Uzoq muddatli aktivlarning tasniflanishi baxolanishi va ularni hisobga olish vazifalari


Download 30.45 Kb.
bet3/5
Sana08.03.2023
Hajmi30.45 Kb.
#1249677
1   2   3   4   5
Bog'liq
Uzoq muddatli aktivlar hisobi

kuch mashina va uskunalari;

  • ishchi mashina va uskunalari;

    v) o’lchov va tartibga soluvchi priborlar, qurilmalar va laborotoriya uskunalariga;
    g) hisoblash texnikasi;
    d) boshqa mashina va uskunalar;

        1. Transport vositalari;

        2. Instrumentlar;

        3. Ishlab chiqarish inventarlari va jihozlari;

        4. Xo’jalik inventarlari;

        5. Ishchi va mahsuldor mollar;

        6. Ko’p yillik daraxtlar;

        7. Erni yaxshilash bo’yicha kapital xarajatlar (inshootlarsiz);

        8. Boshqa asosiy vositalar;

    Foydalanilishi nuqtai nazaridan asosiy vositalar harakatdagi, zapasdagi va foydalanilmaydigan ob’ektlarga bo’linadi.
    U yoki bu xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarashliligi nuqtai-nazaridan asosiy vositalar korxonaning o’ziga qarashli va ijaraga olingan ob’ektlarga bo’linadi.
    Xo’jalik yurituvchi sub’ekt va firmalarda asosiy vositalar hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida ular muayyan tasnif ko’rsatkichlari orqali guruhlarga bo’linadi. Asosiy vositalarning guruhlarga bo’lishning tasnif belgilari quyidagilardir:

    • bajaradigan vazifasiga ko’ra;

    • ob’ektlardan foydalanish darajasiga ko’ra;

    • natural-moddiy tarkibiga ko’ra.

    Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko’ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo’linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo’jalik, maishiy xizmat, sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi.
    Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektga berish yoki sotish to’g’risida qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskirishini to’g’ri hisob-kitob qilish uchun zarur.
    Er amaldagi qonunchilikka binoan xo’jalik yurituvchi sub’ektga mulk tarzida berilgan er maydonidir. O’zbekiston Respublikasi Er kodeksining 17-moddasiga binoan, «yuridik shaxslar Er kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida er uchastkalariga ega bo’lishlari mumkin». Erning qiymatiga uni xarid qilishda ko’chmas mulk agentlariga to’lanadigan komission to’lovlar,
    advokatlar xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to’lovlari, drenaj qiymati, erni tozalash va boshqa xarajatlar qo’shiladi.
    Erni obodonlashtirish bo’yicha kapital xarajatlar tarkibiga erning unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to’xtash joylarini barpo etish hamda shunga o’xshash boshqa xarajatlar kiradi.
    Binolarga ishlab chiqarish korpuslari, tsexlar, ustaxonalar, boshqarma binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo’jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlardagi ob’ektlar, shuningdek ulardan to’g’ri foydalanish uchun zarur bo’lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo’jaligi) kiradi.
    Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o’zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan ob’ektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo’llari, avtomobil yo’llari, ko’priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi.
    Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqlik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek suyuq va gazsimon moddalarni bir ob’ektdan boshqa ob’ektga etkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo’llari, quvur yo’llari, issiqlik va gaz tarmog’i hamda boshqalar) kiradi.
    Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o’z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:

      • kuch mashina va jihozlari elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib boradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug’ dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir;

      • ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo’sinda texnologik ishlov berishga, ularni ishlab chiqarish jarayonida qo’zg’atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;

      • o’lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko’rsatkich)larni o’lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xom-ashyo, TMZlar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta’siri va boshqalarni o’lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi;

      • hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi;

      • boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o’tilmagan mashina va jihozlar (o’t o’chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.

    Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo’ljallangan harakat vositalari (temir yo’l, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo’llari)dir.
    Asbob va uskunalar qo’l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektrodrellar, vibratorlar)dir.
    Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini engillashtirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar idishlari kiradi.
    Xo’jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo’jalikni yuritishda zarur bo’lgan narsalardir.
    Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir etilgan mol (ot, ho’kiz, sigir)lar bo’lib, alohida inventar ob’ekti sifatida hisobda aks ettiriladi.
    Ko’p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog’dagi miqdori va yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhidir.
    Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga olingan asosiy vositalar, konservatsiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi.
    «Asosiy vositalar» nomli 5-son BҐMSga binoan asosiy vositalar quyidagi baholarda baholanadi:

    Download 30.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling