- Imoratlar o`simlikchilik tarmog`ida g`alla, sabzovot, poliz, meva va boshqa mahsulotlarni saqlash uchun omborxonalar, texnika va mashinalarni saqlash uchun garajalardan iborat bo`ladi. Chorvachilikda unga molxonalar, zootexnik va veterinariya laboratoriyalari, yem-xashakni saqlash omborlari va boshqalar kiradi. Inshootlar – texnikaviy vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. O`simlikchilikda unga suv minorasi, silos va senaj saqlash inshootlari, issiqxonalar, mahsulotlarni qisqa muddatda saqlash va tozalash maydonlari, sug`orish va quritish tarmoqlari kiradi. Chorvachilikda go`ng saqlash qurilmalari, suv chiqarish minorasi va qudug`i inshshoatlar turkumiga kiradi. Bulardan tashqari unga ichki xo`jalik foydalanishida bo`lgan yo`l va ko`priklar ham kiradi.
Korxonaning uzoq muddatli aktivlari tarkibi va ularni boshqarish xususiyatlari - Uzoq muddatli aktivlar. Subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, moddiy aktivlari, taraqqiyot va gudvillga xarajatlari. Investitsiyalash maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida sotilishi mumkin bo`lmagan aktivlar. Uzoq muddatli aktivlar quyidagi ijobiy xususiyatlar bilan tasniflanadi:a) ular inflatsiya bilan bog`liq yo`qotishlardan kam zarar ko`radi va undan yaxshi himoyalangan;
- b) korxonaning operatsiya faoliyati jarayonida ular tijorat tavakkalchiligi bilan bog`liq yo`qotishlardan kamroq zarar ko`radi;
- v) bu aktivlar tovar bozorlaridagi konyunktura holatiga mos ravishda turli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlab, foydani o`stirishga sharoit tug`diradi;
- g) tovar-moddiy zaxiralarni saqlash orqali ularni yo`qotishlardan himoyalashga imkon yaratadi;
- d) tovar bozorlari konyunkturasida ijobiy o`zgarishlar yuz berganda ular operatsiya faoliyatni kengaytirish zaxiralariga ega.
- Shu bilan birga uzoq muddatli aktivlarga xos bo`lgan bir qator salbiy xususiyatlar ham mavjud:
- a) ularga xos ma’naviy eskirish ta’sirida, ishlab chiqarish jarayonidan chiqarilmasdan turib o`z bozor qiymatini yo`qotishi va zamon talablariga mos kelmay qolishi mumkin;
- b) bu aktivlarni qisqa muddatli oraliqda operativ boshqarish samaradorligi pastdir, bozor konyunkturasidaga salbiy o`zgarishlar ta’sirida bu aktivlarni tezda o`zgartirish va yangi mahsulot ishlab chiqarishga moslashtirish imkoni cheklangan;
Do'stlaringiz bilan baham: |