V. А. Kostetskiy


Yuqoridagi holatlardagi huquqbuzarlarni qanday


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

Yuqoridagi holatlardagi huquqbuzarlarni qanday 
huquqiy oqibatlar kutishini aniqlang. 
Konstitutsiyada barcha joriy qonunlar uchun asosni tashkil qiladigan 
g‘oyalar va nizomlar mustahkamlangan. Har bir davlatning huquqiy tizimida 
Konstitutsiyaning ustuvorligi aynan shu bilan belgilanadi. 
Konstitutsiyaning yetakchi o‘rni shunda ham ko‘rinadiki, mazkur davlatning 
fuqarolari bilan birga davlat va uning organlari ham unga amal qilishga majbur. 
Huquq va davlatning aynan shunday mutanosibligida jamiyatda Konstitutsiya va 
qonunlarning amaliy ijrosi ta’minlanadi. 
Inson butun hayoti davomida qonunga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Kishi sa- 
molyotda uchganda, uy sotib olganda, mashina haydaganda, uylanganda, o‘qi- 
ganda yoki ishlaganda — shu singari hamma hollarda u yoki bu qonunlarga 
ishi tushadi. 
Huquq — davlat tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilina- 
digan barcha uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarining 
tizimi. 


30 
3-topshiriq. 
16. Nima deb o‘ylaysiz, o‘zbek xalq maqollari va huquqiy nor- 
malar orasida qanday bog‘liqlik mavjud? 
 «Birovga choh qazima, o‘zing tusharsan». 
 «Zo‘ravonlik — oxiri vayronlik». 
 «Inson o‘zi boshiga balo keltirar». 
 «Och qornim, tinch qulog‘im». 
 «O‘z baxtim o‘z qo‘limda». 
 «To‘qlikka sho‘xlik». 
 «Xo‘rlik o‘limdan yomon». 
 «O‘g‘ri o‘g‘irlab yo‘lga tushar, 
Oxiri borib qo‘lga tushar». 
 «Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga, 
Yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga». 
17. Barcha ijtimoiy me’yorlar uchun qanday belgi umumiy belgi 
hisoblanadi? Huquq kishilarning xatti-harakatiga qay tarzda 
ta’sir ko‘rsatadi? 
Bilimingizni sinang! 
1. Huquq tushunchasiga ta’rif bering. 
2. Huquq me’yorlari odamlar orasida umumqabul qilingan qan- 
day munosabatlarni tartibga soladi? 
3. Umuminsoniy qadriyatlar va o‘zaro munosabatlar me’yorlari 
huquqda qanday aks ettiriladi va mustahkamlanadi? 
4. Nima uchun huquq insonni o‘z erkinliklarini cheklashga maj- 
burlaydi? 
5. «Huquqiy davlat» tushunchasiga ta’rif bering. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling