Узун туман 18- умумий ўрта таълим мактаб


Uzun tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli


Download 23.08 Kb.
bet2/2
Sana14.01.2023
Hajmi23.08 Kb.
#1092958
1   2
Bog'liq
buyruq консепсия.

Uzun tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli
18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
BUYRUG‘I № ____

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 558 -son qarori “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish” to‘g‘risidagi konsepsiyasi ijrosini maktabda ta’minlash to‘g‘risida

Maktabda ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarning intellektual salohiyati, dunyokarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan avlodni tarbiyalash jamiyatda sog‘lom ma’naviy muxitni ta’minlashda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchi yoshlarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, maktabda o‘quv tarbiya jarayonining sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda maktabning 2022-2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini ishlab chiqib uni ijrosinita’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. Maktab jamoasini,o‘qituvchi va o‘quvchilarni va ota onalarni O‘zbekiston Respublikasiiiig Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 558 -son qaroriUmumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish” to‘g‘risidagi konsepsiyasi bilan tanishtirish.

2. Kuyidagi asosiy yunalishlarni nazarda tutuvchi”Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi” bilan 3 kun muddatda barcha o‘qituvchi va o‘quvchilar tanishtirib chiqilsin va ota onalarga xam etkazilsin




3.Ushbu konsepsiyaga muvofiq belgilab qo‘yilsinki;
-maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga ko‘tarish;
-maktab o‘quvchilarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, xalkimizning ma’naviy kudrati va milliy kadriyatlarini asrab-avaylash, ularga nisbatan faxr tuygusini rivojlantirish;
-o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida ma’naviy immunitetni mustaxkamlash maksadida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chukur o‘rganish, harbiy vatanparvarlik xamda buyuk ajdodlar jasoratini targ‘ib etish, o‘rganish, ularning sharafli faoliyatini doimiy xarakatdagi hayotiy dasturga aylantirish;
-uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya asoslarini kuchaytirish, Vatan taraqqiyotiga bekiyos xissa kushib kelayotgan zamonamiz kaxramonlarining hayoti va faoliyatini ibrat timsoli sifatida yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib kilish;
-o‘quvchilarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umuminsoniy kadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida maktab, maxalla va oila xamkorligini mustaxkamlash.

4.Maktab ta’limini umummilliy xarakatga aylantirish, o‘quvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, buyuk ajdodlar jasorati hamda xarbiy vatanparvarlik, maktab, mahalla va oila xamkorligini mustaxkamlash yo‘nalishlarida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasiii amalga oshirish yuzasidan “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilsin va tasdiklansin.(1-ilova)

5. Maktabda Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi”ni amalga oshirish va uni doimiy nazorat qilish yuzasidan ishchi guruxi tuzilsin va tasdiqlansin.
(2-ilova)

6.Maktabda tegishli idoralar va maxalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari bilan birgalikda Konsepsiya va “Yul xaritasi”da belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshrilishini ta’minlasin.

7.Ushbu bo‘yruqning bajarilishini nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.



Maktab direktori: N Mirzayev

Узун туман 18- умумий ўрта таълим мактаб


БЎЙРУҒИ №
2022 –йил 19-ноябр Қўрғон қишлоғи

Асос: Халқ таълим вазирлигининг 2020 йил 31 - январдаги 27-сон бўйруғининг ижросини амалга татбиқ этиш :


2022-2023- ўқув йилида Халқ таълим вазирлигининг 2020 -йил 31-январдаги 27-сонли бўйруғининг ижросини таъминлаш,ҳамда мактабда навбатчиликни ташкил этиш мақсадида


БУЮРАМАН:

1.Ўзбекистон Республикаси Халқ таълим вазирлигининг 2020 йил 31- январдаги 27-сонли бўйруғи маълумот ва ижро учун қабул қилинсин.


2.Мактабда Ўзбекистон Республикаси Халқ таълим вазирлигининг 2020 йил 31- январдаги 27-сонли бўйруғи ,ҳамда мактаб директори ҳузуридаги йиғилиш ва мактаб педагогика жамоасининг 19 ноябр 2022 йилдаги умумий йиғилишида белгиланган вазифалар асосида мактабда навбатчилик ташкил этилсин.
3. Мактабнинг ЎТИБДЎ А Ёқубов,Ғ Содиқовга:
- барча ўқитувчиларнинг белгиланган юкламаси асосида навбатчилик ва халқ таълим вазирлигининг ўқитувчи зиммасига белгиланган вазифалари асосида бажарилишини назорат қилиш вазифаси ;
4.Мактабнинг ММИБДЎ ларига:
- Ўқитувчиларнинг педагогик юкламаси асосида 2022-2023 ўқув йили учун навбатчилик жадвалини ишлаб чиқиш вазифаси юклатилсин.
-навбатчилик тузишда ўқитувчиларнинг вазифалари ва белгиланган жойлари аниқ қилиб кўрсатиш вазифаси юклатилсин.
5. Мактаб КУК раиси Р Маллаевга.
- Мактаб педагогик жамоасининг ҳуқуқ ва эркинликларини кафолатлаш ва белгиланган педагогик юкламалардан ортиқча вазифалар юкламаслиги,ҳамда мактаб педагогик жамоасини тузишда вазифалар тақсимоти мактабнинг 2022- йил 31-январдаги умумий йиғилишида келишиб олиш вазифаси юклатилсин.
6. Мактаб педагогик жамоасининг 2022-йил 31 январдаги умумий йиғилиш белгиланган вазифаларни бажаришида ,ҳамда мактаб жамоа шартномасида келишган вазифаларни бажармаслик ҳолатларида мактаб жамоасида кўрсатилган ва қонунчилик асосида белгиланган тартибда чора кўрилиши ҳақида огоҳлантириш вазифаси мактаб директори ва мактаб КУК раиси томонидан огоҳлантириш бериш вазифаси юклатилсин.
7. Ушбу бўйруқнинг ижросини назорат қилиш ва таъминлаш мактаб КУК раиси ва мактаб директори зиммасига юклатилсин.


Мактаб директори: Қ . Халилов.
Download 23.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling