V. А. Kostetskiy


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI 
FUQAROLIK HUQUQINING ASOSI 
O‘zbekistonda fuqarolar huquq munosabatlarini davlatning Asosiy qonuni 
— Konstitutsiya, shuningdek 1997-yil 1-martdan amalga kiritilgan O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi tartibga soladi. 
Biz har kuni turli xil mulkiy tusdagi huquq munosabatlariga kirishamiz: 
do‘konlarda xarid qilamiz, sovg‘alar olamiz, jamoat transportida yuramiz va 
hokazo. Ijtimoiy munosabatlarning mazkur barcha toifalarini tovar-pul shakli 
birlashtiradi: biz tovar yoki xizmat uchun qanchadir pul to‘laymiz. Bunday ijti- 
moiy munosabatlar fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi. 


54 
Huquq tarixidan 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi O‘zbekis- 
ton Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi va 1996-yil 29-
avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respub- 
likasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi Qarori bilan 
amalga joriy etilgan. 6 bo‘lim, 71 bob va 1199 moddadan ibo- 
rat. Hozirgi paytga qadar ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi manbalariga 
quyidagilar kiradi: 
— Konstitutsiya; 
Fuqarolik kodeksi
— amaldagi qonunlar; 
— qonun kuchiga ega hujjatlar (Prezident Farmonlari, Oliy Majlis qaror- 
lari, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari, mahalliy hokimiyat hujjatlari); 
— O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari; 
— ish muomalasi rasm-rusumlari (qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlar); 
— mahalliy odat va an’analar. 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK KODEKSI 
Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining 
huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual 
faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ular- 
ni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga maj- 
buriyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomul- 
kiy munosabatlarni tartibga soladi. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling