V- mavzu. Korxona


Aylanma mablag’lardan oqilona foydalanish


Download 28.11 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi28.11 Kb.
#1523010
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MAVZU KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI

5.2. Aylanma mablag’lardan oqilona foydalanish
Xomashyo, yoqilg‘i, energetika resurslari, ya’ni aylanma fondlarning oqilona foydalanilishi natijasida katta samara olish borasida faqat texnikaviy omillargina katta o’rin tutmasdan, ijtimoiy-iqtisodiy omillar xam yetarli rol о‘ynaydi.
Aylanma fondlardan samarali foydalanishda xо‘jalik mexanizmining axamiyati katta. Xususan bunga, xо‘jalik mexanizmining rejalashtirish, baholash, moliyalash, kreditlash, xujalik hisobini yuritish, boshkarish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish kabi elementlari ham ta’sir kо‘rsatadi. Aylanma fondlardan oqilona foydalanish uchun rakobatni joriy etish kerak. Rakobat esa, mahsulotni eng sifatli, eng arzon va kо‘plab ishlab chika­rish vositasidir. Rakobat bо‘lishi uchun bir xil mahsulotni ishlab chikaradigan korxonalar soni kо‘p bо‘lishi kerak.
Aylanma fondlardan rejali foydalanishni tashkil qilishda ularning ayrim turlarini maxsulot birligiga sarf etishni ilmiy asosda normallashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu ishni bajarish ishlab chikarish xarajatlarini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelligini oshirish, mod­diy texnika ta’minotini tashkil etish, texnika va texnologiyalarni takomillashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Barcha normalar ilmiy jixatdan asoslangan va uz xususiyatlari bо‘yicha davr talabiga javob beradigan bо‘lishlar zarur.
Moddiy resurslarni sarflash normalari turlicha bо‘lishi mumkin:
1. Foydalanish muddatiga kо‘ra normalar: a) istiqbolli; b) yillik va operativ normalar.
2. Qо‘llanish miqyosi bо‘yicha normalar ikki xil: shaxsiy normalar va rasmiylashgan normalar.
Z. Normallashtirilayotgan mablag‘ning detallashtirilish darajasi tayyor maxsulot yoki uning ayrim qismlari buyicha ajratilishi mumkin.
4. Materiallarni detallashtirilish bо‘yicha yig‘ma normalar, material sarfi bо‘yicha yiriklashgan normalar bо‘lishi mumkin.
Moddiy resurslarni tо‘g‘ri, okilona sarflashni normallashtirish uchun ularning tarkibini belgilash katta ahamiyatga ega.
Normalar tarkibida quyidagilar e’tiborga olinadi:
- maxsulot birligiga sarflanadigan foydali xomashyo va materialning mikdori.
- zaruriy texnik chiqindi va boshkalar.
Normalar tajriba, laboratoriya, texnikaviy, analitik, statistik usullar bilan tuziladi.
Sanoat korxonalarida aylanma mablag’larni moliyalashtirish manbai ikkiga ajratiladi:
1. o’ziniki
2. qarz
Har bir korxona iloji boricha o’z mablag’lari hisobidan xo’jalik yuritishga harakat qilishi zarur. Qarz uchun foiz to’lash kerak, bu korxona foydasini kamaytiradi.
Korxona tashkil qilingan vaqtda uning ustav fondi hisobidan aylanma mablag’lar sotib olinadi. So’ngra shuni hisobidan tayyor mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi. Kapitalning doiraviy aylanishi tufayli o’z-o’zini moliyalash davom etaveradi.
Aylanma mablag’larni moliyalashning quyidagi manba‘lari mavjud:
1) Ustav fondi;
2) Barqaror passivlar;
3) Qarzga tovar olish;
4) Kredit olish va boshqa kreditlar.
Barqaror passivlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) ish haqi boyicha korxona qarzi;
b) kelgusi davr uchun qilinadigan xarajatlar;
v) mol beruvchi tashkilotlar;
g) byudjetga to’lovlar;
d) qarzga tovar xarid qilish va boshqalar.
Bank krediti hisobiga aylanma vositalarni sotib olish.
Korxonaning maxsus fondlarining mablag’laridan foydalanish.
Taqsimlanmagan foydadan foydalanish va boshqalar.
Tijorat krediti hisobiga aylanma mablag’larni barpo etish.
Pulning qadrsizlanishi kredit munosabatlariga salbiy ta‘sir etadi, bankka kredit uchun to’lanadigan foiz stavkasi ortib ketadi.
Bunday sharoitda korxonalar uchun ichki manbalar hisobiga aylanma mablag’lar zahiralarni barpo etish muhim rol oynaydi, chunki qarz uchun yuqori foiz to’lash lozim bo’ladi.
Aylanma mablag’lar tarkibida xom-ashyo, materiallar va boshqa moddiy boyliklarning hissasi 50 foizdan ortiq bo’ladi, oziq-ovqat sanoati korxonalarda 80 foiz bo’ladi. Shu sababdan ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun eng kam aylanma mablag’lar bilan ish yuritish katta ahamiyatga ega.
Aylanma mablag’larni korxonada saqlash uchun katta xarajatlar qilishga, soliq to’lashga, kredit uchun foiz to’lashga, kapital sarflashga to’g’ri keladi. Bunda mol beruvchilar bilan yaxshi aloqa qilishga, ular bilan barqaror ishlashga to’g’ri keladi. Aylanma mablag’larning sifati ham katta rol oynaydi. Aylanma mablag’larning qiymati va bahosiga ham e‘tibor berish lozim bo’ladi.
Korxona aylanma mablag’larning katta zahirasini hosil qilishda quyidagilar hisobga olinadi:
Bunda katta xarajatlar qilinadi... . Ta‘minot bo’limida xodimlar kerakli miqdordagi zahirani hisoblashlari va hujjatlashtirishlari lozim bo’ladi.
Joriy zahiralarni joylashtirish va saqlash ham katta xarajat talab qiladi. Saqlash sharoitlarini yaratish (harorat, namlik, sanitariya holati), qo’riqlash xizmatidan foydalanish, mas‘ul shaxsga maosh to’lashni shular jumlasiga kiritish mumkin. Agar korxona ushbu zahiralarni bank krediti hisobiga yaratgan bo’lsa, foiz xarajatlarini ham e‘tiborga olish kerak... .
Korxona to’xtovsiz ishlab chiqarishni davom ettiradi, buning uchun bir necha turdagi materiallar, yoqilg’i, mineral o’g’itlar, urug’liklar va boshqalar kerak, ularni yil davomida sotib olish, tashib kelish va saqlash zarur bo’ladi. Shu sababdan korxona aylanma mablag’lar zahirasini tashkil qilish uchun eng kam xarajatlar qilishga harakat qilishi lozim.



Download 28.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling