Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi


Biz nohaq raqobatga qarshi faol kurashamiz va shubhali reytinglarni kuzatib boramiz


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/51
Sana16.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1510338
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51
Bog'liq
UZUM manuals website text (1)

Biz nohaq raqobatga qarshi faol kurashamiz va shubhali reytinglarni kuzatib boramiz, 
bunday sharhlarni tushuntirishsiz bloklash huquqini o'zimizda saqlab qolamiz. 
#
7.3 Xaridor bilan chat 
Xaridorning chat orqali sotuvchi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilishi, mahsulotga oid har qanday 
savolini berishi saytimizning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Xaridorlar sizdan tovarlarning 


xususiyatlari haqida so'rashlari yoki, deylik, keyingi yetkazib berish sanasini bilishlari mumkin. 
Shuningdek, siz bunday suhbat orqali o'rtacha chekni oshirish uchun foydalanishingiz mumkin, 
masalan, mijozga uni qiziqtirgan mahsulotga qo'shimcha ravishda yana biror narsa sotib olishni 
maslahat bergan holda. 
Tezkor javob mijozni do'koningizda ushlab qolishga yordam beradi - xaridor savollariga qanchalik 
tez javob bersangiz, xarid qilish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Endi chatlar mijoz ilovasida 
mavjud, ularni topish uchun siz quyidagi qadmlarni bajarishingiz kerak: 
1. Mijozlar ilovasi (Google Play, App Store) da tizimga kirish uchun siz shaxsiy kabinetingizga kirish 
uchun qo'llanadigan foydalanuvchi nomi va parolni tering; 
2. “Profil” bo’limidan “Mening chatlarim” bo’limiga o’ting. 
Ommaviy pochta jo'natmalari va spam yuborish uchun chatlardan foydalanish taqiqlanadi - ham 
mijozlar, ham sotuvchilar uchun. Bu qat'iy qoida bo'lib, uni buzganlik uchun hisobni bloklashimiz 
mumkin. 
#
 
Mijozlar bilan muloqot qilish bo'yicha umumiy tavsiyalar 
Kuchli raqobat sharoitida kompaniyaning muvaffaqiyati bevosita mijozlarga ko'rsatiladigan 
e'tiborga bog'liq. Xizmat sifati qanchalik yuqori bo'lsa, mijozlar shunchalik tez-tez do'koningizga 
qaytib keladi va takroriy xaridlarni amalga oshiradilar. Mijozlar bilan muloqot qilishda quyidagi 
qoidalarga rioya qilishni tavsiya etamiz: 
▪ chatda savollarga darhol javob bering, dastlabki 3 daqiqa ichida berilgan javob 80% xaridga 
aylanadi; 
▪ qolipli matnlarisiz xaridorga shaxsan murojaat qiling; 
▪ muloqotning ishbilarmonlik uslubini saqlashga harakat qiling - savodli, ixcham javoblar 
xaridorning nazarida tajribangizni oshiradi; 
▪ do'stona munosabatda bo'ling: xaridorga yaxshi kayfiyat va samimiy g'amxo'rlik bilan murojaat 
qiling, shunda u sizning do'oningizga xarid uchun albatta qaytib keladi; 
▪ ziddiyatli vaziyatda xaridor bilan bahslashmang - uning his-tuyg'ularini tushunishga va birgalikda 
baham ko'rishga harakat qiling, so'ngra yechim taklif qiling. 
Har bir sharh va chatdagi murojaat -- bu sizning bajarayotgan ishingiz haqidagi qimmatli fikr-
mulohaza manbai hisoblanadi. Kiruvchi ma'lumotlarni muntazam ravishda tahlil qilib, 
mahsulotingizni yaxshilashga harakat qiling. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling