni tashkil qilgan.
Buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo’ladi:
D-t 9810-«Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar» - 56000 so’m
K-t 6410-«Foyda solig’i bo’yicha byudjetga qarzlar» - 50000 so’m
K-t 6250, 7250-«Soliqlarga oid vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar» - 6000 so’m.
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko’paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi.
Xulosa
Uzoq muddatli aktivlar hisobining kontseptual asoslarini tadqiq qilish natijasida quyidagi xulosalarni qilindi: 1. Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik maqsadida qo’yilgan kapital kompaniyaning faoliyatini kengaytirish imkonini berib, kelgusida rivojlanish uchun zarur foyda olish mavqeini yaratadi. Foyda olish uchun yo’naltirilgan kapital ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo’lib, bu harakat jarayonida doiraviy aylanishni sodir etadi. Mazkur doiraviy aylanish jarayonining mazmuniga ko’ra kapital ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi
Kapital iqtisodiy kategoriya va tushuncha sifatida barcha iqtisodiy fanlarning asosi bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fan sifatida iqtisodiy kategoriya va qonuniyatlarni o’z maqsadi va vazifasi doirasida tadqiq etadi. SHu jumladan, kapital tushunchasi buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan o’rganilishi tabiiydir
Buxgalteriya hisobida kapitalga berilgan ta’riflarda uning aniq namoyon bo’lish shakllariga, buyumlashganligiga ko’proq urg’u beriladi. Bunday yondashish hech ham iqtisodiyot nazariyasiga zid emas. Buxgalteriya hisobida qiymatning qaerda ko’payishi va qanday ko’payish jarayoni, uning manbalari aniq bandlarda ko’rinib turadi. Demak, buxgalteriya hisobida kapitalga berilgan ta’rif yanada ham puxta tizimlashgan shaklda oydinlashadi. SHundan xulosa qilish mumkinki, kapital bu-avvalo iqtisodiy kategoriya bo’lib, tayyorlov, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarida ishtirok etayotgan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymatidir. 2. Buxgalteriya hisobida aktivlarning tan olish va aks ettirishning xuquqiy - iqtisodiy kontseptsiyasi mavjud. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatida ishtirok etadigan resurslar aktivlar deb e’tirof etilib, ularni shartli ravishda uzoq muddatli va joriy aktivlar kabi guruhlarga ajaratiladi. Bunday guruhlarga ajratishning asosini Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun tashkil qiladi. Ushbu qonun aktivlar hisobining huquqiy kontseptsiyasini belgilaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan har qanday xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini bir maromda yuritish uchun muayyan resurslarga ega bo’lishi lozim. Resurslarning mavjudligi va ulardan korxona faoliyatida samarali va muayyan vaqt oralig’ida daromad olish maqsadida foydalanish aktivlarning iqtisodiy kontseptsiyasini belgilaydi. 3. Uzoq muddatli aktivlar korxona faoliyatida ishtirok etadigan muhim iqtisodiy resurslardan biri hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida ushbu resurslarning muhim ahamiyat kasb etishi ular ta’rifi va tasnifilash va tavsiflash asoslarini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Uzoq muddatli aktivlar – bu korxona tomonidan uzoq muddat mobayinida (12 oydan ko’p) foydalanish uchun ulush, hadya ko’rinishida hamda xarid qilib olinadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira olishi va nazorat qilinishi mumkinligi bilan tavsiflanadigan mablag’lardir.


Download 30.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling