Uzum Business qanday ishlaydi


Mahsulot kartalaridagi fotosuratlar va videolar


Download 193.11 Kb.
bet16/41
Sana08.05.2023
Hajmi193.11 Kb.
#1444750
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
UZUM manuals website text

5.7 Mahsulot kartalaridagi fotosuratlar va videolar
Biz saytimizning vizual komponentini qadrlaymiz va estetika, minimalizm va mustahkam yuqori sifatli rasmni saqlab qolish uchun katta resurslarni ajratamiz. Ko'plab tadqiqotlar bizning pozitsiyamiz afzalligini tasdiqlaydi: bunday dizayn xaridorning e'tiborini tortadi va uning ishonchini oshiradi, chunki bunda mushtariy majburiy emas, balki haqqoniy tanlov qila oladi.
Dizaynni toza saqlash va ishingizni engillashtirish uchun biz fotosuratlar yaratish jarayonini avtomatlashtirdik va endi hamma ishni o'zimiz qilamiz - bu noyob yondashuv bizga Uzumni o'xshash saytlardan ajratib turadigan yagona vizual uslubni shakllantirish imkonini beradi.
Uzumda xaridor mahsulotning barcha afzalliklari va kamchiliklari bilan haqiqatda qanday bo'lsa, shunday ko'radi. Bu sizga tovarni qaytarishlar sonini qiaqartirishga va mijozlarning do'koningizga va umuman marketpleysga sodiqligini oshirishga imkon beradi. Biz mijozlarimiz bilan "kutilgan va haqiqat" muammosiga duch kelmasliklari uchun haqqoniy munosabatda bo'lamiz.
Har bir turdagi mahsulot uchun eng mos fon, rakurslar va syomka turi alohida tanlanadi. Fotostudiyamizning ish qoidalari haqida batafsil ma'lumotni fotostudiya bo'limida topishingiz mumkin.
Bu qanday ishlaydi:

  • Mahsulot kartasini yaratishda siz mahsulotning haqiqiy ko'rinishini ko'rsatadigan har qanday fotosuratlarni yuklashingiz mumkin.

  • Tovarlarni qabul qilish bosqichida biz avtomatik ravishda yangi mahsulotning bitta SKUsini fotostudiyaga yuboramiz (ombordagi inventar birligini). Fotostudiyada yangi fotosuratlarni yaratish va tayyorlash jarayonida mahsulotingiz avval yuklagan fotosuratlaringiz yordamida sotiladi.

  • Suratlar tayyor bo'lgach, studiya xodimlari ularni mustaqil ravishda mahsulot kartasiga yuklaydi, shundan so'ng fotosurat o'zgarishlariga kirish yopiladi.

Muhim: Siz faqat "Rang" xususiyatiga rasm qo'shishingiz mumkin. Kartangizni yaratayotganda buni inobatga oling. Agar mahsulotning tashqi ko'rinishi boshqa parametrlar bo'yicha farq qilsa (masalan: shakli, o'lchami, naqshlari), pozitsiyalarni turli kartalarga bo'lish ma’quldir, aks holda fotostudiyaga faqat 1 turdagi mahsulot yuboriladi.
#5.8 Mahsulotning qisqacha tavsifi

Download 193.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling