#
Xaridor mahsulot haqida salbiy sharh qoldirgan bo’lsa nima qilish kerak?
Mijozning roziligisiz biz sharhni shunchaki bloklay olmaymiz. Shuning uchun, salbiy sharh
olganingizdan so'ng birinchi navbatda xaridordan Uzum chatida siz bilan bog'lanishni so'rab, unga
javob berishdir. Agar mijoz aloqaga chiqsa, siz e'tirozlarni tinglash, vaziyatning sabablarini
tushuntirish va xaridorning yo'qotishlarini qoplash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Biz sharhni
bloklashimiz uchun, siz bizga Uzum mobil ilovasi chatida xaridor o'z sharhini o'chirib tashlashga
roziligini tasdiqlagan skrinshotlarni yuborishingiz kerak bo'ladi.
Agar xaridor aloqaga chiqmasa, siz biznesni qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz
mumkin. Moderatsiya paytida barcha salbiy sharhlar haqiqiyligini tasdiqlash va ularning paydo
bo'lish sabablarini aniqlash uchun ichki tekshiruvlardan o'tadi. Biznesni qo'llab-quvvatlash xodimi
sizdagi sharhning moderatsiya natijalarini ko'rib chiqadi va uni mijozlarni qo'llab-quvvatlash
xizmatiga yuboradi.
Mijozlarni qo’llab-quvvatlash xizmati xaridor bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’lanib, mahsulot sotib
olayotganda yuzaga kelgan noxush vaziyatni hal qilish bo’yicha Uzum chatida siz bilan
bog’lanishini so’raydi. Bunday holda ham, faqatgina siz bizga xaridor bilan suhbatda uning sharhini
olib tashlashga bildirgan roziligining skrinshotini taqdim qilsangiz, uni o'chirib tashlashimiz
mumkin.
Muhim: Agar sharh chop etilganiga 14 kundan ko'proq vaqt oʻtgan boʻlsa, uni bloklay
olmaymiz.
Sotuvchilar hamda do'konga aloqador shaxslar o'z mahsulotlariga sharhlar qoldirishi
taqiqlanadi. Mahsulot sifati haqida foydali fikr bildirish o'rniga tovar reytingini oshirish
maqsadida yaratilgan "qalbaki oshirish" sharhlarning turli sxemalari taqiqlanadi. Bunday
sharhlar o'chiriladi va sotuvchiga nisbatan esa jarima qo'llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |