Uzumchilikda xosildorlik ko‘rsatkichlariga omillar ta’sirining ekonometrik tahlili U. O‘. Toshbotirov


Download 227 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi227 Kb.
#1508395
  1   2   3   4
Bog'liq
Toshbotirov Ulug\'bek talaba


Uzumchilikda xosildorlik ko‘rsatkichlariga omillar ta’sirining ekonometrik tahlili
U.O‘.Toshbotirov*
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali 2-bosqich magistratura talabasi
*e-mail: maxnet.ut@gmail.com


Annotatsiya:Ushbu ilmiy tadqiqot ishida uzumchilikda xosildorlik ko‘rsatgichlariga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar (kredit), uzum ekilgan maydon va uzum yetishtirishda band bo‘lganlar soni (mehnat resurslari) omillarning ta’siri ekonometrik modellar asosida tahlil qilindi. Tahlil O‘zbekistonning 2016-2022 yillar ma’lumotlariga asoslangan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy saytidagi statistik ma’lumotlariga asoslanib tahlil materiallari sifatida olindi. Bundan tashqari Respublikamizda uzumchilik samaradorligiga omillar ta’siri ARIMA modelidan foydalanilib o‘rganilgan.
Abstract:In this scientific study, based on econometric models, the impact of financial resources (credit), vineyard area and the number of people employed in viticulture (labor) on productivity indicators in viticulture is analyzed. The analysis is based on Uzbekistan data for 2016-2022. As a material for analysis, statistical material was taken from the official website of the Ministry of Agriculture of the Republic of Uzbekistan. In addition, the influence of factors on the efficiency of viticulture in our republic was studied using the ARIMA model.
Kalit so‘zlar: Uzumchilik samaradorligi, ajratilgan moliyaviy mablag‘lar (kredit), Qishloq xo‘jaligi vazirligi, uzum ekilgan maydon, uzum yetishtirishda band bo‘lganlar soni (mehnat resurslari), ekonometrik tahlil, ARIMA modeli.
Keywords: Efficiency of viticulture, allocated financial resources (loan), Ministry of Agriculture, areas under grapes, number of people employed in viticulture (labor), econometric analysis, ARIMA model
Kirish:O‘zbekiston O‘rta Osiyo hududining markaziy qismida, 37010/ - 45035/ shimoliy kenglik va 56000/-73010/ sharqiy kenglikda, yoki Yevropaning Italiya davlati bilan bir xil geografik kenglikda joylashgan, umumiy maydonning 70 foizini tekisliklar, sharqda esa baland g‘arbiy Tyan-shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari egallagan. Respublikamiz iqlimi keskin kontinental temperaturaning yuqori tebranishiga asoslangan yozda juda issiq, qishda sovuq. Mamlakatimizning geografik joylashuvi, iqlim sharoiti, quyoshning faol harorat yig‘indisi 4000-5000 gradusni tashkil qilganligi, hosildor sug‘oriladigan yerlari va shuni alohida aytish kerak, o‘ziga xos tog‘ va tog‘oldi hududlari sanoat miqyosidagi uzumchilikni rivojlantirishga zamin yaratgan. Xozirgi kunda qishloq xo‘jalik korxonalari tasarrufida jami 75 ming gektar uzum bo‘ladigan bo‘lsa, shuning 87 foizini xo‘raki va kishmishbop uzumlar maydoni tashkil qiladi. Sanoatbop uzumlar maydoni 11-12 ming gektarni, yoki tokzorlar umumiy maydonining 13 foizini, shundan qimmatbaho uzum navlari 4-5 foizni tashkil qiladi. Keyingi yillarda sanoat uzumchiligini rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturlarning ijobiy natijasida 2018 yil yakuni bilan qariyb ikki ming gektar maydonda sanoatbop navli, 2019 yilning bahor mavsumida 1300 gektar maydonda tokzorlar barpo qilindi. Sifatli uzum hom-ashyosini yetkazib berish, dunyoga mashxur uzum navlarini ko‘paytirish va eksportga tayyor “O‘zbek brendi” ostida vinochilik mahsulotlarini yetkazib berilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2019-2021 yillarda jami 23400 gektar maydonda sanoatbop navli tokzorlar barpo qilinishi rejalashtirilgan. Shundan 2019 yilda 8290 gektar, 2020 yilda 8840 gektar hamda 2021 yilda 6270 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo qilishning manzilli dasturi ishlab chiqildi. Tokzorlarimizdan yuqori hosil yetishtirishda zamonaviy sug‘orish texnologiyalarni, ya’ni tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etishga katta e’tibor berilmoqda. 2022 yilda 100,5 ming tonna, 2023 yildan 162,4 ming tonna mahsuloti yetishtirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib 206,3 ming tonna sifatli uzum mahsuloti yetishtirilib, qayta ishlash korxonalarining to‘la quvvat bilan ishlashiga erishiladi.


Download 227 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling