“Uztemiryo’lmashta’mir” uk andijon mexanika zavodi ShKdagi 65A60Ф3 vertikal-frezalash dastgohini energiya samaradorligini oshirih.”
Yong’in xavfsizligi va uni oldini olish chora-tadbirlari
Download 0.63 Mb.
|
65A60Ф3 org
5. 2. Yong’in xavfsizligi va uni oldini olish chora-tadbirlari.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan bir qatorda elektr jihozlarni ishlatish, texnik xizmat ko’rsatish, montaj qilish va ta’mirlashda yong’inga qarshi kurashish tadbirlari ham ishlab chiqiladi. Elektr uskunalarda yong’in chiqishini asosiy sabablari bu: ochiq olov bilan ishlar bajarish; elektr qurilmalar va elektr o’tkazgichlarni nosozligi; tamaki chekish va yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik. Sanoat korxonalarining barcha tsexlari, uchastka va bo’limlari yong’inga qarshi kurashish vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Ishchilar esa yong’in paytida ulardan foydalanishni bilishlari kerak. Yong’inni o’chirish uchun asosan suv, suv bug’i va kimyoviy moddalar qo’llaniladi. Suv eng arzon va ko’p tarqalgan suyuqlik hisoblanadi, lekin uni benzin, benzol, kerasin va elektr uskunalarda hosil bo’ladigan yong’inni o’chirish uchun ishlatish mumkin emas. Kuchlanish ostidagi elektr uskunalardagi yong’inni o’chirish uchun (CO2) uglekislota ishlatiladi. Bu modda tez parlanishi natijasida qorga o’xshash massani hosil qiladi, u massa kislorod miqdorini kamaytirib yonayotgan qismlarni tez sovutadi. Elektr uskunalarda yong’in chiqqanda birinchi navbatda ularni tarmoqdan uzish choralari ko’riladi. Yong’in bartaraf etilgandan so’ng elektr uskunani ishga tushirishdan oldin u tekshiriladi va tozalanadi. Sanoat korxonalarining tsexlarida yong’in chiqishini oldini olish maqsadida tozalikka rioya qilish, turli xil yonuvchi moddalarni ochiq qoldirish, axlat uyumlarini to’planishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Chiqindilar, latta, to’pon va axlatlar alohida ajratilgan joylarga tashlanishi kerak. Moyli, yog’li idishlar, tez yonuvchi suyuqliklar maxsus joylarda saqlanishi shart. Yong’in hosil bo’lganda uni o’chirish choralari bo’lishi kerak va yong’inni o’chirish stantsiyasiga habar berish zarur. Ish o’rinlarining maxsus ajratilgan joylarida yong’inni bartaraf etish uchun kerakli vosita va anjomlar bo’lishi kerak. Maxsus yong’inga qarshi kurashish shitlarida quyidagi asboblar va vositalar bo’lishi mumkin:
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling