Uzum Business qanday ishlaydi


Download 116.13 Kb.
bet10/41
Sana28.03.2023
Hajmi116.13 Kb.
#1303566
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
UZUM manuals website text

Do'konning qisqa nomi. Bu maydon ichki omborni boshqarish uchun talab qilinadi va faqat bizga ko'rinadi. U bir marotaba yoziladi, keyinchalik bu maydondagi ma'lumotlarni tahrirlay olmaysiz.

  • Do'kon ta'rifi. Qisqacha, bir necha jumlada do'koningizni tasvirlab bering. Bu yerda siz kompaniyangizning afzalliklarini, mijozlarga munosabatini va brend falsafasini aks ettirishingiz mumkin.

    Shuningdek, joriy yuridik manzilni (faqat yuridik shaxslar uchun), kompaniyaning rasmiy elektron pochta manzilini va/yoki telefon raqamini ko'rsatish kerak.
    Taqiqlangan: odobsiz so'zlardan foydalanish, uchinchi tomon saytlariga havolalarni yozish, oflayn do'konlar manzillarini, shuningdek sharhlar, chegirmalar, naqd pullarni qaytarish va qaytarilgan mahsulotlar haqidagi ma'lumotlarni ko'rsatish (Uzum funksionallini chetlab o'tgan holda).
    #
    Do’kon dizayni
    "Dizayn" yorlig'ida siz do’kon avatari va muqovasini yuklashingiz mumkin.
    Do’kon avatari — bu do'konning asosiy sahifasida, shuningdek, mijozlar bilan suhbat chatida ko'rsatiladigan belgi. Eng yaxshisi, bu sizning do'koningiz faoliyatiga mos keladigan brend logotipi yoki boshqa mos tasvir bo'lgani ma’qul. Avatar kvadrat shaklda bo'lishi va boshqa kompaniya yoki brendga tegishli bo'lmasligi kerak.
    Do’kon muqovasi — bu sizning do'kon sahifangizda ko'rsatiladigan banner. Muqovaga har qanday aloqa ma'lumotlarini, do'konlarning jismoniy manzillarini, sharhlar, chegirmalar, naqd pullarni qaytarish, qaytarilgan mahsulotlar haqidagi ma'lumotlarni, shuningdek, odobsiz so'zlarni qo'shish taqiqlanadi. Muqova uchun kerakli banner o'lchami 1240x200 piksel.

    5. Mahsulot kartalarini yaratish
    Ushbu bo'lim sizga xatosiz mahsulot kartalarini yaratishga yordam beradi, ular moderatsiyadan oson o'tadi, qidiruv natijalarida yuqori pog’onalarda joylashadi va xaridor uni ko'rishidan to sotib olishigacha yuqori konversiyaga ega bo'ladi. Mahsulotingiz qanchalik tez sotila boshlashi va mashhur bo'lishi quyida keltirilgan talablarning bajarilishiga bog'liq.

    Download 116.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling