V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
Bilimingizni sinang!
9. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qachon qabul qilingan va uning mohiyati nimadan iborat? 10. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosida inson huquqlari bo‘yicha qanday hujjatlar ishlab chiqilgan? 11. Inson huquqlari bo‘yicha qanday hujjatlar Yevropa Ken- gashida yetakchi hisoblanadi? 12. Yevropa komissiyasi va Yevropa sudi nima maqsadda tu- zilgan? 13. O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari va erkin- liklari bo‘yicha ichki davlat mexanizmi bo‘g‘inlarini sa- nab o‘ting. 14. O‘zbekiston Respublikasidagi inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qanday qo‘shimcha milliy muassasalarni bilasiz? 15. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qanday huquq va majburiyatlarga ega? 28 II-BO‘LIM. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ ASOSLARI 6-§. DAVLATDA QONUNNING USTUVORLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI — MAMLAKATNING ASOSIY QONUNI Konstitutsiya har bir davlatning asosiy qonuni hisoblanadi. Uning norma- lari nafaqat davlat qurilishi, davlat hukumati va boshqaruvini tashkil qilish ta- moyillarini, shu bilan birga ijtimoiy hayot normalarini ham tartibga soladi. Konstitutsiyada mustahkamlangan qoidalar yuridik asosni hosil qila- di, unga tayangan holda huquqning boshqa barcha tarmoqlari — fuqarolik, moliyaviy, jinoiy, mehnat va boshqalarning normalari yaratiladi. Barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar (qonunlar, farmonlar, qarorlar va hokazolar) Konstitutsiyaga asoslanadi. U barcha qonun hujjatlarining asosiy manbayi hisoblanadi. 29 1-topshiriq. Siz kun bo‘yi qonun bilan necha marta yuzma-yuz bo‘lishingizni kuzatib ko‘ring. Keyin har bir qonunning ta’sirini muhokama qiling. Ular har biringiz uchun qanchalik foydali ekanini tushuntirib bering. 2-topshiriq. «Quyon» bo‘lib (chiptasiz) ketayotgan yo‘lovchini, bi- ror- bir kishini kaltaklagan bezorini yoki svetoforning yo- nib- o‘chishlariga e’tibor bermasdan borayotgan haydovchini tasavvur qiling. Sanab o‘tilgan vaziyatlarning hammasida ki- shilar turlicha harakat qiladi, lekin ularning hammasi muayyan huquqiy oqibatlar bilan bog‘liq. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling