Uzum marketpleysi bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar Uzum Business qanday ishlaydi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/51
Sana16.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1510338
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
Bog'liq
UZUM manuals website text (1)

 
Do’kon dizayni 
"Dizayn" yorlig'ida siz do’kon avatari va muqovasini yuklashingiz mumkin. 
Do’kon avatari — 
bu do'konning asosiy sahifasida, shuningdek, mijozlar bilan suhbat chatida 
ko'rsatiladigan belgi
. Eng yaxshisi, b
u sizning do'koningiz faoliyatiga mos keladigan brend logotipi yoki 
boshqa mos tasvir bo'lgani ma’qul.
Avatar kvadrat shaklda bo'lishi va boshqa kompaniya yoki brendga 
tegishli bo'lmasligi kerak. 
 Do’kon muqovasi — bu sizning do'kon sahifangizda ko'rsatiladigan banner. Muqovaga har 
qanday aloqa ma'lumotlarini, do'konlarning jismoniy manzillarini, sharhlar, chegirmalar, naqd 
pullarni qaytarish, qaytarilgan mahsulotlar haqidagi ma'lumotlarni, shuningdek, odobsiz so'zlarni 
qo'shish taqiqlanadi. Muqova uchun kerakli banner o'lchami 1240x200 piksel. 


5. Mahsulot kartalarini yaratish 
Ushbu bo'lim sizga xatosiz mahsulot kartalarini yaratishga yordam beradi, ular moderatsiyadan 
oson o'tadi, qidiruv natijalarida yuqori pog’onalarda joylashadi va xaridor uni ko'rishidan to sotib 
olishigacha yuqori konversiyaga ega bo'ladi. Mahsulotingiz qanchalik tez sotila boshlashi va 
mashhur bo'lishi quyida keltirilgan talablarning bajarilishiga bog'liq. 
Nima uchun ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqish va mahsulot kartasini to'ldirish, 
istisnosiz barcha qoidalarga rioya qilish kerak? 

Mahsulot kartangiz xatosiz yaratilishi va natijada siz hisob-fakturani shakllantira olishingiz 
uchun. Shuningdek, mahsulot moderatsiyadan o'tishi va kelajakda xatoliklar sababli 
bloklanmasligi uchun. 

Katalogda mahsulot yuqoriroq mavqega ega bo'lishi uchun. 

Mijozlarga qidiruv natijalarida sizning mahsulotingizni topishni osonlashtirish uchun. 

Kartani ko'rishdan sotib olishga o'tish hollarini ko'paytirish uchun. 

Mahsulotingiz aktsiyalarda ishtirok etishi va avtomatik kolleksiyalarga tushishi uchun - 
qoidabuzarliklari mavjud bo'lgan kartalar ishtirok etishi mumkin emas. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling