Uzum Business qanday ishlaydi


Qadoqlashning umumiy qoidalari


Download 116.13 Kb.
bet21/41
Sana28.03.2023
Hajmi116.13 Kb.
#1303566
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
UZUM manuals website text

Qadoqlashning umumiy qoidalari:

  • Har bir mahsulot alohida qadoqqa ega.
    Mahsulot qadog'i va solingan idishi uning sotilish paytigacha u-bu kim ruxsatisiz tegishining oldini olish va tarkibini tashqi buzuvchi moddalar, chang va ifloslanishdan himoya qilish uchun mo'ljallangan. Agar mahsulot dastlab bizning talablarga javob beradigan zavod qadoqlariga ega bo'lsa, u holda qo'shimcha qadoqlash shart emas.

  • Mahsulot qadog'i tashish va saqlash vaqtida tovarlarning xavfsizligini ta'minlash uchun yetarlicha ishonchli.

  • Qadoqning o’ziga jalb qiluvchi tashqi ko’rinishga ega.
    Qadoq — bu xaridorning mahsulotni qabul qilgan zaxoti ko'radigan birinchi narsa. Qadoq idishi taassurotni buzmasligiga va iste'molchilarning do'koningiz haqidagi fikriga ijobiy ta'sir ko'rsatishiga ishonch hosil qiling.

  • Qadoq butun, tarkibga kirish imkoni yo'q va mahsulot shikastlanmagan.

  • Mahsulotning shtrix kodini qadoqni ochmasdan o’qish mumkin.

  • Mahsulot quti ichida osilib turmaydi: bo'sh joyni qog'oz yoki boshqa zichlashtiruvchi bilan to'ldiring.

  • Agar mahsulot to'plamdan iborat bo'lsa (masalan: chelak + pol uchun latta, futbolka + shorti, 10 juft paypoq), unda uning barcha qismlari bir qadoqqa o'ralgan bo'lib, ustiga bitta umumiy shtrix kod va "To'plam holida sotiladi" degan belgilar yopishtirilgan bo'lishi kerak. Agar mahsulotning har bir qismiga alohida shtrix-kodlar yopishtirilgan bo'lsa, u holda uning faqat bir qismigina xaridorga yetkaziladi.

  • Agar mahsulotingiz qadoqlash bo'yicha alohida talablarga ega bo'lsa (pastga qarang), u ushbu talablarga mos kelishi kerak.

Ayrim toifadagi tovarlar uchun qadoqlash talablari
Quyidagi mahsulotlar ruxsat etilgan qadoqlash turlari bo'yicha alohida talablarga ega. Buyumingiz to'g'ri qadoqlanganligini tekshiring. Agar mahsulot boshqacha qadoqlangan bo'lsa, uni to'g'ri qadoqlang.
* Mo'rt mahsulotlarga quyidagilar kiradi:

  • idish-tovoq, sopol pichoqlar, shisha va sopol qoliplar, ko'zgular, qandillar;

  • shisha va sopoldan yasalgan haykalchalar, vazalar, krujkalar, qadahlar;

  • shisha qopqoqlar;

  • shishadagi barcha suyuq mahsulotlar;

  • fotoramkalar, soatlar, individual qadoqlanmagan shishali rasmlar;

  • elektronika (masalan, telefonlar, smartfonlar, planshetlar, kommunikatorlar, registratorlar, navigatorlar, qattiq disklar, elektron kitoblar, raqamli foto ramkalar).

Download 116.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling