- Asosiy vositalar — ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, har bir donasining narxi sotib olish paytida eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuqori bo`lgan, kelgusida korxona iqtisodiy naf keltiradigan aktivlar kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida ular asta-sekin eskirib boradi.
- Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirish, bino va inshootlar, asbob va uskunalar, hisoblash texnikasi, ofis mebeli, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar va boshqalar kiradi. Nomoddiy aktivlar — moddiy ko`rinish va shaklga ega bo`lmagan biroq ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, hisobda boshlang`ich bahosiga ega bo`lgan va ishlab chiqarish jarayonida eskirib boradigan aktivlarga aytiladi.- ixtirolardan foydalanish uchun olinadigan patent huquqi;
- - ayrim turdagi faoliyat turlari bilan shug`ullanish huquqini qo`lga kiritish uchun olinadigan litsenziyalar;
- - innovatsiya predmeti bo`lgan ishlab chiqarish jarayonlarida to`plangan tajribalarning izohlari yoritilgan va texnik hujjatlar ko`rinishida rasmiylashtirilgan, ammo patentlashtirilmagan texnikaviy, texnologik, boshqaruv, tijorat va boshqa bilimlarning yig`indisi hisoblanadigan – «nou-xau»;
Kapital qo’yilmalar - Kapital qo`yilmalar — qurilish yoki asosiy vositalar yoki nomodiy aktivlarni sotib olish va ularni foydalanishga topshirishgacha bo`lgan xarajatlar summasining yig`indisiga tengdir. Masalan, korxona qurilish olib borayotgan bo`lsa, qurilish bilan bog`liq barcha xarajatlar kapital qo`yilmalar hisobida aks ettiriladi. Uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalar — foiz yoki dividend ko`rinishda daromad olish maqsadida uzoq vaqt davomida o`zida saqlab turadigan qarz va ulushli qimmatli qog`ozlarni sotib olishga aytiladi. Uzoq muddatli debitorlik qarzlar — bir yildan ortiq muddatga korxona oldida qarzdor jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi.Asosiy mablag`lar va nomoddii aktivlar ularning to`liq boshlang`ich qiymati bo`yicha hisobga olinadi. Asosiy mablag`lar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to`liq to`laguncha yoki obyekt safdan chiqib ketgunga qadar bo`lgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo`li bilan amalga oshiriladi.
- Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablaridan kelib chiqib, asosiy vositalar (fondlar) tarkibiga:
- - dastlabki qiymati belgilangan qiymatdan kam bo`lmagan (eng kam ish haqiga nisbatan belgilanadi);
- - bir yildan ortiq xizmat muddatiga ega mehnat vositalari kiritilgan.
- Qishloq xo`jaligida asosiy vositalar tarkibiga qiymatidan qat’iy nazar qishloq xo`jaligi mashina va asboblari, voyaga etgan ish hayvonlari va mahsuldor chorva mollari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |