“Uztemiryo’lmashta’mir” uk andijon mexanika zavodi ShKdagi 65A60Ф3 vertikal-frezalash dastgohini energiya samaradorligini oshirih.”


Download 0.63 Mb.
bet20/22
Sana19.08.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1668469
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
65A60Ф3 org

5. 3. Sanoat ekologiyasi tadbirlari.
Butun dunyoda iqlimni 5oc darajaga ortishi iqtisodiy va sotsial muammolarni keltirib chiqarmoqda. Temperaturaning oshishi bundan tashqari ekologik muhitga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
Shuning uchun mashinasozlik sanoatida, boshqa sohalar bilan bir qatorda, ekologik masalalarga katta e’tibor qaratilmoqda.Jumladan elektrotexnika sohasida ham bu masalada ma’lum ishlar olib borilmoqda.
Mashinsozlik sanoatining ishlab chiqarish korxonalarida ham tashqi muhitga turli xil chiqindilar chiqarib yuboriladi. Masalan: metallarni eritish, qizdirish, quyish, termik ishlov berish ishlari natijasida atmosferaga turli zararli gazlar, shlak, kul va h.k. chiqariladi. Ularni atmo-muhitga, insonlarning salomatligiga, global isishni kamaytirishga ta’sirini kamaytirish maqsadida korxonalarda ekologik muhofaza qilish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Bu tadbirlar o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • ishlab chiqarishni tashqi-muhitga ta’sirini aniqlash;

  • ishchi va xizmatchilar sog’ligiga ta’sir etuvchi omillar;

  • korxonadan ajralib chiqayotgan chiqindilar turlari va ularni inson organizmiga ta’sirni bilish;

  • ishlab chiqarish natijasida hosil bo’lgan chiqindilarni tozalash, ularni yo’qotish, ta’sirini kamaytirish tadbirlari;

  • elektr uskunalarida ishlayotgan odamlarni elektromagnit maydon ta’siridan himoyalash;

  • yuqori harorat bilan bog’liq bo’lgan ishlarni maxsus himoya vositalarini qo’llab bajarish;

  • radiaktiv moddalar ta’sirini kamaytirish va nurlanishning oldini olish tartiblari;

  • ish joylarni me’yoriy yorug’lik oqimi bilan ta’minlash, o’ta kuchli yorug’likka ega bo’lgan uskunalardan himoyalash choralarini ko’rish;

  • yuqori balandlikdagi shovqinlarni pasaytirish tadbirlari.

Korxonaning ishlab chiqarish jarayoni turiga ko’ra sanoat ekologiyasi tadbirlari ishlab chiqiladi.
Korxonada sanoat ekologiyasi tadbirlarini ishchi-hodimlar tomonidan bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish uchun maxsus kommissiya tuziladi.
Kommissiya quyidagi masalalarni hal etadi:

  • sanoat ekologiyasi tadbirlarini ishlab chiqish;

  • korxonada chiqindilarni tozalash inshootlarni va qurilmalarni ishini nazorat qilish;

  • ishchilar va muhandis-texnik hodimlarni ekologik bilimlarini oshirish va o’qitish, hamda sinovdan o’tkazish;

  • ekologik himoya vositalari, mexanizm va moslamalar bilan ish joylarini ta’minlanganligini tekshirish;

  • ekologik talablarni buzish yoki bajarmaslik halokatlarni taxlil qilish va tegishli chora ko’rishni tavsiya etish;

  • ekologik masalalarga oid barcha hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish.




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling