56
Qonunda belgilanadi:
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida
yoki operativ boshqaru-
vida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari
yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan
mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan
va
ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladi-
gan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot
yuri-
dik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lish-
lari kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,
39-modda.
Jamoa subyektlariga yuridik shaxslar kiradi. O‘zbekiston
Respublikasi
Fuqarolik kodeksida yuridik shaxslarning ikki turi qayd etilgan:
— foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan tijoratchi
tashkilotlar (to‘liq va kommandit shirkatlar, cheklangan va qo‘shimcha
mas’uliyatli
jamiyatlar, aksiyadorlik jamiyatlari,
unitar korxonalar va
boshqalar);
— foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan notijo-
rat tashkilotlar (matlubot
kooperativlari, jamoat birlashmalari, fondlar,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari va boshqalar).
Fuqarolik huquqi subyekti sifatida davlat huquqiy munosabatlarning bosh-
qa ishtirokchilari bilan bir хil asoslarda ish ko‘radi. Bunda,
umumiy qoidaga
muvofiq, davlat va u tashkil etgan yuridik shaxslar bir-birlarining majburiyatla-
ri bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.
57
HUQUQIY LAYOQAT VA MUOMALA LAYOQATI
Huquqiy munosabatlar subyekti bo‘lish uchun
shaxslar huquqiy layoqat
yoki muomala layoqatiga ega bo‘lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: