Uzoq muddatli moliyaviy qo’shilmalar harakatini hisobda aks ettirish


Download 0.69 Mb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1173989
  1   2   3
Bog'liq
Uzoq muddatli moliyaviy qo’shilmalar harakatini hisobda aks ettirish

Uzoq muddatli moliyaviy qo’shilmalar harakatini hisobda aks ettirish

Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.

Aksiya (nemischa: AktieniderlandchaActielotinchaactio – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qogʻoz. Oʻz egasining aksiyadorlar jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. A. qimmatli qogʻozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qogʻozlar turkumiga kiradi. A. chiqargan jamiyat emitent, uni sotib olganlar esa investorlar deb ataladi. A. dastlab emitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, soʻngra u ikkilamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldi-sotdi etiladi. A. bevosita emitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. A. davlat korxonalari aksiyador jamiyatlarga aylantirilgan chogʻda va yangidan aksiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda chiqariladi. Oʻzbekistondagi A. davlat mulkini aksiyadorlash jarayonida 1989-yildan boshlab chiqarilgan. A. egasining nomi yozilgan va taqdim etgan kishiga tegishli A.ga boʻlinadi. Oʻzbekistonda aholi orasida birinchi turdagi A. tarqalgan. A. oddiy va imtiyozli turlarga boʻlinadi. Oddiy A. dividend miqdori kafolatlanmagan, lekin aksiyadorlar majlisida ovoz berish huquqini ta’minlovchi A.; imtiyozli A. dividend oldindan belgilangan, lekin ovoz berish huquqini ta’minlamaydigan A. egasining oʻzida yoki depozitariylarda saqlanadi. Mas, 1995-yilda "Vaqt" milliy depozitariysida 2040 aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd. soʻmlik aksiyalari saqlandi.[1]

KORXONA UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR

  • Korxonaning uzoq muddatli aktivlari tarkibi va ularni boshqarish xususiyatlariUzoq muddatli aktivlar bo`limida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, o`rnatiladigan uskunalar, kapital qo`yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinishi kerak.
  • Uzoq muddatli aktivlar. Subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, moddiy aktivlari, taraqqiyot va gudvillga xarajatlari. Investitsiyalash maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida sotilishi mumkin bo`lmagan aktivlar. Uzoq muddatli aktivlar quyidagi ijobiy xususiyatlar bilan tasniflanadi:a) ular inflatsiya bilan bog`liq yo`qotishlardan kam zarar ko`radi va undan yaxshi himoyalangan;
  • b) korxonaning operatsiya faoliyati jarayonida ular tijorat tavakkalchiligi bilan bog`liq yo`qotishlardan kamroq zarar ko`radi;
  • v) bu aktivlar tovar bozorlaridagi konyunktura holatiga mos ravishda turli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlab, foydani o`stirishga sharoit tug`diradi;
  • g) tovar-moddiy zaxiralarni saqlash orqali ularni yo`qotishlardan himoyalashga imkon yaratadi;
  • d) tovar bozorlari konyunkturasida ijobiy o`zgarishlar yuz berganda ular operatsiya faoliyatni kengaytirish zaxiralariga ega.
  • Shu bilan birga uzoq muddatli aktivlarga xos bo`lgan bir qator salbiy xususiyatlar ham mavjud:
  • a) ularga xos ma’naviy eskirish ta’sirida, ishlab chiqarish jarayonidan chiqarilmasdan turib o`z bozor qiymatini yo`qotishi va zamon talablariga mos kelmay qolishi mumkin;

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling