“Uztemiryo’lmashta’mir” uk andijon mexanika zavodi ShKdagi 65A60Ф3 vertikal-frezalash dastgohini energiya samaradorligini oshirih.”


I.2. Frezalash dastgohining asosiy qismlari, kinematic sxemasi, texnikxarakteristikalari va texnologik hususiyatlari


Download 0.63 Mb.
bet4/22
Sana19.08.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1668469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
65A60Ф3 org

I.2. Frezalash dastgohining asosiy qismlari, kinematic sxemasi, texnikxarakteristikalari va texnologik hususiyatlari.
Har qanday ishchi mexanizm yoki qurilma, ma’lum texnologik operatsiyani bajarish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Masalan: kran – yuk ko’tarish yoki siljitish uchun, tokarlik dastgohi – detallarga kesib ishlov berish uchun, press – detallarni bosim bilan tayyorlash uchun, compressor – siqilgan havoni uzatish uchun, uzluksiz transport mexanizmlari – yuklarni, passajirlarni tashish uchun va h.k. Mashinasozlik korxonalarida metallarga ishlov berish dastgohlari ihlab chiqarish jarayonida asosiy o`rinni egallaydi. Frezalash dastgohlarida detallarning ichki va tashqi yassi sirtlariga, fasonli yuzalargaishlov beriladi, to’g’ri yoki vintli ariqchalarni ochish, tashqivaichki rezbalar ochish, tishli g’ildiraklarga ishlov berish ishlarini bajariladi.
1-rasm: 65A60Ф3 vertikal-frezalash dastgohining umumiy ko’rinishi
Frezalash dastgohlari ikki guruhga bo’linadi:
1) umumsnoat dastgohlari: vertical-frezalash, gorizontal-frezalash va bo’ylama-frezalash dastgohlari;
2) maxsus dastgohlar: tish-frezalash, kopirovai- frezalash dastgohlari.
65A60Ф3 modeldagi vertikal- frezalash dastgoh cho’yan, po’lat va rangli metallardan tayyorlanadigan detallarni frezalash uchun mo’jallangan. Dastgohda faqat hom metallargagina emas, balki toblangan detallarga ham ishlov beriladi, bunda kesish instrumeti – pichoqlari elbor yoki o’ta qattiq kompazitsion materiallar – metallokeramikadan tayyorlanadi. Vertical – frezalash dastgohida frezalash, parmalash, o’yish, yo’nish va kesish operatsiyalari bajarilishi mumkin.
65A60Ф3 modeldagi vertikal- frezalash dastgohining asosiy texnik xarakteristikalari quyidagicha:

  • detalni eng kata o’lchamlari - - - 1600x630x750 mm;

  • detalni og’irligi - - - 2000 kg;

  • ish stolini o’lchamlari - - - 630x1600 mm;

  • ish stolini bo’ylama xarakati (X) - - - 1250 mm;

  • ish stolini enlama xarakati (Y) - - - 630 mm;

  • Shpindelni vertical xarakati (Z) - - - 625 mm;

  • Shpindelni aylanish tezligi - - - 25…1250 ayl/min;

  • Shpindel yuritmasi elektrodvigateli - - - 7,5 kVt, 1460 ayl/min;

  • Dastgoh og’irligi - - - 8 T.

Dastgoh birdaniga uchta yo’nalishda xarakatni ta’minlashi mumkin: bo’ylama, enlama va vertical. Dastgohning elektr yuritmasi tiristorli o’zgartgich bilan ta’minlanishi mumkin. Dastgohning bosh yuritmasi quvvati 7,5kVt li asinxron elektr dvigatel, yordamchi yuritmalari o’zgarmas tok va kichik quvvatli asinxron dvigatellar yordamida xarakatlantiriladi.
65A60Ф3 modeldagi vertikal- frezalash dastgohi 3ta rejimda ishlashi mumkin;

  1. Avtomatik rejim – dastgohni dastur bo’yicha ishlashi;

  2. Sozlash rejimi – dastgoh dasturini sozlash;

  3. Universal rejim – dastursiz ishlashi.

65A60Ф3 modeldagi vertikal- frezalash dastgohining elektr jihozlari va yuritmalari:

  • Elektrodvigatellar soni – 4;

  • Bosh xarakat yuritmasining elektrodvigateli – 7,5 kVt;

  • Dastgoh stolining o’zgarmas tok elektrodvigateli – 2,2 kVt;

  • Moylash nasosining elektrodvigateli – 0,4 kVt;

  • Sovutish nasosining elektrodvigateli – 0,12 kVt.

Dastgoh bir qator asosiy qismlardan iborat. Dastgohning staninasini yukori qismida frezalash golovkai o’rnatilgn. Staninaning vertical yonaltiruvchilari bo’ylab konsol yuqoriga va pastga xarakatlanishi mumkin. Konsolning gorizontal yo’naltiruvchalari bo’ylab chanalar xarakatlanadi, chalarning yo’naltiruvchlari bo’yicha esa ish stoli xarakatlanadi. Shunday qilib dastgohnng uchta o’zaro perpendikulyar uzatmalari elektrodvigatellar yordamida xarakatga keltiriladi. Dastgohning bosh yuritmasi bu freza tezliklar qutisi orqali 7,5 kVt asinxron elektrodvigatel bilan xarakatlanadi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling