Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi


 Hujjatlarni yuklash va ma'lumotlarni to'ldirish


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/51
Sana16.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1510338
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Bog'liq
UZUM manuals website text (1)

4.2 Hujjatlarni yuklash va ma'lumotlarni to'ldirish 
Shaxsiy kabinetingizni ro'yxatdan o'tkazgandan so'ng, "Shaxsiy ma'lumotlar" bo'limidagi barcha 
maydonlarni to'ldiring va kerakli hujjatlarni yuklang. 
Agar siz quyidagilardan biri bo’lsangiz, bizning hamkorimiz bo'lishingiz mumkin: 

Yakka tartibdagi tadbirkor (YTT); 

MChJ yoki boshqa yuridik shaxs. 
Shundan so'ng, yuridik shaklni faqat hisobni o'chirish orqali o'zgartirish mumkin bo'ladi, shuning 
uchun ushbu bosqichda e’tiborli bo'ling. 
Bizning munosabatlar tizimimizda bir nechta rollar mavjud: 
1. Do'kon menejeri platforma bilan ishlash uchun mas'ul bo'lgan aloqa shaxsidir. YTT yoki bosh 
direktor bilan mos kelishi mumkin: bu holda do'kon menejeri va tashkilot rahbari bir shaxs 
bo'ladi. 
2. Yakka tartibdagi tadbirkor, MChJ yoki tovarlarni sotish bilan shug'ullanish huquqiga ega 
bo'lgan boshqa yuridik shaxs. 
3. Xodim - shaxsiy kabinetga kirish huquqiga ega bo'lgan foydalanuvchi, uning funksiyasi 
do'kon menejeri tomonidan tayinlanadi. 


Shaxsiy kabinetingiizdagi barcha ma'lumotlarni to'ldirgandan so'ng, bizni 
elektron soliq xizmatlari 
veb-saytidagi komissionerlar a'zolari ro'yxatiga qo'shishingiz kerak. 
Buni qanday amalga oshirish haqida batafsil ma'lumot oling: 
1. 
Elektron soliq xizmatlari 
veb-saytida shaxsiy kabinetingizga kiring; 
2. Xizmatlar ro'yxatida "Tashkilot / yakka tartibdagi tadbirkorning komissionerlari ro'yxatini 
shakllantirish" variantini tanlang; 
3. "Qo'shish" tugmasini bosing; 
4. Ochilgan oynada tegishli maydonlarga kiriting: 
– Yuridik shaxsning STIR yoki Yakka tartibdagi tadbirkorning PINFL raqami — 309376127 
– tashkilot-komissioner nomi — OOO Zenit Tehnologii 
– komissiya shartnomasining raqami (uni shaxsiy kabinetning yuqori o'ng burchakdagi "Shaxsiy 
ma'lumotlar" bo'limida ko'rishingiz mumkin) 
– MFI — 00974 
– hisob raqami — 20208000005504983001 
– shartnoma tuzilgan sana (
yangi hamkorlarni qo'llab-quvvatlash menejeridan 
so’rang

– shartnomaning boshlanish sanasi (shartnoma tuzilgan sana bilan bir xil) 
– shartnomaning amal qilish muddati — 31.12.2025 
— "Komitent" maydonini bo'sh qoldiring 
5. "Qo'shish" tugmasini bosing. 
Tayyor! 
Shundan so'ng, 
yangi hamkorlarni qo'llab-quvvatlash uchun menejeriga
elektron pochta manzilini 
va hisob qaydnomasi ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxsning nomini yozing. 2 kun ichida 
maʼlumotlaringizni tekshirib chiqamiz va shaxsiy kabinetingizni faollashtiramiz. Bu o’z navbatida, 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling