Uzoqqa otish


QUYoNLAR, QOROVUL VA OVChI


Download 96.69 Kb.
bet3/4
Sana03.10.2020
Hajmi96.69 Kb.
#132414
1   2   3   4
Bog'liq
1 SINF HARAKATLI O’YINLARI

QUYoNLAR, QOROVUL VA OVChI


Maydonchaning bir tomoniga to’rtta kvadrat (quyon uyasi) qarama-qarshi tomoniga esa yarim aylana — qorovulxona chiziladi. Chiziqning shu tomonidan poliz ajratiladi.

Maydonchaning o’rtasiga 25-30 sm 6alandlikka arqon- devor tortiladi. To’rt bo’linmaga bo’lingan quyonlar to’rttadan kvadrat-uyalarda joylashadilar. Qorovulxonada esa boshqaruvchilar - qorovul va ovchi turadi.

O’qituvchining signaliga ko’ra, quyonlar o’z uyalaridan chiqib, devordan oshib, polizga yopiriladilar. O’qituvchining ishorasi bilan qorovul uch marta chapak chaladi – «O’q otadi».O’q otilgandan so’ng qorovul bilan ovchi birgalikda quyonlarni uylarigacha quvlab boradilar.

Qo’lga tushganlar sanab chiqilgan quyonlar o’z uyalariga, qorovul va ovchi qorovulxonaga qaytadi. Yangi qorovul va ovchi tayinlanadi.



KIM KUChLI


Ikkita bola oyoqlarini elka kengligida qo’yib, gimnastika tayoqchasini elka baravar uzatilgan qo’l oralig’i darajasida ushlab, bir-birlariga yuzma-yuz turadilar.

Rahbarini turgan joyidan qo’zg’ata olgan o’yinchi yutgan hisoblanadi. Aldamchi harakatlarni bajarishga ruxsat etiladi.


QUVAShMAChOQ

Maydon chiziq bilan chegaralab chiqiladi. Bitta onaboshi quvlovchi tayinlanadi. Boshqa o’yinchilar uning atrofida doira hosil qilib turadilar.

Quvlovchi bir, ikki, uch deydi. Hamma bolalar har tomonga yugurib ketadilar, quvlovchi ularni quvlaydi va to’tadi. Qochayotganlar xavf tug’ilgan paytda o’tirib olishlari mumkin, o’tirib olganlarni quvlovchi to’tmaydi. Quvlovchi to’tib olgan bola onaboshi bo’ladi. O’yinni istagan vaqtgacha o’ynash mumkin.

Bu o’yinning sakrash bilan quvlashmachoq o’ynaladigan turi ham bor. Bu ham yuqorida ta’riflangandek o’ynaladi. Farqi shuki, bunda bir oyoqda sakragan 6olani to’tish mumkin emas.


KIM KO’P NARSA TAShLAYDI!

O’yinchilar 2, 4, 6 yoki 8 ta komandaga bo’linishlari mumkin. Har bir komanda savatchasiga har xil o’yinchoq va to’p solib qo’yiladi. O’yin boshlanishi oldidan hamma komanda savatchalaridagi o’yinchoqlar soni bir xil bo’ladi.

O’qituvchi komandasidan keyin har bir komanda komanda savatchasidan ko’proq o’yinchoq va to’plarni olib kelib, o’z savatchalariga solishlari kerak. Yugurib borgan bola har safar bittadan o’yinchoq olib keladi. Ma’lum vaqt ichida ko’proq o’yinchoq to’plagan komanda yutgan hisoblanadi.
QARAMA-QARShI YuGURISh ESTAFETASI

Bolalar 3-4 komandaga bo’linadi. Komandalar 10-15 m masofadabir-birlarigaqarab turadilar. Bir komanda boshqaruvchisi maydonchaning boshqa tomonidagi o’yinchilarning biriga estafeta tayoqchasi yoki tennis to’pni beradi.

Tarbiyachining “Marsh!” komandasidan so’ng yugurish boshlanadi.

Yuguruvchilar qarshi komandaning birinchi turgan o’yinchisiga estafeta tayoqchasini berib, o’zi orqa borib turadi. Estafeta tayoqchasini olgan o’yinchi esa yugurib borib qarshisida turgan o’yinchiga, keyingisi boshqasiga tayoqchani beradi va hokazo.

Komandalar maydonchada turgan o’rinlarini almashib bo’lganlaridan so’ng o’yin tugaydi. Estafetani birinchi bo’lib tugatgan komanda o’yinda g’olib deb topiladi.


TEZ VA ANIQ ESTAFETA
O’yin qatnashchilari teng ikki komandaga bo’linadi. Komandalar otish chizig’i oldida, oyoqlari orasini ochib, bir kishidan bo’lib qatorda saf tortib turadilar. Saf boshida turgan o’yinchilar qo’llarida basketbol yoki shishirilgan to’p bo’ladi. Komanda qarshisida savatcha ilib ko’yiladi yoki 50-60 sm balandlikka ustunchalarga xalqachalar o’rnatilgan bo’ladi.

O’qituvchining signalidan keyin birinchi o’yinchilar to’pni nishonga otadilar va tezda to’p orqasidan yugurib borib to’pni savatchadan yoki poldan oladilar-da, tezda orqaga – qator oxirida borib, to’pni o’yin qatnashchilari oyoqlari orasidan oldinga dumalatadilar.

To’pni ikkinchi turgan o’yinchilar ushlab, o’yinni takrorlaydilar va hokazo. Savatchaga to’pni ko’p marta tushirgan va estafetani birinchi bo’lib tugatgan komanda g’olib deb topiladi.
3 SINF HARAKATLI O’YINLAR
IKKITA TO’PNI UZATISh

O’yinda o’yinchilar juft-juft bo’lib qatnashadilar. Ular 4metr kenglikdagi koridorning qarama-qarshi tomonida bir-biridan 5-7 metr oraliqda joylashadilar.Koridorni arqoncha yoki bayroqchalar bilan belgilanadi.Har bir juftlikdagi ikkala o’yinchida bittadan to’p bo’ladi. Rahbarning signali bo’yicha ular bir vaqtning o’zida bir-birlariga to’pni yo’naltiradilar,keyin dumalab kelayotgan to’pni tepib orqaga qaytaradilar.Agar to’p bir-biriga tegsa yoki ulardan biri koridordan tashqariga chiqib ketsa,unda juftlik musobaqani tugatgan bo’ladi.Boshqalarga nisbatan ko’proq mashqlarni hatosiz bajargan komanda o’yinda g’olib chikkan hisoblanadi.O’yin qatnashchilarining jismoniy tayyorgarligiga qarab,o’yinni shartini soddalashtirish.Karidorni chegarasini kengaytirish,to’pni oldin to’htatib, so’ngra uzatish shartini qo’yish mumkin.

PEDAGOGIK AHAMIYaTI. O’yin to’pga oyoq bilan zarba berish malakasini rivojlantiradi,bu futbol o’ynash uchun to’p bilan ishlash tehnikasini egallashga yordam beradi.O’yin oyoq kuchini rivojlantirishga yordam beradi,diqqatni, fikrlashishni,anik va tez harakat qilishga yordam beradi.
UZOQQA OTISh

O’YINGA TAYYoRLANISh.O’quvchilar teng 5-8 ta komandaga bo’linadilar. Har bir komanda bir qatorga saflanib start chizig’ini orqasida turadilar.

Komandalarning birinchi bo’lib turgan o’yinchilari bittadan (ogirligi1-1,5kg) tuldirma to’p oladilar.

O’YINNING TAVSIFI.

O’qituvchi signal berishi bilan birinchi o’yinchilar start chizig’ida turib to’pni kelishib olingan usulda (ikki qo’llab pastdan,boshlari ustidan oshirib,ung ki chap qo’l bilan) iloji boricha uzoqroq otadilar.

Ikkinchi nomerli o’yinchilar esa to’plarni tushgan joyidan otadilar.O’yin shu zaylda davom etadi. Umumiy hisobda to’pni eng uzoqqa otgan komanda g’olib hisoblanadi.

O’YINNING QOIDALARI.

1.O’yinni keng, ochiq maydonda o’tkazish ma’qul. 2.Har bir komandaga bittadan hokkey bo’lishi va to’pning tushgan joyini aniklashi kerak. 3. O’yinda hamma usuldan foydalanish mumkin.

PEDAGOGIK AHAMIYaTI.

O’yin to’pni pastdan oshirib otish va ilib olish malakalarini takomillashtirishga yordam beradi.O’yinda o’yin qatnashchilaridan diqqat, kuzatuvchanlikni, harakat reyaksiyasini tezligini harakat koordinatstiyasini tezligini talab qiladi! Har hil usulda otish qo’l mushaklarini rivojlantirishga yordam beradi.


DOIRADAN SURIB ChIQARISh.

O’yinga tayorlash. O’ynovchilar bar –baravar ikki komandaga bo’linadilar. Komandalar bir- biriga yuzma-yuz saflanib turadi.

Komandalar o’rtasida erga 1.5-2 metrli 6-8 ta aylana chiziladi. Aylanalarning har biriga ikkala komandaning bittadan vakili tushuriladi. Aylanalar ichidagi o’yinchilarga bittadan gimnaztika tayoqchasi beriladi. Ikkala o’yinchi tayoqchani bir uchini o’yin shartiga qarab o’ng yoki chap tirsagi bilan kisib mahkam ushlab turadi.Har bir aylana yonida bittadan hakam turadi.



O’yinni tavsifi. O’ynovchilar signal berilishi bilan tayoqchani kisib, bir-birlarini doiradan itarib chiqarishga harakat qiladilar. Aylana ichida raqibini surib chiqargan o’yinchining komandasiga bitta ochko beriladi.Aylana ichidan surib chiqarilgan o’yinchi yana qaytib kirishi mumkin. Birinchi juftlarning o’yini barcha aylanalarda mahsu signal bilan baravar to’htatiladi. Keyin navbatdagi juft o’yinchilar to’shadilar va o’yin shu tarizda davom ettiriladi. Yutuq ochqolarini ko’p to’plagan komanda g’olib hisoblanadi.

O’yinning qoidalari: 1.Qarshilik ko’rsatish payitda tayoqchanitirsak tagidan boshqa joyga olish mumkin emas. 2. Qattiq itarib yuborishga va to’rtishga yo’l qo’yilmaydi.

Pedagogik ahamiyati. O’ynovchilarni aniq joyiga turishga o’rgatadi. O’yinda aniq harakat qilishni tezkorlik kuch, chidamlilik, chaqqonlik sifatlari rivojlantiradi.

O’yinda o’ziga harakat gimnastika tayoqchasini tirsagi bilan qisib ushlab turish va doiradan surib chiqarish.


SAVAT YoKI YaShIKKA TO’P TUShIRISh.

O’yinga tayyorlanish. O’ynovchilar bittadan bo’lib uch,. To’rt qatorga saflanadilar. Qatorlar soni qancha bo’lsa,. Shuncha savat (diametri 50 sm) yoki yashiklar o’rnatiladi. Savatlar qatoridan 3,,-4 metr naridagi ustunchalarga yoki darahtlarga o’rnatiladi. Qatorlar boshida birinchi bo’lib turganlarnin oyoqlari uchidan chiziq o’tkaziladi. Qator boshidagi turganlarga bittadan to’p beriladi.

O’yin tavsifi. O’qituvchi signal berishi bilan qator boshida turganlar to’plarini uloktirib savatga tushirishga harakat qiladilar. Katro ohirida turganlar esa erga tushgan to’pni olib kelib navbatdagi o’ynovchilarga topshiraddilar, to’p irg’itganlar to’pni olib keluvchilar o’rniga borib turadilar. Savatga ko’proq to’p tushirgan komanda g’olib hisoblanadi.

O’yinniing qoidalari: 1.To’pni savatga irg’itgandda chiziqdan nariga o’tish mumkin emas. Chiziqdan chiqib turgan holda savatga tushirilgan to’p hisobga olinmaydi. 2.Hamma o’ynovchilar navbat bilan savatga to’p irg’itishlari lozim.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda bolalarda basketbol elementlarini ayrim malakalari mustahkamlanadi va takomillashtiradi. Bundan tashqari o’yinda bolalarda uz kuchiga ishonish, diqqatni va tezlik reakstiyasini rivojlantirishga yordam beradi. O’yinda o’ziga hos harakati to’pni savatga tashlash.
OQ TOSh.

O’yinga tayyorlanish. O’yinda 10 dan 40 nafarga yakin o’quvchi qatnashishi mumkin. O’yin katta yalanglikda, sport maydonchasida yoki zalda o’tkaziladi. O’yinni o’tkazish uchun oddiy oq tosh kerak. Tayyorlanish. O’ynovchilar ikki komandaga bo’linadilar.Har bir komandaga onaboshi tayinlanadi.

O’yin boshlanishidan oldin o’yin rahbari yoki o’yinda qatnashayotgan o’quvchilardan biri oq toshni belgilangan joyga yashiradi.



O’yinning tavsifi. Rahbar silnal berishi bilan o’quvchilar toshni kidirish uchun oldindan belgilangan maydonga tarkalib ketadilar. Toshni topgan o’yinchi uni qarshi komanda o’yinchilariga sezdirmasdan o’zi yoki sheriklari bilan qo’ldan-qo’lga uzatib rahbarga olib kelib berishi kerak. Agar qarshi komanda o’yinchilari tosh topilganini sezib qolsalar uni qo’lga tushurishga o’rinadilar. Toshni olib borayotgan o’yinchiga qarshi komanda o’yinchisi qo’lini tekkizib olsa tosh uya o’yinchiga beriladi va u ham toshni sheriklari orasidan qo’lma-qo’l uzatib o’yin rahbariga etkazish uchun harakat qiladi. Komandalardan biri ok toshni o’yin rahbariga olib kelib bergandan keyin o’yin to’htatiladi. Toshni rahbarga keltirib bergan komanda g’olib hisoblanadi.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda ijodiy tashabbuskorlikni, fikrlashni, chaqqonlikni tez harakatlanishni rivojlantiradi. O’yin bolalarda topqirlikni qobiliyatlarini namoyon qilishga imkon beradi. O’yin bolalarda kuzatuvchanlikni va harakat reyakstiyasi tezligini talab qiladi. O’yinni o’ziga hos harakati toshni bildirmasdan qo’ldan-qo’lga uzatish va yugurish.
QURBAQA BILAN LAYLAK.

Uyiga tayorlanish. O’yin o’tkaziladigan maydoncha to’rt tomondan to’sib qo’yiladi yoki to’rt o’quvchi to’rtburchak hosil qilib ustidan sakrab o’tilishi lozim bo’lgan arqonchani ushlab turadi. To’rt tomoni to’sib yoki arqoncha bilan chegaralab qo’yilgan maydoncha «botkoklik» bo’ladi. O’ynovchilardan biri - «laylak», yahni onaboshi qilib tayinlanadi. Laylakning «UYa» si botkoklikdan bir necha qadam narirokda bo’ladi. Qolgan o’yinchilar botkoklikda turadilar.

O’yinning tavsifi. O’qituvchi signal berishi bilan laydak arqondan oshib, botkoklikka kiradi va qurbaqalarni ushlashga kirishadi. Qurbaqalar esa arqon ustidan sakrab o’tib laylakdan qocha boshlaydilar. Laylak ushlagan qurbaqani uz uyasiga olib ketadi. Qo’lga tushgan qurbaqalar kuyib yuboriladi. Ular botkoklikka sakrab tushib,yana o’yinda qatnashaveradilar.Laylakning qo’liga biror marta ham tushmagan o’yinchilar eng epchil o’yinchi hisoblanadi.

O’yinning qoidalari. 1. Laylak har galgi quvishda faqat bir qurbaqani va botkoklik ichidagi qurbaqanigina ushlay oladi.2. Laylak botkoklikka kirgan paytda arqonchadan sakrab o’tishga ulgurmagan qurbaqa qo’lga tushgan hisoblanadi. 3. Botkoklikdan qurbaqalar chap berib qochishlari, yugurishlari, cho’kkayishlari va bush tortilgan arqoncha ustidan u yoki bu yokka sakrash mumkin.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda bolalarni diqqat e’tiborini, to’g’ri koordinatsiya harakatini rivojlantiradi. Bolalarda kuch, chaqqonlik, chidamlilikni, tezkorlikni, ayniqsa sakrovchanlikni rivojlantiradi va malakasini takomillashtiradi. O’yinning asosiy harakati sakrash va balandlikka sakrash hisoblanadi.
SAKROVChILAR.

O’yinga tayorlanish. Bolalar 2-4 komandaga bo’linadilar va bir qatordan bo’lib start chizig’i orqasida turadilar.Start chizig’idan 1m narida 20sm oraliqda bir necha chiziq chiziladi. Bu chiziqlar 1,2,3,4, va hokazo raqamlar bilan begilanadi.Ayni payitda shu chiziqlar ochqolar sonini bildiradi,yahni bolalar kaysi chiziqka sakrasalar, shucha ochko oladi. O’yin paytida 3-4 ta hakam saylanadi.

O’yining tavsifi. O’qituvchini signalidan so’ng birinchi o’yinchilar start chizig’idan iloji boricha uzoqroqqa sakrashga harakat qiladilar. Keyin ikkinchi, o’yinchi va hokazo bolalar sakraydilar. Hakamlar ochqolar sonini hisoblab chiqib har bir komanda qancha ochko to’plaganini aniqlaydilar va yutgan komandani e’lon qiladi.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda turgan joydan uzunlikka sakrash malakasini takomillashtirishga yordam beradi. O’yin diqqatni, ziyraklikni, shijotlilikni,shaylikni rivojlantiradi. O’yin o’zini va o’rtoqlarini kuchiga ijibiy baho berishni rivojlantiradi. O’yinlagi asosiy harakatni turgan joyidan uzunlikka sakrashdir.
ESHITIB TOP.

O’yinga tayyorlanish. Bu o’yin yalanglikda, dalada yoki teks ko’katzorda o’tkaziladi. O’ynovchilar oralarida 3 metrdan joy qoldirib bir qatorga saflanadilar va ko’zlarini boglaydilar. Onaboshi o’ynovchilardan tahminan 100-500 m narirokda turadi.

O’yinning tavsifi. Onaboshi signal beradi ( hushtak chaladi, karsak uradi, yoki ko’ng’irok chaladi). Hamma signal berilgan tomonga qarab yuradi va onaboshiga yakinrok kelishga harakat qiladi. Ikkinchi signal berilgach, hamma ko’z bogichini echib tashlaydi va o’zi onaboshidan qanchalik uzoqda turganini ko’radi. Onaboshiga eng yakin kelgan o’quvchi g’olib hisoblanadi.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda diqqatni, eshitish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek o’yin qatnashchilarini chaqqonlik, chidamlilik sifatlarini takomillashtiradi. O’yinni o’ziga hos harakati onaboshiga yaqinroq kelish.


AKULA HUJUMI.

O’yinga tayyorlash. O’quvchilarni bir necha guruhlarga bo’lib, ularga baliqlarni nomi beriladi. Ularning hammasi maydonchaning chetlarida chizilgan doiraning ichida turadilar. O’yinboshi «Akula» esa maydonchaning o’rtasida doirada turadi. O’qituvchining o’zi oldin «Akula» vazifasini bajaradi. U bakirib, bita yoki bir nechata baliqning atrofida yugura boshlaydilar.

O’yin tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin «Akula» esa baliqlarga hujum qiladi. «Akula»ning qo’li tekkan o’yinchi «Akula»chaga aylanadi va o’yinchilarni tutishga yordamlashadi. O’yin shu paytgacha davom etish mumkin, qachonki o’yinchilar «Akula»ga aylanib bo’lmaguncha davom etadi.

Pedogogik ahamiyati. Bu o’yinda balalar birgalikda kelishgan holda, harakat qilishni o’rgatadilar. O’yin qat’iylikni, chaqqonlikni, chidamlilikni, tezlik bilan harakat qilishni tarbiyalaydi.

O’yin bolalarni maydonchada joyni topa bilishni o’rgatadi va chidamlilikni tarbiyalaydi. O’yinni o’ziga hos harakatni-yunalishni uzgartirib yurugirish.

KIM KO’P OTADI.

O’yinga tayyorlash. O’ynovchilar teng ikki komandaga bo’linadilar. Har bir komandada o’yinchilar uz kapitanlarini saylab o’rtaga chiqadilar. Maydon o’rtasida turgan to’pchi birinchi bo’lib etib kelgan to’pni olgan kapitanning komandasi to’pni otishni boshlaydi. To’pni olgan komanda doira hosil qilib turadilar, ikkinchisi esa o’rtada turadi.

O’yin tavsifi. O’qituvchi signal bergandan keyin to’pni o’yinchilar bir-birlariga oshirib, o’rtada yurgan o’yinchildar bir-birlariga oshirib, o’rtada yurgan o’yinchilarni urishga harakat qiladilar. To’p to’g’ri borib o’yinchiga tegsa otuvchi komandaga ochko beriladi. O’yin 5-6 minut uynalgandan keyin, komandolar o’rinlarini almashtiradilar. Belgilangan vaqt ichida ko’proq ochko to’plagan komanda yutgan hisoblanadi.

O’yin qoidasi. 1. To’p erga tegib, so’ngra o’yinchiga tegsa hisoblanmaydi. 2. Doiraning ichiga kirib urish man etiladi.



Pedogogik ahamiyati. O’yinda harakatchan nishonga uloqtirish malakasini, to’pni otish va ilib olishni tashabuskorlikni va mustakil harakat qilishni rivojlantiradi. O’yinni asosiy harakatni –harakatchan nishonga nishonni olish hisoblanadi..
"OTOSHMA" O’YINI

O’yinga tayyorlanish. Bu o’yinda o’kuiilar mo’ljalga olish, kichik to’plarni ilish va to’p zarbidan o’zini himoya qilish harakatlarini bajaradilar. O’yin start maydonchasida va sport zapida ham o’tkazilishi mumkin. O’yin uchun 15- 16 m oraliqda jarima chizig’i chiziladi. Chiziqdarning uzunliga o’quvchilar soniga qarab uzun qisqa chizilishi mumkin.

O’yin tavsifi. O’quvchilar teng ikkiga komandaga bo’linadi. O’yinda boshlovchi komanda aniqlanib olinadi. O’qituvchining signalidan so’ng qarshi tomonda komanda o’yinchilari tamon koptokni shunday otashlari kerak yoki zarbadan saqlanishi kerak. Koptok tekkan o’yinchi safdan chiqib ketadi. Koptokni ilib olmoqchi o’yinchi bir qadam oldinga chiqib koptokni ilib olishi mumkin. Otishni komandalar gapma- gap bajaradilar. Ko’proq koptok tekkizgan komanda o’yinda g’olib chikadi.

O’yin qoidalari. 1. O’qituvchi signal bermasdan otish mumkin emas. 2. Koptok otish vaktida chiziqdan otash shart. 3 . to’pni ilib ololmasa unga to’p tekkan hisoblanadi.

Pedagogik ahamiyati. Bu o’yinda barcha o’ynovchilar faol bo’lishlari kerak. O’yinda o’rtoqlarini qutqarishi, qo’llab- quvvatlashi, o’yinda bir fikirga kelib harakat kilishi va maqsadga erishishi uchun o’rtoqlari bilan birgalikda harakat qilishini tarbiyalaydi. O’yinda qat’iylikni, topqirlikni, jasurlikni, reaksiya tezligi va tez harakat qilishi tarbiyalaydi. O’yinda to’pni egallash malakasini mustahkamlaydi va takomillashtiradi. Buni keyinchalik to’p bilan sport o’yinlarida to’pni otish va ilib olish to’pni uzatish va olib yurishni o’rgatishga yordam beradi. O’yinni o’ziga hos harakatlari o’yinda- otishni ilish uzatash, harakatsiz nishonga to’pni uloqtirish, shuningdek chap berib yugurishdir.
"DURRA"O’YINI

O’yinga tayyorlanish. O’yinni boshlang’ach sinf o’quvchilari o’ynaydilar. O’yinchilar doirahosil qilib cho’kkayib o’tiradilar. Bir o’yinchi (boshlovchi) durrani qo’liga o’ragan holda ushlab turadi.

O’yin tavsifi. O’qituvchi signal berishi bilan o’yinchilar boshlarini tizzaga ko’yib ko’zlarini yumadilar. Shunda durrapi o’yinchi qshlidagi durra bilan doira chetida aylanib yurib, bildirmasdan birorta o’yinchining orqa tomoniga qo’yadi va yurishni davom ettiradi. O’yinchilar darrov orqalariga qaraydilar, orqasiga durra qo’yilgan o’quvchi durrani oladi va boshloshini doira cheti bo’ylab quva boshlaydi. Boshlovchi doirani aylanib kechib quvayotgan o’quvchining joyiga o’tirib olishi kerak. Agar boshloshi o’tarishga ulgurmasdan quvayotgan o’yinchi durrasi bilan boshlovchini ursa, boshlovchi durrali o’yinchini quvadi. U ham o’zini joyiga o’tarib olishga harakat qiladi. O’tirib olmasa o’zi boshlovchi bo’lib qoladi. O’yin qaytadan boshlanaldi. O’yinning qachon tugashi belgilanmaydi. O’yinni 3- 6 minutgacha davom etshrish mumkin.

O’yin qoidalari. 1 O’rinsiz kolgan o’yinchi onaboshi bo’ladi. 3. durra tutgan o’yinchi onaboshini ushlab olsa o’rinlarini almashadi.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda barcha o’yinchilarni dmkkat ehtiborini, sezgilarini topkirligini harakat malakalarini tarbiyalaydi. Shu bilan birga chaqqonlik, tezlik, chidamlilikni tarbiyalaydi. O’yinni o’ziga hos harakatlari yugurish hisoblanadi.
"URIBQOChDI" O’YINI

O’yinga tayyorlanish. O’yin yoshlarni chaqqonligini, tezkorlik, oyoq va qo’llarni birday ishlatishga o’rgatadi. O’yin uchun bir dona ko’rpacha 10 m li arqon tayyorlanadi. Guruh yoki komandaga bo’linib o’yinga bo’ladi. O’ynovchilarning hammasida ro’moldan qilingan durra bo’lishi lozim.

O’yin tavsifi. Bir kishi maysa yoki chinzor ichiga yotadi uning ustiga ko’rpa yopilib qo’liga 10m li arqon ushlatib ko’yiladi. Arqonni bir uchi ko’riklovchinig uchida bo’ladi. ko’riklovchida (ham hakam yoki o’yinboshi vazifasini bajaradi) ham durra bo’ladi. komandalar navbat bilan yotgan o’ynovchini durra bilan urishga yoki oyoq bilan tepishga harakat qiladilar. Ko’riklovchi ularni yakinlashtirmaslikka harakat qiladi, durra bilan uradi yoki oyogi bilan tepadi. U kimni durra bilan ursa yoki oyog’i bilan tepsa shu o’ynovchi ko’rpa ostiga yotkiziladi. Shuning uchun o’ynovchilar yotgan o’ynovchini urib birdan qochishlari, tutkich bemasliklari va belgilangan yumli chegaradan chikib ketishlari kerak. Komanda azolaridan biri ko’lga tushsa, komandalar joylarini almashadilar.

O’yin qoidalari. 1. Ko’rpa ostidagi erga qarab yotadi. 2.Ko’rikchi ham ko’rpa ostidagi o’yinchi ham arqonni qo’yib yubormasliklari kerak. 3. Erda yotgan u yoki bu yoqqa siljimaydi. 4. Qo’rikchi faqat o’zining chegarasida urish va tepish mumkin. 5. O’yinchilarga zarb bilan urish va tepishga ruhsat berilmaydi.

O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yinda bolalarni birday ahil bo’lib harakat qilishga, chaqkonlikka, tezkorlik bilan harakat qilishga o’rgatadi.
"LANKA " O’YINI

O’yinga tayyorlanish. Qo’y yoki echki terisidan kirkib olib tagiga qayroq narsa yoki temir yopishtirib lanka yasash mumkin.

O’yin tavsifi. O’yinchilar juft-juft bo’lib yoki guruh-guruh bo’lib o’ynashlari mumkin. 5-10ta oddiy tepishdan so’ngra 5-10 sach, 5-10 lurdan boshlanishi kerak. Bularni hammasini tushirmasdan bajarib bo’lgandan keyin keyingisi o’yin boshlanasti. Agarda ko’yilgan vazifani ohirigacha etkaza olmasa o’yinni navbatdagi o’yinchi boshlashi mumkin. Berilgan vazifalarni to’lik va aniq bajargan o’yinchilar g’olib chikadi. Bu o’yin orqali o’quvchilardan epchillik, chaqqonlik, tezyurlik, chidamliliq sakravchanlik sifatlariga tarbiyalashga yordam beradi.

O’yin qoidalari.

1. Har bir harakat ketma- ketliqda bajariladi.

2. O’yinda dam olib yoki ilib olish bilan bajarish man etiladi. Yutqazgan o’yinchilar esa sher yoki ashula aytib berishlari, raksga tushishlari mumkin.

O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda jasurliq botirlikni koordinostion harakatlanitshni tarbiyalaydi. O’yinda sakrovchanlik, chaqonlik, chidamlilik, rivojlantirishga yordam beradi.
«DARRA» O’YINI

O’yinga tayyorlanish. O’yin bolalarda hushyorlik va tezkorlikni tarbiyalaydi. Diametri 15-20 metrli doira chiziladi. Uning ichidagi 2-3 m bo’lgan yana bita doira chiziladi. Kurha tashlab o’yin boshi aniqlanadi. Doiraning o’rtasida o’yinboshi joylashadi. Uning qo’lida echilgan arqon (ip yoki ro’mol). O’ynovchilar katta doira bo’ylab joylashadilar.



O’yin tavsifi. O’yinboshi doiraning o’rt asida tizzasiga boshini qo’yib uhlaydi. Bitta yoki bir nechta o’ynovchi uni to’rtib uyqidan uyg’otadi. U tezda joyidan turib darra u bilan o’ynovchilarni dog’lash kerak. O’ynovchilar o’yinboshiga dog’ qildirmasdan katta doiradan chiqib ketishlari lozim. Agar o’yinboshi o’ynovchini, uni kichik doiraga o’tqazib quyadi. Endi o’ynovchilar dog’langan o’yinovchini qutqarishga harakat qiladilar. O’yinboshi esa uni qo’riqlaydi u o’yinboshi bironta o’yinchin dog’lasa, uni ham birinchi dog’langanning yoniga o’tqiziladi. O’yni bita ham dog’lanmagan o’ynchi qolmaguncha davom etadi.

O’yin qoidalari.



  1. O’yinboshini darrani siltab qattiq urib dog’lamasligi kerak.

  2. o’yinboshining katta doiraga kirish mann qilinadi.

  3. Dog’langanlar tinch qo’zg’almasdan o’tirishlari shart.

O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda hushyorlik, sezgirlik, tezkorlik malakalarini tarbiyalaydi. O’yinda kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi. O’yinning o’ziga hos harakati tez yugurishdir.
CHAQQONLAR VA MERGANLAR O’YINI

O’yinga tayyorgarlik. O’yin voleybol yoki bosketbol maydonchasida o’tkaziladi. O’ynovchilar teng ikki komandaga bo’linib 16 metr masofada bir- biriga yuzma- yuz turadilar. Ulardan 2 diametrli doira chiziladi. Har bir komandadan bittadan eng chaqqon o’yinchilar tanlab ular doira markaziga turadilar. Komandalardan bittadan to’p bo’ladi.

O’yin tavsifi. O’qituvchining signalidan so’ng ikkala komandaning o’yinchilari doira o’rtasida turgan o’yinchilar unga chap berib, o’ziga tekkizmaslikka harakat qiladilar. Shu tekkan o’yinchi yahni urgan o’yinchi bilan joy almashadilar va o’yin yana davom etadi. Merganlar 1 ball bilan taqdirlanadi. Ko’proq ochko to’plagan komanda g’olib hisoblanadi.

O’yin qoidalari. 1. oraliq masofa o’qituvchi tomonidan o’zgartirilishi mumkin. 2. Koptokni tik turgan, cho’kkallagan holatda otish mumkin. 3. koptok tekkandan so’ng o’yinchilar joylarini almashadilar.

O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yinda epchillik, chaqqonlik, tezkorlik, sezgirlik, jasurlik, chidamlilik tarbiyalashga yordam beradi. O’yinni o’ziga hos harakat yugurish, sap berish, aniq nishonga otishdir.


TAQIQLANGAN HARAKAT

O’yinga tayorlash. O’ynovchilar aylana hosil qilib turadilar. Onaboshi doira o’rtasida turadi.

O’yinnint tavsifi. O’ynovchilar bilan onaboshini barcha harakatlarini takrorlash, ammo takrorlangan harakalarni qilmaslik haqida oldindan kelishib olinadi. Keyin onaboshi har hil harakatlar qila boshlaydi, o’ynovchilar uning harakatini takrorlaydilar. Shunda onaboshi quqqisdan biror taqiqlangan harakat qilib qo’yadi. Anashu harakatni takrorlagan o’yinchiga jarima ochkosi beriladi yoki uni doira o’rtasiga tushirib onaboshining rolini bajarishga majbur etiladi. Jarima ochkosi olgan o’quvchi o’ynab yoki ko’shiq aytib berishi, topishmoqni topishi, bir oyoqda aylana bo’ylab hakkalab yurishi ham munkin. shundan keyin o’yin yana davom ettiriladi.

O’yining qoidalari. O’ynochilarga o’qituvchi ko’zlaringni och demaguncha ko’zini ochish man etiladi. Agar oldingidek ko’zini ochib yuborsa yana o’yin davom ettiriladi. 1. O’qtuvchilar taqiqlagan harakatdan boshqa birga harakat bajarishlari shart. Agar kim takrorlamacha yutqizgan hisoblanadi. 2. Yutqizgan o’yinchi o’yinni davom ettiradi, har bir qo’ygan hatosiga bir qadammm oldiga chiqadi yoki jarima ochkosi beriladi.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda diqqat-ehtiborni kuzatib borishni tarbiyalashga yordam beradi, shuningdek kaorlinastiya harakatini, o’zini tuta bilishni rivojlantiradi.

Metodik ko’rsatmalar. O’yinni musiqa jo’rligida o’tkazish yanada ham yahshi. Uni o’tkazishda o’qtuvchilarni hushyorlikka o’rgatish uchun harakat qilishadi. O’yinni doirada safda qatorda ham o’tkazish munkin


BAYROQChANI OLIB KEL

O’yinga Tayyorlanish. O’quvchilar teng 3-4 komandaga bo’linib bir kishilik qatorda start chizig’i oldida saf tortib turadilar Maydonchaning qarama-qarshi tomonida har bir komanda qarshisida ustunlarga uyachalar o’rnatilgan bo’lib ularga komandadagi o’quvchilrning soniga qarab bayroqchalar tikib qo’yiladi

O’yinning tavsifi. Signal berilishi bilan komandalarning birinchi turgan o’yinchilri ustuncha tomon yugurib borib bittadan bayroqcha olib va yana orqaga o’z joylariga yugurib kelib ikkinchi o’yinchilarni yelkasiga qo’l tekkizadilar va qator orqasiga borib turadilar Ikkinchi turgan bolalar ham uning o’zini qaytaradilar va hokazo Estafedani birinchi bo’lib tugatgan komanda g’olib komanda hisoblanadi

Pedagogik ahamiyati. Bu o’yin bolalarni signalga tezda javob berishini va bir vaqtda harakat qilishga o’rgatadi Ubolalarda ijodiy faoliyatni o’zlarini harakatlarini o’rtoqlari harakati bilan birgalikda harakat qilishga o’rgatadi va eshitish qobiliyatini rivojlantiradi.


QIRQ TOSh

O’yinga tayorlash. O’yin maysazorda, sport zalida yoki maydonchada ham o’tkaziladi. Start chizig’idan boshlab uzunasiga har bolani hisobga olib (6-6, 10-10, 20-20 va h.k ) bir metrdan aniq parallel chiziiqlar belgilaniladi. Har bir bola tosh o’rniga bittadan lattadan tikilgan koptakchani qo’liga ushlab tayorlanib turadi.

O’yinning tavsifi. Hakam yoki o’qituvchining hushtagiga binoan har bir bola belgilangan har bir metrga yugurib borib toshni yoki koptokni qo’yib, o’z joyiga qaytib olib keladi. Ohirgi o’yinchi toshini olib borib qaytgandan so’ng yana biri o’z toshini yugurib borib qaytib olib keladi. Qaysi komanda birinchi bo’lib o’z koptokchalarini terib olib kelsa, o’sha komanda g’olib deb hisoblanadi.

Qoidalar: chiziqdan chiqish, koptokchani boshqa o’yinchilarga uzatish, oldindan start chizig’idan chiqish man etiladi.

Pedagogih ahamiyati. O’yinda tezkorlik reakstiyasini, aniq mo’jjalga olish, harakatlarni o’ziga mosligini, tez fikirlashni o’rgatadi. Chunki o’yinni komandali bo’lganligi uchun jismoniy his qilishni rivojlantiradi.O’yin o’ziga hos harakati koptokni doiraga aniq qo’yish va olib kelish
OLIB QOChAR

O’yinga tayorlash. O’yin sport zalida yoki maydonchada o’tkaziladi.O’yinni boshlash uchun sinf o’quvchilaridan 5 kishidan iborat ugil va kiz bolalar jamoalar to’ziladi. Har ikkala jamoaga maydon yoki zalni ikkala chekkasi va o’rtasiga baskedbol jarima to’pi tashlash uchun 1,5 m ga teng bittadan doira chiziladi.

O’yin tavsifi. O’yin ushbu doiradan boshlanadi, faqat doira o’rtasiga tennis kopokchalariga uhshagan latta motodan qilingan 15-20 dona koptokchalar to’plab qo’yiladi. Doira ichida koptokchalarni qo’riqlovchi sardor turadi. Boshqa komanda o’yinchilardan har safar 3 kishi hujum qilib, koptokchalarni olib qochishga tirishadilar. Lekin sardor bunga yo’l qo’ymaydi. Hujumchi o’yinchilar qancha ko’p koptokni olib qochsa, o’sha komanda g’olib deb topiladi.

Qoidalar. Qo’riqlovchi o’yinni qo’li yoki oyogi bilan hujumchilarni qaytarishi mumkin. Agar o’yinchiga tegsa , u o’yindan chiqdi deb hisoblanadi. Ularning o’rniga jamoadagi 2 ta saqlangan o’yinchilar tushadilar.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda engillik, chaqqonlik, sezgirlik jismoniy tarbiyalashga yordam beradi. Bu o’yinda diqqat ehtiborni harakatni o’zaro mosligi rivojlantiriladi. O’yinni o’ziga hos harakati tez yugurish, koptokni olib qochishdir.
OLMAHONLAR VA YoNG’OQLAR

O’yin tavsifi. O’yinchilardan bittasi onaboshi qilib tayyorlanadi. Qolgan o’yinchilar maydonchaning o’zlari hohlagan joylarida 3 tadan bo’lib, qo’l ushlashib turadilar. Har bir uchlikdagi o’yinchilar kim olmahon, kim yong’oq, kim dub yong’oq bo’lishini o’zaro kelishib oladi. Rahbarning «Olmahonlar!» deb chaqirishi bilan tegishli o’yinchilar o’zlari turgan uch likdan chiqib, boshqa istalgan uchlikka turib oladilar, yahni chaqirilgan o’yinchilar bir-birlari bilan joy almashadilar. Joy almashish vaqtida onaboshi bush qolgan o’rinlardan bittasiga turib oladi vau yerdan chiqib ketgan o’yinchining nomini oladi. Joysiz qolgan o’yinchi onaboshi bo’ladi. O’yin paytida bir marta ham onaboshi bo’lmagan yoki boshqalarga nisbatan kamroq onaboshi bo’lgan o’yinchi g’olib hisoblanadi. O’yin natijalari hisoblab chikayotgan o’yinni boshlagan ishtirokchining onaboshiligi hisobga olinmaydi.

O’yinning qoidalari. 1 Uchliklardagi o’yinchilr qo’l ushlashib olgan paytda onaboshi davradan o’rin egallay olmaaydi.2 Rahbar chaqirgan o’yinchilar o’yinlarini almashtirishga majburdirlar.

Pedagogik ahamiyati. O’quvchilarda diqqat-ehtiborni, sezgirlikni, birgalikda kelishilgan holda harakat qilishni tarbiyalaydi.

Metodik ko’rsatkichlar. O’yin mobaynida bir necha marta birdaniga 2tadan o’yinchi («Olmahonlar!», «Yong’oqlar!»…) chaqirishi mumkin.O’yinning o’ziga hos harakati tez va kiska yugurishdan iboratdir.
UCHLIK O’YINI

O’yinga Tayorlanish. O’quvchilarning hammasi uch kishidan (4-5 komanda) bo’linib start chizig’ida turadilar. Har bir uchlikning ro’parasigi 8-10 metr masofada aylana chiziladi.

O’yinning tavsifi. O’qituvchining signalidan so’ng uchlikning boshida birinchi bo’lib turganlar chambarakni boshida yuqori ko’tarib olib, aylana tomon yugurib, uning atrofidan aylanib qaytib keladilar va chambarakni ikkinchi o’yinchiga beradilar va hokazo. Uchliklar to’liq o’yinchilar bilan dastlabki holatiga kelgan komandaga ikki ochko beriladi. O’yin yana davom etadi. Endi uni ikkinchi keyin uchinchi o’yinchi boshlaydi. Ko’p ochko to’plagan komanda g’olib hisoblanadi.

O’yinning qoidalari: 1. Yugurish vaqtida chiziqni bosish man etiladi. 2. Aylananing atrofidan to’g’ri aylanib o’tish kerak. 3. Chambarakni pastga tushirmaslik kerak.

Pedagogik ahamiyati. Bu o’yinni ochiq havoda va zalda o’tkazish munkin. Bu o’yin o’rtoqli hissini, birgalashib tez harakat qilishga, harakatni mosligini,jamoa oldida o’zlarini harakatlariga javob berishni tahminlaydi.
OVCHILAR

O’yinga tayorlanish. O’yinni olib borish uchun 2-3 onaboshi, yahni ovchilar tayinlanadi. Ovchilarda bittadan koprok bo’ladi. Qolgan o’yinovchilar – “tulqilar” maydonchada yugurib yuradilar.

O’yinning tavsifi. O’qituvchi signal berishi bilan tulqilar uz joylarida to’htab qoladilar va ovchilar ham joylaridan kimirlamasdan otib tulqilarning birontasiga tegizishga harakat qiladilar. Har bir o’yinchiga tekkan har bir koptok uchun bittadan jarima ochkosi beriladi. Koptokni urish natijasi hisoblab chikilgandan keyin yangi ovchilar tayinlanadi va o’yin takrorlanadi. Koprok tegmagan yoki boshqalarga qaraganda karmok tekkan o’yinchilar eng ChAqqON o’yinchilar hisoblanadi.

O’yinning qoidalari. 1. Tulqilardan kaysi biri uchib kelayotgan koptokni ushlab olsa, to’p o’sha o’yinchiga tekkan hisoblanadi.

2. Tulkilar o’zlariga to’pni tegdirmaslik uchun har hil harakatlar qilishlari mumkin. 3. Koptok bilan faqat oyoqqa urish mumkin. 4. O’ynovchilar o’yini yahshi urganib olganlaridan keyin ovchilar koptkni chap qo’li bilan irg’itishlari kerak.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda harakatlanuvchi nishonga to’g’ri uloqtirish va kotokni otishi, ilib olish malakasini takomillashtiriladi. O’yinda o’yin qatnishchilarini mustaqillikka va tashabuskorligini rivojlantiradi.O’yinni o’ynovchilarni o’rtoqlik hisiyotini, o’zini shahsiy qiziqishini jamoani umumiy vazifasiga bo’ysunishga, o’zini o’zi baholashni va o’rtoqlarini kuchini ijobiy baholashni tarbiyalashga yordam beradi. To’pni ro’lini bajaruvchi bosiqligi, qathiyligi va ovchi aniv nishonga ura bilishni va o’zini kuchiga ishona bilishni egallashlari kerak. O’yinda harakat qilishganda epchillik va tezlikni rivojlantirishga yordam beradi. O’yin o’ziga hos harakatli harakatlanuvchi nishonga koptokni uloqtirish hisoblanadi.


TEZ VA ANIQ MO’LJALGA OTISh

O’yinga tayyorlanish. O’yin uchun bitta umumiy markazga ega bo’lgan uchta aylana chiziladi. Ularning diametrlari 2,5-3,8-10 va 12-15 metrdan iborat bo’ladi.

Kichik aylana chizig’iga 7ta bo’lava yoki g’o’lacha qo’yiladi. O’quvchilar ikki komandaga bo’linadilar. Har-bir komanda o’z onaboshisini va uchta himoyachisini saylaydi.

Onaboshilar kichik va himoyachilar o’rtacha aylana qolgan o’yinchilar-to’p oshiruvchilar katta aylanada turadilar. Onaboshilar chek tashlaydi va o’yinni boshlaydigan onabosh voleybol to’pini oladi.

O’yinning tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin onaboshi to’pni o’zining oshiruvchilaridan biriga uzatadi, u esa o’z navbatida to’pni onaboshiga qaytaradi.Onaboshi to’pni ilib olgandan keyin bitta bo’lava yoki g’o’lachani urib yikitishga harakat qiladi.

Boshqa komandaning o’yinchilari esa to’pni ushlab olishga o’rinadilar, ushlab olganlaridan keyie to’pni o’z uzatuvchilariga uzatadilar, u esa onaboshisigauzatadi. To’rtta bo’lava yoki g’o’lachani oldin urib yikitgan komanda yutgan hisoblanadi.



Pedagogik ahamiyati. Bu o’yinda barcha o’yinchilar faol qatnashadilar. O’yin bolalarda harakat tezligini va epchillikni, tezkorlik reakstiyasini,jasurlikni, dadillikni,tan oluvchanlikni tarbiyalashga yordam beoadi.O’yinni o’ziga hos harakati to’pni anik nishonga urish.
ARQON TORTISh O’YINI

O’yinga tayyorgarlik. Har bir komandani orqasida to’p osib qo’yilgan. O’yinchilar teng ikki komandaga bo’linadi. Arqon polga qo’yilgan.

O’yin tasnifi. O’qituvchining buyrug’idan keyin arqonni olib o’z tomonlariga tortib, osib qo’yilgan to’p boshlariga tegishiga hARAKAT qiladi. Vazifani birinchi bo’lib bajargan komanda yutgan hisoblanadi
EChKILAR VA ChO’PONLAR

O’yinga tayyorlanish. O’ynovchilar ikki komandaga bo’linib, chek tashlash yo’li bilan bir komanda - «Takalar», ikkinchisi «cho’ponlar» bo’ladi. Keyin diametri 8 metrli aylana chiziladi. «Takalar» aylana ichida, «cho’ponlar» tashqarida turadi.

O’yin tasviri: Rahbarning signali bilan «cho’ponlar» dan biri bir oyoqda sakrab aylanaga kiradi va sakrab yurib, ko’proq «takaga» qo’l tekkizishga urinadi. Birmuncha vaqtdan keyin ikkinchi «cho’pon» kiradi. Birinchi «cho’pon» esa, joyiga borib turadi. O’yin toki hamma «takalar» to’tilib bo’lguncha davom etadi. Keyin komandalar o’rin almashtiradilar. «Takalar»ni tezroq to’tib tamomlagan komanda g’olib hisoblanadi.

O’yin qoidalari: 1. «Takalar»ning aylanadan chiqib ketishlari mumkin emas. 2.Qo’l tekkan bola o’yindan chiqib skameykada o’tiradi. 3.«Taka» to’tayotgan cho’pon goh chap, goh o’ng oyog’ida sakrashi mumkin.

O’yin varianti. Ma’lum miqdorda «taka» to’tilgandan keyin komandalar joy almashtirishlari ham mumkin. Bunda kam vaqt ichida belgilangan miqdorda «Taka»ni to’tgan komanda yutgan hisoblanadi.
DUK-DUK

O’yinga tayyorlanish. O’ynovchilar kuch va son jihatidan barobar bo’lgan ikki, to’rt yoki oyati gruppaga bo’linib, bir qatordan kolonnaga saflanadilar. Maydonning qarama-qarshi tomonida, 10-15 metr masofada sakrab o’tish uchun biror narsa (masalan, to’p) qo’yiladi. (15- rasm.)

O’yin tasviri. O’yin birinchi bo’lib boshlovchilar boshliqniig komandasi bilan o’sha narsagacha (to’pgacha) bir oyoqda hakkalab borib, undan aylanib o’tadilarda yana hakkalagancha kelib, o’z kolonnalarining oxiriga borib turadilar. Qaytganda ular kolonnada ikkinchi bo’lib turgan bolaning kaftiga qo’l urib o’tadilar. Ikkinchi o’ynovchi aylanib kelgach, o’z navbatida uchinchi o’ynovchining kaftiga urib o’tadi. Qaysi komanda bolalari narsadan aylaiib kelishni eng oldin tamomlasa o’sha komanda yutgan hisoblanadi.

O’yin qoidalari. 1. O’ynovchilar oldin hakkalagan bolaning qo’li kaftlariga tekkandan keyingina yo’lga chiqishlari mumkin, 2. Qo’l tegmay turib chiziqdan chiqib, hakkalab ketgan bolaning komandasiga ikki sekund shtraf qo’shiladi. 3. Har bir komandada 8 dan ortiq bola bo’lmasligi kerak.

O’yinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. O’yin bolalarni chaqqonlikka, kollektiv oldida javobgarlikni his qilishga o’rgatadi.

Download 96.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling