V. А. Kostetskiy


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

62 
1-vaziyat. 
A. va M. o‘zaro garov o‘ynashdi. Agar «Paxtakor» jamoa- 
si yutib chiqsa, A. o‘zining mototsiklini M.ga beradi, yutqazib 
qo‘ysa, M. o‘z noutbukini A.ga beradi, deb kelishishdi. A. garovda 
yutqazdi, lekin garov o‘ynayotganida o‘z harakatlarini o‘ylamay 
qilganini sabab qilib, mototsiklni berishdan bosh tortdi. 
Bunday bitim huquqiy jihatdan to‘g‘rimi? Yo‘q bo‘lsa, 
sababini ko‘rsating. 
2-vaziyat. 
M. 15 yoshda. U rasm chizishga qiziqadi va chiroyli surat- 
lar chizadi. Xorijiy sayyohlar uning suratlaridan birini sotib olish 
niyatini bildirishdi va bu masala bilan unga murojaat qilishdi. 
M.ning ota-onasi nima qilishi kerak? 
3-vaziyat
Siz do‘stingizga 5 ming so‘mni 10 kun muddatga qarzga ber- 
dingiz, biroq u pulni qaytarishni istamayapti. 
Qonun bo‘yicha nima qilish zarur edi? 
Bilimingizni sinang! 
1. Fuqarolar va yuridik shaxslarning qanday harakatlari bi- 
tim deb tan olinadi? 
2. Qanday hollarda bitimlar haqiqiy emas deb tan olinadi? 
3. Voyaga yetmaganlar qanday bitimlarni tuzishlari mumkin- 
ligini sanab o‘ting. 
4. Bitimlar tuzilishida rioya etiladigan talablarni sanab 
o‘ting. 
5. Bitim haqiqiqy emas deb topilganida taraflar qanday yo‘l 
tutishlari zarur? 
Topshiriq. 
Quyidagi masalalarni hal qiling. 


63 
1-topshiriq. 
Nima deb o‘ylaysiz, nimalar shaxsiy mol-mulkka misol 
bo‘lishi mumkin? 
Mulkdan «foydalanish» undan foydali xossalarni olish 
(samarani olish, daromad topish) demakdir. 
Mol-mulkka «egalik qilish» esa: uni sotish, almashti- 
rish yoki sovg‘a qilish huquqiga; o‘zgartirish, ya’ni xossalarini 
yaxshilash yoki yomonlashtirish huquqiga; mol-mulkni yo‘q qi- 
lish huquqiga ega bo‘lishdir. 
2-topshiriq. 
1. Do‘stingizdan kompyuter sichqonchasini olib turdingiz. 
Endi siz ushbu jihozning egasi hisoblanasizmi? 
2. Siz ofis ochish uchun ma’lum muddatga ijara shartnoma- 
sini tuzdingiz, amalda esa undan oilangiz bilan yashash 
uchun foydalanyapsiz. Bunday qilishga haqqingiz bormi? 
3. Siz firma bilan paxta terish kombaynlarini ijaraga olish 
bo‘yicha shartnoma tuzdingiz. Vaqti kelib ularni sotib yu- 
borishga qaror qildingiz. Bunga haqqingiz bormi? 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling