Uzum Business qanday ishlaydi


Tovarlarni ombordan qanday olib ketish mumkin


Download 193.11 Kb.
bet35/41
Sana08.05.2023
Hajmi193.11 Kb.
#1444750
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
UZUM manuals website text

Tovarlarni ombordan qanday olib ketish mumkin:


Ombordan tovarlarni olish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat, va agar tovarlar uchinchi shaxs tomonidan olib ketilsa, uning nomiga ishonchnoma va shxsini tasdiqlovchi xujjat yonida bo’lishi kerak. Ombor xodimiga yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor nomini va olib ketishingiz kerak bo'lgan tovarlarga tuzilgan dalolatnoma raqamlarini ko'rsatishingiz kerak.
Muhim! Ombor xodimlari tovarlarni qabul qilish uchun shaxsiy kabinetda ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxsdan ishonchnomaning asl nusxasiga ega bo’lgan uchinchi shaxslargagina tovarlarni beradi. Ishonchnoma qolipini havoladan yuklab olishingiz mumkin.


#7.6 Mahsulot kartasini blokirovka qilish


Belgilangan qoidalarga rioya qilish Uzumda muvaffaqiyatli savdo qilishning kalitidir. Agar mahsulot saytimiz talablariga javob bermasa, biz kartani vaqtincha yoki doimiy ravishda bloklashimiz mumkin.
Bloklangan taqdirda, sabab har doim mahsulot kartasida ko'rsatiladi:
Muammolarga duch kelmaslik uchun, blokirovka qilishning joriy sabablari ro'yxatini va karta blokka tushib qolgan holda nima qilish kerakligini diqqat bilan o'rganib chiqing:

Kartaning blokirovka qilinish sababi

Bu nimani anglatadi?

Qanday harakat qilish kerak?

Boshqa sotuvchining fotosuratlaridan foydalanish

Kartangizda ishlatiladigan mahsulot rasmlari fotosurat egasining mualliflik huquqini buzadi.

Noqonuniy ravishda olingan fotosuratlarni olib tashlash va kerak bo'lganda kartaga mahsulotning boshqa fotosuratlarini qo'shish kerak. O'zgartirishlar kiritilgandan so'ng, karta qayta moderatsiyaga yuboriladi va agar hamma narsa tartibda bo'lsa, 24 soat ichida faollashadi.

Kartadagi fotosurat mahsulotga mos kelmaydi

Kartadagi fotosuratlar tovarlarning haqiqiy ko'rinishiga mos kelmaydi.

Mahsulotga mos keladigan fotosuratlarni olish va kartaga mahsulotning haqiqiy fotosuratlarini qo'shish kerak. O'zgartirishlar kiritilgandan so'ng, karta qayta moderatsiyaga yuboriladi va agar hamma narsa tartibda bo'lsa, 24 soat ichida faollashadi.

Tovar belgisi egasining iltimosiga ko'ra

Tovar belgisi egasidan quyidagi sabablardan biri bo'yicha so'rov kelib tushdi:
- zavod shtrix-kodlarini chiqarish zarurati;
- brend mahsulotlarini sotish huquqini tekshirish;
- ushbu brendning tovarlarini sotishni taqiqlash.

Ushbu alohida holatda mahsulot kartasini blokdan chiqarish tartibini tushunish uchun biznesni qo'llab-quvvatlash xizmatiga yoki shaxsiy menejerga murojaat qilishingiz kerak.

Kartani boshqa mahsulot uchun ishlatish

Karta dastlab bir muayyan mahsulot uchun yaratilgan, keyin esa unda boshqa mahsulotni sotishni boshladilar.

Kartani blokdan chiqarish uchun dastlab yaratilgan mahsulot haqidagi ma'lumotlarni qaytarishingiz kerak.
Bloklash vaqtida qoldiq mahsulot mavjud bo'lsa, uni ombordan to'liq olib ketish kerak.
Ombordan tovarlarni qaytarish tartibi 7.5 Tovarlarni ombordan qaytarish bo'limida tavsiflangan.
Kartani o'zgartiri, mahsulotni sotuvdan olib tashlaganingizdan so'ng, bu haqda biznesni qo'llab-quvvatlash xizmati yoki shaxsiy menejerga yozing.

Sotilishi taqiqlangan tovar

Ushbu mahsulotni Uzumda sotish mumkin emas.
Bunday toifadagi tovarlar ro’yxatini 2.3 Uzumda sotishga taqiqlangan tovarlar bo’limida topishingiz mumkin.

Ushbu mahsulotni Uzumda sotish mumkin emas.
Bunday toifadagi tovarlar ro’yxatini 2.3 Uzumda sotishga taqiqlangan tovarlar bo’limida topishingiz mumkin.

Qayta saralash (tovarlar o'zining asl shtrix-kodiga mos kelmaydi)

Mahsulot unda ko'rsatilgan shtrix-kodga mos kelmaydi (qayta saralash tekshiruv jarayoni).

Belgilangan shtrix-kod ostidagi tovarlarni ombordan to'liq olib chiqib, qayta saralashda soni to'g'ri kelmagan nuqsonlarni bartaraf etish zarur.
Ombordan tovarlarni qaytarish tartibi 7.5 Tovarlarni ombordan qaytarish bo'limida tavsiflangan.
Mahsulotni sotuvdan olib tashlaganingizdan so'ng, bu haqda biznesni qo'llab-quvvatlash xizmati yoki shaxsiy menejerga yozing.

Kartadagi tavsif mahsulotga mos kelmaydi

Kartaning matn maydonlarida keltirilgan tavsif haqiqatga zid.

Mahsulotning matn tavsifidagi nomuvofiqlikni to'g'irlash kerak. O'zgartirishlar kiritilgandan so'ng, karta qayta moderatsiyaga yuboriladi va agar hamma narsa tartibda bo'lsa, 24 soat ichida faollashadi.

Yuridik shaxsning STIR raqami haqiqiy emas

Yuridik maʼlumotlar ko'rsatilmagan yoki notoʻgʻri kiritilgan.

"Tovarlarni blokdan chiqarish uchun siz yangi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorni ro'yxatdan o'tkazishingiz va bu haqda biznesni qo'llab-quvvatlash xizmati yoki shaxsiy menejerga xabar berishingiz kerak. Hujjatlaringiz tekshirilgandan so'ng, do'kon yangi shaxsiy kabinetga o'tkaziladi va karta blokdan chiqariladi.
Agar siz ro'yxatdan o'tishni rejalashtirmasangiz, ushbu mahsulotni ombordan to'liq olib ketishingiz kerak bo'ladi.
Ombordan tovarlarni qaytarish tartibi 7.5 Tovarlarni ombordan qaytarish bo'limida tavsiflangan.




Download 193.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling