Uzoq yillardan beri insoniyatni òylantirgan, tashvishga solgan muammolardan biri diniy siyosiy oqimlarning paydo bo'lganligi va ularning yil sayin rivojlanib borayotganligidir
Download 19.9 Kb.
|
1 2
Bog'liqbek
Uzoq yillardan beri insoniyatni òylantirgan , tashvishga solgan muammolardan biri diniy siyosiy oqimlarning paydo bo'lganligi va ularning yil sayin rivojlanib borayotganligidir. Bu jarayonlar dunyo ahlining eng oĝriqli nuqtasiga aylanib ulgurdi desak mubolaĝa bòlmaydi. Ayniqsa, bu jarayonlar Islom olami nomiga doĝ tushirib, islomofobiya ya'ni, islomdan qòrqishga, undan qochishga olib keldi. Buning asosiy sababi diniy va dunyoviy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmun va mohiyatini bilmaslik yoki haqiqiy dinni yashirib, uni notòĝri tarĝib qilish oqibatida sodir bòlmoqda. Diniy siyosiy oqimlar deganda,avvalo,terroristik,ekstremistik, jangari,diniy va shu kabi mazmundagi tashkilotlar tushuniladi. Endi esa bu tushunchalarni o’ziga to’xtalib o’tamiz.Terrorizm va eksteremizmni eshitmagan birirta ham odam yo’q. Bu tushunchalar ayni vaqti bir-biridan mutlaqo farq qiladi,va shu onda bir-biriga chambarchas bog’liq hisoblanadi. Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi. Ekstremizm (lotincha: — oʻta, keskin degan ma'nolarni anglatadi) — siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish. Ekstremizmning siyosiy va diniy koʻrinishlari yaqqol ajralib turadi. Siyosiy Ekstremizm namoyandalari oʻzlarining gʻarazli maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritishini buzish va yoʻqotishga harakat qiladi. Bu yoʻlda ekstremistlar va ekstremistik tashkilotlar "demokratiya" niqobi ostida balandparvoz shiorlar, chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini qoʻllabquvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar chiqarishga urinadilar, odamlarni gijgijlaydilar, terror qilish usulidan foydalanadilar (qarang Terrorizm). Ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari har qanday murosa va kelishuvni rad etadilar. Oʻziga tobelarni oʻz buyruq va koʻrsatmalarini koʻrkoʻrona bajarishga majbur etadilar. Siyosiy ekstremizmning millatchilik koʻrinishi turli millat va etnik guruhlar huquqini inkor etishda namoyon boʻladi. Millatchi ekstremistlar faoliyati separatizm bilan bogʻliq boʻlib, koʻp millatli davlatlarni yoʻqotish, tub millat hukmronligini oʻrnatishga qaratiladi. Bunday ekstremizm millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi va xalqlar oʻrtasida mojarolar chiqishiga olib keladi. Diniy ekstremizm, avvalo, boshqa konfessiyalarga, ularning vakillariga nisbatan toqatsiz boʻladi. Diniy tashkilotlardan dunyoviy davlatga qarshi kurashda foydalanadi. Ekstremizmning turli koʻrinishlari soʻnggi vaqtlarda dunyoning koʻp mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham oʻzini namoyon eta boshladi. Turli diniy ekstremistik tashkilotlar ("Hizbut-tahrir", "Tavba") yangidan mustaqillikni qoʻlga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid solmoqda. Ular vaqtinchalik qiyinchiliklarni roʻkach qilib, aholini, ayniqsa, yoshlar ongini aqidaparastlik gʻoyalari bilan zaharlamoqda. Farzandlarni yoʻldan urishga, oʻz ota-onasiga, aka-ukasiga, oʻzi tugʻilib oʻsgan maskaniga, davlatiga qarshi qoʻyishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda ekstremizmga qarshi kurash oʻta dolzarb vazifa hisoblanadi. Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar. Endi savol tug’iladi shunday pok dinni o’zining g’arazli niyatlariga niqob qilib olayotgan insonlarni kim deb atash mumkin. Ular xalifalik qurushni niyat qilishgan ekan. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo Sollollohu Alayhi Vassalam “xalifalik mendan keyin 30 yildur keyin davlatlar paydo bo’ladi” deb aytganlarini nahot bilishmasa. Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchi tashkilotlar ish olib bormoqda. 1968-1980-yillar davomida ular 6700 ga yaqin terrorchilik amaliyotlarini sodir etganlar. Natijada 3668 kishi halok bo’lib, 7474 kishi turli jarohatlar olgan. Bu statistika yuqoridagi fikrlarimning isboti bo’la oladi. Zero 22 yil davomida 3668 odam qo’poruvchilik xarakati qurboniga aylangan bo’lsa, teroristik tashkilotlarning globallashuvga va jamiyatga intilishi kuchayib borganligi sababli birgina 11- sentabr voqealarida 3000 dan ortiq inson halok bo’lganligini sizga aytib o’tgandim. Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo’lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo’lgan xalqlar orasidagi o’zaro ishonchga soya solib, jahon taraqqiyotining xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojiga to’siq bo’lmoqda. Ekspertlarning xabar berishicha, dunyoda terroristik tashkilotlarning yuzdan ortig’i eng zamonaviy qurollar bilan qurollangan va bu tashilotlar bir-birlari bilan axborot almashadilar, qo’poruvchilik ishlarinini amlaga oshirayotgan paytda o’zaro sherikchi bo’ladilar, zaruz bo’lgan vaqtda bir-birlariga moliyaviy va boshqa shakldagi yordam beradilar.Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga ,, Al-Qoida’’, ,,Musulmon birodarlar’’, ,,Hizbut-tahrir’’, ,,Tolibon’’ “ISHID” “Vahobiylar” va boshqa terroristik tashkilotlarni misol qilib aytishimiz mumkin. Islomiy ekstremizm hozirgi davrda va u bilan bog’liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatiga alohida tahdid solmoqda. Bu davlatlar qatoriga Sudan, Misr, Suriya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Liviya, Senegal, Pokiston, Malayziya, Indoneziya, Falastin, Iroq va boshqa davlatlarda terrorizm eng ashaddiy ildiz otgan davlatlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda eng dahshatli qo’poruvchilik ishlari Suriya, Iroq va Afg’oniston davlatlari hududlarida sodir bo’lmoqda. Bizning yurtimiz O’zbekistonda ham 1999-yil 16-fevral (Toshkent), 2004-yilning mart-aprel va iyul, 2005-yilning may (Andijonda) oylarida sodir etilgan voqealar keng ko’llamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi ,,vahshiyliklaridan” biri ekaniga hech qnday shubha qolmaydi. Bizning davlatimiz diniy ekstremizm va terrorizm bilan duch kelgan va uning asoratlaridan aziyat chekkan birinchi davlat emas. U bugun jahonning ko’plab mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solayotgan illatdir. Yuqorida sanab o’tgan terrorchi tashkilotlarni batafsilroq yoritamiz. 1.Al-Qoida (arabcha Download 19.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling