V. А. Kostetskiy


tahrirlovchi: Doniyorbek Isoqov Stanford Huquq


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

tahrirlovchi: Doniyorbek Isoqov Stanford Huquq 
Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonun hujjatlariga 
binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxs- 
ga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka
davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ay- 
rihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etil- 
gan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.. 
Ma’muriy majburlash — ma’muriy hokimiyatni 
amalga oshirish bo‘yicha maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan 
ijro organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan tashkiliy
jismoniy va ruhiy ta’sir o‘tkazish. Ta’sir o‘tkazish huquqiy 
ko‘rsatmalarning ijro etilishini ta’minlash maqsadida amalga 
oshiriladi. Ma’muriy majburlash nafaqat alohida shaxslarga, 
balki tashkilotlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. 


49 
Ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u 
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya 
etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek 
ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar 
tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini 
olish maqsadida qo‘llaniladi. 
7- 
§. MA’MURIY JAZO VA UNING TURLARI
 
 
MA’MURIY JAZONI ANIQLASHNING HUQUQIY ASOSLARI 
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo 
choralari qo‘llanilishi mumkin: 
1) jarima; 
2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita 
shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish; 
3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita 
shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish; 
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini 
boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; 
5) ma’muriy qamoqqa olish; 
6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston 
Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish. 
Ushbu modda birinchi qismining 2-6-bandlarida sanab o‘tilgan ma’mu- 
riy jazo choralari faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi 
mumkin. 
Ma’muriy qamoqqa olish 3 sutkadan 15 sutkagacha muddatga, favqulodda 
holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o‘ttiz 
sutkagacha muddatga qo‘llaniladi va sudya tomonidan tayinlanadi. 



Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling