V. А. Kostetskiy
— Davlat va huquq asoslari, 10-sinf 65
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
3 — Davlat va huquq asoslari, 10-sinf
65 66 Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 353-modda. 11- §. FUQAROLIK-HUQUQIY SHARTNOMALAR SHARTLARI FUQAROLIK-HUQUQIY SHARTNOMALARNI TUZISHNING ASOSIY SHARTLARI Fuqarolik-huquqiy shartnomalar hayotimizning barcha sohalarida, shu jumladan davlatlararo munosabatlarda ham keng qo‘llaniladi. Chunonchi, fuqa- rolar huquq munosabatlarini tartibga solishda shartnomalar asos bo‘lib xizmat qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar ularning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Shartnoma ishtirokchilar o‘rtasida har xil munosabatlar o‘rnatilishining samarali shakli hisoblanadi. U taraflar o‘zaro munosabatlari xususiyatlarini hi- sobga olish, har birining manfaatlarini kelishtirish imkonini beradi, shuningdek ishtirokchilarga yuridik kafolatlar taqdim etadi. 67 Fuqarolik-huquqiy shartnomaning asosiy belgilari: — shartnoma ixtiyoriy asosda tuziladi; — shartnoma taraflari ikki yoki undan ortiq shaxs bo‘lishi mumkin; — shartnomalarda taraflarning bir-biriga nisbatan huquqlari va burchlari vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor qilinishi qayd etiladi; — taraflar taklif etgan barcha shartlar bo‘yicha kelishilganidan keyin shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Taraflar shartnoma tuzilishi uchun barcha asosiy shartlarni o‘z ichiga olgan takliflarni kiritadi. Odatda oferta (lotincha offertus — taklif qilingan) muayyan shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Noaniq shaxslar doirasiga yo‘naltirilgan oferta om- maviy deb ataladi, masalan, gazetada avtomobil, xonadon, mebel va hokazolar- ni sotish to‘g‘risida chop qilingan e’lon. Keyinchalik taraflar shartnoma shartlarini batafsil kelishib oladi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling