“Uztemiryo’lmashta’mir” uk andijon mexanika zavodi ShKdagi 65A60Ф3 vertikal-frezalash dastgohini energiya samaradorligini oshirih.”


Download 0.63 Mb.
bet3/22
Sana19.08.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1668469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
65A60Ф3 org

IV.Iqtisodiy qism:
IV.1. Elektr jihozlar, materiallar va ta’mirlash smetasi……………………….46
IV.2. Navbatchi va ta’mirlovchi elektriklarni ish haqini hisoblash………........47
IV.3. Loyihaning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari……………………………..51
IV.4.Elektr energiyani tejash va uni isroflarini kamaytirish yo’llari………….52
V. Mexnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yong’inni oldini olish va sanoat ekologiyasi tadbirlari:
V.1.Dastgoh elektr yuritmasini ishlatish va ta’mirlashdagi xavfsizlik texnikasi qoidalari…………………………………………………………………………55
V.2. Yong’in xavfsizligi va uni oldini olish chora-tadbirlari……………………57
V.3.Sanoat ekalogiyasi tadbirlari.……………………………………………….58
Xulosa va takliflar…………………………………………………………….60
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….61

Kirish.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish xalq xo’jaligin barcha sohalarida energetikaning taraqqiy etishi bilan uzviy bog’liqdir. Hozirgi davrda shahar va qishloqlarimizda bunyod etilayotgan katta quvvatli ishlab chiqarish korxonalari, servis xizmat ko’rsatish shahobchalari, akademik litsey va kasb-xunar kollejlari, umumta’lim maktablari va qishloq vrachlik punktlari ko’p miqdorda elektr energiyasini iste’mol qiladi. Bu o’z navbatida qo’shimcha energiya quvvatini talab etadi, energiyani ularga yetkazib berish uchun yuqori kuchlanishli elektr liniyalar va taqsimlash qurilmalarini, tranformator podstansiyalarini qurishni taqozo etadi.
Elektr energiyasiz biron-bir korxona, mahalla, tashkilot va boshqa ob’yektlarni tasavvur qilib bo’lmaydi. Elektr energiya yordamida dastgohlar harakatga keltiriladi, metal eritiladi, presslanadi, bolg’alanadi, chiziladi, kesiladi, payvandlanadi va hokazo. Bundan tashqari elektr energiya yordamida yuklar ko’tariladi, tashiladi, havo sovutiladi, suv chiqariladi, va qator shu kabi ishlar bajariladi. Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun birinchidan – elektr energiya ta’minotini uzluksizligiga erishish zarur. Bundan tashqari buning uchun beto’xtov ishlaydigan elektr jihozlari avtomatlashtirilgan qurilmalar avtomatik liniyalarni qo’llash talab etiladi.
Elektr energiya ta’minotining havfsizligini ta’minlash uchun yangi texnika va texnologiyalarni axborot texnologiyalarini qo’llash yo’li bilan erishish mumkin.
Mashinasozlik sanoati texnologik jarayonlarining xil-xilligi bilan harakatlanadi. Metallarni quyish va payvandlash, metallarga bosim ostida yoki kesib ishlov berish va hokazo.
Mashinasozlik korxonalarida yuk ko’tarish-tashish mexanizmlari, nasos va kompressor stantsiyasi hamda ventilyator uskunalari keng qo’llaniladi.
Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda ko’p dvigatellar elektr yuritmalarni va ularni boshqarish vositalarini qo’llash katta ahamiyat kasb etadi. Elektr yuritmaning rivojlanishini uning mexanik qismini soddalashtirish va elektrodvigatel bilan mexanizmni bir-biri bilan yaqinlashtirish yo’li orqali amalga oshiriladi.
Buning yana bir asosiy ko’rsatkichi bu elektr yuritma tezligini silliq tejamkor rostlashdan iboratdir. Jamoaviy elektr yuritma tizimlarida tizitorli o’zgartgichlar va raqamli boshqaruv tizimlari keng qo’llanilmoqda. Tizistorli elektr yuritmalarni qo’llash, elektr yuritmalarni chastotali rostlashni keng ko’lamda ishlatish imkoniyatini yaratadi, bu o’z navbatida o’zgaruvchan tok dvigatellarini xususan qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellarni keng qo’llashga olib keladi.
Hozirgi paytda texnologik qurilmalarni avtomatlashtirishda yarim o’tkazgichli texnikadan keng foydalanilmoqda. Shu bilan birgalikda yuqori sezgirli nazorat o’lchov asboblari, kontaktsiz mantiqiy elementlar bazasida yaratilgan datchiklar, mikropressor texnikasi yordamida boshqarish tizimlaridan keng foydalanilmoqda.
Sanoat qurilmalari elektr jihozlariga qo’yiladigan talablar ishlab chiqarish texnologiyasi va sharoiti bilan belgilanadi. Elektr jihozlarining ob’yektini konstruktin xususiyatlaridan alohida tashkil etib bo’lmaydi. Shuning uchun zamonaviy mutahassislar uskunalarning faqat ob’yekt qismini emas, balki uning mexanik qismini ham mukammal bilishlari kerak.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling