69
Xayr-ehson — muayyan shaxslar va tashkilotlar tomoni-
dan o‘z istagi bilan bajarilgan bepul (badalsiz) harakatdir.
HADYA VA XAYR-EHSON SHARTNOMALARI
Shubhasiz, har birimiz
Yangi yilda, tug‘ilgan kun yoki shunchaki ota-ona
mukofot puli olgani munosabati bilan sovg‘a (hadya) olganmiz. Sovg‘a olish
hammaga ham yoqadi. Lekin sovg‘a olish ham fuqarolar huquqiga kiradimi?
Albatta! Axir bunda sovg‘a (hadya)ga egalik qilish huquqi sovg‘a (hadya)
beruvchidan uni oluvchiga o‘tadi.
Shuning uchun hadya shartnomasi predmeti
har doim aniq belgilangan
deyish mumkin. Bunda ko‘char va ko‘chmas mulk ishtirokidagi bitimlar haqi-
dagi me’yorlar hadya shartnomasiga ham to‘liq taalluqli bo‘ladi.
Xayr-ehson shartnomasi hadya shartnomasiga yaqin turadi. Ular orasidagi
farq quyidagilardir:
— xayr-ehson fuqarolar, shifoxonalar,
tarbiya muassasalari, fondlar,
muzeylar va hokazolarga, shuningdek davlatga umumfoydali maq-
sadlarda amalga
oshiriladi;
— xayr-ehsonni bekor qilish mumkin emas, uni olish uchun kimningdir
roziligi shart emas;
— merosxo‘rlik to‘g‘risidagi me’yorlar xayr-ehsonga nisbatan qo‘llanil-
maydi.
AYIRBOSHLASH (ALMASHISH) SHARTNOMASI
Bir necha asr avval ayirboshlash shartnomasi oddiy hol edi. Hozir ham
ayirboshlash shartnomasi saqlanib qolgan, biroq muayyan sabablarga ko‘ra
uning mohiyati o‘zgardi:
birinchidan, ayirboshlanadigan tovarlar qiymati pul
ko‘rinishida o‘lchanadi; ikkinchidan, ayirboshlash
shartnomasiga nisbatan te-
gishli ravishda oldi-sotdi to‘g‘risidagi me’yorlar qo‘llaniladi.
Agar ayirboshlash shartnomasida boshqa shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa,
ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi. Aks holda tovar-
lar narxidagi farq pul bilan qoplanadi.