Uzoqning donidan yaqinning somoni yaxshi mi? Odam savdosi qanday amalga oshiriladi? Uning oldini olish mumkinmi?
Download 47.48 Kb.
|
UZOQNING DONIDAN YAQINNING
O‘zimizdagi ahvolga bir nazar
O‘zbekistonda keyingi ikki yil mobaynida odam savdosi oldini olishga qaratilgan qator amaliy tadbirlarga qo‘l urildi. Yuqorida tilga olib o‘tilgan AQSh Davlat departamentining ma’ruzasida noqonuniy muhojirlikka qarshi kurash olib borayotgan davlatlar qatorida O‘zbekiston ham tilga olingan. Bu borada zaruriy choralar ko‘rmayotgan 10 ta mamlakatga qarshi sanktsiya joriy etilishi ma’lum qilingan. Bizda ham zamonaviy qullik ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan odam savdosi haqida ochiq so‘z yuritilib, unga qarshi kurashda turli tashkilotlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari boshlandi. Ommaviy axborot vositalarida muammoning turli jihatlari yoritilgan materiallar e’lon qilina boshladi. Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi odam savdosi qurbonlaridan ayrimlarining Vatanimizga qaytarishga, xorijda ishlash ilinjida bo‘lganlar orasida profilaktika ishlarini kuchaytirishga imkon yaratdi. Bu boradagi muhim qadamlardan biri BMTning Xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konventsiyasining O‘zbekiston tomonidan o‘tgan yilning avgust oyida ratifikatsiya etilgani bo‘ldi. Ayni paytda odam savdosi oldini olish yo‘lida Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, nodavlat notijorat tashkilotlari, OAV hamda qator xalqaro tashkilotlar birgalikda harakat qilmoqda. Bu hamkorlikka misol tariqasida yuqorida tilga olib o‘tilgan vazirliklar, BMTning Taraqqiyot dasturi, XMT tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (YuSAID) homiyligida joriy yilning iyun oyida o‘tkazilgan milliy anjumanni ko‘rsatish mumkin. Anjumanda davlat, nodavlat hamda xalqaro tashkilotlarning odam savdosining oldini olish, bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish va odam savdosi qurbonlarini himoya etish borasida harakat dasturini ishlab chiqishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Yana bir xalqaro tashkilot — Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YeXHT) IIV, Bosh prokuratura, NNT va jurnalistlar ishtirokida joriy yil davomida qator seminar va treninglar o‘tkazdi. Ularda turli tashkilotlarning birgalikdagi harakatlari xususida, masalani OAVda yoritish haqida batafsil so‘z yuritildi. Ushbu uchrashuvlar davomida markazda amalga oshirilayotgan ishlarni viloyatlarda ham davom ettirishga kelishib olindi. Natijada joylarda ham muassasalararo komissiya tashkil etildi. Masalan, Samarqandda viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi, “Istiqbolli avlod” va “Ayol” nodavlat notijorat tashkilotlari, O‘zbekiston Milliy matbuot markazi viloyat bo‘limi vakillaridan iborat ana shunday komissiya tuzildi. Uning har oyda bir marta o‘tkazilayotgan yig‘ilishida viloyatda odam savdosining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etilmoqda. Yig‘ilishga viloyat ta’lim muassasalaridan, mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasidan, mahallalardan vakillar taklif etilmoqda. Yoshlar orasida bo‘lib, mahallalarga chiqib, xorijga yashirincha ishga borish niyatida bo‘lganlarga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga harakat qilinmoqda. Mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurash borasida qilinayotgan ishlar haqida gapirib, “Istiqbolli avlod” yoshlar axborot-ma’rifiy markazi faoliyatiga alohida to‘xtalish lozim. XMTning “O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi harakat” loyihasi doirasida 8 ta viloyatda ana shunday markaz tuzilib, ular huzurida tezkor aloqa telefon tarmog‘i ishlab turibdi. Loyiha rahbari Nodira Karimovaning uqtirishicha, bir yil davomida fuqarolar tarmoqqa 8383 marta qo‘ng‘iroq qilishgan. Ayrimlar xorijda ishlash tartibi haqida so‘ragan bo‘lsa, boshqalar yaqin odamini qidirib topishga yordam berishlarini, yana birov chet el mamlakatlaridan birida qamoqqa tushgan qarindoshiga yordam ko‘rsatishini so‘rab murojaat etgan. Loyiha davom etgan bir yil (2003 yilning noyabridan 2004 yil noyabrigacha) mobaynida odam savdosining 179 “qurboni”ni Vatanimizga qaytarishga yordam ko‘rsatildi. Loyiha doirasida qanchalik samarali ish olib borilayotganligi haqida xulosa chiqarish uchun quyidagi raqamlarni qiyoslash mumkin. 2002 yilda faqat 2 nafar, 2003 yilda esa 60 nafar odam savdosi “qurboni” qaytarilgan edi. Ularning eng ko‘pini (122 kishi) Isroil davlatidan qaytarilganlar tashkil etadi. Download 47.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling