Ushbu bo'limda biz tovar qaytarishlari va braklar bilan ishlash tartibini batafsil bayon qildik.
Saytimizda muvaffaqiyatli sotuvchi bo'lishni va sifatli xizmat ko'rsatishni istagan har bir kishi bu
yo'riqnomani bilishi kerak.
#
Xaridorning tovarni qaytarish sabablari
1. Xaridor tomonidan buyurtma qilingan mahsulot tavsifga mos kelmaydi.
2. Buyurtma to'liq emas, yoki to'liq jihozlanmagan holda yetkazib berilgan.
3. Mahsulot qadog'i g’ijimlangan, tashqi ko'rinishi buzilgan.
4. Mahsulot nuqsonli yoki buzilgan (ishlamaydi, shikastlangan).
5. Xaridor "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi qonunga muvofiq sotib olishdan
bosh tortadi. Unga ko'ra, sifatli tovar 10 kun ichida qaytarib berilishi mumkin. Sabab tariqasida
"yoqmadi" yoki "mos kelmadi" deb ko'rsatiladi.
Ohirgi holda, tovarlar omborga qaytariladi va qayta sotiladi. Dastlabki to'rt holda qaytarilgan tovarlar
brak toifasiga tushadi va alohida saqlanadi.
#
Brakli tovarlar bilan nima qilish kerak
Brakli buyumlar xaridor qaytarganidan keyin 30 kun ichida ombordan olib ketilishi kerak. Agar bu
vaqt ichida ularni olib chiqishga imkoningiz bo'lmagan bo'lsa, ofertaga ko'ra, bu utilizatsiya
qilishga rozilik deb hisoblanadi. Shuning uchun, tovar qaytarishlarini kuzatib borish va ularga o'z
vaqtida javob berishga harakat qiling. Shuni yodda tutingki, brakli mahsulotlarni yig'ish, tashish va
rasmiylashtirish uchun tayyorlash bir hafta vaqtni oladi. Tovarlarni ombordan olib chiqish haqida
to'liq ma'lumotni
bu erda
o'qing.
Agar sizga nuqsonli tovarlar kerak bo'lmasa va siz ularni olib ketishni xohlamasangiz, nuqsonlarni
yig'ish shaklini to'ldirgandan so'ng, brakni qayta ishlash uchun arizani to'ldiring va uni shaxsiy
kabinetingizning veb-saytidagi biznesni qo'llab-quvvatlash chatiga yuboring. Ariza shaklini
havoladan
yuklab olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: