3. Daromadlarni olish
#
3.1 Pul mablag'larini yechib olish
Sotuvchining shaxsiy kabinetidagi "Moliya" bo'limida mablag'larning to'rtta holati ko'rsatiladi:
• Pulni yechib olish mumkin (siz platformadan chiqarib olishingiz mumkin bo’lgan miqdor)
• Qayta ishlash jarayonida (chiqarilganidan keyin hali 10 kun o'tmagan buyurtmalar narxi)
• Qaytgan tovarlar (ishning butun davri davomida qaytarilgan va bekor qilingan buyurtmalarning
umumiy qiymati)
• Umumiy yechib olish miqdori (joriy oy va butun ish davri uchun)
Xaridor sizning do'koningizdagi buyurtma uchun to'laganida, pul "Qayta ishlash jarayonida"
holatiga o'tadi. Agar buyurtma berilganidan keyin yetti kun ichida xaridor tovarni qaytarib
bermasa, marketpleys komissiyasini olib qolgan holda tovarni sotish summasi "Pulni yechib olish
mumkin" holatiga o'tadi.
"Mablag'larni yechib olish" tugmasini bosish orqali siz pul mablag'larini yechib olmoqchi bo'lgan
do'konni tanlashingiz mumkin, shuningdek, qaysi hisob raqamga o’tkazilishini tanlashingiz
mumkin.
"Chiqarish" tugmasini bosgandan so'ng, pul tushumi bir ish kuni ichida amalga oshiriladi. Oferta
shartnomasiga ko’ra, kompaniya shaxsiy kabinetda pul mablag’larini yechib olish to’g’risida so’rov
berilgan paytdan boshlab pulni o’tkazish muddatini 14 kalendar kunigacha amalga oshirish
huquqini o’zida saqlab qoladi.
"Hisob-kitob hisobvaraqlari" ustunidagi "Shaxsiy ma'lumotlar" bo'limida pul mablag'larini chiqarib
olish uchun qo'shimcha hisob raqamini qo'shishingiz mumkin. Siz jami 5 ta hisob raqam
qo'shishingiz mumkin.
Agar qaytarib berish sababi mahsulotdagi nuqson bo'lmagan bo'lsa, tovar qaytarilish paytidan o'n
kun ichida mablag'lar xaridorning kartasiga qaytib tushadi va mahsulot tez orada yana sotuvga
chiqariladi (batafsil ma'lumot uchun
7.4-bo'limga
qarang). .
#
Do'stlaringiz bilan baham: |