V. А. Kostetskiy


SHARTNOMANI TUZISHNING ASOSIY QOIDALARI


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

SHARTNOMANI TUZISHNING ASOSIY QOIDALARI 
Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan 
shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, 
shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnoma taraflardan birining oferta (shart- 
noma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni 
qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi. 
Muhim shartlarga birinchi navbatda shartnomaning predmeti to‘g‘risi- 
dagi shartlar kiritiladi. Shartnomalar aynan predmetiga ko‘ra bir-biridan ajra- 
tiladi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi, ayirboshlash shartnomasi, mulk ijarasi 
shartnomasi, pudrat shartnomasi va hokazo. 
Shartnoma taraflarning kelishuvi bo‘lib hisoblangani uchun, taraflar yoki 
ulardan birontasi u yoki bu masalada kelishuvga erishish zarurligini talab qilsa, 
bu ham shartnomaning muhim shartini tashkil etadi. Bunda tarafning bayon qi- 
lish shakli og‘zaki ham, yozma ravishda ham bo‘lishi mumkin. 
Oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hi- 
soblanadi. Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshi- 
Fuqarolik huquqida kontragentning shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklif 
bilan roziligi xat yoki telegramma, faks, SMS va boshqa shakllarda ifodalanadi. 


68 
1-topshiriq. 
Mulk oldi-sotdisi, mulkni meros bo‘yicha berish, lotereya 
chiptasini xarid qilish, televideniye, radio va hokazolardagi 
reklama, kimoshdi savdosida qatnashish bitimlari shartnoma 
hisoblanadimi? 
2-topshiriq. 
O‘ylab ко‘rib javob bering, mamlakatda fuqarolik-huquqiy 
shartnomalarning kafolatli bajarilishi qanday shartlarga bog‘liq? 
rish ham zarur bo‘lsa, shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan bo- 
shlab tuzilgan hisoblanadi. 
Shartnomaning ijro muddati taraflar tomonidan kelishiladi va shartno- 
maning o‘zida qayd qilinadi. Bunda shartnomani bajarish muddatlari buzilsa. 
qo‘llaniladigan jazo choralari ham shartnomaga kiritilishi mumkin. Shartnoma 
mamlakat qonunlariga zid ravishda tuzilgan bo‘lsa yoki boshqa (bitim paytida 
kelishib ko‘rsatilgan) hollarda haqiqiy emas, deb topilishi mumkin. 
1-vaziyat. 
N. tijorat do‘konidan tilla soat xarid qildi. Bir necha kundan 
keyin R. uning oldiga kelib, soat 3 oy oldin undan o‘g‘irlab ke- 
tilganini aytdi va qaytarib berishini talab qildi. Isboti sifatida soat 
pasporti va chekini ko‘rsatdi. N. R.dan tilxat olib, soatni unga qay- 
tarib berdi, lekin bir oy o‘tgach, haqiqatan ham R.dan xuddi shun- 
day soatni o‘g‘irlab ketgan o‘g‘ri ushlanganini eshitib qoldi. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling